18.02.2020 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmonining ijrosini taʼminlash, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha moratoriy joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, moratoriy joriy etilgan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni qabul qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun xulosalar berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) hokimliklari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari ushbu band talablarini bajarish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda qimmatbaho navlardan tashqari daraxtlar va butalar navlarini hamda tabiiy omillar yoki zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari taʼsirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf tugʻdiruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga ruxsatnoma berish Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 255-son va “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qarorlari asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Obod mahalla” va “Obod qishloq” davlat dasturlari loyihalari asosida hududlarni obodonlashtirish ishlarida tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari taʼsirida shikastlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida rasmiylashtiriladigan hujjatlarda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarida, shuningdek, elektron onlayn-auksion natijalari bayonnomalarida yer uchastkasida oʻsayotgan daraxtlar soni, ularning aniq koordinatalari, navlari, diametri, balandligi koʻrsatilishi shart, shuningdek, ularni saqlab qolish va muhofaza qilish choralari va talablari belgilanishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish maydonida oʻsayotgan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari toʻliq saqlab qolinishi yoki koʻchirib oʻtkazilishi taʼminlanishi shart, daraxtlar va butalar boshqa navlarining kamida 50 foizi saqlab qolinishi yoki koʻchirib oʻtkazilishi yoxud ularning oʻrniga oʻntadan kam boʻlmagan daraxtlar kompensatsiya sifatida ekib berilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-martdan boshlab qurilish, qayta taʼmirlash, qayta tiklash, kapital taʼmirlash, qurilish obyektlarini obodonlashtirish, buzish boʻyicha loyiha hujjatlarida, shuningdek, qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilishda majburiy tartibda oʻsimlik dunyosi obyektlariga va ularning oʻsish muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishning oldini olishni taʼminlaydigan, ularni bunday taʼsirdan himoya qiladiganchoralar, kompensatsiya tadbirlari hamda ushbu sohadagi qoida va meʼyorlar asosida koʻkalamzorlashtirish choralari nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratishda ushbu yer maydonlarida joylashgan daraxt va butalarni saqlab qolish uchun zarur choralarni koʻrsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obodonlashtirish boshqarmalarini daraxt va butalarni parvarish qilish sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, zarur boʻlgan texnik vositalar bilan taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-martdan qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, qurilish obyektlarini obodonlashtirish, buzish, qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish paytida loyihalash hujjatlariga quyidagi majburiy talablarni kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimlik dunyosi obyektlariga, ularning oʻsish muhitiga salbiy taʼsirning oldini olish, shuningdek, ularni bunday taʼsirdan himoya qilishni taʼminlaydigan choralar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq kompensatsiya choralari;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻkalamzorlashtirish ishlarini loyihalashtirish qoidalariga hamda shu sohadagi meʼyorlarga muvofiq amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, temir yoʻl hamda avtomobil yoʻllari va boshqalar) barpo etishda, shu jumladan, daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish amaliyotini qoʻllash orqali ularning saqlab qolinishi qatʼiy taʼminlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslarning koʻp yillik daraxtzorlarga egalik xuquqini aniqlash tartibini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda 2020-yil 1-iyungaqadar Toshkent davlat agrar universiteti bazasida obodonlashtirish boshqarmalari va boshqa tegishli tashkilotlar uchun daraxtlarni parvarish qilish boʻyicha mutaxassislar (arboristlar) tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda iqlim va boshqa sharoitlardan kelib chiqib, aholi punktlarida ekishga tavsiya etiladigan manzarali daraxt navlari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uni zaruratga qarab yangilanib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalarni parvarish qilish, butash, kesish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini qayta koʻrib chiqqan holda, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat oʻrmon fondidan tashqari yerlarda daraxt va butalarni kesish, ularniboshqa yerga koʻchirib oʻtkazish tartibi hamda kompensatsiya tadbirlarini amalga oshirish shartlari buzilganligi, davlat oʻrmon fondidan tashqari yerlarda noqonuniy daraxt va butalar noqonuniy kesilganligi, shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxtlar va butalar tashilishi va qabul qilinishi uchun, jumladan, bunday harakatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikgacha javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 18-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 93-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Turning ilmiy nomi

Xususiyati

I. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho (yogʻochbop) navli daraxtlar

1.

Grek yongʻogʻi (Juglans regia L.)

Yogʻochi qimmatbaho

2.

Silliq qayragʻoch (Ulmus laevis Pall.)

Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega

3.

Yalangʻoch qayragʻoch (Ulmus glabra Nuds.)

Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega

4.

Past boʻyli qayragʻoch, qayragʻoch (Ulmus pumila L.)

Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega

5.

Kavkaz qatrongʻisi, tugʻdona (Celtis caucasica Willd.)

Yogʻochi juda qattiq va zich, chirimaydi, qimmatbaho hisoblanadi

6.

Tukli zarang (Acer pubescens Franch.)

Yogʻochi juda qattiq va zich, qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

7.

Sekvoya (Sequoia sempervirens Emdl.)

Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

8.

Oddiy eman (Quercusrobur L.)

Yogʻochi qimmatbaho

9.

Chinorsimon zarang (Acer platonoides L.)

Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun

10.

Oq akatsiya (Robínia pseudoacacia)

Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi manzarali va sharsimon koʻrinishga ega

11.

Glidichiya (Gleditsia triacanthos)

Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun va tekis, chirimaydi

12.

Ginkgo biloba (Ginkgo biloba)

Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

13.

Shumtol (Fraxinus raibocarpa Regel.)

Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

14.

Suriya qora shumtoli (Fraxinus syriaca Boiss.)

Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

15.

Oddiy qaragʻay (Pinus sylvestris)

Yogʻochi qizgʻish, qurilishda keng foydalaniladi, qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

16.

Gʻarb tuyasi (Thuja occidentalis L.)

Yogʻochi qimmatbaho, tanasi qizgʻish, buyumlar yasashda keng foydalaniladi

17.

Meliya azedarax (Melia azedarach)

Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

18.

Pavlovniya (Paulownia tomentosa)

Yogʻochi tez oʻsuvchi va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis

19.

Koʻkbargli terak, turangʻil (Populus pruinosa Schrenk)

Qurilishda keng foydalaniladi, ariq va zovur atroflarida ekilib, yerosti sizot suvlarning sathini pasaytiradi

20.

Oq tut (balxi). (Morus alba L.)

Yogʻochi juda qattiq, musiqa asboblari va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi

21.

Gʻarb chinori (Platanus occidlentalis L.)

Musiqa asboblari, mebel va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi

22.

Zarang bargli chinor (Platanus acerofolia Willd)

Qurilish materiallari, mebel va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi

23

Yirik mevali eman (Quercus macoracarpa Michx.)

Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

24.

Pensilvaniya shumtoli (Fraxinus pensilivanica Marsh.)

Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

25.

Amerika shumtoli (Fraxinus americana L.)

Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

26.

Sugʻd shumtoli (Fraxinus sogdiana Bunge)

Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

27.

Virgin xurmosi (Diospyros virginiana L.)

Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

28.

Kashtan bargli eman (Quercus castaniefolia C.A. Mey)

Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

29.

Poʻkakli eman (Quercus suber L.)

Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi

30.

Soxta chinor bargli zarang (Acer pseudoplatanus L)

Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega

31.

Qandli zarang (Acer saccharinum L.)

Yogʻochi qimmatbaho, manzarali

32.

Dala zarangi (Acer campestre L.)

Yogʻochi qimmatbaho, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega

II. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho (manzarali) navli daraxtlar

33.

Turkiston archasi, oʻrik archa (JuniperusturkestanicaKom.)

Manzarali xususiyatga ega, madaniylashtirib boʻlmaydi

34.

Yarim sharsimon archa, saur archa (Juniperus semiglobosa Regel)

Doim yashil, manzarali, oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi

35.

Zarafshon archasi, qizil archa, qora archa (Juniperus seravschanica Kom.)

Doim yashil, manzarali, togʻli hududlarda tarqalgan

36.

Soqolchali qayin (Betula pendula Roth)

Tana va shoxlari juda chiroyli, tanasining rangi oq va qora aralash

37.

Tyanshan qayini (Betula tianschanica Rupr.)

Manzarali, tanasining rangi oq va qora aralash

38.

Kapyu toli (Salix capusii Franch.)

Manzarali, tana va shohlari oʻziga xos chiroyli

39.

Androsov qayragʻochi, sadaqayragʻoch (Ulmus androssowii Litv.)

Sharsimon shaklga ega, manzarali

40.

Qora tut, shotut (Morus nigra L.)

Manzarali, chiroyli

41.

Semenov zarangi (Acer semenovii Regel & Nerder)

Faqat togʻli hududlarda oʻsadi va yogʻochi juda qattiq va chiroyli koʻrinishga ega

42.

Kanada argʻuvoni (Cercis canadensis L.)

Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi

43.

Lenkaran akatsiyasi (Albizia julibrissin)

Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi, manzarali

44.

Yuraksimon juka (Tilia cordata Mill.)

Manzarali, chiroyli gullaydi va oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi, koʻp miqdorda nektar saqlovchi

45.

Terisimon Skumpiya (Cotinus coggygria Scop.)

Mevalari chiroyli, manzarali daraxt

46.

Supurgi kyolreyteriya (Koelreuteria paniculata Laxm.)

Gullari sariq rangda, gullaydi, oʻziga xos chiroyli

47.

Soxta kashtan (Aesculus hippocastanum L.)

Manzarali va chiroyli gullaydi

48.

Brussonetiya (Broussonetia papyrifera)

Mevalari chiroyli manzarali daraxt

49.

Turkiston zarangi (Acer turkestanicum Pax)

Manzarali daraxt, Samarqand viloyatining janubiy hududlarida tarqalgan

50.

Qoraqaragʻay (Pinus nigra)

Mevalari chiroyli manzarali daraxt

51.

Eldor qaragʻayi (Pinus eldarica)

Juda chiroyli manzarali daraxt

52.

Qrim qaragʻayi (Pinus nigra pallasiana)

Juda chiroyli manzarali daraxt

53.

Tikoni koʻk qaragʻay (Picea pungens Engelm)

Qimmatbaho manzarali daraxt

54.

Shrenk qaragʻayi (Picea schrenkiana Fisch. & C.A. Mey.)

Manzarali daraxt

55.

Kedr, Gimalay kedri (Thuja plicata D.Don.)

Kamyob, chiroyli va manzarali

56.

Kazak archasi (Juniperus sabina L.)

Kamyob, chiroyli va manzarali

57.

Doimiy yashil kiparis (Cupressus sempervirens L.)

Juda chiroyli va manzarali

58.

Gliptostrobussimon metasekvoyya, Xitoy metasekvoyasi (Metasequoia glyptostroboides Nu et Cheng)

Oʻziga xos manzaraga ega chiroyli daraxt

59.

Lola daraxti (Liriodendron tulipifera L.)

Relikt oʻsimlik, manzarali

60.

Yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora L.)

Qimmatbaho manzarali daraxt

61.

Magnoliya (Magnolia L.)

Qimmatbaho manzarali daraxt

62.

Toʻq sariq maklyura (Maclura pomifera)

Ulkan chiroyli daraxt

63.

Choʻziq bargli tol (Salix linearifolia E. Wolf)

Chiroyli daraxt

64.

Majnuntol (Babytonica L.)

Sersoya, chiroyli daraxt

65.

Uzun barg jiyda (Elaeagnus angustifolia L.)

Manzarali daraxt

66.

Sharq jiydasi (Elaeagnus orientalis L.)

Manzarali daraxt

67.

Goʻzal katalpa (Catalpa bignonioides walter)

Manzarali daraxt

68.

Sivers olmasi, yovvoyi olma (Malus sieversii M. Roem)

Kamyob manzarali daraxt

69.

Fors qizilchetani (Sorbus persica Nedl.)

Manzarali daraxt

70.

Tyanshan qizilchetani (Sorbus tianschanica Rupr.)

Manzarali daraxt

71.

Turkiston chetani (Sorbus turkestanica (Franch.) Nedl.)

Manzarali daraxt

72.

Turkiston doʻlanasi, qizil doʻlana (Crataegus turkestanica Pojark.)

Manzarali daraxt

73.

Buxoro bodomi, yovvoyi bodom (Amygdalus bucharica Korsh.)

Manzarali daraxt

74.

Yirik bargli joʻka (Tilia platypholis Scop.)

Manzarali, chiroyli gullaydi va oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi.

75.

Tuxumsimon bargli katalpa (Catalpa ovata G.Don.)

Chiroyli gullaydi, mevalari chiroyli, manzarali daraxt

76.

Xilokatalpa turlararo gibrid (Chitalpa Taschkentense T.S. Elias & Wisura.)

Chiroyli manzarali daraxt

77.

Pissardi olxoʻrisi (Prunus pissardii Popov.)

Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi, manzarali

78.

Qizil zarang (Acer rubrum L.)

Qimmatbaho manzarali daraxt

79.

Sulanja magnoliyasi (Magnolia soulangeana Soul.-Bod.)

Doim yashil, manzarali, tana va shoxlari oʻziga xos chiroyli

80.

Yapon zarangi (Acer palmatum Thunb.)

Doim yashil, manzarali, tana va shohlari oʻziga xos chiroyli

81.

Baland boʻyli archa (Juniperus Excelsa M.B.)

Manzarali, tana va shohlari oʻziga xos chiroyli

82.

Kavkaz oqqaragʻayi (Abies nordmanniana Stev.)

Doim yashil, manzarali, oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi

83.

Mevali zarnab (Taxus baccata L.)

Doim yashil, manzarali, oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi

84.

Soxta sarv (Chamaecyparis lawsoniana (A.Myurrey bis) Parl.)

Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt

85.

Arizona sarvisi (Cupressus arizonica Greyene.)

Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt

86.

Gʻarb tuyasi sharsimon formasi (Thuja o.f. globosa Gord.)

Qimmatbaho manzarali daraxt

87.

Ustunsimon tuya “Columna” formasi (Thuja o.f. columna Spaeth.)

Manzarali daraxt

88.

Doim yashil sekvoya (Sequoia sempervirens (D.Don) Endl.)

Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt

89.

Uzun bargli archa (Juniperus oblonga M.B.)

Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt

90.

Tangachabargli archa (Juniperus sqaumata Lamb.)

Qimmatbaho manzarali daraxt

91.

Togʻ qaragʻayi “Mops” formasi (Pinus mugo f. Mops.)

Yer bagʻirlab oʻsuvchi juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt

92.

Atlas kedri “Glauca” formasi (Cedrus atlantica f. Glauca.)

Yer bagʻirlab oʻsuvchi juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt

93.

Kazak archa “variegata” formasi (Juniperus sabina f. variegata.)

Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt

94.

Kazak archa “fastigata” formasi (Juniperus sabina f. fastigata.)

Qimmatbaho manzarali daraxt

95.

Buramasimon tuya (Thuja plicata D.Don.)

Manzarali, chiroyli gullaydi va oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi

96.

Sharq qoraqaragʻayi (Picea orientalis (L.) Peterm.)

Chiroyli gullaydi, mevalari chiroyli, manzarali daraxt

III. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan) qimmatbaho navli daraxtlar

97.

Sharq chinori, chinor (Platanus orientalis L.)

Yovvoyi holda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining togʻli joylarida oʻsadi

98.

Oʻrta Osiyo noki, nashvati (Pyrus asiae-mediae Popov)

Faqat Toshkent viloyatidagi Pskom daryosi boʻyi Ispay qishlogʻida oʻsadi

99.

Kavkaz xurmosi (Diospyros lotus L.)

Yovvoyi holda Surxondaryo viloyatining togʻli joylarida oʻsadi, manzarali daraxt

100.

Yovvoyi chilonjiyda (Ziziphus jujube Mill.)

Yovvoyi holda Surxondaryo viloyatining togʻli joylarida oʻsadi, manzarali daraxt

101.

Binafsha gulli argʻuvon (Cercis griffithi Boiss)

Yovvoyi holda Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining togʻli hududlarida oʻsadi, manzarali daraxt

102.

Oshlovchi totum (Rhus coriaria L)

Yovvoyi holda Toshkent va Surxondaryo viloyatlarining togʻli joylarida oʻsadi, manzarali daraxt

IV. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho navli butalar

103.

Forzitsiya (Forsythia)

Manzarali, chiroyli gullaydi

104.

Hind sireni (Lagerstroemia indica L.)

Xushboʻy hidli, manzarali gullaydi

105.

Yapon toli (Chaenomeles japonica)

Manzarali, chiroyli gullaydi

106.

Pirakanta (Pyracantha L.)

Manzarali, chiroyli gullaydi

107.

Spireya (Spiraea)

Manzarali, chiroyli gullaydi

108.

Gibiskus (Nibiscus L)

Manzarali, chiroyli gullaydi

109.

Beresklet (Euónymus)

Manzarali, chiroyli.

110.

Samshit (Búxus L)

Manzarali, zich, oʻziga xos chiroyli

111.

Magoniya (Mahōnia aquifōlium)

Manzarali, chiroyli kamyob

112.

Qoraqad barbaris (Bérberis L.)

Manzarali, chiroyli gullaydi

113.

Siren (Syrínga vulgáris)

Manzarali, chiroyli gullaydi

114.

Jasmin (Jasminum officinale)

Manzarali, chiroyli gullaydi

115.

Oq saksovul (Naloxylon Bunge.)

Sahro va choʻllarda qum koʻchishining oldini oladi, qum-tuproq qatlamini eroziyadan saqlaydi

116.

Qora saksovul (Naloxylon ammodendron.)

Sahro va choʻllarda qum koʻchishining oldini oladi, qum-tuproq qatlamini eroziyadan saqlaydi

117.

Yaltiroq bargli ligistrum (Ligustrum lucidum W.T.Aiton.)

Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi

118.

Togʻ murch (Vitex agnus-castus L.)

Xushboʻy hidli, manzarali gullaydi

119.

Yuliana zirki (Berberis juliana C.K.Schneid.)

Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi

120.

Ispan droki (Spartium junceum L.)

Manzarali, chiroyli gullaydi

121

Yorqin qizil rangli pirakanta (Pyracantha coccinea M.Roem.)

Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi

122.

David budleyasi (Buddleja davidii Franch.)

Manzarali, chiroyli gullaydi

123.

Oddiy padub (Ilex aquifolium) L.Padub

Manzarali, chiroyli gullaydi

124.

Asl lavr (Laurus nobilis)

Manzarali, doim yashil, zich, oʻziga xos chiroyli

125.

Sambut guli (Nerium oleander L.)

Manzarali, chiroyli gullaydi

126.

Jannat daraxti (Caesalpinia pulcherrima (L) SW.)

Manzarali, chiroyli gullaydi

127.

Madaniy nandina (Nandina domestica Thunb.)

Manzarali, chiroyli gullaydi

128.

Fotiniya (Photinia fraseri Dress)

Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi

129.

Olcha bargli lavr (Prunus lavurocerasus L).

Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi

130.

Koʻp rangli veygeliya (Weigela floribunda (Siebold & Zucc.) C.A. Mey)

Xushboʻy hidli, manzarali gullaydi

(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/93/0183-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)