10.02.2020 yildagi 75-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga muvofiq, shuningdek, oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonini o‘quv-metodik ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullaridan keng foydalanish asosida o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayoni sifatini izchil oshirib borish, o‘qitishning samarali shakllari va usullari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim muassasalarining respublika hamda xalqaro reytingini oshirib borish choralarini ko‘rish, ularga texnologik jihatdan yuqori darajada jihozlangan texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi markazlari, startap loyihalari hamda akseleratorlarni tashkil etishga metodik ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim muassasalarida tegishli tarmoq, soha va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va prognozlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masofadan o‘qitish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan ta’lim shakllarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim tizimi faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash, sohaga oid ilg‘or xorijiy tajriba asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim dasturlariga kiradigan barcha fanlar bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tahlil qilish, tayyorlash, ularni davlat xizmati asosida ekspertizadan o‘tkazish hamda nashr etishni tashkil qilish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim sohasidagi huqukiy va metodik hujjatlar hamda davlat namunasidagi qat’iy nazoratdagi hujjatlar hisobini yuritish, elektron bazani shakllantirish va ular bilan oliy ta’lim muassasalarini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlari, malaka talablarini, talabalar mustaqil ta’limi bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni uzluksizligini metodik jihatdan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning hukuqiy va metodik asoslarini o‘rganish, ushbu sohadagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublika oliy ta’lim muassasalarining raqobatdoshligini oshirish choralarini ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadkiqot muassasalari, potensial ish beruvchilar talablari bilan integratsiyalashuvi jarayonlarini tashkil ztish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ilmiy-tadqiqot loyiha grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda oliy ta’lim muassasalariga quyidagilar bo‘yicha shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish huquqi berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim tizimiga tegishli qat’iy nazoratdagi, davlat namunasidagi hujjatlarni nashrga tayyorlash va ular bilan oliy ta’lim muassasalarini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy muqobil elektron va virtual o‘quv hamda laboratoriya vositalarini yaratish, ekspertizadan o‘tkazish, tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
STEAM ta’lim texnologiyalarini joriy etishda faol ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish hamda ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda oliy ta’lim muassasalariga metodik ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, oliy ta’lim muassasalariga o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqikotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki oy muddatda Markazni zarur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar, yuklatilgan vazifalar ijrosini professional darajada ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2020-yil 1-maydan boshlab mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Markaz direktori oliy ta’lim muassasasi rektoriga, direktor maslahatchisi va direktor o‘rinbosarlari — oliy ta’lim muassasasi prorektoriga, boshqarma va bo‘lim boshliqlari — fakultet dekaniga, bosh mutaxassis — katta o‘qituvchiga, yetakchi mutaxassis — o‘qituvchiga tenglashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifonur ko‘chasi, Talabalar shaharchasi, 75-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar tegishli hududi bilan birgalikda Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Markaz binosini ta’mirlash hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun zarur mablag‘larni 2020-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaz buyurtmasi asosida belgilangan tartibda uni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulashni hamda zarur telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2021-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga 3 ta, shu jumladan, 2 ta yengil va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari kabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibitiyaga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 10-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 75-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 51 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 09/20/75/0144-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son)