1-ILOVA
ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish |
||
|
1. |
Orol dengizining Oʻzbekiston tomonidagi qurigan tubida oʻrmonzor maydonlarini kengaytirish. |
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, FVV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mutasaddi vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Nukus, Urganch, Xiva shaharlari atrofida mahalliy turdagi daraxt-butalardan iborat “yashil belbogʻ”lar barpo etish. |
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
II. Yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish |
||
|
3. |
Tuproq unumdorligini va qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini saqlash va oshirish uchun qisqa-rotatsiya va paxta-beda almashlab ekishni keng joriy etishni taʼminlash. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
4. |
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda organik qishloq xoʻjaligi usullarini joriy etish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
5. |
Buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilishni taʼminlash. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, Ekologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
6. |
Kollektor-drenaj tarmogʻining rekonstruksiya qilinishi va qayta tiklanishini taʼminlash. |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
III. Suv resurslarini muhofaza qilish |
||
|
7. |
Suv resurslari yoʻqotishlarini qisqartirish. |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
8. |
Qishloq xoʻjaligida solishtirma gektarga nisbatan suv isteʼmolini qisqartirish. |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
9. |
Tomchilatib sugʻorish va suvni tejovchi boshqa texnologiyalarga oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini kengaytirish. |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
10. |
Oqava suvlarni tozalash samaradorligini oshirish. |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
|
11. |
Sanoatda suv taʼminotining aylanma sikli amaliyotini kengaytirish. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
12. |
Respublika aholisini markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olish qamrovini oshirish. |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
IV. Atmosfera havosini muhofaza qilish |
||
|
13. |
Atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
|
14. |
Jamoat transportini gaz-ballon yoqilgʻisi va elektr energiyasida ishlashga oʻtkazish. |
Transport vazirligi, IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
15. |
Amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarni qoʻllash. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, Ekologiya vazirligi |
|
16. |
Elektr energiyasi ishlab chiqaradigan quvvatlarning umumiy tarkibida qayta tiklanadigan muqobil manbalar (quyosh va shamol energiyasi) ulushini koʻpaytirish. |
Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
V. Biologik resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklash |
||
|
17. |
I — V toifadagi qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish. |
Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
18. |
Tabiiy muhitdan qizilmiya, kovrak, kovul va boshqa turdagi dorivor, ozuqabop va texnik oʻsimliklarni olishni qisqartirish. |
Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
19. |
Qizil kitobga kiritilgan, pitomniklarda yetishtirilgan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qoʻyib yuborishni koʻpaytirish. |
Ekologiya vazirligi |
|
20. |
Yangi tashkil etiladigan qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarda jayronlarning yangi populyatsiyalarini tashkil etish. |
Ekologiya vazirligi |
|
21. |
Oʻrmonlar bilan qoplangan oʻrmon fondi hududini koʻpaytirish. |
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi |
|
VI. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimni takomillashtirish |
||
|
22. |
Aholini qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmati bilan qamrab olish. |
Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
23. |
Hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini oshirish. |
Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
|
24. |
Tibbiy chiqindilarni yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmish tizimini tashkil etish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
Kutilayotgan natijalar |
|
|
I. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar |
||||||
|
1. |
Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etish. |
Orol dengizi qurigan tubi Oʻzbekistondagi hududining 30 foizida mahalliy daraxt va buta oʻsimliklari bilan oʻrmonzorlar barpo etish choralarini koʻrish. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat budjeti, mahalliy budjetlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, FVV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi |
Orol dengizining qurigan tubidan koʻtarilayotgan qum hajmining kamayishi, bioxilma-xillikning qayta tiklanishi, turizm salohiyatining oshishi. |
|
2. |
Respublikaning viloyat markazlari va yirik shaharlari atrofida “yashil belbogʻ”lar yaratish. |
Nukus, Urganch va Xiva shaharlari atrofida mahalliy daraxt va buta oʻsimliklaridan “yashil belbogʻ” lar yaratish. |
2021-yil 1-dekabr |
Mahalliy budjetlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, FVV, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi |
Hududning yirik shaharlarida atmosfera havosini yaxshilash va qulay ekologik vaziyat hosil qilinishi. |
|
II. Yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar |
||||||
|
3. |
Yer resurslarining ifloslanish darajasini kamaytirish. |
Oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllanilishi taqiqlangan hamda cheklangan faol va nofaol ingrediyentlar reyestrini qayta koʻrib chiqish. |
2020-yil 1-yanvar |
Aloqador vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davergeodezkadastr, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, Fanlar akademiyasi |
Yer resurslarining sifat boʻyicha holati yaxshilanishi. |
|
2018-yilda qoʻllanilgan mineral oʻgʻitlar hajmining kamida 10 foizini 2021-yilgacha bosqichma-bosqich organik oʻgʻitlar bilan almashtirish va qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini keng joriy etish choralarini koʻrish. |
2021-yil 1-dekabr |
|||||
|
Organik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va qabul qilish. |
2020-yil 1-dekabr |
Aloqador vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi |
|||
|
4. |
Yer resurslari degradatsiya surʼatlarini kamaytirish boʻyicha oldini oluvchi choralar ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Quyidagilarni oʻz ichiga olgan kompleks oʻrmon-meliorativ, agrotexnik va meliorativ chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish: qirgʻoqni mustahkamlovchi va ihota daraxtzorlari tizimini barpo etish; togʻ yonbagʻirlarida supa olish hamda oʻrmon va mevali daraxtzorlar hosil qilish; tuproqning unumdorligi va qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini saqlab qolish va oshirish maqsadida qisqa-rotatsion va paxta-beda almashlab ekishning keng qoʻllanilishini taʼminlash; buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilish hamda ularning kamida 5 foizi tiklanishini taʼminlash; yerlarni meliorativ yaxshilash maqsadida kollektor-drenaj tarmoqlarining kamida 20 foizi rekonstruksiya qilinishi va qayta tiklanishini, shuningdek, yangi suv omborlari qurilishini taʼminlash. |
2020-yil 1-mart |
Davlat (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida) va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari |
Davergeodezkadastr, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi |
Agrotexnik kompleksning atrof tabiiy muhitga salbiy taʼsiri kamayishi. |
|
III. Suv resurslarini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar |
||||||
|
5. |
Suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Quyidagilarga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish: suvni hisobga olish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish; suv resurslarini yoʻqotishni 2 foizga kamaytirish; eng avvalo qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni tomchilab sugʻorishga oʻtkazish va ularning maydonini 4 foizga yetkazish hisobiga qishloq xoʻjaligidagi suv isteʼmolini 2 foizga kamaytirish; sanoat korxonalarini tozalash inshootlari bilan jihozlashni ragʻbatlantirish; respublikadagi kanalizatsiya tozalash inshootlarini tubdan modernizatsiya qilish choralarini koʻrish; sanoatda suv taʼminotining aylanma siklini keng joriy etishni taʼminlash va uning umumiy suv isteʼmoli hajmini 10 foizgacha yetkazish; respublika aholisining 20 foizini kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olinishini taʼminlash. |
2021-yil 1-dekabr |
— |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi |
Suv yoʻqotishni kamaytirish hisobiga suv resurslaridan oqilona foydalanilishi. |
|
IV. Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar |
||||||
|
6. |
Joylarda Konsepsiyaning atmosfera havosini muhofaza qilishga doir qismi bajarilishini taʼminlash. |
Quyidagilarni inobatga olgan holda, atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha amaldagi idoraviy uch yillik harakat rejalariga tuzatishlar kiritish, yangilarini ishlab chiqish va qabul qilish: |
2020-yil 1-yanvar |
Aloqador vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari |
Manfaatdor vazirliklar, idoralar, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Atmosfera havosiga statsionar va harakatdagi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqish hajmlarining kamayishi. |
|
statsionar ifloslanish manbalaridan atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilarni 2018-yildagiga nisbatan 3 foizga kamaytirish; |
||||||
|
yangidan foydalanishga topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarda kamida 99, 5 foizlik samaradorlikka ega chang-gaz tutgichlar qoʻllanilishini taʼminlash; |
||||||
|
faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarning kamida 30 foizida 95 foizdan past boʻlmagan samaradorlikka ega chang-gaz tutgichlar qoʻllanilishini taʼminlash. |
||||||
|
Quyidagilarni inobatga olgan holda Atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha hududiy harakatlar rejalarini ishlab chiqish va qabul qilish: transport va piyodalar oqimining kesishmalari sonini kamaytirish, magistrallardagi yuklama darajasini pasaytirish, transport oqimi tarkibini, tezlik rejimini, tartibga solish siklini optimallashtirish, yoʻlovchi tashish transporti uchun alohida yoʻl qatori ochish, alohida velosiped yoʻlakchalarini tashkil qilish hisobiga yoʻl harakatini toʻgʻri tashkil etishni taʼminlash; jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilgʻi, elektr va boshqa muqobil yoqilgʻi turlariga oʻtkazish, shuningdek, yoʻl infratuzilmasini tashkil etish. |
2020-yil 1-yanvar |
Mahalliy budjet, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz mablagʻlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning grantlari |
||||
|
7. |
Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalarni tashlash boʻyicha solishtirma meʼyorlarni ishlab chiqish va qabul qilish. |
Xalqaro meʼyorlar va standartlarni oʻrganish. |
2019-yil 1-dekabr |
Aloqador vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari |
Energetika vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish boʻyicha solishtirma meʼyorlarning xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi. |
|
Texnik tartibga solish sohasida tegishli tahliliy materiallar va meʼyoriy hujjat loyihasini tayyorlash. |
2020-yil 1-iyun |
|||||
|
Texnik tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjatni kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil 1-dekabr |
|||||
|
Texnik tartibga solish sohasida qabul qilingan meʼyoriy hujjatni hisobga olgan holda energetika kompleksi korxonalarini modernizatsiya qilish dasturlariga tuzatishlar kiritish. |
2021-yil 1-iyun |
|||||
|
V. Biologik resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha chora-tadbirlar |
||||||
|
8. |
Oʻrmon daraxtlari maydoni va zichligini oshirish, shuningdek, ularning sifatini yaxshilash. |
Quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish: qurgʻoq (arid iqlimli) mintaqalarda oʻrmonlarni qayta tiklash va oʻrmonzorlar barpo etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish; respublikaning oʻrmonlari atlasini yaratish maqsadida oʻrmon fondini xatlovdan oʻtkazish; oʻrmon daraxtzorlarini, shu jumladan noqonuniy kesish, yongʻinlar va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilishni yaxshilash; daraxtzorlar bilan qoplangan oʻrmon fondi maydonini 3, 3 million gektarga yetkazish va bunda majburiy ravishda oʻtkazilgan daraxtlar sifati hamda turlar xilma-xilligini mahalliy daraxt va buta navlari yordamida oshirish; asosan biologik va ekologik jihatdan xavfsiz usullardan foydalangan holda zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish; masofaviy usullar asosida oʻrmonlarni monitoring qilishning zamonaviy tizimini joriy etish; oʻrmon fondining sifat tarkibini yaxshilash hamda uning oʻrmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi chidamliligini oshirish maqsadida ilmiy va seleksiya ishlarini takomillashtirish. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida) va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Respublikada atmosfera havosining ifloslanish darajasini kamaytirish hamda biologik xilma-xillikni saqlash va qayta tiklash. |
|
9. |
Qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar (keyingi oʻrinlarda — QTH) tarmogʻini kengaytirish va rivojlantirish. |
I — V toifadagi QTH maydonlarini respublika hududining 7 foizigacha yetkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari. |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi |
Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya tavsiyalarining respublika tomonidan bajarilishi, QTHlarni boshqarish samaradorligining oshishi. |
|
10. |
Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari, QTHning davlat kadastrini yuritish va ularni monitoring qilish jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilish. |
Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari, QTHni muhofaza qilish va toʻgʻri foydalanish maqsadida ularning davlat kadastri yagona maʼlumotlar bazasini yaratish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida monitoring qilishni taʼminlash. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari. |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi |
Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari, QTHning davlat kadastrini yuritish va ularni monitoring qilishning takomillashtirilishi. |
|
11. |
Biologik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Xalqaro tajribani oʻrganish. |
2020-yil 1-yanvar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi |
Autentik (asl) bioxilma-xillikni, shu jumladan hayvonot va nabototning indemik turlarini saqlash va qayta tiklash, shuningdek, aholi salomatligini himoya qilishning taʼminlanishi. |
|
|
Quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarning yagona tizimini oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining “Biologik xavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish: |
2020-yil 1-iyun |
|||||
|
davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini belgilash; |
||||||
|
biologik xavfsizlikni kuchaytirish; |
||||||
|
tabiiy turkumlar va qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat qilish; tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar boʻlgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish.. |
||||||
|
Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2020-yil 1-sentabr |
|||||
|
Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish |
2021-yil |
|||||
|
12. |
Biologik xilma-xillikni saqlashning qonuniy asoslarini takomillashtirish. |
Quyidagilar boʻyicha qonuniy choralar koʻrish: oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini qoʻriqlashni kuchaytirish, shuningdek, ulardan foydalanishni nazorat qilish; pitomniklarda oʻstirilgan biologik xilma-xillik obyektlaridan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi soliq va bojlar tizimini yaratish hamda ularni tabiiy muhitdan tortib olish hajmlarini qisqartirish. |
2021-yil 1-dekabr |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar |
Tabiiy muhitdan tortib olishni kamaytirish hisobiga bioxilma-xillikni saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish. |
|
13. |
Oʻsimlik dunyosi obyektlarini saqlash va qayta tiklash chora-tadbirlari. |
Dorivor, ozuqa va texnik oʻsimliklarning yovvoyi holda oʻsuvchi turlari tabiiy zaxiralarini xatlovdan oʻtkazish. |
2020-yil 1-iyun |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Dorivor, ozuqa va texnik oʻsimliklarning yovvoyi holda oʻsuvchi turlari zaxiralarini aniqlash, oʻsimliklar dunyosining ayrim obyektlarini yovvoyi tabiatdan tortib olish hajmlarini kamaytirish. |
|
Qizilmiya, kavrak, qovul hamda boshqa turdagi dorivor, ozuqa va texnik oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha plantatsiyalar tashkil qilish va shu yoʻl bilan ushbu turlarni tabiatdan tortib olish darajasini 2018-yildagiga nisbatan 20 foizga kamaytirish. |
2021-yil 1-dekabr |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi |
|||
|
14. |
Hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash va qayta tiklash chora-tadbirlari. |
Hayvonot dunyosining yoʻqolib ketish arafasida turgan obyektlarini koʻpaytirish boʻyicha mavjud pitomniklarni kengaytirish va yangilarini tashkil qilish. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi |
Hayvonot dunyosi obyektlarining tabiatda koʻpayishini oshirish va yovvoyi tabiatdan tortib olish hajmlarini kamaytirish. |
|
Pitomniklarda yetishtirilgan, Qizil kitobga kiritilgan tuvaloqlarni tabiatga qoʻyib yuborish miqdorini yiliga 2000 tagacha koʻpaytirish. |
2021-yil 1-dekabr |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
||||
|
Buxorodagi “Jayron” ixtisoslashtirilgan pitomnigidagi jayronlar bosh sonini 850 taga yetkazish choralarini koʻrish. |
2021-yil 1-dekabr |
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari |
||||
|
VI. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlar tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar |
||||||
|
15. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish. |
Xalqaro tajribani oʻrganish. |
2020-yil 1-yanvar |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi aloqador vazirliklar va idoralar |
Barcha turdagi chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimining samarali ishlashi uchun huquqiy asoslar yaratish. |
|
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish: chiqindilarni tasniflashning beshta xavflilik sinfi oʻrniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyoviy-fizik xossalari asosida tasniflash tizimini joriy qilish; imtiyozli kreditlar taqdim etish orqali chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish; togʻ-kon qazib olish va qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarishlarning chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni ragʻbatlantirish; sanoat chiqindilarining hosil boʻlishi va ularni koʻmish hajmlarini kamaytirish uchun tabiatdan foydalanishdagi iqtisodiy mexanizmlarning ragʻbatlantiruvchi rolini takomillashtirish; sanoat obyektlaridagi xavfli chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz saqlashni tashkil etishni taʼminlash; oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan va tarkibida xavfli moddalar boʻlgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, simobli lampalar va boshqalar) yigʻish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish; tibbiy chiqindilarni yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmish tizimini tashkil qilish.. |
2020-yil 1-iyun |
|||||
|
Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2020-yil 1-sentabr |
|||||
|
Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish |
2020-yil 1-oktabr |
|||||
|
17. |
Xavfli chiqindilarning atrof muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish. |
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasining talablarini bajarish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish. |
2020-yil 1-dekabr |
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, ITSV, TIV |
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar va qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berishda foydalanishga yaroqsiz boʻlgan kimyoviy vositalarni yoʻq qilish yoki xavfsiz ravishda chiqarib tashlash hisobiga atrof tabiiy muhitga va aholi salomatligiga xavf-xatarlarni kamaytirish. |
|
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasining talablarini bajarish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish. |
Belgilangan muddatlarda |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” AJ, ITSV, TIV, Moliya vazirligi |
|||
|
Qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berishda foydalanishga yaroqsiz boʻlgan kimyoviy vositalarni bosqichma-bosqich yoʻq qilish yoki ekologik jihatdan xavfsiz ravishda chiqarib tashlashni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari |
Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, ITSV, TIV, |
|||
|
Zaharli kimyoviy mahsulotlar va boshqa toksik moddalarni koʻmishga moʻljallangan maxsus poligonlarni konservatsiya qilish boʻyicha manzilli dasturni amalga oshirish. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida) |
Moliya vazirligi“Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
|||
|
“Chorkesar” obyektini toʻliq rekultivatsiya va ekologik reabilitatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida) |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi |
|||
|
“Yangiobod” obyektini toʻliq rekultivatsiya va ekologik reabilitatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2021-yil 1-dekabr |
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablagʻlari |
“Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, ITSV |
|||
|
VII. Iqtisodiyotni ekologiyalashtirish va tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari |
||||||
|
18. |
Iqtisodiyotning barcha sektorlarida ekologik jihatlar hisobga olinishini taʼminlash. |
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturiy hujjatlari, konsepsiyalari va strategiyalarini, shu jumladan ularni strategik jihatdan ekologik baholash, shuningdek, ekotizimlarning qayta tiklash imkoniyatlari va ehtimoliy sigʻimini hisobga olgan holda, alohida loyihalarning atrof muhitga taʼsirini baholash orqali qayta koʻrib chiqish. |
2021-yil 1-dekabr |
— |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmiasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar |
Iqtisodiyot sektorlarini ekologik tarkibiy qismni hisobga olgan holda rivojlantirish. |
|
19. |
Iqtisodiyotni jadallik bilan ekologiyalashtirish vositalarini yaratish. |
Quyidagilar boʻyicha choralar koʻrish: |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, aloqador vazirliklar va idoralar |
Iqtisodiyot sektorlarini rivojlantirishni rejalashtirishda ekologik tarkibiy qismni hisobga olish orqali ifloslanish hajmlarini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash. |
||
|
ekotizimlarning qayta tiklash imkoniyatlari va ehtimoliy sigʻimini baholash koʻrsatkichlarini ishlab chiqish; |
2020-yil 1-iyun |
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
||||
|
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini ekologik sugʻurtalash va ekologik auditdan oʻtkazish tizimini joriy etish; |
2020-yil 1-dekabr |
|||||
|
atrof muhitning sifatini belgilab beruvchi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro standartlarga (BMTning YEYIK, YEYI va boshqalar) oʻtish. |
2021-yil 1-dekabr |
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
||||
|
20. |
Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashti-rish. |
Xalqaro tajribani oʻrganish. |
2020-yil 1-yanvar |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar |
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga investitsiyalar ortishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ekologik toza texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirish. |
|
Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish |
2020-yil 1-mart |
|||||
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish: |
2020-yil 1-dekabr |
|||||
|
“ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyilini toʻliq roʻyobga chiqarib, tashlangan chiqindilar va tashlamalar uchun toʻlov miqdorlarini ularning hajmi hamda atrof muhit va aholi salomatligi uchun xavfiga bogʻliq boʻlishini taʼminlash; |
||||||
|
nazorat ostidagi ifloslantiruvchi moddalar sonini YEYI standartlari asosida optimallashtirgan holda chiqindi va tashlamalar ustidan samarali nazorat mexanizmini joriy etish; iqtisodiyotni xom ashyo eksport qilishdan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlashga oʻtkazishni ragʻbatlantiruvchi soliq va tarif siyosatini shakllantirish hamda olib borish; ekologik neytral texnologiyalar, tovarlar va xizmatlardan foydalanish va olib kirishni ragʻbatlantiruvchi soliqlar va bojlar tizimini yaratish; xoʻjalik faoliyati natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararni hisoblashning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish; qayta tiklanuvchi va noanʼanaviy energiya manbalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan elektr energiyasini tarmoqqa yetkazib berish boʻyicha maxsus xarid tarifini (“yashil tarif”) joriy etish; sanoat chiqindilarini takroriy ishlatish va ikkilamchi qayta ishlashni ragʻbatlantiruvchi bozor mexanizmlarini joriy etish. |
||||||
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2021-yil 1-aprel |
|||||
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-iyun |
|||||
|
VIII. Ekologik nazoratni va atrof muhit muhofazasi sohasidagi davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari |
||||||
|
21. |
Ishlab chiqarish ustidan ekologik nazorat tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish: ishlab chiqarish ustidan ekologik nazoratni amalga oshirishda maqsadlar, vazifalar, faoliyatning asosiy yoʻnalishlari va javobgarlik choralarining dolzarbligini taʼminlash; ishlab chiqarish ustidan ekologik nazoratning samaradorligini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar; atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassisliklar, oʻquv rejalari va mutaxassislar tayyorlash dasturlarining dolzarbligini taʼminlash, shu jumladan ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi (yuqori va oʻrta darajadagi xavf-xatar) xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologik xizmatlar tashkil etilishi amaliyotini joriy etish va bunda majburiy ravishda mutaxassislarning malakasini muntazam oshirish. |
2020-yil 1-sentabr |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar |
Ishlab chiqarish ustidan ekologik nazorat boʻyicha samarali ishlovchi zamonaviy tizimning yaratilishi. |
|
22. |
Atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi faoliyat turini amalga oshiruvchi (yuqori va oʻrta darajadagi xavf-xatar) xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishilgan holda ekologik talablar va meʼyorlarni bajarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tegishli obyektlarda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni tasdiqlash. |
Tashkiliy choralar |
Har yili 25-yanvarga qadar |
— |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Xoʻjalik faoliyatining ekologik talablar va meʼyorlarga muvofiqligini taʼminlash. |
|
23. |
Ekologik ekspertizadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish. |
Xalqaro tajribani oʻrganish. |
2020-yil 1-dekabr |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar |
Ekologik ekspertizadan oʻtkazishning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish. |
|
Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish. |
2020-yil 1-sentabr |
|||||
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahriri hamda ekologik ekspertiza oʻtkazishni tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish: xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ekologik xavflilik toifasini xalqaro standartlar asosida belgilashning shafof tizimini yaratish; “eng yaxshi arzon texnologiyalardan foydalanish” tamoyiliga oʻtish, ekspertiza obyektlarining taʼsirini modellashtirish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning atrof muhitga taʼsirini baholash natijalarini koʻrishning zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish; ekologik meʼyorlarni yakka tartibda belgilash usulidan tarmoq boʻyicha belgilash usuliga oʻtish; ifloslantiruvchi moddalarni tashlash, chiqarish, shuningdek, ekologik-xoʻjalik rayonlarining chiqitlarini joylashtirishni kvotalashning aniq mezonlarini belgilash; “quvurdan chiqindi chiqish joyi”ni nazorat qilish emas, balki ifloslantirishni bartaraf etish va kamaytirishning ustuvorligi; ekspertlardan keyingi nazoratning samarali mexanizmi; suv, xom ashyo isteʼmoli va energiya resurslaridan samarali foydalanish hisobga olinadigan nazoratning samarali, arzon texnik usullaridan foydalanish mexanizmi. |
2021-yil 1-mart |
|||||
|
Qonun va tegishli qonunosti hujjatlari loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2021-yil 1-avgust |
|||||
|
Qonun va tegishli qonunosti hujjatlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-noyabr |
|||||
|
24. |
Ekologik sertifikatlash va standartlashtirish tizimini takomillashtirish. |
Xalqaro tajribani oʻrganish. |
2020-yil 1-yanvar |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, aloqador vazirliklar va idoralar |
Ekologik sertifikatlashning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish. |
|
Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish. |
2020-yil 1-iyun |
|||||
|
Shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish: |
2020-yil 1-dekabr |
|||||
|
ekologik menejment tizimini yaratishning xalqaro standartlarini joriy etish; MDH, YEYI mamlakatlari va boshqa davlatlar bilan ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni oʻzaro tan olish mexanizmini joriy etish; ekologik sertifikatlashtirish tizimini, shu jumladan gʻildirakli transport vositalarini sertifikatlashtirishni takomillashtirish; amaldagi standartlarni ISO va XEK xalqaro standartlari bilan uygʻunlashtirish. |
||||||
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2021-yil 1-mart |
|||||
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-iyun |
|||||
|
25. |
Atrof tabiiy muhitni ekologik monitoring qilish tizimini takomillashtirish. |
Atrof tabiiy muhit ustidan davlat monitoringini olib boruvchi vazirlik va idoralar laboratoriyalarining moddiy-texnik va metodik taʼminotini tubdan yaxshilash. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, ITSV, TIV, aloqador vazirliklar va idoralar |
Atrof tabiiy muhitni ekologik monitoring qilishning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish. |
|
Respublika ichida atmosfera havosining ifloslanishini avtomatik ravishda oʻlchovchi postlar tizimini yaratish. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
“Oʻzgidromet” markazi, Moliya vazirligi, ITSV, TIV, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
|||
|
Atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 20 foizini atmosfera havosiga ustuvor turgʻun (tashkillashtirilgan) ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash. |
2021-yil 1-dekabr |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
|||
|
Atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 20 foizini suv obyektlari va yer relyefiga ustuvor ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash. |
2021-yil 1-dekabr |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
|||
|
26. |
Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning tarkibiy tuzilmalariga belgilangan tartibda fuqaro aviatsiyasining, shu jumladan videoregistrator bilan taʼminlangan, uchuvchisiz uchish apparatlarini, olib kirish uchun ruxsatnoma berish. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqarolik aviatsiyasi agentligi zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning tuzilmaviy boʻlinmalariga fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa berilishini taʼminlasin. |
Tashkiliy choralar |
Belgilangan muddatlarda |
— |
Transport vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar |
Atrof muhitni monitoring qilish sifatini oshirish. |
|
IX. Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy taʼminotini rivojlantirish |
||||||
|
27. |
Fundamental ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. |
Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha choralar koʻrish: |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Innovatsiya vazirligi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi |
Ekologik muammolarni hal etishga ilmiy asoslangan yondashuvni taʼminlash. |
|
|
biologik xilma-xillikni saqlash muammolarini va biologik xavfsizlikning ilmiy asoslarini oʻrganish; |
2020-yil 1-yanvar |
|||||
|
tabiiy tizimlar va xoʻjalik faoliyati sektorlarining ehtimoliy global va mintaqaviy iqlim oʻzgarishlariga taʼsirchanligini tadqiq qilish; |
2020-yil 1-dekabr |
|||||
|
ekologik xavf-xatarlarni aniqlashning ilmiy asoslari; |
2021-yil 1-dekabr |
|||||
|
atrof muhit holatidagi oʻzgarishlarning aholi salomatligiga taʼsiri. |
2021-yil 1-dekabr |
|||||
|
28. |
Amaliy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. |
Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha choralar koʻrish: |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Innovatsiya vazirligi |
Amaliy ahamiyat kasb etuvchi ekologik muammolarni hal qilishga ilmiy asoslangan yondashuvni taʼminlash. |
|
|
suv isteʼmolining yangi meʼyorlari, suv taʼminoti va ichimlik suvi manbalarining sifat meʼyorlarini ilmiy-metodik asoslash; |
2020-yil 1-dekabr |
|||||
|
ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalar, ishlab chiqarishlar, xom ashyo, material, mahsulot va uskunalar turlarini ishlab chiqish; |
2021-yil 1-dekabr |
|||||
|
hududlarni ekologik rayonlashtirish metodologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, salomatlik uchun eng xavfli hududlarni aniqlash uchun suv havzalari va ichimlik suvining ifloslanish darajasini baholash mezonlarini qayta koʻrib chiqish. |
2021-yil 1-dekabr |
|||||
|
29. |
Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy taʼminoti bilan bogʻliq amaliy va tashkiliy masalalarni hal etish. |
Ilmiy gʻoyalar transformatsiyasini tabiatni muhofaza qilish yoʻnalishidagi sanoat uskunalari namunalariga aylantirish va ularni texnologik jarayonga joriy etishni taʼminlovchi mexanizmni yaratish. |
2020-yil 1-dekabr |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Innovatsiya vazirligi |
Atrof muhitni muhofaza qilishni ilmiy taʼminlashning samarali tizimini yaratish. |
|
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida toʻplangan bilimlarning tizimlashtirilishi va ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirilishini tashkillashtirish. |
2021-yil 1-dekabr |
|||||
|
X. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish va uzluksiz taʼlim tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar |
||||||
|
30. |
Aholining atrof muhit holati toʻgʻrisida xabardorligini oshirish. |
Atrof muhit va tabiiy resurslardan foydalanish holati toʻgʻrisida milliy maʼruzalarni muntazam ravishda tayyorlash va eʼlon qilish. |
2021-yildan boshlab har yili |
Vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Aholining atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha xabardorligini oshirish. |
|
31. |
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish. |
Jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish: ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki shartligini taʼminlovchi samarali mexanizmni yaratish; atrof muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi (yuqori va oʻrta darajadagi xavf-xatar) qayd qilingan faoliyat turlarida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishdan oldin ularning atrof muhitga taʼsirini baholash loyihalari boʻyicha jamoatchilik eshitishlarini va jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish mexanizmini yaratish; atrof muhitni muhofaza qilish jamoat inspektorlari institutini takomillashtirishni taʼminlash. |
2021-yil 1-dekabr |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar |
Atrof muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishga fuqarolik jamiyatining jalb etilishini taʼminlash. |
|
32. |
Ekologik taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish. |
Jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish: ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish masalalarini taʼlimning barcha bosqichidagi oʻquv dasturlariga joriy etish; ekologik muammolarni va tabiatdan toʻgʻri foydalanish zaruratini yanada chuqur anglab yetishga yordam beruvchi ekologiya boʻyicha yangi umumtaʼlim va maxsus oʻquv rejalari (dasturlari)ni joriy etish va mavjudlarini yaxshilash; taʼlim tizimining barcha bosqichlari uchun ekologiya sohasida mutaxassislar tayyorlashni, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni taʼminlash; atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi uzluksiz taʼlim jarayonida ishtirok etuvchi pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. |
2021-yil 1-dekabr |
Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, aloqador vazirliklar va idoralar |
Aholining ekologik taʼlimini, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlar salohiyatini yaxshilash. |
|
XI. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish |
||||||
|
33. |
Xorijiy davlatlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va kengaytirish. |
Xorijiy davlatlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi ikki tomonlama shartnomalarni xatlovdan oʻtkazish. |
2019-yil 1-dekabr |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, TIV |
Xorijiy davlatlarning keng doirasi bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun zamonaviy shartnomaviy-huquqiy bazani yaratish. |
|
Xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini oʻrganish. |
2020-yil 1-mart |
|||||
|
Quyidagilarni inobatga olgan holda xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda kiritish: transchegaraviy qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar tashkil qilish; transcheg�raviy daryolar havzalarini boshqarish, bioxilma-xillikni saqlash va tartibga solish; transchegaraviy ifloslanishni monitoring qilish va atrof muhitning holati toʻgʻrisida axborot almashish. |
2020-yil 1-dekabr |
|||||
|
Xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish yuzasidan takliflar kiritish. |
2020-yil 1-dekabr |
|||||
|
34. |
Xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va kengaytirish. |
Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar oʻrtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish. |
2019-yil 1-dekabr |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, ITSV, TIV |
Xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning keng doirasi bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun zamonaviy shartnomaviy-huquqiy bazani yaratish. |
|
Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar oʻrtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani oʻrganib chiqish. |
2020-yil 1-mart |
|||||
|
Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar oʻrtasidagi amaldagi normativ-huquqiy bazaga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda kiritish, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar oʻrtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish yuzasidan takliflar kiritish. |
2020-yil 1-dekabr |
|||||
|
35. |
Milliy qonunchilikni Oʻzbekiston Respublikasining “Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq holatga keltirish maqsadida uni takomillashtirish). |
Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil 1-dekabr |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qilish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi olgan majburiyatlarni bajarishning samarali mexanizmini yaratish. |
|
36. |
Minamata konvensiyasiga (Kumamoto shahri, Yaponiya, 2013-yil 10-oktabr) qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish. |
Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish. |
2019-yil 1-dekabr |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
Oʻzbekiston Respublikasining Minamata konvensiyasiga qoʻshilishi orqali rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribasi asosida simob hamda tarkibida simob boʻlgan moddalar va tovarlar aylanmasini boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatini koʻrib chiqish. |
|
37. |
Monreal protokoli talablariga rioya qilish maqsadida Ozon qatlamini buzuvchi jismlardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha Milliy dasturning yangi tahririni hamda uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. |
“Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha Milliy dasturni tasdiq�ash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil 1-may |
Xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
Monreal protokoli doirasidagi Oʻzbekiston Respublikasi olgan majburiyatlarni bajarishning samarali mexanizmini yaratish. |
|
38. |
Parij bitimini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini qabul qilish. |
Parij bitimini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqish, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil 1-iyun |
— |
“Oʻzgidromet” markazi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
Parij bitimi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi olgan majburiyatlarni bajarishning asosiy yoʻllarini belgilash. |
|
39. |
Xalqaro savdoda alohida xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan asoslantirilgan dastlabki kelishuv tartib-taomili toʻgʻrisidagi Rotterdam konvensiyasiga (Rotterdam shahri, Niderlandiya, 1998-yil 10-sentabr) qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish. |
Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish. |
2021-yil 1-iyun |
— |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
Oʻzbekiston Respublikasining Rotterdam konvensiyasiga qoʻshilishi orqali rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribasi asosida alohida kimyoviy moddalar va pestitsidlarni boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatini koʻrib chiqish. |
|
40. |
Oʻzbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigali tuzatishlariga (Kigali shahri, Ruanda, 2016-yil 15-oktabr) qoʻshilishining maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish. |
Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish. |
2020-yil 1-dekabr |
Xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, TIV, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
Oʻzbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigali tuzatishlariga qoʻshilishi orqali gidroftoruglerodlarni bosqichma-bosqich muomaladan chiqarish imkoniyatini koʻrib chiqish. |
|
41. |
Atrof muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish. |
Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish. |
2021-yil 1-dekabr |
Xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oliy sud, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
Oʻzbekiston Respublikasining Orxus konvensiyasiga qoʻshilishi orqali insonning oʻz salomatligi va farovonligi uchun qulay atrof muhitga ega boʻlish, atrof muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish, ishtirok etish va odil sudlovga erishish huquqini taʼminlash tizimini takomillashtirish imkoniyatini koʻrib chiqish. |