Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.02.00 Import vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmoniga muvofiq ilgari berilgan imtiyozlarni bekor qilish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni olib kirishda, shuningdek, ishlar (xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyoz oʻrniga 120 kungacha boʻlgan muddatga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashni kechiktirish mexanizmlaridan foydalanilishi belgilaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish jarayonining avtomatlashtirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 10-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 76-son qaroriga ILOVA
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.02.00 Import vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda QQS deb ataladi) toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish (120 kun muddatgacha) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomning amal qilishi davlat soliq xizmati organlarida QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi oʻrinlarda soliq toʻlovchilar deb ataladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soliq toʻlovchilar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha inspeksiya) hisobida turuvchi soliq toʻlovchilarning reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tovarlarni import qilishda, soliq toʻlovchilarga QQS toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyati ushbu Nizom talablariga rioya qilingan taqdirda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda QQSni toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan taqdirda, QQS toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyati ushbu Nizom talablariga rioya qilingan xolda davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tovarlarni import qilishda QQS summasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda esa — soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tovarlarni import qilishda toʻlov muddatini uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tovarlarni import qilishda soliq toʻlovchilarga QQS toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyati davlat bojxona xizmati organining qarori bilan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. QQSni toʻlash muddatining uzaytirilishi bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 120 kundan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. QQSni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega boʻlish uchun soliq toʻlovchi davlat bojxona xizmati organiga quyidagilarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QQS summasini toʻlash boʻyicha yozma majburiyatni oʻz ichiga olgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq QQS toʻlanishining taʼminlanishini tasdiqlovchi hujjat, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobda turuvchi soliq toʻlovchilar, shuningdek, oxirgi oʻn ikki oy davomida qiymati 1 million AQSh dollaridan ortiq tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni olib kirayotgan korxonalar bundan mustasno.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat bojxona xizmati organi tomonidan QQSni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona xizmati organining qarorida QQSni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyati berilayotgan muddat, uzaytirish imkoniyati berilishi rad etilgan taqdirda esa — bir ish kuni ichida rad etish sabablari koʻrsatilgan holda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida soliq toʻlovchini yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar QQS toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyatini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan talablarga rioya qilmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QQSni toʻlash boʻyicha oldin taqdim etilgan uzaytirilgan toʻlov muddatini buzish holatlari mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. QQSni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatining berilgan har bir kuni uchun toʻlanadigan QQS summasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, qayta moliyalashtirish stavkasining bir kun uchun qayta hisoblangan foizining ellik foizi miqdorida foizlar undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oxirgi oʻn ikki oy davomida qiymati 1 million AQSh dollaridan ortiq tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha foiz hisoblanmagan holda toʻlovni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati beriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 120 kun ichida toʻlov muddati uzaytirilgan QQS summasi toʻlanmagan taqdirda, ushbu bandga muvofiq foizlar hisoblanishi toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. QQSni toʻlash boʻyicha taqdim etilgan uzaytirilgan toʻlov muddati davrida QQS toʻlovi soliq toʻlovchi tomonidan toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyatining oxirgi kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan soliq toʻlovchi tomonidan QQS summasi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda QQS toʻlovi boʻyicha qarzdorlikning toʻliq miqdorini undirish choralarini koʻradilar.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Berilgan toʻlov muddatini uzaytirish davrida QQS summasining (yoki uning bir qismining) toʻlanishi soliq toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlanadigan QQSni hisoblashda ushbu summani Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisobga olish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov muddati uzaytirilgan davrda summa quyidagilar mavjud boʻlganda toʻlangan hisoblanadi va bojxona organi tomonidan hisobdan chiqariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar amalda eksport qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan QQSni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan soliq toʻlovchida tovarlar eksporti munosabati bilan QQSning salbiy qoldigʻi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Soliq toʻlovchi tomonidan toʻlov muddati uzaytirilgan davrda QQS summasi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, davlat bojxona xizmati organlari toʻlov muddati uzaytirilgan QQS summasi boʻyicha qarzlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini koʻradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda toʻlov muddatini uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda QQSni toʻlash muddatini uzaytirish uchun davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QQSni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizaga QQS summasi toʻlanishi taʼminlanishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha inspeksiyada hisobda turuvchi soliq toʻlovchilar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlanishi taʼminlanganini tasdiqlovchi hujjatlarga QQSni toʻlash boʻyicha majburiyatlar summasidan kam boʻlmagan garov bilan taʼminlangan mol-mulk va bank kafolati kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat soliq xizmati organi ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Quyidagilar QQS toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyatini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga rioya qilmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq va moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish hamda soliqlar va yigʻimlarni toʻlash muddatlarining ariza berilgan sanadan oldingi 12 oy mobaynida buzilganligi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyati berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organi bir ish kuni mobaynida soliq toʻlovchini rad etish sabablarini koʻrsatgan holda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Norezidentlardan olingan ishlar (xizmatlar) boʻyicha QQSni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, soliq toʻlovchi QQS summasini ushbu summa haqiqatda toʻlangan hisobot davrigacha hisobga olishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov muddati uzaytirilgan summa soliq hisobotida alohida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Norezidentlardan olingan ishlar (xizmatlar) boʻyicha QQS ni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyati 120 kun muddatgacha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. QQSni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan har bir kun uchun toʻlanadigan QQS summasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining bir kun uchun qayta hisoblangan foizining ellik foizi miqdorida foizlar undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 120 kun ichida toʻlov muddati uzaytirilgan QQS summasi toʻlanmagan taqdirda, ushbu bandga muvofiq foizlar hisoblanishi toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. QQSni toʻlash boʻyicha taqdim etilgan uzaytirilgan toʻlov muddati davrida QQS toʻlovi soliq toʻlovchi tomonidan muddatni uzaytirish imkoniyati berilgan oxirgi kuni tugashidan kechiktirmay toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan soliq toʻlovchi tomonidan QQS summasi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, soliq xizmati organlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda QQS toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni toʻliq miqdorini undirish choralarini koʻradilar.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Soliq toʻlovchilar ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda koʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1 -bosqich
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar
Tovarlarni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega boʻlish uchun davlat bojxona xizmati organlariga ariza (qogʻoz yoki elektron shaklda) hamda QQS toʻlanishi taʼminlanishini tasdiqlovchi hujjatni topshiradilar.
Norezidentlardan ish (xizmat)larni sotib olganda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega boʻlish uchun davlat soliq xizmati organlariga ariza (qogʻoz yoki elektron shaklda) topshiradilar.
Zarur boʻlganda
2-bosqich
Bojxona va soliq
xizmati organlari
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Nizom talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadilar.
Besh ish kuni
mobaynida
3-bosqich
Bojxona va (yoki) soliq xizmati organlari
1. Taqdim etilgan hujjatlar Nizom talablariga muvofiq boʻlganda davlat bojxona (tovarlarni import qilishda) yoki soliq (norezidentlardan ishlar, xizmatlarni sotib olishda) xizmati organlari tomonidan qoʻshilgan qiymat so�igʻini toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Besh ish kuni
mobaynida
2. Toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyatining berilishi rad etilgap taqdirda, ariza beruvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabar beradilar.
3. Toʻlov muddatiny uzaytirish imkoniyati berilgan takdirda, uning summasi va tugash muddati koʻrsatiladi.
Bir ish kuni
mobaynida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilingan tovarlar uchun toʻlanishn lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatnni kechiktirish toʻgʻrisida ARIZA
Sizdan import qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining toʻlov muddatini _____________________dan ________________________gacha (120 kundan ortiq boʻlmagan) muddatga kechiktirishga ruxsat berishingizni soʻraydi.
Import qilingan tovarlar boʻyicha import shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Shartnoma sanasi va raqami _______________________ yil __________________-son Xorijiy hamkor________________________________________________________ davlati ___________________________________ Tovarning turi ______________________________________________ shartnoma boʻyicha qiymati _______________________ ekvivatentda (soʻmda) ____________________________soʻm Tovarlar import qilingan sana _______________________ yil Qoʻshilgan qiymat soligʻining hisoblangan summasi _____________________________________soʻm
Tashkilot rahbari
________________
____________________________________________
(M.Oʻ.)
(imzo)
(F.I.O.)
Sana
(kk/oo/yy)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ushbu ariza xorijdan shtort qilingan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy bojxona boshqarmasiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan olingan ishlar, xizmatlar boʻyicha budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlov muddatini kechiktirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ARIZA

Izoh: Ushbu ariza soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma yoki elektron shaklda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti, shu jumladan, axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2020-y., 09/20/76/0149-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)