11.07.2019 yildagi PQ-4391-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4593-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2020-y., 07/20/4593/0174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlari moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/283/0537-son)
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Davlat oliy ta’lim muassasalari

Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi

1. Andijon davlat universiteti

2. Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti

3. Andijon davlat chet tillari instituti

4. Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti

5. Andijon mashinasozlik instituti

6. Buxoro davlat universiteti

7. Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti

8. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

9. Guliston davlat universiteti

10. Jizzax davlat pedagogika instituti

11. Jizzax politexnika instituti

12. Qarshi davlat universiteti

13. Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti

14. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

15. Qoraqalpoq davlat universiteti

16. Qo‘qon davlat pedagogika instituti

17. Navoiy davlat pedagogika instituti

18. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

19. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar

universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti

20. Namangan davlat universiteti

21. Namangan davlat chet tillari instituti

22. Namangan muhandislik-qurilish instituti

23. Namangan muhandislik-texnologiya instituti

24. Nukus davlat pedagogika instituti

25. Samarqand davlat universiteti

26. Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

27. Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali

28. Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti

29. Samarqand davlat chet tillar instituti

30. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

31. Termiz davlat universiteti

32. Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti

33. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

34. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

35. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

36. Toshkent davlat pedagogika universiteti

37. Toshkent davlat texnika universiteti

38. Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali

39. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

40. Termiz muhandislik-texnologiya instituti

41. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

42. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

43. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

44. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

45. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

46. Toshkent kimyo-texnologiya instituti

47. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

48. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

49. Toshkent moliya instituti

50. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

51. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

52. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

53. O‘zbekiston Milliy universiteti

54. O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

55. Urganch davlat universiteti

56. Farg‘ona davlat universiteti

57. Farg‘ona politexnika instituti

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi

Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari

Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi

Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

Professional ta’lim muassasalari

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/284/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.

 

Vazirlik hay’ati

Vazir

Vazir yordamchisi

Vazirning birinchi o‘rinbosari

Vazirning professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Vazirning fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari

Vazirning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi

Ijro apparati

2

Ta’lim standartlari va normativ ta’minoti departamenti

1

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi

1

Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish

boshqarmasi

4

Professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti*

Iqtisodiyot boshqarmasi

1

Oliy va professional ta’lim integratsiyasini ta’minlash bo‘limi

2

Ta’lim jarayonini tashkil etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi

1

Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti

1

Ilmiy va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi

3

Moliyalashtirish, iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish bo‘limi

3

Axborot xizmati

3

O‘quv-normativ hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish bo‘limi

4

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi

1

Oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy ta’minoti bo‘limi

2

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi

3

Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish boshqarmasi

3

O‘quv-metodik ta’minotni tashkil etish bo‘limi

3

Texnik ta’minot va ekspluatatsiya bo‘limi

2

Iqtidorli yoshlarni saralash, akademik litseylar va ixtis�slashgan ta’lim muassasalari bo‘limi

3

Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi

2

Malaka oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish boshqarmasi

3

Kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish boshqarmasi

1

Kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va ta’lim xizmatlari bozorini tahlil qilish bo‘limi

2

Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi

4

Ijro intizomi va tahlil bo‘limi

3

Xalqaro aloqalar boshqarmasi

4

Ta’lim sifatini baholash va monitoring qilish bo‘limi

3

Raqamli rivojlanish

boshqarmasi

4

Devonxona

1

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi

2

Akademik mobillik, talabalar amaliyoti va bitiruvchilar monitoringi bo‘limi

3

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi

1

Pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish bo‘limi

3

Yuridik boshqarma

2

Ichki audit xizmati

18

Mehnat bozori tahlili va amaliyotni tashkil etish boshqarmasi

1

Xorijiy talabalar va ta’lim dasturlari bo‘limi

2

Investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘limi

3

Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi

1

Ishlab chiqarish va mehnat bozori ehtiyojlari monitoringi bo‘limi

3

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi**

3

Maxfiy-safarbarlik bo‘limi

1

Ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlik va amaliyotni tashkil etish bo‘limi

3

 

Ma’naviy-ma’rifiy

ishlar boshqarmasi

5

Dual ta’limni tashkil etish va moddiy-texnik bazani takomillashtirish boshqarmasi

1

 

Moddiy-texnik bazani rivojlantirish bo‘limi

3

Dual ta’limni rivojlantirish bo‘limi

3

Ishlar boshqarmasi

2

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/284/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/284/0536-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovini kengaytirish, oliy ta’lim sifatini va yuqori malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish

1.

Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish.

1. Yangi oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish orqali yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish.

2. Hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma fakultetlar va ikki tomonlama diplom berish dasturlarini tashkil etish.

3. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablari hamda kadr iste’molchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirib borish.

1. Kadr buyurtmachilari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini chuqur tahlil qilish.

har yili

mart-aprel oylari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Yangilangan o‘quv dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va ta’lim jarayoniga tatbiq etish.

har yili avgust oyi

3.

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari fanlari bo‘yicha zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish samaradorligini oshirish.

1. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari fanlari bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalari amaliyotiga joriy etilgan o‘quv adabiyotlarini xarid qilish va zamonaviylarini yaratish.

2. Yaratilgan adabiyotlarning tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislikl�rida ta’lim olayotgan talabalar hamda dars berayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirokida taqdimotlarini o‘tkazish.

doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

4.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarini kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish.

1. Ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida kredit-modul tizimini tahlil qilish va kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilish.

2019-yil

avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida kredit-modul tizimini tahlil qilish.

2019-yil sentyabr

3. Oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalarini kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish.

2019-yil oktyabr

4. Oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalarini kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish.

tasdiqlangan grafik asosida

5.

Oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari, sh�ningdek ta’lim muassasalari hamda jismoniy shaxslarning ehtiyojlariga muvofiq kadrlarni tezkor qayta tayyorlash kurslarini to‘lov-shartnoma asosida, shaxsiy reja, masofaviy, guruhlarda o‘qitish dasturlarini joriy etish orqali tashkil etish.

1. Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari, shuningdek ta’lim muassasalari hamda jismoniy shaxslarning ehtiyojlariga muvofiq kadrlarni tezkor qayta tayyorlash kurslarining me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda mustaqil tasdiqlash.

2019-yil sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik

va idoralar

2. Qayta tayyorlash kurslari muddatlaridan kelib chiqqan holda to‘lov miqdorlarini belgilash va shartnomalarni rasmiylashtirish.

Doimiy

6.

Kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish.

Kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi hujjat ishlab chiqish va unda quyidagilarni inobatga olish:

mustaqil ish natijalari, o‘z ustida ishlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini bilish darajasi, turli tanlovlarda ishtirok etish va boshqa kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlarini o‘zida aks ettirgan elektron portfolio tizimini malaka oshirish o‘quv jarayonlariga joriy etish;

malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishda masofaviy ta’lim va vebinar texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;

kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda kasbiy faoliyati natijalari monitoringini olib borishning elektron tizimini yuritish.

2019-yil

sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov)

7.

Respublika oliy ta’lim muassasalari ta’lim xizmatlari eksporti hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro hamkorlik bo‘yicha axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

1. Respublika oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va imkoniyatlari haqida xorijda taqdimotlar va axborotlarni
namoyish etish orqali xorijiy fuqarolarni
jalb qilish.

har yili

yanvar — may oylari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi

(A. Komilov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Eng ko‘p xorijiy fuqarolar tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalarini xatlovdan o‘tkazish.

2019-yil sentyabr

3. Xatlov natijalariga ko‘ra qo‘shimcha joylashtirish vositasiga ehtiyoji yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.

2019-yil oktyabr

II. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, samarali boshqaruv tizimini joriy etish

8.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov)

9.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati bo‘linmalari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalar faoliyatini belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqish
va tasdiqlash.

1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati bo‘linmalari nizomlari, faoliyati
qayta tashkil etilgan vazirlik huzuridagi tashkilotlar va hududiy boshqarmalarning ustavlari, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlanishini ta’minlash.

2. Pedagogik innovatsiyalar va kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilari malakasini oshirish instituti, O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati faoliyati yangi tashkil etilganligi munosabati bilan qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

10.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri vakolatiga kiruvchi rahbar va xodimlarni lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etishning samarali va shaffof tizimini joriy etish.

1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi rahbar va xodimlarni lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

2. Yangi tuzilmalarga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati, tizimdagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalar va ta’lim muassasalarini zamonaviy bilimlarga ega malakali mutaxassislar bilan to‘ldirib borish.

doimiy

11.

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomning yangi tahririni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish.

1. Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va mazkur nizomda oliy ta’lim muassasalari turlarini farqlovchi aniq mezonlarni belgilash.

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil noyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibini takomillashtirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini takomillashtirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:

pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish jarayonini soddalashtirish;

pedagog xodimlar lavozimi uchun belgilangan besh yillik muddatni qayta ko‘rib chiqish.

2019-yil

sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev)

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil

oktyabr

13.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatini takomillashtirish.

1. Quyidagi�arni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Markaz boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish;

Markazni joylashtirish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2019-yil sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Markaz nizomini (ustavini) ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil oktyabr

14.

O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomning yangi tahririni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish.

1. O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomni tas�iqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil noyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlari mehnatini munosib rag‘batlantirish tizimini yaratish.

1. “Oliy ta’lim fidoyisi” hamda “O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil oktyabr

III. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, sportni keng targ‘ib qilish va rivojlantirish

16.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarbiyaviy ahamiyatni kuchaytirish, talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mamlakatimiz tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat, yot g‘oyalarga qarshi turish, diniy bag‘rikenglik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish choralarini ko‘rish.

Talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mamlakat tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat, yot g‘oyalarga qarshi turish, diniy bag‘rikenglik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

17.

Talaba-yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish hamda sport musobaqalarini ommalashtirish va rivojlantirish.

1. Sport musobaqalari final bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazishni nazarda tutuvchi me’yorlarni takomillashtirish.

2019-yil sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

2. Sportning ommaviy turlari bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari musobaqalarini tashkil etib, ular o‘rtasida chempionatlar o‘tkazib borish.

doimiy

18.

Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirish, kasbiy kompetentlik bilan insoniy fazilatlarni uyg‘unlashtirish, professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy mas’uliyatini oshirish, ta’lim va tarbiya uyg‘unligini amalda ta’minlashga qaratilgan Talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy ongini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

1. Konsepsiyani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish, konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

iyul-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Konsepsiyani amaliyotga tatbiq etish va targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar dasturini tasdiqlash.

2019-yil

sentyabr

3. Oliy ta’lim muassasalarida mazkur Konsepsiya asosida ishlarni tashkil etish va monitoringini yo‘lga qo‘yish.

doimiy

19.

O‘quvchi-talabalarni turli axborot xurujlari, radikal g‘oyalar va yot mafkuralardan himoya qilish, ularni Vatan manfaati yo‘lida birlashtirish maqsadida talaba-yoshlardan iborat tarkibda “Blogerlar klubi”ni tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish, klub nizomi va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2019-yil

avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Klub faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish.

2019-yil

sentyabr

3. Klubni doimiy faoliyat yurituvchi malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.

2019-yil oktyabr

4. Blogerlar bilan davra suhbatlari o‘tkazish reja-grafigini tasdiqlash va o‘tkazib borish.

doimiy

20.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, kollej va akademik litsey o‘quvchilari hamda keng jamoatchilikni dunyoda, O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy, yoshlar, xususan talabalar hayotiga oid voqealar, ta’lim tizimidagi yangiliklar va qiziqarli faktlardan tezkor va to‘g‘ri xabardor qiluvchi, zamonaviy, qulay va yoshlarbop tarzda yetkazib beruvchi hamda talaba-yoshlarning Internet jahon axborot tarmog‘idagi vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etishga mo‘ljallangan virtual mayd�ncha — veb-sayt yaratish.

1. Veb-sayt yaratish (dasturlash, dizaynini ishlab chiqish va boshqalar).

2019-yil avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Veb-saytni ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish.

2019-yil sentyabr

3. Oliy ta’lim muassasalari talabalari, kollej va akademik litsey o‘quvchilari bilan veb-sayt o‘rtasida ijodiy hamkorlik o‘rnatish.

2019-yil oktyabr

4. O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida hamda boshqa sohalarda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy yangiliklarni yoritib borish, islohotlarni targ‘ib qilish.

doimiy

IV. Ilmiy salohiyatni oshirish, fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish va innovatsion faoliyatni rivojlantirish

21.

Doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy qilish.

Doktorlik dissertatsiya tadqiqotlari natijalarini amaliyotga tezkor joriy etilishini ta’minlash, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish va rag‘batlantirish, ilmiy faoliyat nufuzini ko‘tarish maqsadida doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2019-yil

sentyabr

Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldash�v), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

22.

Oliy ta’lim muassasalari ilm-fan faoliyati moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va axborot-metodik ta’minotini yaxshilash.

1. Xalqaro darajada ilmiy tajriba sinovlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan noyob ilmiy-texnikaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 7 ta jamoaviy foydalaniladigan laboratoriyalar faoliyatini tashkil etish.

2019 — 2021-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

2. Jahon banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan akademik innovatsiyalar fondi loyihalari doirasida oliy ta’lim muassasalari ilmiy laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2020-yildan boshlab

doimiy

3. Ilmiy nashrlarning soni, iqtiboslilik indeksi, xalqaro konferensiya va seminarlardagi faolligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ilg‘or oliy ta’lim muassasalarini QS, TNE kabi jahonning nufuzli reyting agentliklari ro‘yxatiga kirishlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish.

2019-2020-yillar

4. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari to‘g‘risidagi to‘liq va zamonaviy axborotlar bilan ta’minlash uchun xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishni ta’minlash, yuqori reytingli xalqaro ilmiy nashrlarda ilmiy ishlarni chop etganligi uchun mualliflar va oliy ta’lim muassasalarini rag‘batlantirish tizimini yaratish.

2019-yil dekabr