Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 05.09.2017 yildagi 696-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 694-sonli “Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ambulatoriya-poliklinika va statsionar tibbiy yordam ko‘rsatayotgan tashkilotlarning faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-dekabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning mazmun-mohiyati o‘zining idoraviy mansub tibbiyot tashkilotlari rahbarlari va xodimlari hamda aholiga, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali yetkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 5-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
696-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 696-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda tibbiyot tashkilotlari deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mijozlarni yo‘llash va tibbiyot tashkilotlarida tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan yoki imtiyozli shaxslar toifasi uchun ko‘rsatilgan tibbiy yordam uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan tuman, viloyat va respublika miqyosidagi tibbiyot tashkilotlariga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning amal qilishi shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibiga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tibbiy yordam turlari, hajmi va tibbiy yordamning sifati standartlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz — kasalligi bor yoki yo‘qligidan va sog‘lig‘ining holatidan qat’i nazar, unga yordam ko‘rsatilayotgan yoki tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarning imtiyozli toifasi — ijtimoiy maqomi va/yoki ayrim kasalliklarning mavjudligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qarorlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan mijozlar toifasi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ambulatorida tibbiy yordam ko‘rsatish — tunu kun kuzatishga muhtoj bo‘lmagan mijozlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statsionarda tibbiy yordam ko‘rsatish — tunu kun kuzatish, parvarish qilish va davolashga muhtoj bo‘lgan mijozlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifoxonaga yotqizish — statsionarda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mijozni tibbiyot tashkilotiga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy-tanlov komissiyasi — mijozni shifoxonaga yotqizish belgilari mavjudligini aniqlash uchun tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri) va respublika miqyosidagi tibbiyot tashkilotlarida tashkil etiladigan komissiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mijozlarni tibbiyot tashkilotlariga yo‘naltirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun yo‘llanma olish uchun mijoz yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punktlariga, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalariga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mijozlarni tibbiy yordam olishning darajasiga muvofiq tibbiy yordam olish uchun yo‘naltirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari tomonidan — tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalariga yo‘llanma beriladi. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha dispanser ro‘yxatida turgan mijozlarga yo‘llanmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasallik ixtisosligi bo‘yicha tegishli viloyat tibbiyot tashkilotlariga berilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari tomonidan — tibbiyot birlashmalarining tegishli statsionar bo‘linmalariga yoki viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan — respublika darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yo‘llanma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Toshkent shahrida mijozlarni tibbiy yordam olish uchun yo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar oilaviy poliklinikalari tomonidan — tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarga yo‘llanma beriladi. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha dispanser ro‘yxatida turgan mijozlarga yo‘llanmalar kasallik ixtisosligi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli shahar (respublika) tibbiyot tashkilotlariga berilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar tomonidan — shahar (respublika) darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yo‘llanma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Imtiyozli toifaga kiradigan yo‘llanma berilgan mijozlarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy-tanlov komissiyasining xulosasi asosida beriladigan order rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari mijozlarning imtiyozli toifasini bepul tibbiy yordam olish uchun o‘zining idoraviy mansub tibbiyot muassasalariga yo‘naltirishi mumkin. Imtiyozli toifaga kiradigan mijozlarni shifoxonaga yotqizish maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror tibbiyot tashkilotining tibbiy-tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika darajasidagi psixiatriya muassasalarida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan ruhiy holati buzilgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati tug‘ilganda, ular psixiatriya muassasalari tomonidan yo‘llanma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga yo‘naltiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 07/23/196/0402-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tibbiyot tashkilotlarida tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) darajasida (pullik tashkilotlar, bo‘lim va palatalar bundan mustasno) — aholining (mijozlarning) barcha toifalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat (Toshkent shahri) va respublika darajalarida (pullik tashkilotlar, bo‘lim va palatalar bundan mustasno) — mijozlarning imtiyozli toifalariga ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmidan tashqari tibbiy va boshqa yordamlar qo‘shimcha hisoblanadi va mijoz tomonidan belgilangan tartibda ularning haqi to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida yoki noto‘g‘ri qo‘yilgan tashxis yoki tibbiyot tashkilotining tibbiyot xodimlari harakatlari tufayli yuzaga kelgan asoratlar bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar tegishli tibbiyot tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Umumiy amaliyot vrachining yo‘llanmasi bo‘yicha tibbiyot birlashmalarining markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari tibbiyot xodimlari mijozga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatadi va keyingi davolanish tartibini quyidagicha belgilaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilishiga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda — mijoz yashash joyi bo‘yicha keyinchalik ambulatoriya sharoitida davolanishi uchun tegishli tavsiyalar bilan umumiy amaliyot vrachiga qayta yo‘naltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilishiga ehtiyoj bo‘lgan hollarda — mijozning tibbiy hujjatlari ko‘rib chiqish va xulosa berish uchun tibbiyot birlashmasining markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi qoshidagi tibbiy-tanlov komissiyasiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijozga keyinchalik shifoxona sharoitlarida tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarurligi tasdiqlangan holda — tibbiy tanlov komissiyasi xulosasi asosida mijozga tuman (shahar) yoki viloyat (Toshkent shahri) darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotiga yo‘llanma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tibbiy-tanlov komissiyasi tarkibi va tibbiy yordam ko‘rsatish darajasiga bog‘liq ravishda shifoxonaga yotqizishga ko‘rsatmalarni aniqlash tartibi hamda mijozlarni respublika darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yo‘naltiruvchi tibbiyot tashkilotlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agar mijoz tibbiy yordam olish uchun tegishli yo‘llanmasiz (ordersiz) tibbiyot tashkilotiga bevosita murojaat etsa, tibbiy yordam belgilangan tartibda pullik asosda ko‘rsatiladi, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladigan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tibbiy yordam olish uchun tuman (shahar), viloyat va respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotiga berilgan yo‘llanma qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi, uning shakli va saqlash muddati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mijozlar tibbiyot tashkilotlariga qabul bo‘limi (registratura) tomonidan qabul qilinadi, ular mijozlarni ish tartibi, tibbiy yordamlar ro‘yxati, ushbu yordamni ko‘rsatish va olish shart-sharoitlari, vrach-mutaxassislar malakasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi bepul, tushunarli va ishonchli axborot bilan ta’minlashlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tibbiyot xodimlari mijozlarga ularning sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan, tekshirish natijalari, qanday kasali borligi, qanday tashxis qo‘yilganligi, kasallikning bundan buyon qanday kechishiga oid taxminlar, davolash usullari va bu usullar bilan bog‘liq xavf-xatar, tibbiy aralashuvning ehtimol tutilgan turlari va ularning oqibatlari, amalga oshirilgan davolashning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijozlarning talabi bo‘yicha ularga tibbiy hujjatlardan ularning salomatligi holatini aks ettiruvchi ko‘chirma taqdim etiladi. Mijozlarga tibbiy hujjatlarning asl nusxalarini berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy hujjatlarning shakli, ularni to‘ldirish tartibi va saqlash muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mijozlarning tibbiy hujjatlaridagi mavjud ma’lumotlar vrach siri bo‘lib, u faqat qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda mijozning roziligisiz taqdim etilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mijozning o‘z kasaliga doir ma’lumotlarni bilgan holda o‘z ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijozning ahvoli o‘z xohish-irodasini izhor etishga imkon bermaydigan, tibbiy aralashuvni esa kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda mijozning manfaatini ko‘zlab tibbiy aralashuvni amalga oshirish masalasini konsilium hal qiladi, basharti konsiliumga yig‘ilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda esa, keyinchalik davolash-profilaktika muassasasining mansabdor shaxslarini xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor hal etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tibbiyot tashkilotlarining rahbarlari yo‘llanmalarning to‘g‘ri berilishi hamda tasdiqlangan tibbiy yordam sifati standartlariga hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatilishiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ajratilayotgan mablag‘lar maqsadli ishlatilishini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘llanmalar to‘g‘ri berilishini va tasdiqlangan tibbiy yordam sifati standartlariga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ushbu Nizomning qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 36-son, 960-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 20.06.2023-y., 07/23/196/0402-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)