27.06.2019 yildagi PF-5755-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda raqobatbardosh ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, tadbirkorlikni va sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlash, mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish va ragʻbatlantirish hamda ichki bozorni sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan soliqqa tortish va bojxona-tarif tizimini tartibga solish samarali tizimini shakllantirish boʻyicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, iqtisodiyotning ayrim sektorlarida tadbirkorlik subyektlariga sezilarli miqdorda imtiyoz va preferensiyalar berilganini hisobga olgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va toʻlashning amaldagi tartibidagi mavjud boʻlgan nomutanosibliklar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitlarni taʼminlashda qoʻshilgan qiymat soligʻining toʻlaqonli zanjirini yaratish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini bermayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yanada yaxshilash, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etishni taʼminlash hamda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2019-yil 1-avgustdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona yer soligʻi toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi 100 million soʻmdan oshgan, biroq bir milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yoqilgʻi quyish stansiyalari orqali oxirgi isteʼmolchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qatʼi nazar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik subyektlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushum miqdoridan qatʼi nazar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanadilar. Bunda, tovarlarni birinchi marta import qiluvchi tadbirkorlik subyektlari import shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida hisobga turishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagilar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan, shu jumladan import qilinganda ham, imtiyozlar bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asbest, koʻmir, yogʻoch materiallari, yogʻoch va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod xom ashyosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soya danagi, kungaboqar va kunjut urugʻlari, moyli xom ashyo va shakar xom ashyosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yuridik shaxslarning tijorat banklariga joylashtirgan mablagʻlaridan foiz koʻrinishida olingan toʻlov manbaini foyda soligʻidan ozod qilish boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻshilgan qiymat soligʻining toʻlaqonli zanjirini yaratish va barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitlarni taʼminlash maqsadida belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-oktabrdan boshlab oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil yanvar oyidan sentabr oyigacha 1 milliard soʻmdan ortiq pul aylanmasi (tushumi)ga ega boʻlgan yoki 50 gektardan ortiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer maydonlariga ega boʻlgan yagona yer soligʻi toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanadilar va belgilangan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishlari shart. Bunda, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab belgilangan pul aylanmasi (tushumi) chegaraviy darajasiga yetgan yagona yer soligʻi toʻlovchilar ushbu darajaga erishilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta xom ashyosini ishlab chiqaruvchilar 2019-yil hosilidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtadilar. Bunda, ularga 2018-yilning 1-oktabridan ilgari boʻlmagan vaqtda haqiqatda olingan va paxta xom ashyosini yetishtirish uchun ishlatilgan tovarlar (ish, xizmatlar) uchun toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari qismi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan imtiyozga ega boʻlgan yuridik shaxslarga imtiyozdan voz kechish toʻgʻrisida xabarnoma berish asosida, ushbu xabarnoma berilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan fermer xoʻjaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun maxsus dasturiy mahsulot ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisoblash va hisobga olish imkoniyatlarini nazarda tutgan holda dasturiy mahsulotni qayta ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda qoʻshilgan qiymat soligʻining kiritilishi munosabati bilan paxta xom ashyosining 2019-yil hosili uchun yangi xarid narxlarini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga, yuridik shaxslarining mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yagona yer soligʻining toʻlov muddatini 24 oygacha muddatga kechiktirish vakolati, ularning mazkur soliqlar boʻyicha imtiyoz berish huquqini bekor qilgan holda berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovlari muddatini kechiktirish, soliq qarzdorligi boʻyicha belgilangan penya miqdoridagi foizlarni undirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilishi nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarga beriladigan soliqlar toʻlash muddatini kechiktirish tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, 2019-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslarga hayotini uzoq muddatli sugʻurtalash (barcha toifadagi hayot sugʻurtasi sohasi) boʻyicha sugʻurta shartnomasining har bir amaldagi yili uchun sugʻurta mukofotini toʻlashga yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi. Bunda sugʻurtalangan shaxsning hayoti uchun sugʻurta toʻlovlari shartnoma boʻyicha sugʻurta muddati boshlangan kundan boshlab kamida oʻn ikki oydan keyin amalga oshirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoq muddatli hayotni sugʻurtalash shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan va sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalangan shaxsga sugʻurta mukofoti qisman yoki toʻla qaytarilgan taqdirda, qaytarilgan sugʻurta mukofotining summasi jismoniy shaxsning soliqqa tortiladigan jami daromadiga kiritiladi. Bunda toʻlov manbaidan jismoniy shaxslarning daromad soligʻini ushlab qolish va budjetga oʻtkazib berish majburiyati sugʻurtalovchiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-156-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qoʻshilgan qiymat soligʻining hisobga olingan summasining uni hisoblanganidan oshgan summasini majburiy qoplab berish tartibini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari konsultantlari va mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda 2019-yil 1-avgustga qadar bojxona imtiyozlarini berish tartibini tubdan qayta koʻrib chiqish, shuningdek, ilgari berilgan imtiyozlarni bekor qilish boʻyicha, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratgan holda takliflar kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchisi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni olib kirganda, shuningdek, ish (xizmat)larni import qilganda import qilingan tovarlar (ish, xizmatlar) uchun qoʻshilgan qiymat soligʻidan imtiyoz oʻrniga 120 kungacha boʻlgan muddatga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni kechiktirish mexanizmlaridan foydalanishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik asbob-uskunalar uchun bojxona imtiyozlarini berish mexanizmini takomillashtirish va optimallashtirishni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 27-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5755-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2019-yil 1-oktabrdan kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5303-son Farmoni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ilovasi quyidagi tahrirdagi izoh bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Izoh: 3 — 8 pozitsiyalarda koʻrsatilgan tovarlar va xom ashyo importida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga tatbiq qilinmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5388-son Farmoni 6-bandining toʻrtinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-fevraldagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida “Jeneral Motors Oʻzbekiston” korxonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi PQ-800-son qarorining 8-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikkinchi va uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“DjiEm Oʻzbekiston” AJ, “Oʻzavtosanoat” AJ, shuningdek, “DjiEm Oʻzbekiston” AJ avtomobillarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologik jihozlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar tomonidan 1-ilovadagi roʻyxatga muvofiq olib kelinadigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 16-dekabrdagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida kuch agregatlarini ishlab chiqarish boʻyicha “Jeneral Motors Paurtreyn — Oʻzbekiston” korxonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi PQ-1020-son qarorining rus tilidagi matnida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Osvobodit na period stroitelstva, a takje srokom na 10 let s dati nachala seriynogo proizvodstva silovix agregatov:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan” ot uplati vsex nalogov, deystvuyushix na territorii Respubliki Uzbekistan, krome naloga na dobavlennuyu stoimost;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inostranniy personal AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan” ot uplati naloga na doxodi fizicheskix lits, poluchayemie ot trudovoy deyatelnosti na dannom predpriyatii;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompaniyu “Djeneral Motors Xoldings El-El-Si”, kompaniyu “Djeneral Motors Interneyshnl Xoldings” i ix pravopreyemnikov ot uplati naloga na pribil po doxodam, poluchayemim v vide dividendov, viplachivayemix AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan” ot uplati naloga na pribil u istochnika viplati po doxodam, viplachivayemim nerezidentam.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. Osvobodit ot uplati tamojennix platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i sborov za tamojennoye oformleniye):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovari, vvozimie AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan”, a takje predpriyatiyami-proizvoditelyami komplektuyushix izdeliy, materialov i texnologicheskoy osnastki dlya proizvodstva silovix agregatov AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan”;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-apreldagi “Samarqand avtomobil zavodida avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1736-son qarorining rus tilidagi matnida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Osvobodit s 1-yanvarya 2012 goda srokom na 8 let ot tamojennix platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i sborov za tamojennoye oformleniye) tovarov, ne proizvodimix v Respublike Uzbekistan i vvozimix OOO “Samarkandskiy avtomobilniy zavod” dlya proizvodstva i posleprodajnogo obslujivaniya proizvodimix avtotransportnix sredstv po perechnyu, soglasno prilojeniyu № 2.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-ilovaning nomi “za isklyucheniyem” soʻzlaridan keyin “naloga na dobavlennuyu stoimost i” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksionerlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2658-son qarorining 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“14. 2022-yilning 1-yanvariga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va “Oʻzagroservis” AJ tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish va servis xizmatlari koʻrsatish uchun olib keladigan texnologik uskunalar, jihozlar, asboblar, butlovchi buyumlar, detallar, uzellar, materiallar, ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ va “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ — mol-mulk soligʻini toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzagrolizing” AJ va “Oʻzmashlizing” MChJ — lizing operatsiyalaridan olingan daromadlar boʻyicha, tegishli ravishda, foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod qilinsin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3028-son qarori 13-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi “Xorijiy investitsiya ishtirokidagi “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3053-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshida “shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga toʻlanadigan majburiy toʻlovlardan” soʻzlari “qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidan “qoʻshilgan qiymat soligʻi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 14-bandning uchinchi xatboshi “bojxona rasmiylashtiruvi” soʻzlaridan oldin “qoʻshilgan qiymat soligʻi va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-toʻqimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3279-son qarorining 4-bandi “bojxona yigʻimlaridan” soʻzlaridan oldin “qoʻshilgan qiymat soligʻi va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3301-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “barcha soliqlardan va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar” soʻzlari “yagona soliq toʻlovi va qatʼiy belgilangan soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3386-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshi “bojxona rasmiylashtiruvi” soʻzlaridan oldin “qoʻshilgan qiymat soligʻi va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi “Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3472-son qarorining 10-bandi “a” kichik bandining beshinchi xatboshi “bojxonada rasmiylashtiruv” soʻzlaridan oldin “qoʻshilgan qiymat soligʻi va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-son qarori 9-bandining birinchi xatboshi va 3-ilovaning nomi “bojxona rasmiylashtiruvi” soʻzlaridan oldin “qoʻshilgan qiymat soligʻi va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va shaxsiy tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarorining 13-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshida quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamgʻarma qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari barcha turdagi soliqlardan”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan” soʻzlari “, qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshidan “, qishloq xoʻjaligi texnikasi hamda qishloq xoʻjaligi transport vositalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha chetdan olib kiriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi va qishloq xoʻjaligi transport vositalari 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari)”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3839-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Agentlik qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod qilinsin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi “Yogʻ-moy tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-4118-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Korxonalar 2021-yil 1-yanvarga qadar oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish maqsadida TIF TN kodlari 1201 — 1207 guruhi boʻyicha import qilinadigan yogʻ-moy xom ashyosi hajmi (soya danagi, kungaboqar va boshqa moyli oʻsimliklar urugʻlari) uchun bojxona toʻlovlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4230-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9. 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lokomotivlar, temir yoʻl vagonlari va butlovchilar (TIF TN kodi 8601–8607), barcha tipdagi yuk konteynerlari (TIF TN kodi 8609), uchish apparatlari (TIF TN kodi 8802) bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun moʻljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8701 20, 8704 21 (refrijeratorlar), 8704 22, 8704 23 (samosvallardan tashqari), 8716 31, 8716 39) va aviatsiya yoqilgʻisi bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan oʻz vaqtida taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4268-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvarga qadar lizing kompaniyalari va tijorat banklari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi lizing xizmatlari qismida qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan, shu jumladan import qilingan lizing obyektini sotib olish narxi va sotish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan hisoblanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-avgustdagi “Xorijiy investitsiya ishtirokidagi “JV MAN Auto — Uzbekistan” MChJ korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 224-son qarori 4-bandi va uning ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi “Donni qayta ishlovchi korxonalarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 684-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y, 8-son, 18-modda) ilovasi quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Izoh: 1 — 4 pozitsiyalarda koʻrsatilgan mahsulotlar importida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga tatbiq qilinmaydi.”.
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 28.06.2019-y., 131 (7361)-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son)