22.05.2020 yildagi 311-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalariga (keyingi o‘rinlarda — hududiy futbol assotsiatsiyalari) ularning asosiy vazifalari sifatida quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirish tavsiya etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar va o‘smirlarning futbol bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommalashtirish, bu borada umumta’lim maktablari, sport-ta’lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
futbol sohasining bozor mexanizmlari asosida boshqarilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazishni tashkil etish hamda ular orasida sog‘lom sport raqobati muhiti yaratilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish orqali “o‘zbek futboli” brendi yaratilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishga ilg‘or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
futbol sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan doimiy ravishda takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
futbolni, shu jumladan hududiy futbol assotsiatsiyalari a’zolarini, futbolchilar, trenerlar va hakamlarni, futbol faxriylari va boshqa mutaxassislarni ilmiy-metodik va moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga ko‘maklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy futbol assotsiatsiyalarining moliyaviy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tegishli hududda futbolni rivojlantirish uchun homiylar biriktirish, shuningdek, hududiy futbol assotsiatsiyalarini joylashtirish uchun bino va inshootlar ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududdagi futbol mahorati maktablari, shuningdek, futbolga ixtisoslashtirilgan sport maktablarini rivojlantirishni doimiy nazorat qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritish va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘z vaqtida moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, jumladan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi talablariga asosan har bir tumandan (shahardan) hududiy birinchiliklarda ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi va o‘tkaziladigan musobaqalarga mos ravishda markaziy stadion bo‘lishini ta’minlash vazifalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda hududiy futbol assotsiatsiyalari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga muvofiq har yili moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda hududiy futbol assotsiatsiyalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha har bir hududda turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalarga o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun joy ajratilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalar o‘quv-mashg‘ulot markazlarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalar o‘quv-mashg‘ulot markazlarining loyiha-smeta hujjatlari Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq futbol maydoni, futzal (mini-futbol) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq turdagi sport zali, futbolchilar, hakamlar va trenerlar uchun mo‘ljallangan kiyinish-echinish, yuvinish, fitnes, tibbiyot va majlis o‘tkazish xonalarini o‘z ichiga olgan ma’muriy binolar bo‘lishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yildan boshlab tasdiqlanadigan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ularning xorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini ta’minlash, shuningdek, futbolchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Futbol bo‘yicha agentlar (vositachilar) faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi (FIFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) talablariga muvofiq professional futbol klublari maqomini belgilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda, hududiy assotsiatsiyalarning namunaviy tuzilmasi va ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 22-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
311-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 311-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirishni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 3-dekabrdagi 304-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 12-son, 74-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori) 2018-yil 5-iyuldagi 508-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/311/0639-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)