1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek texnik ko‘maklashish mablag‘lari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 8-noyabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 45-son, 516-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin, shuningdek ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 15-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Asosiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini, shuningdek muruvvat loyihalari monitoringi masalalarini belgilaydi va tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Muruvvat (insonparvarlik) yordami — bu aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun dori vositalari va tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, oziq-ovqat, xalq iste’moli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy xayriyalar, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash uchun beriladigan maqsadli beg‘araz yordamning bir turidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami sifatida olingan tovarlar bojxonada rasmiylashtirish tartib-qoidalari amalga oshirilgandan keyin oluvchilar tomonidan “Insonparvarlik yordami” yozuvini qayd etgan, oluvchining rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tamg‘alanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami xorijiy davlatlar, ularning federal yoki munitsipal tuzilmalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda donorlar deb ataladi) tomonidan ko‘rsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek faoliyati foyda olishga qaratilmagan yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda oluvchilar deb ataladi) shu jumladan, keyinchalik respublika iste’molchilari o‘rtasida taqsimlash maqsadida insonparvarlik yordamining oluvchilari bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar dasturlar va donorlar bilan tuzilgan dasturlar va bitimlar yoki muruvvat yordami bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir o‘rinbosari deb ataladi) qarorlari asosida aniqlanadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tamaki mahsulotlari, alkogolli mahsulotlar, harbiy maqsaddagi tovarlar, shuningdek olib kelinishi taqiqlangan tovarlar muruvvat yordami yuklari jumlasiga kiritilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklarining pul ifodasidagi qiymatidan asosan bojxonada rasmiylashtirish maqsadlari uchun foydalaniladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekistonda muruvvat yordami ko‘rsatuvchi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilinadi. Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatining (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) xulosasi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilot vakolatxonasi yoki filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun asos hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bosh vazir o‘rinbosarining muruvvat yordami masalalari bo‘yicha qarorlari vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordamini muvofiqlashtirish ishlari tezkor bajarilishini tezkor ta’minlash maqsadida shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadigan doimiy ishlaydigan ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, bojxonada rasmiylashtirish, transportda tashish, to‘plash, saqlash, xatlovdan o‘tkazish, yuklarning xavfsizligi bo‘yicha qo‘riqlash va boshqa karantin tadbirlarini o‘tkazish, muruvvat yordamini aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan samarali, maqsadli foydalanish uchun mas’uliyat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tuziladigan muruvvat yordami bo‘yicha hududiy komissiyalarga (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soha vazirliklari va idoralari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida tuziladigan muruvvat yordami bo‘yicha tarmoq komissiyalariga (keyingi o‘rinlarda tarmoq komissiyalari deb ataladi) yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Muruvvat yordamidan belgilanmagan maqsadda foydalanishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Muruvvat yordami olinishidan oldin maxsus ekspert komissiyasi tomonidan bu yordamning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Muruvvat yordami sifatida O‘zbekiston Respublikasiga keltiriladigan yuklarni bojxonada rasmiylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq, Kotibiyatning ko‘rsatilgan yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasiga keltirilgan muruvvat yordami yuklari va yuklarni oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Kotibiyatniga va Moliya vazirligining G‘aznachiligiga (keyingi o‘rinlarda — G‘aznachilik deb ataladi) taqdim etiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligini tasdiqlash uchun muruvvat yordamini oluvchi Kotibiyatga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastur yoxud donor tashkilot bilan muruvvat yordami bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yukni jo‘natuvchining yuk muruvvat yordamiga mansubligi to‘g‘risidagi invoysi (schyot-faktura);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yukni oluvchining yukning foydalanish maqsadi to‘g‘risidagi xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘l-transport yuk xatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaruriyat bo‘lganda, karantin va boshqa inspeksiya xizmatlarining yukning qonun hujjatlariga muvofiq respublikaga keltirilishiga ruxsat etilgan yuklar ro‘yxatiga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi to‘g‘risidagi xulosalar Kotibiyatning protokol tarzidagi qarori rasmiylashtiriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklarini bojxonada tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida Kotibiyatning mas’ul xodimlaridan tayinlangan muvofiqlashtiruvchi tomonidan ularning muruvvat yordamiga mansubligi to‘g‘risidagi dastlabki xulosasi berilishiga yo‘l qo‘yiladi, keyinchalik mazkur xulosa Kotibiyatning protokoli bilan tasdiqlanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Aeroportlarda, temir yo‘l va avtotransport stansiyalarining omborlaridagi muruvvat yordami yuklaridan saqlash, xabardor qilish, bojxona tartib-qoidalari, deklaratsiyalash, bekor turib qolish, tushirish-yuklash ishlari va boshqa xizmatlar uchun bojlar, yig‘imlar va boshqa xil to‘lovlar olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Muruvvat yordami yuklari sifatini va ularning xavfsizligini nazorat qilish belgilangan tartibda, to‘lov undirmasdan davlat nazoratining vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Muruvvat yordami yuklarining ularni tashish vaqtidagi saqlanishi tegishli transport tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari tomonidan, to‘lov undirmasdan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar insonparvarlik yuklarining hisobga olinishini, saqlanishini, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini hamda ularning aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishini ta’minlashga majburdirlar.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami sifatida keltirilgan tovarlarni hisobga olish va saqlash tijorat tovarlaridan alohida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hududiy va tarmoq komissiyalari Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Bosh vazir o‘rinbosari tasdiqlashi uchun Kotibiyatga muruvvat yordami yuklarini aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlash bo‘yicha takliflar taqdim etadilar, ular har yili beriladigan buyurtmanomalarga muvofiq bo‘lishi (ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha), shuningdek donor tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning takliflariga, xalq deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari so‘rovlariga asoslanishi kerak.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularni aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlash ustidan nazorat hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Muruvvat yordami yuklarini oluvchi budjet tashkilotlari bo‘yicha nazorat, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan ham amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy va tarmoq komissiyalarining, shuningdek yuqori budjet tashkilotlarining insonparvarlik yordami yuklaridan maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishini nazorat qilish natijalari bo‘yicha hisoboti hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi Departamenti deb ataladi) taqdim etiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Huzurida tegishli tarmoq komissiyalari va hududiy komissiyalar tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek oluvchilar G‘aznachilikka insonparvarlik yordami yuklari olinganligi va ulardan maqsadli foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha va muddatlarda taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
G‘aznachilik hududiy va tarmoq komissiyalari, shuningdek oluvchilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar umumlashtirilishi va Moliya vazirligi Departamentiga taqdim etilishini ta’minlaydi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishini tekshirishlar belgilangan tartibda, Ishchi guruh tomonidan Kotibiyat tasdiqlagan jadval bo‘yicha, zaruriyat bo‘lganda, mustaqil ekspertlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi vakillarini jalb etgan holda o‘tkaziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Muruvvat yordami yuklarining oluvchilari yoki iste’molchilari hisoblanadigan budjet tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlarni o‘tkazish vaqtida davlat moliya organlari tomonidan ularni tekshirish rejalariga muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishini nazorat qilish ham kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘tkazilgan tekshirishlar yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, unda muruvvat yordami yuklarini bojxonada rasmiylashtirish, qabul qilish, hisobga olish va aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlash talablariga muvofiqlik, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muruvvat yordami yuklarini saqlash va taqsimlash sharoitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muruvvat yordami sifatida keltirilgan tovarlarda tamg‘aning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan muruvvat yordami yuklari bo‘yicha hisobga olish hujjatlarining (hisobga olish daftarlari, kitoblari, vedomostlar va shu kabilar) mavjudligi va to‘liqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muruvvat yordami yuklari iste’molchilarining yuklarning olinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holdagi nomlari ko‘rsatilgan ro‘yxatlarini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muruvvat yordami sifatida olingan foydalanilmagan tovarlar miqdorining hisobi, sabablari, foydalanishga yaroqlilik muddati o‘tib ketgan tovarlar (mahsulotlar)ni ko‘rsatgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning xatlari va shikoyatlari bo‘yicha ishlarning amalga oshirilganligi aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Muruvvat loyihalari amalga oshirilishi monitoringi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Donorlar tomonidan muruvvat yordami doirasida berilgan mablag‘lar, tovarlar va xizmatlardan foydalanish samaradorligini oshirish muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringining maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Muruvvat yordami bo‘yicha hududiy va tarmoq komissiyalari insonparvarlik yordamini jalb etishga doir takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘adi, ishlaydi va umumlashtiradi hamda ushbu ma’lumotlarni har yili 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi muruvvat yordami bo‘yicha hududiy va tarmoq komissiyalarining takliflari asosida kelgusi yilda insonparvarlik yordamini jalb etish uchun jamlanma buyurtmani 31-iyuldan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan muruvvat yordamini jalb etishga doir jamlanma buyurtmani donorlarga yuborish Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda respublikada akkreditatsiya qilingan donorlar vakolatxonalari orqali amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Muruvvat loyihalari monitoringining muntazam ravishda o‘tkazilishi yuzasidan mas’uliyat hududiy va tarmoq komissiyalariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringini amalga oshirish quyidagi hujjatlarni tayyorlash va yig‘ish, shuningdek tasdiqlashni ta’minlashni nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Reja-jadval (ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Ishlarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot (ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Ishlarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotga tushuntirish xati (ixtiyoriy shaklda), unda quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar (tarmoq sektori, loyihaning nomi, uning joylashgan joyi va kutilayotgan natijalari, muruvvat loyihasining ijrochilari, amalga oshirish davri, smeta qiymati, moliyalashtirish manbalari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalashtirishning borishi va ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi, muruvvat loyihasini amalga oshirishda paydo bo‘lgan muammolar to‘g‘risida axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilinayotgan tovarlar va xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘yilgan maqsadlarga erishilganligi va prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Muruvvat yordami bo‘yicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan hisobotlar Kotibiyatga va G‘aznachilikka:
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reja-jadval — har yili 25-yanvardan kechikmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlarning bajarilishi to‘g‘risida hisobot va Ishlarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotga tushuntirish xati — hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

1. Donorlar tomonidan oluvchilarga muruvvat yuklari berilishi.
2. Yuklarni oluvchilar tomonidan tovarlarning muruvvat yuklariga tegishliligi to‘g‘risidagi hujjatlar tayyorlanishi va uning komissiya orqali Kotibiyatga yuborilishi (2a).
3. Kotibiyatning ko‘rib chiqishi va bojxona organi tomonidan yuklarning muruvvat tusidaligi to‘g‘risida xulosa berilishi.
4. Bojxona rasmiylashtiruvi va muruvvat yordami yuklari sifati ustidan nazorat qilish.
5. Bojxona organlari tomonidan muruvvat yuklari to‘g‘risida VMning Kotibiyatga va G‘aznachilikka ma’lumotlar yilning har choragida taqdim etilishi.
6. Muruvvat yordami yuklarini aniq tarzda taqsimlash loyihasini tayyorlash va asoslash.
6a. Muruvvat yordami yuklarini aniq tarzda taqsimlash loyihalarini Moliya vazirligi bilan kelishish.
7. Muruvvat yuklarini aniq tarzda taqsimlashni tasdiqlash.
8. Muruvvat yuklarini iste’molchilarga yetkazib berish va ularni hisobga olish.
9. Bojxona rasmiylashtiruvi, muruvvat yuklarini hisobga olish, ularni taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlar bajarilganligi aks ettirilgan holda tekshirishlar o‘tkazish va dalolatnomalar tuzish.
9a. Moliya vazirligi Departamentiga tekshirish natijalari to‘g‘risida axborot taqdim etish.
10. G‘aznachilikka Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo‘yicha muruvvat yordami yuklari olinganligi va ulardan maqsadli foydalanish to‘g‘risida axborot taqdim etish.
10a. Moliya vazirligi Departamentiga umumlashtirilgan axborot taqdim etish.
11. Maqsadli foydalanishni va taqsimlashning manzilliligini tekshirish, shu jumladan donorlar tomonidan tekshirish (11a).
12. Moliya vazirligi Departamentiga va Kotibiyatga muruvvat yordami loyihalari amalga oshirilishi to‘g‘risida yig‘ma axborot taqdim etish.
(1 ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat dasturlarini amalga oshirish maqsadida muruvvat yordami bo‘yicha hududiy komissiya buyurtmanomasining namunaviy shakli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sarvaraq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) dasturning nomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) hududiy komissiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar (manzili, telefon, faks)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) dasturning boshlanishi va tugallanishi sanalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) loyihaning jug‘rofiyasi (u qayerda amalga oshiriladi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) dasturning qiymati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Muammoning qo‘yilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Dasturning maqsadi va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Dasturni amalga oshirish usullari va bosqichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Dastur monitoringi usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kutilayotgan natijalar va ularni baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Dasturning budjeti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami bo‘yicha tarmoq komissiyasining muruvvat yordami olishga buyurtmanomasining NAMUNAVIY ShAKLI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Tarmoq komissiyasining nomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Muruvvat yordami sifatida olinayotgan tovarlarning so‘ralayotgan guruhi nomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Masalan: dori-darmonlar va tibbiyot anjomlari)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Necha marta murojaat qilingan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Buyurtmanoma birinchi buyurtmanoma yoki takroriy ekanligi ko‘rsatilsin. Agar buyurtmanoma takroriy bo‘lsa, qaysi xalqaro tashkilotga va qachon murojaat qilinganligi ko‘rsatilsin)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Talab etiladigan muruvvat yuklari so‘rovi uchun shakl
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MURUVVAT YORDAMINI OLUVChILAR
MURUVVAT YORDAMINING TALAB ETILGAN YuKLARI RO‘YXATI
KOMPLEKTLAR SONI
Masalan: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Nogironlar aravachalari
10
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Etkazib berishning kutilayotgan muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Muruvvat yordamidan foydalanish monitoringi usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Masalan: bevosita oluvchilardan so‘rab chiqish, taqsimlash joyiga boruvchi komissiyalar, oluvchi tashkilotlar hisobotlari, boshqalar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordamini amalga oshirish monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muruvvat yuklarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish. 2. Taqdim etilgan axborotni tahlil qilish, har yili yig‘ma hisobot tuzish, ustuvor loyihalarning birinchi navbatdagi ro‘yxatini shakllantirish va ularni Moliya vazirligi bilan kelishish. 2a. Muruvvat yordamining ustuvor loyihalari bo‘yicha Moliya vazirligi bilan kelishilgan axborotni Vazirlar Mahkamasining Kotibiyatiga taqdim etish. 3. Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan muruvvat loyihalarining ustuvor ro‘yxati tasdiqlanishi va uni O‘zbekiston Respublikasi TIV (3a) va O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan donorlar vakolatxonalari (3b) orqali donorlarga (3v) yetkazish. 4. Qo‘shma dastur yoki loyihani ishlab chiqish va tomonlarning javobgarligi to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimni tayyorlash. 5. Loyiha to‘g‘risidagi axborot yig‘ilishini ta’minlash, reja-jadvalni tasdiqlash va loyiha bo‘yicha ishlar bajarilishi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni olish. 6a. Moliya vazirligining G‘aznachiligiga muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborotni taqdim etish. 6b. G‘aznachilik tomonidan Moliya vazirligi Departamentiga yig‘ma axborot taqdim etilishi. 7. Moliya vazirligi Departamenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yakuniy umumlashtirilgan axborotni taqdim etish.
(4 ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat loyihasini tayyorlash va amalga oshirish reja-jadvali
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Loyiha qismining nomi
Natura ko‘rsatkichini o‘lchash birligi
Bajarilish \ moliyalashtirish hajm
Loyiha bo‘yicha hammasi
Shu jumladan yillar bo‘yicha
Tadbirlar (ishlar turi)
Rejalashtirilayotgan yil boshlangungacha
Rejalashtirilayotgan bir yilga
Prognoz
Bir yilga hammasi
Shu jumladan choraklar bo‘yicha
2-yil-ga
3-yil-ga
Undan keyingi yillarga
I
II
III
IY
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Loyiha qismlari bo‘yicha tadbirlar (ishlar turlari)ni bajarish va moliyalashtirishning rejadagi hajmlari jadvalga kasr shaklida kiritiladi, tegishli o‘lchov birliklaridagi naturadagi ko‘rsatkich surat, maxraj esa – valyutadagi moliyalashtirish summasi. Naturadagi ko‘rsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami bo‘yicha ishlarning bajarilishi to‘g‘risida hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Loyiha qismining nomi
Natura ifodasida ish turlari
Naturadagi ko‘rsatkichning o‘lchov birligi
Natura ifodasida ishlarni bajarish hajmi
Hisobot choragidagi o‘zlashtirish hajmi So‘m yoki AQSh dollari
Yil boshidan boshlab
Shu jumladan hisobot choragida
reja
amalda
reja
amalda
reja
amalda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Naturadagi ko‘rsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek texnik ko‘maklashish mablag‘lari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda donorlar deb ataladi) texnik ko‘maklashish mablag‘lari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Texnik ko‘maklashish – bu asbob-uskunalar va texnologiyalar xarid qilish, tajriba-konstruktorlik ishlarini, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlarni amalga oshirish, davolash, o‘qitish, xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maslahat xizmatlari ko‘rsatish hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun donorlar tomonidan natura tarzidagi grantlar va pul shaklida beriladigan maqsadli mablag‘lardir.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Donorlarning texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobiga amalga oshirish nazarda tutilayotgan loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Donorlarning texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi monitoringi va nazorat qilish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Har yili 31-maydan kechikmasdan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kelgusi yilda donorlar tomonidan moliyalashtirish nazarda tutilayotgan texnik ko‘maklashishning ustuvor loyihalari ro‘yxati tayyorlanadi hamda Moliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Texnik ko‘maklashish bo‘yicha ustuvor loyihalarning ro‘yxatiga asosan texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb qilishni donorlar bilan ishlab chiqish Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Har yili 25-yanvardan kechikmasdan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilda amalga oshirish uchun donorlar bilan oldindan ishlab chiqiladigan loyihalar ro‘yxati tayyorlanadi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10-fevralgacha tasdiqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yangi loyiha taklifini ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatlarga kiritish uchun loyiha tashabbuskori bo‘lgan vazirlik yoki idora yoxud texnik ko‘mak oluvchi (ijro etuvchi agentlik) loyiha taklifini (o‘zbek/rus va ingliz tillarida) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Donorning o‘zi loyiha tashabbuskori bo‘lgan taqdirda, u O‘zbekiston Respublikasi hududida donorning/vakilining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik yoki idora/donor orqali (bunday vazirlik yoki idora bo‘lmagan taqdirda — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga) loyiha taklifini ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda, keyinchalik ko‘rib chiqish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuborish uchun, taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyiha taklifi olingandan keyin o‘n kun muddatda, tahlil o‘tkazish asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyiha taklifini ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududida donor faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul vazirlik/donorning vakili hisoblangan taqdirda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi loyiha taklifi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyiha taklifini ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan loyiha takliflarini ko‘rib chiqish uchun loyihani amalga oshirishning mo‘ljallanayotgan sohasiga aloqador bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralarni jalb qilishga haqlidir.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi barcha xulosalar olingandan keyin bir hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijobiy xulosalar mavjud bo‘lgan taqdirda loyiha taklifini ko‘rib chiqish va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilish uchun umumlashtirilgan xulosani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi masalasida manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda vazirliklar va idoralarning umumlashtirilgan fikrini u yoki bu loyihani texnik ko‘maklashish loyihalari ro‘yxatiga kiritishga doir uzil-kesil qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha hujjatini puxtalashtirish zarur bo‘lganda uni O‘zbekiston Respublikasi hududida donorning/donorning vakili faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik yoxud idora orqali loyiha tashabbuskoriga/ijro etuvchi agentlikka, bunday vazirlik yoki idora bo‘lmagan taqdirda – bevosita donorga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori olingandan keyin uch kun muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorini/ijro etuvchi agentlikni qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda loyiha taklifini (o‘zbek/rus va ingliz tillarida) keyinchalik donorlar bilan ishlab chiqish va kelishish uchun Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligiga va xalqaro moliya institutlarida O‘zbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar ofislariga yuboradi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
donorning o‘zi loyiha tashabbuskori bo‘lgan taqdirda uni O‘zbekiston Respublikasi hududida donorning/donor vakilining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik yoki idora orqali, vazirlik yoki idora bo‘lmagan taqdirda esa — bevosita donorni qabul qilingan qaror to‘g‘risida, qaror ijobiy bo‘lgan taqdirda loyihani O‘zbekiston tomonidan amalga oshirish bo‘yicha tayinlangan ijro etuvchi/birgalikda ijro etuvchi agentlik to‘g‘risida xabardor qiladi. O‘zbekiston tomonidan ijro etuvchi/birgalikda ijro etuvchi agentlikning mavjud bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha texnik ko‘maklashish loyihalarini amalga oshirishning majburiy sharti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari texnik ko‘maklashish loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibiga rioya etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Texnik ko‘maklashish loyihalarini amalga oshirish monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Texnik ko‘makni oluvchi vazirlik yoki idora (ijro etuvchi agentlik) donor tomonidan texnik ko‘maklashish granti maqullanishi to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin ikki hafta muddatda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentiga (keyingi o‘rinlarda Moliya vazirligining departamenti deb ataladi) Moliya vazirligi bilan kelishilgan va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) texnik ko‘maklashish loyihasini amalga oshirish tadbirlari rejasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) grant mablag‘larini o‘zlashtirish jadvalini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) texnik ko‘maklashish loyihasi doirasida xarid qilish va/yoki yetkazib berish mo‘ljallanayotgan asbob-uskunalar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi imzolangan bitim nusxasini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirliklar, idoralar va O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari bo‘yicha axborotlarni turkumlash va texnik ko‘maklashishdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi har chorakda hisobot choragi oxirgi oyining 25-kunidan kechikmay Moliya vazirligining departamentiga texnik ko‘makni oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etadi (ushbu Nizomga 4-ilova).
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi donorlar jalb etilishi va loyihani amalga oshirish davomida ular tomonidan majburiyatlar bajarilishining doimiy monitoringini olib boradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi donorlar tomonidan texnik ko‘maklashish loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga tushayotgan ma’lumotlar haqida o‘z vaqtida Moliya vazirligining departamentiga xabar beradi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 27-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga donorlarni jalb etish va O‘zbekiston Respublikasida texnik ko‘maklashish loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni taqdim etadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Grant mablag‘lari hisobiga tovarlar (ishlar va xizmatlar) sotib olish donorlar tomonidan belgilangan tartibotlarga muvofiq tender asosida amalga oshiriladi va ular uchun haq, qoidaga ko‘ra, ularning qarorgohlarida ochilgan tegishli hisob raqamlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lanadi. Grant mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasida oluvchilar hisob raqamlariga ularning faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankida maxsus ochilgan hisob raqamlariga tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Donorlarning texnik ko‘maklashish loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish ushbu loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro etuvchi agentliklar uch kun mobaynida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga va Moliya vazirligining departamentiga donorlarning texnik ko‘maklashish loyihalarini amalga oshirish doirasida olib kelinayotgan tovarlar tushganligi to‘g‘risida axborot beradi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tovarlar donorlarning texnik ko‘magiga tegishliligi to‘g‘risidagi xulosa zarurligi bayon qilingan taqdirda bojxonada rasmiylashtirish maqsadida ijro etuvchi agentliklarga ushbu xulosa Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida texnik ko‘maklashish loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida tuzilgan tegishli shartnomalarni tahlil qilish asosida beriladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi berilayotgan xulosalarning hisobga olinishi va ularning donorlar bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiqligi uchun javob beradi.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Texnik ko‘maklashish loyihalari tugallangandan keyin ijro etuvchi agentliklar bir oy muddatda Moliya vazirligining departamentiga hamda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga loyihaning erishilgan maqsadlarini, iqtisodiy, ijtimoiy va/yoki ilmiy samarasini, balansga qabul qilinganligi va yetkazib berilgan moddiy-texnika vositalaridan foydalanish yo‘nalishlarini aks ettiruvchi texnik ko‘maklashish loyihasi amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi ijro etuvchi agentlikning rahbari tomonidan tasdiqlangan yakunlovchi hisobotni, shuningdek loyiha natijalarini qo‘llashga doir chora-tadbirlar rejasini taqdim etadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Nizomning 10 va 15-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etilishi uchun mas’uliyat ijro etuvchi agentlik rahbariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Grant mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Grant mablag‘larini o‘z vaqtida o‘zlashtirish va ulardan maqsadli foydalanish uchun mas’uliyat ijro etuvchi agentlik rahbari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Texnik ko‘maklashish loyihalari amalga oshirilishi ijro etuvchi agentliklar va manfaatdor tomonlarning vakillari taklif etilgan holda har chorakda kamida bir marta Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligining departamenti tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Grant mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Moliya vazirligi texnik ko‘maklashish loyihalari amalga oshirilishi bo‘yicha ijro etuvchi agentliklar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishga haqlidir.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ijro etuvchi agentliklar tomonidan grant mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik ko‘mak olgan budjet tashkilotlari belgilangan tartibda G‘aznachilikka, davlat soliq xizmati organlariga grant mablag‘laridan foydalanilishini aks ettiruvchi hisobotni, shu jumladan pul shaklida ko‘mak olgan budjet tashkilotlari — budjet mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobot singari hisobotni taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish, grant mablag‘laridan samarasiz va boshqa maqsadda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatiga ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik ko‘maklashish mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanishda, shuningdek texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanish monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishi tartibini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Donorlarning texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobiga amalga oshirish nazarda tutilayotgan loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kelgusi yilda donorlar tomonidan moliyalashtirish nazarda tutilayotgan texnik ko‘maklashishning ustuvor loyihalari ro‘yxati
2. Joriy yilda amalga oshirish uchun donorlar bilan oldindan ishlab chiqilayotgan loyihalar ro‘yxati
3. Loyiha taklifi pasporti ilova qilingan loyiha taklifi
4. Loyiha taklifi bo‘yicha xulosa
5. Taqdim etilgan loyiha taklifini ro‘yxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun umumlashtirilgan xulosa
5a. Loyiha hujjatini puxtalashtirish
6. Loyiha taklifini ro‘yxatlarga kiritish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qaror
7. Qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar berish
7a. Qabul qilingan qaror va tayinlangan ijro etuvchi agentlik to‘g‘risida xabar berish
7b. Keyinchalik donorlar bilan ishlash uchun loyiha taklifi
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Donorlarning texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi monitoringi va nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monitoring
1. Donor tomonidan texnik ko‘maklashish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi.
2. Moliya vazirligi bilan kelishilgan va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan texnik ko‘maklashish loyihasini amalga oshirish tadbirlari rejasi va grant mablag‘larini o‘zlashtirish jadvali.
3. Texnik ko‘mak oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4. Texnik ko‘maklashish grantlari bo‘yicha Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha hisobot olish.
5. Umumlashtirilgan yig‘ma axborot taqdim etish.
5a. Texnik ko‘maklashish mablag‘larining tushishi va o‘zlashtirilishi to‘g‘risida yig‘ma axborot.
6. Donorlar jalb etilishi va loyihani amalga oshirish davomida ular tomonidan majburiyatlar bajarilishining doimiy monitoringi.
6a. Loyiha amalga oshirilishining, texnik ko‘maklashish mablag‘lari o‘zlashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishining doimiy monitoringi.
6b. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish hollarini bartaraf etish yuzasidan takliflar.
7. Tovarlarning kelib tushishi to‘g‘risida axborot.
8. Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish.
9. Loyihaning amalga oshirilishi to‘g‘risida yakuniy hisobot.
nazorat
10. Grant mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish.
10a. Tekshirishlar natijalari to‘g‘risida axborot taqdim etish.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Donorlarning texnik ko‘magini oluvchilar to‘g‘risidagi MA’LUMOTLAR 20__ yil ___ choragi uchun
Mablag‘larni oluvchi
Grantning tartib raqami yoki kodi
Grantning nomi
Donorning nomi
Grant mablag‘laridan foydalanish boshlangan sana
Grant summasi (ming AQSh dollari)
1
2
3
4
5
6
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi
20__ yil “___” ______________”.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari kotibiyatlari bilan birgalikda” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va beg‘araz texnik ko‘makdan maqsadli foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarorining 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va beg‘araz texnik ko‘makdan maqsadli foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) 8-bandi, shuningdek qarorga 7-ilova.