10.01.2020 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jon boshiga va “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish mexanizmi tajriba-sinov tarzida joriy etiladigan Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarining ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini “har bir davolangan holat uchun” O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tuzilmasida Sirdaryo viloyati “sog‘liqni saqlash” tizimidagi muassasalarning shtatlari doirasida 7 kishidan iborat tibbiy xizmatlar bo‘yicha davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo‘limini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalashtirishning yangi mexanizmlariga o‘tayotgan tibbiyot tashkilotlari uchun ctatsionar va ambulator sharoitda bemorlarni davolash xarajatlarini alohida hisobga olish maqsadida mavjud elektron buxgalteriya hisobi va hisobot dasturlarini takomillashtirish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlangan tibbiy yordam sifati standartlariga muvofiq orderlar va yo‘llanmalar berish, tibbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘riligi ustidan nazoratni, shuningdek, moliyalashtirishning yangi mexanizmini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov o‘tkazish natijalarining tizimli monitoringi va tahlilini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda tajribani amalga oshirishning oraliq yakunlari bo‘yicha axborotni, shuningdek, tajriba-sinov natijalariga ko‘ra amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 10-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 19-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jon boshiga va “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish mexanizmi tajriba-sinov tarzida joriy etiladigan Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

T/r

Tibbiyot tashkiloti nomi

2020-yil 1-apreldan

1.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi

2.

Viloyat ko‘z dispanseri

3.

Viloyat narkologiya dispanseri

4.

Viloyat kardiologiya dispanseri

5.

Viloyat teri-tanosil dispanseri

6.

Viloyat o‘sma kasalliklar dispanseri

7.

Viloyat endokrinologiya dispanseri

8.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi

2020-yil 1-iyuldan

1.

Guliston shahar tibbiyot birlashmasi

2.

Shirin shahar tibbiyot birlashmasi

3.

Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi

4.

Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi

5.

Guliston shahar tibbiyot birlashmasi

6.

Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi

7.

Oq oltin tuman tibbiyot birlashmasi

8.

Sardoba tuman tibbiyot birlashmasi

9.

Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi

10.

Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi

11.

Xovos tuman tibbiyot birlashmasi

12.

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi

13.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo filiali

14.

Viloyat perinatal markazi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 19-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini “har bir davolangan holat uchun” O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINCHALIK NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu vaqtinchalik nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlarini Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi, Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) va tibbiyot tashkiloti o‘rtasida davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) tuzish orqali klinik-xarajat guruhlari asosida har bir davolangan holat uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida o‘tayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

har bir davolangan holat — klinik xizmat ko‘rsatish yakunlangan holat bo‘lib, mijozga tashhis qo‘yish va davolashning tasdiqlangan bayonnomalariga muvofiq tibbiyot tashkilotida bo‘lgan vaqtda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni o‘z ichiga oladi yoki mazkur bosqichda tibbiy xizmat ko‘rsatishning muayyan yakuniy natijasiga erishilishi tufayli xizmat ko‘rsatishning yakunlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klinik-xarajat guruhlari (KXG) — bir xil va o‘xshash klinik vaziyatlar bo‘yicha nisbatan teng resurs sarflaydigan va qiymatga ega bo‘lgan tibbiy xizmatlar to‘plami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir davolangan holat uchun bazaviy tarif — mijozga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun bazaviy xarajatlarning me’yori bo‘lib, KXG asosida bir davolangan holat uchun xizmatlar qiymati hisob-kitobidan kelib chiqib belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnoma — mijozga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun vakolatli organlar (davlat buyurtmachisi) va tibbiyot tashkilotlari (davlat xaridlari ijrochisi) o‘rtasida Davlat budjeti va/yoki davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobiga tuziladigan bitim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murakkablik indeksi — KXG bo‘yicha har bir davolangan holat uchun o‘rta hisobdagi bazaviy tarif qiymatidan og‘ishish koeffitsiyenti bo‘lib, tibbiy xizmat ko‘rsatish usuliga va uni ko‘rsatishga sarflanadigan xarajatlarga bog‘liq bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy-iqtisodiy ekspertiza — tibbiyot tashkiloti tomonidan to‘lovga taqdim etilgan hisobvaraqlardagi ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar hajmining asosliligini ekspert baholash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Moliyalashtirishning prognoz hajmini aniqlash va shartnomalarni tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Moliya yilida tibbiyot tashkilotiga bir shartnoma doirasida ajratilgan mablag‘lar hajmini hisob-kitob qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili 1-fevralgacha quyidagilarni tasdiqlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir davolangan holat uchun bazaviy tarif va murakkablik indekslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statsionar tibbiy yordam olishi rejalashtirilgan mijozlar soni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Har bir davolangan holat uchun” bazaviy tarifni va murakkablik indeksini hisob-kitob qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tibbiyot tashkiloti bilan “har bir davolangan holat uchun” shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tegishli tibbiyot tashkilotlari uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vakolatli organlar va tibbiyot tashkiloti o‘rtasida “har bir davolangan holat uchun” bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar haqi o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘lanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari moliya organlari bilan birgalikda tibbiyot tashkilotlari budjetlarini hisoblab chiqadi, shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi va ular bilan shartnoma imzolangandan keyin uch kun ichida tibbiyot tashkilotlariga yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Moliya yilida shartnomaga muvofiq davolangan holatlar haqini to‘lash uchun mablag‘lar hajmi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MH = N x BT, bunda,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MH — muayyan moliya yili uchun shartnoma bo‘yicha mablag‘lar hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N — moliya yilidagi barcha rejalashtirilgan davolangan holatlar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BT — har bir davolangan holat uchun tasdiqlangan bazaviy tarif. Bunda bazaviy tarif tibbiyot tashkilotini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lardan shakllantiriladi. Asosiy vositalarni xarid qilish, kapital qurilish va ta’mirlash xarajatlari bazaviy tarif tarkibiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tibbiyot tashkilotining daromadlari va xarajatlari smetalari vakolatli organlar bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ va boshqa daromadlar ko‘zda tutilgan holda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tibbiyot tashkilotlari ajratilgan budjet mablag‘lari va o‘z daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

muassasa xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

kutilayotgan daromadlar doirasida xodimlar sonini mustaqil belgilaydi, takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlaridan, shuningdek, ustama va qo‘shimchalardan kelib chiqqan holda shtat jadvalini tasdiqlaydi.

12. “Har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida o‘tayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlari uchun amaldagi namunaviy shtat normativlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tibbiyot tashkilotlari xarajatlarini to‘lash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari xisobidan tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash vakolatli organlar bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan mablag‘ning 1/12 qismini quyidagi ketma-ketlikda xarajatlar moddalariga bo‘lmagan holda alohida satr bilan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyning 5 sanasigacha bo‘lgan muddatda rejalashtirilgan mablag‘ning 70 foizi miqdorida tibbiyot tashkilotining xarajatlarini qoplash uchun oldindan to‘lov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan 30 foiz mablag‘ keyingi oyning 15 sanasigacha shartnoma shartlariga ko‘ra bajarilgan dastlabki hisobot hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tibbiyot tashkilotlari har chorakda avvalgi chorak uchun dastlabki hisob hujjatlari asosida tibbiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha bemorlar reyestrini shaklantiradi, o‘zaro hisob-kitoblarni yakunlash uchun shakllantirilgan hujjatlar asosida taqqoslama dalolatnoma tuzadi, ular tibbiy xizmatlar haqini to‘lash uchun hisobvaraq-faktura bilan birga hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasigacha vakolatli organlarga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan shartnomada belgilangan majburiyatlarning to‘liq bajarilmasligi natijasida oldindan to‘lov sifatida to‘langan mablag‘ keyingi xisobot choragida nazarda tutilgan mablag‘ xisobidan kamaytirish orqali ushlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shartnomada belgilangan muddatdagi hajmdan ortiq ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni to‘lashga shartnoma doirasida avvalgi davrda bajarilmagan hajmlar hisobiga yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tibbiyot tashkiloti tomonidan shartnoma bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar to‘liq hajmda bajarilganda, hisobot davri yakunida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida qolgan budjet mablag‘lari budjetga qaytarilmaydi. Ushbu mablag‘lar tibbiyot tashkilotini rivojlantirish va xodimlarni rag‘batlantirish uchun ishlatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Shartnomada ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarning hajmi va qiymati yoki boshqa omillarning ta’siri natijasida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taraflarning kelishuviga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tibbiy iqtisodiy hujjatlarning to‘g‘ri shakllantirilganligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tibbiy-iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza quyidagi parametrlar bo‘yicha birlamchi tibbiy hujjatlar asosida har chorakda o‘tkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davolangan bemorlar reyestrining to‘g‘ri to‘ldirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozni tibbiyot tashkilotiga joylashtirishning asosliligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozni davolashda tashhis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy xizmatlar haqini to‘lash uchun taqdim etilgan hisobvaraq-fakturadagi summalarning davolangan bemorlar reyestridagi summalarga muvofiqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tibbiy yordam ko‘rsatishda tashhis qo‘yish va davolash sifatiga doir belgilangan standartlarga mos kelmagan holatlar aniqlangan taqdirda, tibbiy-iqtisodiy ekspertiza natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza natijalariga ko‘ra tibbiy xizmat hajmlarini sun’iy oshirib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda, ortiqcha to‘langan mablag‘lar keyingi to‘lovlarda ushlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza hujjatlarining haqqoniyligi ustidan nazorat vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar

23. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida o‘tayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan masalalarni o‘zaro hamkorlikda tartibga solish vakolatiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ushbu Nizom talablariga rioya qilmaganligi uchun mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 19-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINCHALIK NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) Sirdaryo viloyatidagi qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari, shuningdek, markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarni (keyingi o‘rinlarda birlamchi bo‘g‘in muassasalari deb ataladi) bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib, shartnomalar asosida moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom jon boshiga moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan Sirdaryo viloyatining birlamchi bo‘g‘in tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnoma — aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun bir tarafdan vakolatli organlar (davlat buyurtmachisi) va boshqa tarafdan tibbiyot tashkilotlari (davlat xaridlari ijrochisi) o‘rtasida Davlat budjeti va/yoki davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobiga kelishilgan hajmlarda yozma shaklda tuziladigan bitim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzatish koeffitsiyenti — ma’lum bir muhim omillarni (aholi jinsi va yoshi hamda zichligi) hisobga olgan holda, bazaviy xarajatlar me’yorini tuzatish uchun ishlatiladigan koyeffitsiyentlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan aholi — belgilangan tartibda birlamchi bo‘g‘in muassasasida tibbiy xizmat olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan aholi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy xarajatlarning me’yori (aholi jon boshiga moliyalashtirish) — O‘zbekiston Respublikasining hududida bir fuqaroga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun xarajatlarning yagona standarti, ushbu muassasalarning yil davomida xizmatlarning barcha hajmlari uchun to‘lov miqdorini aniqlashda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Birlamchi bo‘g‘in muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga aholini biriktirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Aholi birlamchi bo‘g‘in muassasalariga tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarining buyrug‘i bilan biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Birlamchi bo‘g‘in muassasalariga biriktirilgan aholi soni va tarkibi bo‘yicha axborot tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbari tomonidan tuziladi, aholining umumiy soni esa hududiy statistika organi (tuman/shahar) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Biriktirish rejalashtirilgan davr boshida birlamchi bo‘g‘in muassasalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan uchastkalar asosida 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Birlamchi bo‘g‘in muassasalari budjetini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Birlamchi bo‘g‘in muassasalarining budjeti bazaviy xarajatlarning me’yori asosida rejalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Har bir birlamchi bo‘g‘in muassasasini yillik moliyalashtirish hajmi bazaviy xarajatlarning me’yori va birlamchi bo‘g‘in muassasasiga biriktirilgan aholi soni hisob-kitobidan kelib chiqib, quyidagi formula bo‘yicha tuzatish koeffitsiyentlaridan foydalanilgan holda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MYH = XBMreja x BAS x HTK, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MYH — rejalashtirilgan yilda hudud birlamchi bo‘g‘in muassasalarini yillik moliyalashtirish hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XBMreja — rejalashtirilgan yildagi bazaviy xarajatlarning me’yori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BAS — rejalashtirilgan yil boshida birlamchi bo‘g‘in muassasasiga biriktirilgan hududdagi aholi soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HTK — alohida hududlarda birlamchi bo‘g‘in muassasalarini moliyalashtirish imkoniyatini hisobga oladigan hududiy tuzatish koeffitsiyenti.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Borish qiyin bo‘lgan hududlar ro‘yxatlari va murakkab geografik sharoitlarda ishlash uchun qo‘shimcha haqlarning aniq miqdorlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bazaviy xarajatlarning me’yorini aniqlashda birlamchi bo‘g‘in muassasalarining imtiyozli retseptlar bo‘yicha beriladigan dori-darmonlar, shuningdek, kapital ta’mirlash va qurilish hamda qimmat baho uskunalarni xarid qilish xarajatlari nazarda tutilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Birlamchi bo‘g‘in muassasalarini saqlab turish uchun xarajatlar har oyda o‘rtacha taxminan yillik budjetning 12 dan bir qismi miqdorida ayrim tibbiy xizmat turlariga bo‘lgan ehtiyojlar mavsumiy o‘zgarishi hisobga olingan holda moliyalashtiriladi. Har oy uchun moliyalashtirishning prognoz hajmlari taraflar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda belgilanadi. Birlamchi bo‘g‘in muassasalari vafot etgan, hisobdan chiqarilgan va yangi biriktirilgan aholini hisobga olgan holda, biriktirilgan aholi haqida har chorakda sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarini va moliya organlarini xabardor qiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Alohida birlamchi bo‘g‘in muassasasini moliyalashtirishning yillik hajmi bazaviy xarajatlarning me’yori hisob-kitobi va birlamchi bo‘g‘in muassasalariga biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, tuzatish koeffitsiyentlaridan (aholi jinsi va yoshi hamda zichligi) foydalangan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yilllik mablag‘lar hajmi bazaviy xarajatlarning me’yori belgilangan tartibda ish haqlarini oshishi hamda kommunal xizmatlarning tariflarini o‘zgarishi hisobiga qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi hududiy moliya boshqarmasi bilan kelishilgan holda, birlamchi bo‘g‘in muassasalari budjetlarini hisoblab chiqadi hamda tuman (shahar) moliya organlariga belgilangan tartibda yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Birlamchi bo‘g‘in muassasalari ajratilgan budjet mablag‘lari va o‘z daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muassasa xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutilayotgan daromadlar doirasida xodimlar sonini mustaqil belgilaydi, takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlaridan, shuningdek, ustama va qo‘shimchalardan kelib chiqqan holda shtat jadvalini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tajriba doirasidagi tibbiyot tashkilotlari uchun amaldagi namunaviy shtat normativlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun birlamchi bo‘g‘in muassasalari xarajatlari haqini to‘lash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Birlamchi bo‘g‘in muassasalarining tibbiy xizmat haqi har oyda (xarajatlar guruhini ajratmay) tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq, shuningdek, 2-ilovaga muvofiq shartnomada belgilangan kelishilgan tibbiy yordam hajmlari qiymati doirasida to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tibbiy xizmatlar uzluksiz ko‘rsatilishini va joriy xarajatlar qoplanishini ta’minlash maqsadida birlamchi bo‘g‘in muassasalariga budjet mablag‘lari har oyda ikki bosqichda, boshqa xarajatlar tarkibida xarajatlar moddalari bo‘yicha alohida satrda, tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda quyidagi tartibda ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyning 5 sanasigacha bo‘lgan muddatda birlamchi bo‘g‘in muassasalariga oylik rejali budjetdan ajratiladigan mablag‘lar rejalashtirilgan summasining 85 foizi miqdorida oldindan to‘lov o‘tkaziladi (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash, dori-darmonlar xarid qilish va boshqa xarajatlar uchun);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan 15 foizi chorak yakunlangandan so‘ng keyingi oyning 15 sanasigacha birlamchi bo‘g‘in muassasalarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydigan hujjatlar haqqoniyligi tekshirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Birlamchi bo‘g‘in muassasalari faoliyatining samaradorligi Markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq belgilanadi. Taqdim etilgan ma’lumotlar haqqoniyligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Har bir birlamchi bo‘g‘in muassasasini shartnomaga muvofiq uning uchun rejalashtirilgan budjet doirasida amalda moliyalashtirish hajmi biriktirilgan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi va sifatiga bog‘liq, biroq tasdiqlangan xarajatlar smetasi hajmining 85 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Shartnoma bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar to‘liq hajmda yakunlangach, hisobot davri oxirida (chorak, yil) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida qolgan budjet mablag‘lari birlamchi bo‘g‘in muassasalari tomonidan budjetga qaytarilmaydi. Ushbu mablag‘lar tibbiyot tashkilotini rivojlantirish va xodimlarni rag‘batlantirish uchun ishlatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi jon boshiga moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida o‘tayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan masalalarni o‘zaro hamkorlikda tartibga solish vakolatiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu Nizom talablariga rioya qilmaganligi uchun mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20__ yil 1-yanvardagi holatga ko‘ra tuman (shahar) aholisining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

Poliklinikalar nomi

Biriktirilgan aholi, jami (soni)

Shu jumladan:

0 — 12 oy

13 oy — 18 yosh

18 yosh va undan katta aholi

Jami

Shu jumladan: 18 — 49 yoshli ayollar

Shahar (tuman) bo‘yicha jami

Shahar (tuman) sog‘liqni saqlash organi

rahbari

______________________________

F.I.O. va imzo

Shahar (tuman) statistika bo‘limi

boshlig‘i

______________________________

F.I.O. va imzo

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 09/20/19/0047-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)