13.05.2020 yildagi 282-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari turlarining Milliy genbankini yaratish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash sohasida koʻrsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, shuningdek, oʻsimliklarning genetik resurslari boʻyicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda mahalliy va xorijiy qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari turlarini genetik banklarda saqlash va muhofaza qilish texnologiyasini joriy qilish uchun Milliy genbankni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash xizmatlari tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari, mevali va manzarali koʻchatlarning (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi ekinlari) navlari va duragaylari sinovini xalqaro standartlar darajasiga yetkazish, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining sinovi sohasida koʻrsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash ishlariga resurs tejovchi va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalariga ajratilgan yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari sifat tahlillarini oʻtkazuvchi laboratoriyalar hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohaga aloqador xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy va xorijiy mamlakatlarda yaratilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylari sinovini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari yangi navlari boʻyicha seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari sinovini oʻtkazish ishlarini ilmiy-metodik jihatdan oʻtkazilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining sinovini va seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan oʻtkazish borasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari sinovini va seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan oʻtkazish tizimida kadrlar malakasini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari, uchastkalari va laboratoriyalarining roʻyxati hamda xodimlarining cheklangan soni 1a-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash sohasida koʻrsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish va qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari turlarining Milliy genbankini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining negizida Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning noyob ilmiy obyekti “Qishloq xoʻjaligi ekinlari genetik resurslari genbanki”ni milliy ahamiyatga ega genbank deb tan olish va unga “Qishloq xoʻjaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki” (keyingi oʻrinlarda — Milliy genbank) maqomini berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda barcha rayonlashtirilgan manzarali, dorivor, texnik va ozuqabop oʻsimliklarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestrida yuritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning talabiga asosan, qishloq xoʻjaligi ekinlarining mahalliy va xorijiy navlari farqlanishi, turdoshligi hamda genetik (nav) jihatdan sofligi boʻyicha sinovlar oʻtkazilishi va natijasi yuzasidan Markaz tomonidan xulosalar taqdim qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
genetik modifikatsiya organizmlari (GMO) boʻlgan yoki gen muhandislik yoʻli bilan yaratilgan oʻsimliklar navlarining tezkor tahlilini oʻtkazish va roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, isteʼmolchilar talabi asosida genetik modifikatsiya organizmlari boʻlgan yoki gen muhandislik yoʻli bilan yaratilgan oʻsimliklar navlari toʻgʻrisida xabardor qilish Markaz tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilgan, patentlangan hamda Markaz tomonidan etalon va andoza (standart) nav sifatida tanlangan navlar urugʻlarini Milliy genbankka belgilangan miqdorda taqdim etish qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari originatorlari, mualliflari va ularni import qiluvchi subyektlar zimmasiga yuklatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut respublikada qishloq xoʻjaligi ekinlari genofondini saqlash, boyitish, oʻrganish va undan samarali foydalanish sohasidagi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Institut:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy genbankdan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi va seleksiyasida samarali foydalanish, urugʻlarni oʻrta va uzoq muddatga kafolatli saqlanishini taʼminlash maqsadida Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) komissiyasi tomonidan oʻsimliklar genetik resurslari genbanklari uchun ishlab chiqilgan xalqaro standartlarga toʻliq rioya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari genofondini boyitish, ekin turlari sistematikasi (qardoshlik munosabatlari) va filogeniyasi (organizmlarning rivojlanish jarayoni) boʻyicha ilmiy izlanishlarni olib borish hamda seleksiya uchun birlamchi materiallarni tanlab olish samaradorligini oshirish maqsadida respublika hududlariga va qoʻshni davlatlarga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda institut xodimlarining cheklangan sonini qayta taqsimlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent viloyat hokimligining Institut Milliy genbank faoliyatining samaradorligini oshirish va qishloq xoʻjaligi ekinlarining genetik resurslarini saqlash sharoitlarini yaxshilash uchun yangi zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan binoni institut hududida xalqaro moliya institutlarining imtiyozli resurslari va grant mablagʻlarini jalb etish hisobidan qurish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda ekin yer maydoni mavjud boʻlmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalariga (keyingi oʻrinlarda — nav sinash stansiyalari va uchastkalari) tuproq unumdorligi yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan sugʻoriladigan yerlardan 3-ilovaga muvofiq yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav sinash stansiyalari va uchastkalariga ajratilgan yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, shuningdek, ushbu yer maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari Markaz tomonidan tuzilgan taqsimotga asosan mustaqil joylashtiriladi va almashlab ekish tizimi joriy qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktori qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan uslubiy-qoʻllanmalarni (jumladan, nav originatori yoki muallifi tomonidan yetkazib beriladigan nav va duragaylarning urugʻlik materiallari miqdorini) tasdiqlaydi;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav sinash stansiyalari va uchastkalarining yer maydonlarini soliq solishdan ozod etilgan yer uchastkalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarining serhosil, tez pishar, kasallik va zararkunanda hashoratlarga chidamli boʻlgan mahalliy navlarni yaratish, ularning urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish, ishlab chiqarishga joriy qilish boʻyicha davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan loyihalarga tanlov asosida har yili mablagʻlar ajratib borilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Intellektual mulk agentligi bilan birgalikda 2020-yil 15-sentabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻsimliklarning yangi navlarini muhofaza qilish boʻyicha xalqaro ittifoq” (UPOV) uslubiy qoʻllanmasini davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi mablagʻlar hisobidan davlat tiliga tarjima qilsin va nashrga tayyorlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimiga kiradigan ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan yangi innovatsion ishlanmalar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirsin va tizimli ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Markaz va uning tizimidagi nav sinash stansiyalari, uchastkalari hamda laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, soha xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan qoplanishiga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari yangi navlari boʻyicha seleksiya yutuqlarining patent bojlari va toʻlovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining sinovini oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari uchun belgilangan tartibda toʻlanadigan ustama haqlardan olinadigan oʻtkazmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tarkibiga kiruvchi nav sinash stansiyalari va uchastkalari tushumining 5 foizli ajratmalari;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha bosma axborot materiallarini realizatsiya qilishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Markaz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilgan navlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 2021-yil 1-fevraldan boshlab oʻz veb-saytida eʼlon qilib borilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda 2022-yil 1-martdan boshlab nav sinash stansiyalari va uchastkalarida sinalayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlari va duragaylarini elektron kodlashtirish tizimini joriy etilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan urugʻlar va koʻchatlarning importi va realizatsiya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 297-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga muvofiq oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan xalqaro tashkilotlar grantlari doirasida chetdan olib kelinadigan qishloq xoʻjaligi texnikalari, agregatlari, mexanizmlari, ehtiyot qismlari va oʻquv-laboratoriya jihozlari belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Markazga yuklangan vazifalar toʻliq bajarilishini taʼminlash maqsadida Markazning markaziy apparatini, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari, uchastkalari va laboratoriyalarni zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining ustavini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining sinovini oʻtkazish sohasida Markaz tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlari va duragaylarini sinovini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, elektron kodlashtirish tizimini yaratish, davlat reyestrini yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari sinovini oʻtkazish ishlarini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash, respublika hududlariga va qoʻshni davlatlarga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish uchun xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining mablagʻlari va grantlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 13-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
282-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 282-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 29 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari, uchastkalari va Toshkent shahridagi laboratoriyalar xodimlarining cheklangan soni — 172 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 282-son qaroriga
1a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari, uchastkalari va laboratoriyalarining roʻyxati hamda xodimlarining cheklangan soni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Nav sinash stansiyalari va uchastkalarining nomlanishi

Xodimlarning cheklangan soni

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Xoʻjayli nav sinash stansiyasi

3

2.

Ellikqalʼa nav sinash uchastkasi

2

3.

Nukus nav sinash uchastkasi

3

4.

Chimboy nav sinash uchastkasi

2

Andijon viloyati

5.

Oltinkoʻl nav sinash stansiyasi

4

6.

Andijon nav sinash uchastkasi

3

7.

Qoʻrgʻontepa nav sinash uchastkasi

2

8.

Shahrixon nav sinash uchastkasi

2

9.

Xoʻjaobod nav sinash uchastkasi

2

Buxoro viloyati

10.

Buxoro nav sinash stansiyasi

3

11.

Vobkent nav sinash uchastkasi

2

12.

Qorakoʻl nav sinash uchastkasi

3

13.

Gʻijduvon nav sinash uchastkasi

3

Jizzax viloyati

14.

Jizzax nav sinash stansiyasi

2

15.

Gʻallaorol nav sinash uchastkasi

3

16.

Zomin nav sinash uchastkasi

2

17.

Paxtakor nav sinash uchastkasi

2

Qashqadaryo viloyati

18.

Shahrisabz nav sinash stansiyasi

4

19.

Qarshi nav sinash uchastkasi

2

20.

Qamashi nav sinash uchastkasi

3

21.

Mirishkor nav sinash uchastkasi

3

Navoiy viloyati

22.

Xatirchi nav sinash stansiyasi

4

23.

Qiziltepa nav sinash uchastkasi

2

24.

Navbahor nav sinash uchastkasi

2

Namangan viloyati

25.

Uychi nav sinash stansiyasi

3

26.

Mingbuloq nav sinash uchastkasi

4

27.

Namangan nav sinash uchastkasi

2

Samarqand viloyati

28.

Samarqand nav sinash stansiyasi

4

29.

Kattaqoʻrgʻon nav sinash uchastkasi

3

30.

Nurobod-choʻl nav sinash uchastkasi

2

31.

Nurobod nav sinash uchastkasi

2

32.

Urgut nav sinash uchastkasi

2

Surxondaryo viloyati

33.

Termiz nav sinash stansiyasi

3

34.

Denov nav sinash uchastkasi

3

35.

Denov-moʻtadil nav sinash uchastkasi

3

36.

Sherobod nav sinash uchastkasi

3

Sirdaryo viloyati

37.

Boyovut nav sinash stansiyasi

3

38.

Oqoltin nav sinash uchastkasi

3

39.

Sirdaryo-don nav sinash uchastkasi

2

Toshkent viloyati

40.

Chinoz nav sinash stansiyasi

4

41.

Quyichirchiq nav sinash uchastkasi

2

42.

Pskent nav sinash uchastkasi

3

43.

Oʻrtachirchiq nav sinash uchastkasi

3

44.

Yuqorichirchiq nav sinash uchastkasi

3

45.

Ohangaron nav sinash uchastkasi

2

46.

Boʻstonliq nav sinash uchastkasi

2

47.

Toshkent nav sinash uchastkasi

4

Fargʻona viloyati

48.

Qoʻshtepa nav sinash stansiyasi

3

49.

Beshariq nav sinash uchastkasi

2

50.

Bagʻdod nav sinash uchastkasi

3

51.

Fargʻona nav sinash uchastkasi

2

52.

Vodil nav sinash uchastkasi

2

Xorazm viloyati

53.

Xiva nav sinash stansiyasi

4

54.

Gurlan nav sinash uchastkasi

3

55.

Urganch nav sinash uchastkasi

2

Toshkent shahar

56.

Toshkent paxta tolasi texnologiya laboratoriyasi

15

57.

Toshkent kimyo texnologiya laboratoriyasi

8

Jami:

172

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 282-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash sohasida koʻrsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish va qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari turlarining Milliy genbankini yaratish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylari sinovi sohasida koʻrsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, sinovlarni xorijiy andozalari darajasiga koʻtarish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil 20-noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Adliya vazirligi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestriga yangi nav va duragaylarni kiritish va undan chiqarish boʻyicha ekspert komissiyasi faoliyati tartibini tasdiqlash.

Qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻi

2020-yil 15-iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

3.

Soha tarmoqlari boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlarning markazlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2030-yillarda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

4.

Oʻsimliklarning yangi navlarini muhofaza qilish boʻyicha xalqaro ittifoq (UPOV)ning milliy seminarlari, shuningdek, MDH davlatlarining qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazlari ishtirokida oʻtkaziladigan “dalakunlari” xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston Respublikasining vakillari ishtirokini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

5.

Oʻsimliklar seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha xalqaro ittifoq (UPOV) qoʻllanmasi asosida qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash ishlarini tashkil qilish hamda ilgʻor xorijiy tajribani tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

6.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari yangi navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini ishlab chiqish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyrugʻi

2020-yil 1-iyul

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tizimidagi nav sinash stansiyalari va uchastkalarining yoʻnalishlarini belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

8.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilgan yangi nav va duragaylarning koʻrgazmali ishlab chiqarish sinovlarini tashkil etish hamda targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish orqali fermer, dehqon xoʻjaliklari va agroklasterlarda yangi nav va duragaylarni tanlab olish imkoniyatini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

II. Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan oʻtkazishni rivojantirish

9.

Oʻsimliklarning yangi navlarini muhofaza qilish boʻyicha xalqaro ittifoq (UPOV)ning bosh qarorgohidan mutaxassislar jalb qilish va seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

10.

Davlat dasturidagi grant mablagʻlari hisobiga Oʻsimliklarning yangi navlarini muhofaza qilish boʻyicha xalqaro ittifoq (UPOV)ning qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini huquqiy muhofaza qilish oʻtkazishga doir uslubiy qoʻllanmalarinidavlat tiliga tarjima qilish va chop etishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Fanlar akademiyasi

III. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari sinovining resurstejamkor va innovatsion texnologiyalar asosida oʻtkazilishini bosqichma-bosqich joriy etish

11.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarida konkurs va ishlab chiqarish sinovlarini resurs tejamkor texnologiyalar asosida oʻtkazilishini tashkil etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

12.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash ishlarini yopiq maydonlarda amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda texnik koʻmak mablagʻlarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasining 5 ta mintaqasida issiqxonalar barpo etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

13.

Mahalliy va chet eldan keltirilgan nav va duragaylarning konkurs sinovlarini olib borish davomida qimmatli xoʻjalik belgi va xususiyatlarini ilmiy asoslagan holda bosqichma-bosqich boyitib borish choralarini koʻrish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Fanlar akademiyasi

IV. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalariga ajratilgan yerlardan samarali foydalanish

14.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining ekin yerlaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligi va qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Davergeodezkadastr qoʻmitasi

15.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni nazorat qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

V. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

16.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb etgan holda Markaz va uning tizimidagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalari binolarini taʼmirlash hamda binosi mavjud boʻlmagan nav sinash stansiyalari va uchastkalari uchun bino qurish va jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davergeodezkadastr qoʻmitasi

17.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarini qishloq xoʻjaligi texnikalari, shuningdek, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

18.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

VI. Sohani malakali kadrlar bilan butlash hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

19.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi hamda uning tizimidagi nav sinash stansiyalari va uchastkalarini zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

20.

Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida hamda boshqa oliy taʼlim muassasalarda urugʻchilik va urugʻshunoslik kafedralarida tahsil oluvchi iqtidorli talabalarni qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash sohasiga qiziqtirish, “ustoz-shogird” tizimini yoʻlga qoʻyish va ularni kelgusida sohaga jalb etish ishlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 oʻquv yilidan boshlab

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsustaʼlim vazirligi

21.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi xodimlariga arzon uy-joylar qurish uchun qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer maydoni hamda tijorat banklarining uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-dekabr

Toshkent viloyati hokimligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Davergeodezkadastr qoʻmitasi,

respublika tijorat banklari

VII. Qishloq xoʻjaligi ekinlari genetik resurslari sohasida Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda uning texnik bazasini mustahkamlash

22.

Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutning Qishloq xoʻjaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki faoliyati samaradorligini oshirish va genetik resurslarni saqlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda texnik koʻmak mablagʻlarini jalb etgan holda yangi zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan bino va maxsus (fitopatologiya va entomologiya, qishloq xoʻjaligi ekinlari kolleksiya namunalariga texnologik baho berish hamda mikrovinochilik) laboratoriyalarni loyihalash, qurish va jihozlash ishlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi,

Toshkent viloyati hokimligi

23.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining jahon genofondidan foydalangan holda oʻsimliklarda tashqi muhitning noqulay omillariga chidamlilikni shakllanishi qonuniyatlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi

24.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari kolleksiya namunalarining dala tajribalarini oʻtkazish uchun institutning mashina-traktor parkini yangi qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

25.

Ilgʻor xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, dolzarb ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqotlar olib borish hamda sohaga doir ilmiy davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish, yosh olimlarni jalb etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 282-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekin yer maydoni mavjud boʻlmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash uchastkalariga ajratiladigan yer maydonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash uchastkalarining nomlanishi

Talab etiladigan yer maydoni
(gektar)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Xoʻjayli nav sinash uchastkasi

10,0

Qashqadaryo viloyati

2.

Mirishkor nav sinash uchastkasi

10,0

3.

Qamashi nav sinash uchastkasi (lalmi)

10,0

Toshkent viloyati

4.

Yuqorichirchiq nav sinash uchastkasi

5,0

5.

Toshkent nav sinash uchastkasi

5,0

Jami

40,0

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 09/20/282/0584-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)