24.12.2019 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi qabul qilinishi, shuningdek, sudlar tomonidan maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun normalarini bir hilda va toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 4-moddasiga muvofiq, manfaatdor shaxs, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, prokuror, shuningdek, boshqa shaxslar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga vakolatli ayrim fuqarolar va davlat organlari maʼmuriy organ qarorini haqiqiy emas va uning mansabdor shaxsi harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) bilan, basharti bu qaror, harakat (harakatsizlik) tufayli uning:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqlari, erkinliklarini amalga oshirish va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda toʻsqinlik yaratilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklatilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u yoki bu sohadagi faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa toʻsqinlik yaratilgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maʼmuriy organlar deganda, davlat boshqaruvi organlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari roʻyxatida koʻrsatilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, qoʻmitalar, agentliklar, markazlar, inspeksiyalar) va ularning hududiy organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, maʼmuriy-boshqaruv vakolati berilgan boshqa tashkilotlar va maxsus tashkil etilgan komissiyalar tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maʼmuriy organlar mansabdor shaxslari deganda, hokimiyat vakili vazifasini bajaradigan yoxud mazkur organlarda maʼmuriy-boshqaruv (tashkiliy-farmoyish berish) vazifasini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Manfaatdor shaxs deganda, maʼmuriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsi harakati (harakatsizligi) qaratilgan fuqaro yoki yuridik shaxs yoxud bunday qaror, harakat (harakatsizlik) huquq va qonuniy manfaatlariga daxl etgan boshqa shaxs tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qaror deganda, maʼmuriy organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yakka yoki kollegial tarzda qabul qilingan va muayyan huquqiy oqibat tugʻdiruvchi hujjat tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qarorlar belgilangan shaklda (masalan, joylardagi ijro hokimiyati organlari qarorlari) yoki erkin tarzda (masalan, fuqaroning murojaatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabar) qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining harakatlari deganda, qaror shaklida ifodalanmagan boʻlsa ham, biroq manfaatdor shaxslar huquqlari va erkinliklarini buzilishiga olib kelgan yoki ularning huquqlari va erkinliklari amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilgan yuridik ahamiyatga ega farmoyishlar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harakatsizlik deganda, maʼmuriy organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar (lavozim yoʻriqnomalari, nizomlar, reglamentlar, buyruqlar) bilan yuklatilgan majburiyatni bajarmaslik tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sudlarga tushuntirilsinki, qonun hujjatlariga koʻra tekshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mutlaq vakolatiga kiradigan davlat organlari qarorlari, shuningdek, qonun hujjatlarida ustidan sudga shikoyat berishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) MSIYUtK 23-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, maʼmuriy organlar mansabdor shaxslarining jinoyat ishi yoxud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish bilan bogʻliq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan, tegishlicha, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalari mansabdor shaxslarining ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash haqidagi qarorlari va harakatlari MSIYUtK 23-bobida nazarda tutilgan tartibda nizolashilishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 542-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadigan masalalar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy organlarning quyidagilar bilan bogʻliq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar MSIYUtK 23-bobida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino, inshoot va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga topshirish, foydalanish va buzishga kelishish va ruxsat berish (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat birlashmalari, shu jumladan siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek, davlat organining belgilangan muddatda bunday roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlashi (“Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi, “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining uchinchi qismi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositasiii davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoki davlat organining belgilangan muddatda uni roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlashi, ommaviy axborot vositasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish, ommaviy axborot vositasining chiqarilishini toʻxtatib turish yoki tugatish (“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning axborot olish huquqini amalga oshirish (“Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat ijrochisining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan MSIYUtK 23-bobida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati boʻyicha chiqarilgan qarorlar bundan mustasno (“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 861-moddasining birinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sudlarga tushuntirilsinki, harbiy boshqaruv organlari va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi), shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar chaqiruv komissiyalarining qarorlari ustidan shikoyatlar harbiy sudlar tomonidan koʻriladi (“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining toʻqqizinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy organning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmasi yoki mansabdor shaxsga nisbatan talab qoʻyilganda, sud MSIYUtK 42-moddasi qoidalariga rioya qilgan holda, ish boʻyicha javobgar sifatida tegishli organni jalb etish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudga maxsus komissiyaning qarori ustidan shikoyat qilinganida, ish boʻyicha javobgar sifatida maxsus komissiyaning ishchi organi boʻlgan davlat organi jalb etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ish hal qilingunga qadar maʼmuriy organ qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan boʻlsa, sud uning huquqiy vorisini yoki arizachining buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklash vakolatiga ega boʻlgan organni ishda ishtirok etishga jalb qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ish koʻrib chiqilayotgan vaqtga kelib qarori yoki harakatlari (harakatsizligi) shikoyat qilinayotgan shaxs mansabdor shaxs boʻlmay qolgan boʻlsa, sud ushbu mansabni egallab turgan shaxsni yoxud arizachining buzilgan huquqlar va erkinliklarini tiklash vakolatiga ega tegishli organni ishda ishtirok etish uchun jalb etish masalasini hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Arizachi ariza (shikoyat) bilan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli. Yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga dastlab murojaat qilmaslik, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, shuni nazarda tutish lozimki, qonun hujjatlarida ayrim qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan majburiy ravishda sudgacha nizolashish tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) qarori, harakati (harakatsizligi) nizolashilayotgan organ joylashgan yoxud mansabdor shaxs ishlaydigan joydagi tuman (shahar) maʼmuriy sudiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli joylarda boʻlgan bir nechta javobgarga nisbatan talab qoʻyilganda, ariza (shikoyat) arizachining tanlovi boʻyicha javobgarlardan biri joylashgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar maʼmuriy organ joylashgan joy uning vakolati amalga oshiriladigan hududga toʻgʻri kelmasa, ariza oʻsha organ oʻz majburiyatlarini bajarayotgan joyda faoliyat koʻrsatayotgan sudga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi birinchi instansiya sudi sifatida qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qarorni haqiqiy emas deb topish, harakatni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) MSIYUtK 128, 187-moddalariga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza (shikoyat) shakli va mazmuniga nisbatan MSIYUtK 187-moddasida belgilangan talablarni inobatga olib, unda jumladan, quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qanday qaror, harakat (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy organning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarorning rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachining aniq qanday huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachining fikriga koʻra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) qaysi qonun hujjatiga zid ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shunga oʻxshash shikoyat buysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va agar berilgan boʻlsa, qanday javob olinganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Arizaga (shikoyatga) MSIYUtK 130-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek, nizolashilayotgan qaror nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, MSIYUtK 134-moddasining birinchi qismiga muvofiq, arizaga qarorni ilova qilmaslik arizani qaytarishga asos boʻlmaydi. Sud nizolashilayotgan qarorni arizachining iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan maʼmuriy organdan talab qilib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. MSIYUtK 92-moddasiga koʻra, sud arizachining yoki manfaati borasida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud boʻlsa va bunday choralarni koʻrmay turib, ularni himoya qilish mumkin boʻlmagan yoxud qiyin boʻlgan hollarda dastlabki himoya choralarini koʻrishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nizolashilgan qaror ijrosining majburiy toʻxtatib turilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa (masalan, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining uchinchi qismi, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasi), sudya arizachi sudga murojaat qilganligi munosabati bilan nizolashilayotgan qarorning bajarilishi maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxs tomonidan toʻxtatilgan- toʻxtatilmaganligini tekshirishi shart. Agar bu amalga oshirilmagan boʻlsa, sud sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar mazkur qarorning harakatini toʻxtatib turish haqida ajrim chiqarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy organ mansabdor shaxsining favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholi hayoti va sogʻligʻiga real xavf soladigan boshqa holatlarning oldini olish bilan bogʻliq qarorlari, harakatlarini toʻxtatib turishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. MSIYUtK 67-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, mazkur toifaga oid ishlar boʻyicha nizolashilayotgan qarorning, harakatning (harakatsizlikning) qonuniyligini isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan yoki nizolashilayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organ yoki mansabdor shaxs zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni toʻgʻri hal qilish maqsadida, sud oʻz tashabbusi bilan dalillarni talab qilib olishga haqli. Sudning hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabini bajarmaganligi uchun tegishli organ mansabdor shaxsi sud tomonidan jarimaga tortilishi mumkin (MSIYUtK 122-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Shuni nazarda tutish lozimki, maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, sud Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining daʼvo muddati toʻgʻrisidagi normalarini qoʻllashga haqli emas va faqat MSIYUtK hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda nazarda tutilgan muddatlargagina asoslanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Arizaning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni oʻtkazib berilishi uni qaytarish uchun asos boʻlmaydi. Bunday hollarda ariza ish yuritishga qabul qilinib, mazmunan koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud har bir ish boʻyicha arizachi tomonidan qonun bilan belgilangan sudga murojaat qilish muddatlariga rioya qilinganligini aniqlashi, mazkur muddatlar buzilganda esa, manfaatdor shaxs ushbu holatga eʼtibor qaratganligidan qatʼi nazar ularning oʻtkazib yuborilishi sabablarini muhokama qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudga murojaat qilish muddati arizachiga quyidagilar maʼlum boʻlgan kunning ertasidan boshlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishga toʻsiqlar vujudga keltirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning zimmasiga biror-bir majburiyat yuklanganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudga murojaat qilish muddatiga rioya qilinishi masalasi ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega holat ekanligi sababli, uni tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalar, MSIYUtK 156-moddasi birinchi qismining 2-bandiga koʻra, sudning hal qiluv qarorida asoslantirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sudga murojaat qilish muddati oʻtkazib yuborilgan yoki oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash sud tomonidan rad etilgan boʻlsa, arizani qanoatlantirish rad qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ishni mazmunan koʻrib chiqishda, sud ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlarni, xususan, quyidagilarni sinchkovlik bilan tekshirishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy organ, mansabdor shaxs qaror qabul qilish yoki harakatni amalga oshirish vakolatiga ega yoki ega emasligini. Qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatga koʻra, qaror qabul qilish yoki qabul qilmaslik, harakatni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxs ixtiyoriga berilgan holda, sud bunday qaror qabul qilish yoki qabul qilmaslik, harakatni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik maqsadga muvofiqligini baholashga haqli emas (masalan, muayyan shaxsni mukofotlash toʻgʻrisida hujjat qabul qilmaganlikda ifodalangan harakatsizlik ustidan shikoyat qilinganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxs tomonidan qaror qabul qilish, harakatni amalga oshirish tartibiga rioya etilgan-etilmaganligini, basharti normativ-huquqiy hujjatlarda bunday talablar (shakl, muddatlar, asoslar, tartib-tamoyil va h.k.) belgilangan boʻlsa. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qaror qabul qilish, harakatni amalga oshirish tartibiga rioya qilmaslik, faqat, basharti bu holat uning qonuniyligiga taʼsir qilgan holdagina, arizani (shikoyatni) qanoatlantirish uchun asos boʻlishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizolashilayotgan qaror, sodir etilgan harakat (harakatsizlik) mazmuni mazkur huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelish-kelmasligini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan qarorlar, sodir etilgan harakatlarning (harakatsizlikning) noqonuniyligi haqida dalolat beruvchi yuqorida koʻrsatilgan holatlarning hech boʻlmaganda bittasining mavjudligi arizani (shikoyatni) qanoatlantirishga asos boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. MSIYUtK 189-moddasiga muvofiq, sud nizolashilayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini va arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, maʼmuriy organ, uning mansabdor shaxsi qarorini toʻliq yoki muayyan qismini haqiqiy emas, harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani (shikoyatni) qanoatlantirish haqida qaror qabul qilishda, sud arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqishga xaqli emas. Masalan, yozma murojaatni mansabdor shaxs tomonidan belgilangan muddatda koʻrilmaganligida ifodalangan harakatsizlik ustidan shikoyat qilinganda, sud mazkur mansabdor shaxsning harakatsizligini qonunga xilof deb topishi va qanday qaror qabul qilinishi kerakligi haqidagi masalani oldindan hal etmasdan, unga sud tomonidan belgilangan muddatda arizachining murojaatini koʻrib chiqish majburiyatini yuklashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilishda, sud MSIYUtK 189-moddasida mavjud xususiyatlarni inobatga olgan holda MSIYUtK 19-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga amal qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ariza (shikoyat) qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan yoki harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning (mansabdor shaxsning) nomi, qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaror toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganligi va zarur hollarda, arizachining huquqlari va erkinliklarini toʻliq hajmda tiklash yoki ularni amalga oshirishdagi toʻsqinliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harakat (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilganligi va maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxsga arizachiga nisbatan aniq harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hal qiluv qarorida sud ishning xususiyati va amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlarni inobatga olgan holda arizachining huquqlari va erkinliklari buzilishini toʻliq hajmda bartaraf etish uchun tegishli muddat belgilashi lozim (MSIYUtK 189-moddasining beshinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qonunda maʼmuriy organlar, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlar boʻyicha sud xarajatlariga nisbatan qandaydir istisnolar belgilanmaganligi sababli, ish boʻyicha qilingan sud xarajatlari masalasi sud tomonidan MSIYUtK 12-bobida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Sudlarga tushuntirilsinki, MSIYUtK 276-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qarorni haqiqiy emas yoki harakatni qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi sud hujjatining ijrosi maʼmuriy organga yuboriladigan sudning hal qiluv qarori (qarori) asosida amalga oshirilib, unda yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishini bartaraf etish uchun muddat koʻrsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablagʻlarini, shu jumladan, sud xarajatlarini undirish haqidagi hal qiluv qarorining majburiy ijrosi yuzasidan ijro varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar hal qiluv qarorining oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi va uning ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmaganda, axborot talab qilib olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agar ishni koʻrishda maʼmuriy organlar yoki mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlansa, sud bunga nisbatan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 18-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 24-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-son