06.03.2020 yildagi PQ-4634-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, xususan davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyotini bekor qilish, xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish va manfaatdorlikni ta’minlashga qaratilgan qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining fermer xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlari bilan “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar o‘rtasida 2020-yil hosilidan davlat xaridlari doirasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari miqdorini har bir g‘alla yetishtiruvchi uchun 25 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tomonidan davlat xaridlari doirasida 2 265 ming tonna bug‘doy (urug‘lik don uchun amaldagi ustama to‘lash tartibini saqlab qolgan holda) ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yil 10-mayga qadar jahon bozori va mintaqaviy birja narxlari hamda respublikada kutilayotgan hosilni inobatga olib, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yilda xarid qilinadigan g‘alla narxlarini belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2020-yil hosilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan xarid qilinadigan bug‘doy mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxonalarning donni saqlash talablariga mos keladigan omborlar (sig‘imlar)ida shartnoma asosida saqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yil hosilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi hamda fermerlar va boshqa korxonalar tomonidan yetishtiriladigan g‘alla barcha iste’molchilarga, shu jumladan donni qayta ishlovchi korxonalar, g‘allachilik klasterlari va treyderlarga birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar (fyuchers, forvard va boshqalar) asosida erkin narxlarda sotiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi don Jamg‘arma tomonidan fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi hamda 2021 — 2023-yillarda urug‘lik yetkazib berish bosqichma-bosqich Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urug‘chilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari, g‘allachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda, har yili 1-avgustga qadar kelgusi yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlarni e’lon qilsin hamda bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritib, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublika ichki bozorida don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish Jamg‘arma zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun Jamg‘arma tomonidan xarid qilinadigan don O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan oylik grafik asosida Jamg‘arma tomonidan birja savdolarida sotuvga qo‘yiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun zarur miqdordagi bug‘doyni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar (sotib olish, tashish, saqlash), xarid qilish va sotish narxlari o‘rtasida yuzaga kelgan tafovut (ijobiy, salbiy) Jamg‘arma moliyaviy faoliyati yakunlariga olib boriladi hamda zarur holatlarda yuzaga kelgan salbiy tafovut Jamg‘armaga respublika budjetidan qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2020-yil 1-iyundan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklari, ijara huquqi mavjud bo‘lgan yer uchastkasida bug‘doy yetishtiruvchilar va urug‘chilik xo‘jaliklarining bug‘doy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddatgacha bug‘doyning normativ hosildorligi umumiy qiymatining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40 foizigacha yillik 10 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50 foizigacha yillik 12 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz) kreditlar ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda fermer xo‘jaliklari, yer maydonlariga egalik qilish huquqi bo‘lgan bug‘doy yetishtiruvchilar va urug‘chilik xo‘jaliklari agrotexnik tadbirlardan kelib chiqib, kredit mablag‘laridan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlaydi.
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mulkchilik shaklidan qat’i nazar, faqat donni qayta ishlovchi korxonalar hamda donni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan g‘allachilik klasterlari tomonidan respublikada yetishtirilgan g‘allani xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan 12 oy muddatgacha 10 milliard so‘mgacha miqdorda tijorat kreditlari ajratiladi.
(6-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zdonmahsulot” AK va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda don saqlash sig‘imlariga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda, 2020-yil hosilidan boshlab yetishtiriladigan boshoqli donni qabul qilish va saqlash bo‘yicha xizmat tariflarini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, “O‘zdonmahsulot” AK, Jamg‘arma, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2020-yilda, 1-aprelga qadar kelgusi yillarda ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun sotib olinadigan g‘allaning hududlar kesimidagi taqsimotini va ushbu g‘allani saqlashga talabgor korxonalarning hududlar kesimidagi ro‘yxatini shakllantirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi don saqlanayotgan korxonalarda uning sifati va miqdori bo‘yicha to‘g‘ri saqlanishi yuzasidan oylik nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari bilan birgalikda g‘allachilik klasterlari va donni qayta ishlovchi korxonalarga respublikada yetishtirilgan donni xarid qilish uchun mazkur qarorda belgilangan kredit ajratish mexanizmi bo‘yicha o‘quv-seminarlarini tashkil etsin va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-mayga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan g‘alla hajmini hududlar kesimida aniqlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda g‘allani saqlash tartiblarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020-2021-yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
G‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasi bosqichma-bosqich bekor qilinishi hamda sohaga bozor tamoyillari keng joriy etilishini tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Respublika kengashiga (A. Aripov) quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasi bosqichma-bosqich bekor qilinishi hamda sohaga bozor tamoyillari keng joriy etilishini tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil hosilidan boshlab don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan bug‘doy hajmini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, g‘alla ekin maydonlarini navlar bo‘yicha joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilingan g‘allani saqlovchi korxonalar ro‘yxatini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan barcha masalalarni hal etib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘. Barnoyev:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda kalendar yilning 1-mayiga qadar talabgor korxonalarning don saqlash sig‘imlari xatlovdan o‘tkazilishini va ularning amaldagi talablarga mosligi to‘g‘risida xulosa berilishini, ijobiy xulosa berilgan korxonalarning laboratoriyalari va tarozilarini xatlovdan o‘tkazilishini, tegishli ruxsatnomalar berilishini, don saqlashga ruxsat etilgan korxonalar ro‘yxati tasdiqlanishini hamda ularning don saqlash quvvatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borishni ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev, suv xo‘jaligi vaziri Sh. Hamrayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish, g‘alla yetishtirishga zamonaviy hamda energiya va resurstejamkor texnologiyalarning joriy etilishini, fermer xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlash hamda kompleks agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida amaliy yordam ko‘rsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 6-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4634-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
G‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasi bosqichma-bosqich bekor qilinishi hamda sohaga bozor tamoyillari keng joriy etilishini tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun bug‘doyni xarid qilish tartibini ishlab chiqish: Bunda:

don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun hududlar kesimida xarid qilinadigan g‘alla hajmini aniqlash;

xarid qilinadigan g‘alla uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-may

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
va viloyatlar hokimliklari

2.

Don va non mahsulotlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan g‘allani saqlash tartibini ishlab chiqish.

Bunda, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olinadigan donni saqlash sig‘imlarini sertifikatlash nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-aprel

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
“O‘zdonmahsulot” AK

3.

“O‘zdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020-2021-yillarda isloh qilish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan Loyiha ofisini tuzish.

2020-2021-yillarda amalga oshiriladigan choralar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

korxonalarning don saqlash sig‘imlarini (quvvatlarini) xatlovdan o‘tkazish;

“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalari qarzdorliklarining (debitor-kreditor) hamda asosiy vositalarining xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlash;

“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalarini 2020-2021-yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilash.

Loyiha ofisini tuzish



Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 20-mart



2020-yil 10-may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Loyiha ofisi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zdonmahsulot” AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4.

“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarda saqlanayotgan davlat zaxirasidagi bug‘doyni belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxirasi qo‘mitasi bilan birgalikda uning hisobini yuritish choralarini ko‘rish.

Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlari uchun xarid qilinadigan bug‘doyning hisob-kitobi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi balansida yuritiladi hamda ushbu donning sifati, shuningdek, miqdori uchun “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar va xususiy korxonalar mas’ul hisoblanadi.

Davlat zaxirasidagi bug‘doyni almashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 20 aprel

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxirasi qo‘mitasi, “O‘zdonmahsulot” AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi

5.

Don saqlashga talabgor bo‘lgan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha don qabul qilish korxonalarining laboratoriyalari va tarozilarini xatlov hamda attestatsiyadan o‘tkazish, ruxsatnomalar berish, don saqlashga ruxsat etilgan korxonalar ro‘yxati hamda ularning don saqlash quvvatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.

Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun sotib olingan g‘alla saqlanayotgan omborlarda g‘allaning sifati va miqdori bo‘yicha to‘g‘ri saqlanishi yuzasidan oylik nazorat o‘rnatilishini ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2020-yil 25-aprel

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zdonmahsulot” AK, Tegirmonchilar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
va viloyatlar hokimliklari

6.

Don va non mahsulotlariga bo‘lgan talabni tahlil qilish, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun xarid qilinadigan bug‘doy hajmining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili
mavsum oldidan

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

7.

2020-yil hosilidan don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olinadigan bug‘doy uchun shartnoma munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish.

Bunda, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari hajmini 25 foizga kamaytirib, 2020-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘arma tomonidan 2 265 ming tonna (tovar don va urug‘lik don) bug‘doyni xarid qilish choralari ko‘riladi.

Namunaviy shartnoma loyihasi

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 15 mart

Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

Fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qolgan donni don saqlovchi sig‘imlarga ega bo‘lgan korxonalarda shartnoma asosida saqlashni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-may,
doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

9.

Fermer xo‘jaliklari tomonidan donni birjada sotish mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazish, xo‘jaliklar bilan birja brokerlari o‘rtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-aprel,
har yili g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumidan oldin

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika tovar xom ashyo birjasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10.

Jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlari hamda g‘alla yetishtirishning prognoz xarajatlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan minimal narxlarni e’lon qilib borish.

Byulleten chop etish, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish

Har yili 1-avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

11.

Ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilingan donni temir yo‘lda tashishda imtiyozli tariflarni belgilash mexanizmlarini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil 5-aprel

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi

12.

Donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihalarni ko‘paytirish choralarini ko‘rish.

Bunda, donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga mo‘ljallangan uskunalarni olib kirganlik uchun mavjud bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish ko‘zda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-iyun

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, tijorat banklari

13.

“Omborxona guvohnomasi” va “Agrar guvohnomasi” kabi moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslarini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

2020-yil don hosilini o‘rish-yig‘ish davrida texnika ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida tumanlar kesimida muvofiqlashtiruvchi shtablarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroservis” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
va viloyatlar hokimliklari

15.

Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olingan bug‘doyning sifati va miqdori yuzasidan monitoring yuritish hamda choraklik va yillik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul-avgust
Davriy o‘rganishlar o‘tkazish davrida

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

16.

Hududlarda donni qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihalarni ko‘paytirish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
va viloyatlar hokimliklari

17.

Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatidan donni (xarid narxlari) chiqarish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK

18.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari to‘g‘risida maxsus teleko‘rsatuvlar tashkil etish, reklama roliklari tayyorlash orqali ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Har hafta

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi

2.

O‘. Barnoyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Kengash raisi o‘rinbosari

3.

R. Gulyamov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

4.

B. Mavlonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari

5.

J. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari iqtisodiyot va sanoat vaziri

6.

M. Nurmuratov

Markaziy bank raisi

7.

J. Xodjayev

qishloq xo‘jaligi vaziri

8.

A. Ergashev

moliya vaziri o‘rinbosari

9.

S. Bekenov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

10.

A. Ravshanov

Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri

11.

A. Ortiqov

Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri

12.

A. Vaxobov

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

13.

B. Musayev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

14.

A. Abdullayev

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi

15.

R. Mamatqulov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

16.

M. Abdullayev

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

17.

A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

18.

F. Po‘latov

“O‘zdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi

19.

R. Xaitov

“O‘zagroservis” AJ boshqaruvi raisi

20.

J. Mirzamahmudov

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

21.

A. Isroilov

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori, Kengash kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2020-y., 07/20/4634/0270-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)