18.02.2020 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmonining ijrosini taʼminlash, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha moratoriy joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, moratoriy joriy etilgan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni qabul qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun xulosalar berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) hokimliklari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari ushbu band talablarini bajarish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda qimmatbaho navlardan tashqari daraxtlar va butalar navlarini hamda tabiiy omillar yoki zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari taʼsirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf tugʻdiruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga ruxsatnoma berish Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 255-son va “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qarorlari asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Obod mahalla” va “Obod qishloq” davlat dasturlari loyihalari asosida hududlarni obodonlashtirish ishlarida tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari taʼsirida shikastlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida rasmiylashtiriladigan hujjatlarda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarida, shuningdek, elektron onlayn-auksion natijalari bayonnomalarida yer uchastkasida oʻsayotgan daraxtlar soni, ularning aniq koordinatalari, navlari, diametri, balandligi koʻrsatilishi shart, shuningdek, ularni saqlab qolish va muhofaza qilish choralari va talablari belgilanishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish maydonida oʻsayotgan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari toʻliq saqlab qolinishi yoki koʻchirib oʻtkazilishi taʼminlanishi shart, daraxtlar va butalar boshqa navlarining kamida 50 foizi saqlab qolinishi yoki koʻchirib oʻtkazilishi yoxud ularning oʻrniga oʻntadan kam boʻlmagan daraxtlar kompensatsiya sifatida ekib berilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-martdan boshlab qurilish, qayta taʼmirlash, qayta tiklash, kapital taʼmirlash, qurilish obyektlarini obodonlashtirish, buzish boʻyicha loyiha hujjatlarida, shuningdek, qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilishda majburiy tartibda oʻsimlik dunyosi obyektlariga va ularning oʻsish muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishning oldini olishni taʼminlaydigan, ularni bunday taʼsirdan himoya qiladiganchoralar, kompensatsiya tadbirlari hamda ushbu sohadagi qoida va meʼyorlar asosida koʻkalamzorlashtirish choralari nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratishda ushbu yer maydonlarida joylashgan daraxt va butalarni saqlab qolish uchun zarur choralarni koʻrsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obodonlashtirish boshqarmalarini daraxt va butalarni parvarish qilish sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, zarur boʻlgan texnik vositalar bilan taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-martdan qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, qurilish obyektlarini obodonlashtirish, buzish, qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish paytida loyihalash hujjatlariga quyidagi majburiy talablarni kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimlik dunyosi obyektlariga, ularning oʻsish muhitiga salbiy taʼsirning oldini olish, shuningdek, ularni bunday taʼsirdan himoya qilishni taʼminlaydigan choralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya choralari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻkalamzorlashtirish ishlarini loyihalashtirish qoidalariga hamda shu sohadagi meʼyorlarga muvofiq amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, temir yoʻl hamda avtomobil yoʻllari va boshqalar) barpo etishda, shu jumladan, daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish amaliyotini qoʻllash orqali ularning saqlab qolinishi qatʼiy taʼminlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslarning koʻp yillik daraxtzorlarga egalik xuquqini aniqlash tartibini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda 2020-yil 1-iyungaqadar Toshkent davlat agrar universiteti bazasida obodonlashtirish boshqarmalari va boshqa tegishli tashkilotlar uchun daraxtlarni parvarish qilish boʻyicha mutaxassislar (arboristlar) tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda iqlim va boshqa sharoitlardan kelib chiqib, aholi punktlarida ekishga tavsiya etiladigan manzarali daraxt navlari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uni zaruratga qarab yangilanib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalarni parvarish qilish, butash, kesish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini qayta koʻrib chiqqan holda, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat oʻrmon fondidan tashqari yerlarda daraxt va butalarni kesish, ularniboshqa yerga koʻchirib oʻtkazish tartibi hamda kompensatsiya tadbirlarini amalga oshirish shartlari buzilganligi, davlat oʻrmon fondidan tashqari yerlarda noqonuniy daraxt va butalar noqonuniy kesilganligi, shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxtlar va butalar tashilishi va qabul qilinishi uchun, jumladan, bunday harakatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikgacha javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 18-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 93-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Turning ilmiy nomi

Xususiyati

I. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho (yogʻochbop) navli daraxtlar

1.

Grek yongʻogʻi (Juglans regia L.)

Yogʻochi qimmatbaho

2.

Silliq qayragʻoch (Ulmus laevis Pall.)

Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega

3.

Yalongʻoch qayragʻoch (Ulmus glabra Huds.)

Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega

4.

Pastboʻyli qayragʻoch, qayragʻoch (Ulmus pumila L.)

Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega

5.

Kavkaz qatrongʻisi, tugʻdona (Celtis caucasica Willd.)

Yogʻochi juda qattiq va zich, chirimaydi, qimmatbaho hisoblanadi

6.

Tukli zarang (Acer pubescens Franch.)

Yogʻochi juda qattiq va zich, qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

7.

Sekvoya (Sequoia sempervirens Emdl.)

Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

8.

Oddiy eman (Quercusrobur L.)

Yogʻochi qimmatbaho

9.

Chinorsimon zarang (Acer platonoides L.)

Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun

10.

Ok akatsiya (Robínia pseudoacacia)

Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi manzarali va sharsimon koʻrinishga ega

11.

Glidichiya (Gleditsia triacanthos)

Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun va tekis, chirimaydi

12.

Ginkgo biloba (Ginkgo biloba)

Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

13.

Shumtol (Fraxinus raibocarpa Regel.)

Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

14.

Suriya qorashumtoli (Fraxinus syriaca Boiss.)

Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

15.

Oddiy qaragʻay (Pinus sylvestris)

Yogʻochi qizgʻish, qurilishda keng foydalaniladi, qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

16.

Gʻarb tuyasi (Thuja occidentalis L.)

Yogʻochi qimmatbaho, tanasi qizgʻish, buyumlar yasashda keng foydalaniladi

17.

Meliya azedarax (Melia azedarach)

Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

18.

Pavloniya (Paulownia tomentosa)

Yogʻochi tez oʻsuvchi va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

19.

Koʻkbargli terak, turangʻil (Populus pruinosa Schrenk)

Qurilishda keng foydalaniladi, ariq va zovur atroflarida ekilib, yer osti sizot suvlarining sathini pasaytiradi

20.

Oq tut (Morus alba L.)

Yogʻochi juda qattiq, musiqa asboblari va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi

21.

Gʻarb chinori (Platanus occidlentalis L.)

Musiqa asboblari, mebel va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi

22.

Zarangbargli chinor (Platanus acerofolia Willd)

Qurilish materiallari, mebel va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi

II. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho (manzarali) navli daraxtlar

23.

Turkiston archasi, oʻrikarcha (JuniperusturkestanicaKom.)

Manzarali xususiyatga ega, madaniylashtirib boʻlmaydi.

24.

Yarimsharsimon archa, saurarcha (Juniperus semiglobosa Regel)

Doim yashil, manzarali, oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi

25.

Zarafshon archasi, qizilarcha, qora archa (Juniperus seravschanica Kom.)

Doim yashil, manzarali, togʻli hududlarda tarqalgan

26.

Soqolchali qayin (Betula pendula Roth)

Tana va shoxlari juda chiroyli, tanasining rangi oq va qora aralash

27.

Tyanshan qayini (Betula tianschanica Rupr.)

Manzarali, tanasining rangi oq va qora aralash

28.

Kapyu toli (Salix capusii Franch.)

Manzarali, tana va shohlari oʻziga xos chiroyli

29.

Androsov qayragʻochi, sadaqayragʻoch (Ulmus androssowii Litv.)

Sharsimon shaklga ega, manzarali

30.

Qora tut, shotut (Morus nigra L.)

Manzarali, chiroyli

31.

Semenov zarangi (Acer semenovii Regel & Herder)

Faqat togʻli hududlarda oʻsadi va yogʻochi juda qattiq va chiroyli koʻrinishga ega

32.

Kanada argʻuvoni (Cercis canadensis L.)

Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi

33.

Lenkaran akatsiyasi (Albizia julibrissin)

Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi, manzarali

34.

Yuraksimon juka (Tilia cordata Mill.)

Manzarali, chiroyli gullaydi va oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi. Koʻp miqdorda nektar saqlovchi

35.

Terisimon Skumpiya (Cotinus coggygria Scop.)

Mevalari chiroyli, manzarali daraxt

36.

Supirgi kyolreyteriya (Koelreuteria paniculata Laxm.)

Gullari sariq rangda, gullaydi, oʻziga xos chiroyli

37.

Soxta kashtan (Aesculus hippocastanum L.)

Manzarali va chiroyli gullaydi

38.

Brussonetiya (Broussonetia papyrifera)

Mevalari chiroyli manzarali daraxt

39.

Turkiston zarangi (Acer turkestanicum Pax)

Manzarali daraxt, Samarqand viloyatining janubiy hududlarida tarqalgan

40.

Qoraqaragʻay (Pinus nigra)

Mevalari chiroyli manzarali daraxt

41.

Eldor qaragʻayi (Pinus eldarica)

Juda chiroyli manzarali daraxt

42.

Qrim qaragʻayi (Pinus nigra pallasiana)

Juda chiroyli manzarali daraxt

43.

Tikoni koʻk qaragʻay (Picea pungens Engelm)

Qimmatabaho manzarali daraxt

44.

Shrenk qaragʻayi (Picea schrenkiana Fisch. & C.A. Mey.)

Manzarali daraxt

45.

Kedr, gimalay kedri (Thuja plicata D.Don.)

Kamyob, chiroyli va manzarali

46.

Kazak archasi (Juniperus sabina L.)

Kamyob, chiroyli va manzarali

47.

Doimiy yashil kiparis (Cupressus sempervirens L.)

Juda chiroyli va manzarali

48.

Gliptostrobuscimon Metasekvoyya, Xitoy Metasekvoyasi (Metasequoia glyptostroboides Hu et Cheng)

Oʻziga xos manzaraga ega chiroyli daraxt

49.

Lola daraxti (Liriodendron tulipifera L.)

Relikt oʻsimlik, manzarali

50.

Yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora L.)

Qimmatbaho manzarali daraxt

51.

Magnoliya (Magnolia L.)

Qimmatbaho manzarali daraxt

52.

Toʻq sariq maklyura (Maclura pomifera)

Ulkan chiroyli daraxt

53.

Choʻziqbargli tol (Salix linearifolia E. Wolf)

Chiroyli daraxt

54.

Majnuntol (Babytonica L.)

Sersoya, chiroyli daraxt

55.

Oshlovchi totum (Rhus coriaria L.)

Manzarali daraxt

56.

Uzunbarg jiyda (Elaeagnus angustifolia L.)

Manzarali daraxt

57.

Sharq jiydasi (Elaeagnus orientalis L.)

Manzarali daraxt

58.

Goʻzal katalpa (Catalpa bignonioides walter)

Manzarali daraxt

59.

Sivers olmasi, yovvoyi olma (Malus sieversii M. Roem)

Kamyob manzarali daraxt

60.

Fors qizilchetani (Sorbus persica Hedl.)

Manzarali daraxt

61.

Tyanshan qizilchetani (Sorbus tianschanica Rupr.)

Manzarali daraxt

62.

Turkiston chetani (Sorbus turkestanica (Franch.) Hedl.)

Manzarali daraxt

63.

Turkiston doʻlanasi, qizil dlana (Crataegus turkestanica Pojark.)

Manzarali daraxt

64.

Buxoro bodomi, yovvoyi bodom (Amygdalus bucharica Korsh.)

Manzarali daraxt

III. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan)
qimmatbaho navli daraxtlar

65.

Sharq chinori, chinor (Platanus orientalis L.)

Yovvoyi holda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining togʻli joylarida oʻsadi

66.

rta Osiyo noki, nashvati (Pyrus asiae-mediae Popov)

Faqat Toshkent viloyati, Pskom daryosi boʻyi Ispay qishlogʻida oʻsadi

IV. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho navli butalar

67.

Forzitsiya (Forsythia)

Manzarali, chiroyli gullaydi

68.

Hind sireni (Lagerstroemia indica L.)

Xushboʻy hidli, manzarali gullaydi

69.

Yapon toli (Chaenomeles japonica)

Manzarali, chiroyli gullaydi

70.

Pirakanta (Pyracantha L.)

Manzarali, chiroyli gullaydi

71.

Spireya (Spiraea)

Manzarali, chiroyli gullaydi

72.

Gibiskus (Hibiscus L)

Manzarali, chiroyli gullaydi

73.

Beresklet (Euónymus)

Manzarali, chiroyli.

74.

Samshit (Búxus L)

Manzarali, zich, oʻziga xos chiroyli

75.

Magoniya (Mahōnia aquifōlium)

Manzarali, chiroyli kamyob

76.

Qoraqad Barbaris (Bérberis L.)

Manzarali, chiroyli gullaydi

77.

Siren (Syrínga vulgáris)

Manzarali, chiroyli gullaydi

78.

Jasmin (Jasminum officinale)

Manzarali, chiroyli gullaydi

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/93/0183-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)