10.01.2020 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni, “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi PQ-3800-son qaroriga muvofiq, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasida autsorsing tizimini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsingga oʻtkaziladigan xizmatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tibbiyot tashkilotlarida autsorsing asosida xizmatlar mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan roʻyxatga muvofiq amalga oshiriladi. Roʻyxatda keltirilmagan xizmatlar autsorserga davlat tibbiyot tashkilotining tashabbusi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autsorserga xizmatlarni tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida vaqtincha foydalanishga beriladigan ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) xonalari, shu jumladan tegishli inventarlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi nol stavka boʻyicha belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar autsorsing asosida tashkil etilishi munosabati bilan tejalgan pul mablagʻlari, birinchi navbatda, davlat tibbiyot tashkilotlarining tegishli autsorsing xizmatlari sifatini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda, eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Olmazor, Shayhontoxur va Yunusobod tumanlarida joylashgan davlat tibbiyot muassasalarining sterilizatsiya xizmatlarini autsorserga oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon berilishini taʼminlasin va belgilangan tartibda autsorserlar bilan shartnoma tuzilishini nazoratga olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda, sterilizatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksperimentning ijobiy natijalariga koʻra autsorsing shartlari asosida sterilizatsiya xizmatlari respublikaning boshqa hududlarida ham ommalashtirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini halqaro standartlar darajasiga koʻtarish maqsadida, tibbiy va notibbiy xizmat turlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, shu jumladan autsorserga oʻtkazish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda xususiy sektor vakillari sonini 2025-yilga qadar 35 foizga yetkazish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 10-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 16-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsingga oʻtkaziladigan xizmatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Notibbiy xizmat turlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarni ovqat bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kir yuvish xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlarni saqlab turish, shuningdek, ularni muhandislik-texnik tizimlariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tibbiy xizmat turlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy jihozlarni zararsizlantirish.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 16-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarida (keyingi oʻrinlarda davlat tibbiyot muassasalari deb ataladi) autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autsorsing — davlat tibbiyot muassasalarining ayrim funksiyalari yoki xizmatlarini shartnoma asosida autsorserga oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi — davlat tibbiyot muassasalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Buyurtmachi xizmatlarini autsorsingga oʻtkazishda quyidagi shartlarga rioya qilishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autsorserni qonunchilik hujjatlari asosida tanlab olish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autsorserga oʻtkaziladigan ishlar (xizmatlar) sifatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachining autsorserga beriladigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan band boʻlgan xodimlar sonini (shtatini) qisqartirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlar xizmatlarini autsorserga oʻtkazilishida ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va xoʻjalik faoliyati xarajatlarini qisqartirish, faoliyatining asosiy boʻlmagan turlarini rivojlantirish uchun investitsiyalarga boʻlgan ehtiyojini kamaytirish hamda autsorserga berilgan ishlar (xizmatlar)ning sifatini oshirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Autsorser xodimlarining buyurtmachiga tegishli hududga belgilangan tartibda oldindan taqdim etilgan roʻyxat asosida kirishiga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Autsorsing xizmatini koʻrsatish jarayonida maxfiylik tartibiga rioya etish buyurtmachi tomonidan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Autsorsing xizmatlariga (mijozlarni ovqat bilan taʼminlash xizmatidan tashqari) haq toʻlash miqdorlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlar tomonidan tegishli xizmat tannarxiga (ish haqi, ish haqiga ajratma, moddiy xarajatlar, bilvosita xarajatlar) teng qiymatda belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Autsorsing boʻyicha ovqatlanishni tashkil etish xizmati narxi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan bir bemorga bir kunlik ovqatlanish normasidan kelib chiqqan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining eng yuqori narxlaridan oshmaydigan qiymatda belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Autsorser Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qaroriga muvofiq, davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatidan tashqari barcha hollarda autsorserni tanlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha autsorser eng yaxshi takliflarni taqdim etgan talabgorlar orasidan tanlab olinadi. Tanlov jarayonida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi tomonidan autsorserni tanlash maqsadida tanlov oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autsorsing xizmati boʻyicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablagʻlarga ega boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy ahvoli barqarorligi, soliq va yigʻimlardan qarzdorligi mavjud emasligi;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat turi litsenziya yoki ruxsatnoma talab etadigan faoliyat turlari boʻyicha tegishli litsenziyaga yoki ruxsatnomaga ega boʻlishi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Autsorsing xizmatini koʻrsatish boʻyicha shartnoma buyurtmachi va autsorser oʻrtasida kalendar yil uchun ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan autsorsing shartlari asosida xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnomaga muvofiq ikki nusxada tuziladi. Bunda, autsorser tomonidan shartnoma shartlarining toʻliq bajarilishi va buyurtmachining xarajatlar smetasida ajratilgan mablagʻ autsorserni qoniqtirgan taqdirda, tomonlarning kelishuviga koʻra shartnoma muddati navbatdagi kalendar yil uchun uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Koʻrsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi miqdorida oldindan, 85 foizi haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib har 10 kunda, yakuniy hisob-kitob esa — keyingi oyning 5-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Autsorser va buyurtmachi oʻrtasida hisob-kitoblar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati belgilangan limit va davlat tibbiyot tashkilotiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida qoplanishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlovni nol stavka boʻyicha olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara shartnomasi doirasida bino va inshootlarning ichki va tashqi qismida texnik jihatdan jihozlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatgan xizmatlar uchun toʻlovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar tannarxining oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilgan xizmatlar natijasida foyda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Autsorser qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(13-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Autsorser:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni oʻz hisobidan taʼmirlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autsorsing xizmatini koʻrsatishda texnika, yongʻin, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ishlar, xizmatlar)ning sifatli ishlab chiqarilishini va buyurtmachiga yetkazilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxfiylik tartibiga qatʼiy rioya qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomani bekor qilish haqida buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirish, ushbu muddat tugaguniga qadar esa buyurtmachining tegishli xizmatlarini uzluksiz tashkil etishni taʼminlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Autsorser zimmasiga qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatli ishlab chiqarilishi (bajarilishi, koʻrsatilishi)ni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Buyurtmachi shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi zimmasiga qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Autsorser tomonidan sanitariya qoidalari va meʼyorlari bajarilishi holatining monitoringini olib borish hamda ovqatlanishda kunlik sinamalar olish davlat tibbiyot tashkilotining tegishli xodimlar zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Autsorsing xizmatlarini monitoring qilish buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Autsorser tomonidan tashkil etilgan xizmatlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga toʻliq muvofiqligi vakolatli organlar tomonidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorser oʻrtasida tuzilgan shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishiga asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari tomonidan autsorserni tanlash hamda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Autsorserni tanlash

I-bosqich

Buyurtmachi (davlat tibbiyot muassasalari)

Autsorserlarni tanlash uchun (xizmat turlari roʻyxati, ularning hajmi va boshqalar) uchun maxsus axborot portaliga tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berish.

Zaruratga koʻra

II-bosqich

Buyurtmachi tomonidan tuzilgan xarid komissiyasi

1. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va eng yaxshilarini tanlab olish.

2. Tanlov gʻolibini aniqlash va bayonnomani rasmiylashtirish.

3. Bayonnomadan koʻchirmani (tanlov natijalari) maxsus axborot portaliga joylashtirish.

Eʼlon muddati tugagan paytdan eʼtiboran 10 kun muddatda

Bayonnoma tasdiqlangan kundan eʼtiboran 3 ish kuni davomida

III-bosqich

Buyurtmachi (davlat tibbiyot muassasalari)

1. Tanlov gʻolibi (autsorser) bilan yil oxiriga qadar amal qilish muddati bilan shartnoma tuzish.

2. Autsorserga binolarni (xonalarni), uskunalarni, jihozlarni, mebellarni va boshqa moddiy vositalarni dalolatnomaga asosan topshirish.

Tanlov natijasi eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 5 ish kuni davomida

II. Hisob-kitob

I-bosqich

Buyurtmachi (davlat tibbiyot muassasalari)

Tegishli oy uchun shartnoma qiymatining 15% miqdoridagi mablagʻni autsorserning hisob-raqamiga oʻtkazib berish.

Har oyning dastlabki 10 bank kuni davomida

II-bosqich

Autsorser

1. Koʻrsatilgan xizmatlarning asoslangan hujjatlarini rasmiylashtirish.

2. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitob qilish uchun amalda koʻrsatilgan xizmatlar hisob-fakturasini (bajarilgan ishlar dalolatnomalarini) taqdim etish.

Har oyning 5 sanasiga qadar

III-bosqich

Buyurtmachi (davlat tibbiyot muassasalari)

1. Asoslovchi hujjatlarni (hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari) taqqoslash.

2. Tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq qolgan 85% summani xizmatlar koʻrsatish oyi tugagandan soʻng toʻlash.

1) 3 ish kuni davomida

2) Har oyning 20 sanasiga qadar (oʻtgan oy uchun)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarida autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Autsorsing shartlari asosida xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha
‎ NAMUNAVIY SHARTNOMA
‎‎‎

_______ shahri (tumani) ‎‎ 20___ yil “___” _______‎‎‎‎

_____________________________________ nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi

‎‎(muassasa nomi)

__________________________________ (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataladi)‎‎‎

‎‎(F.I.Sh.)

bir tomondan va ____________________________ nomidan Ustav (ishonchnoma) asosida‎

(tashkilot nomi)‎‎‎‎‎

‎‎faoliyat yurituvchi direktor ________________________________ (keyingi oʻrinlarda‎

‎‎(F.I.Sh.)‎

Autsorser deb ataladi), ikkinchi tomondan keyinchalik Tomonlar deb ataladi, ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.‎

I. Shartnoma predmeti‎

‎‎1.1. Autsorser Buyurtmachining buyurtmasi boʻyicha mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarni koʻrsatish, Buyurtmachi esa ushbu xizmatlar uchun pul toʻlash majburiyatini oladi.
1.2. Autsorser mazkur shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan muddatdan boshlab, u tugaguniga qadar har kuni Buyurtmachini ________________________________________

‎(autsorserga oʻtkazilgan xizmat nomi)

‎‎hamda Oʻzbekiston Respublikasining‎ normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etgan holda, Buyurtmachi bilan kelishilgan buyurtmalarni bajarish jadvaliga muvofiq taʼminlash majburiyatini, keyingi oʻrinlarda Xizmatlar deb ataladi, oʻz zimmasiga oladi.
1.3. Xizmat koʻrsatish muddati: ‎
20 ___ yil “____” _____________dan. ‎‎‎
‎‎20 ___ yil “____” _____________gacha.
‎‎1.4. Tomonlar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va Autsorser tomonidan amalda koʻrsatilgan Xizmatlar uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisob-faktura imzolanib Buyurtmachi Autsorserning mazkur Shartnomada koʻrsatilgan bank hisob-raqamiga pul mablagʻlari oʻtkazgandan soʻng Xizmatlar koʻrsatilgan deb hisoblanadi.‎

‎‎II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari‎

‎‎2.1. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:‎
2.1.1. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish;‎
‎‎2.1.2. Ijaraga olingan bino va inshootlarning ichki va tashqi qismida texnik jihatdan jihozlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;‎
‎‎2.1.3. Xizmatlar tannarxining oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;‎
‎‎2.1.4. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilishini talab qilish; ‎
‎‎2.1.5. Koʻrsatilgan xizmatlar natijasida foyda olish;‎
‎‎2.1.6. Buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish;‎
‎‎2.1.7. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar. ‎
2.2. Autsorser quyidagilarga majbur:‎
2.2.1. Ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni oʻz hisobidan taʼmirlashi, shuningdek, kommunal xarajatlarini qoplashi;‎‎‎
‎‎2.2.2. Autsorsing xizmatini koʻrsatishda texnika, yongʻin, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etishi; ‎
‎‎2.2.3. Tovar (ishlar, xizmatlar)ning sifatli ishlab chiqarilishini va buyurtmachiga yetkazilishini taʼminlashi;‎
‎‎2.2.4. Maxfiylik tartibiga qatʼiy rioya qilishi;‎

‎‎2.2.5. Shartnomani bekor qilish haqida buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirish, ushbu muddat tugaguniga qadar esa buyurtmachining tegishli xizmatlarini uzluksiz tashkil etishni taʼminlashi;

‎‎2.2.6. Xizmatlarni sifatli, mazkur Shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan muddatda va toʻliq hajmda koʻrsatishi; ‎

‎‎2.2.7. Xizmatlar koʻrsatish jarayonida Autsorser mazkur shartnoma shartlariga amal qilmasdan, xizmatlar sifatining yomonlashuviga olib kelgan barcha kamchiliklarni Buyurtmachining talabi boʻyicha bir kun davomida bepul toʻgʻrilashi;‎

‎‎2.2.8. Xizmatlarning sifatsizligi, xizmatlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanishga beriladigan ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) xonalari holati, shuningdek, tegishli inventarlarning sanitariya qoidalariga javob bermasligi aniqlanganda, Autsorser zudlik bilan Buyurtmachining aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qonuniy talabini bajarishi;‎

‎‎2.2.9. Malakali, tajribali, qoʻyilgan vazifani (xizmatni, ishni) amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli hujjatlari mavjud boʻlgan, shuningdek, belgilangan tartibda va muddatda tibbiy tekshiruvdan (koʻrikdan) oʻtgan xodimlarga (talab etilgan hollarda) xizmatlarni bajarish jarayoniga ruxsat etishi; ‎

‎‎2.2.10. Xodimlar zimmasiga Buyurtmachining hududida odob-axloq qoidalariga, shuningdek, ichki tartibga rioya qilish majburiyatini yuklashi; ‎

2.2.11. Xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni shaxsan bajarishi, mazkur Shartnoma shartlarini bajarishni uchinchi shaxsga topshirmasligi; ‎‎‎

2.2.12. Mazkur shartnoma shartlarini bajarish doirasida Buyurtmachi tomonidan vaqtincha foydalanishga topshirilgan uskunalar, jihozlar, idishlar, asboblar, mebellar, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni soz holda saqlashi, taʼmirlashi, shuningdek, binolarni taʼmirlashi;‎‎‎

‎‎2.2.13. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda, Buyurtmachidan binolarni (xonalarni), uskunalarni, jihozlarni, asboblarni, mebellarni, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni qabul qilib olishi;‎

‎‎2.2.14. Mazkur shartnomani bekor qilish haqida Buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa Buyurtmachiga xizmatlarni uzluksiz koʻrsatilishini taʼminlashi;‎

‎‎2.2.15. Mazkur shartnomaga asosan Xizmatlarni koʻrsatish ishlariga jalb etilgan xodimlarni oʻqitishni (malakasini oshirishni) amalga oshirishi (talab etilgan hollarda);‎

‎‎2.2.16. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.‎
2.3. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:‎

‎‎2.3.1. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatli ishlab chiqarilishi (bajarilishi, koʻrsatilishi)ni talab qilish; ‎

‎‎2.3.2. Autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish;‎

‎‎2.3.3. Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida 10 kun oldin Autsorserni yozma ravishda ogohlantirish, bunda koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatini belgilangan tartibda toʻlash;‎

‎‎2.3.4. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.‎
‎‎2.4. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:

‎‎2.4.1. Bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlar uchun amaldagi narxlar boʻyicha bir oyda kamida bir marta Xizmatlar haqini toʻlashi;

‎‎2.4.2. Autsorserga mazkur Shartnoma shartlarini bajarish doirasida binolarni (xonalarni), uskunalarni, jihozlarni, asboblarni, mebellarni, inventarlar va boshqa moddiy vositalarni vaqtincha foydalanishga berishi; ‎

2.4.3. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.‎‎

‎‎III. Xizmatlar narxi va oʻzaro hisob-kitoblar tartibi‎

‎‎3.1. Mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq xizmatlar narxi _____________________________________________________________ ‎

‎‎(summa son va soʻz bilan)

‎‎soʻmni tashkil etadi.‎

‎‎3.2. Autsorser tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlarning amaldagi qiymati boʻyicha bir oyda kamida bir marta amalga oshiriladi. ‎

‎‎3.3. Koʻrsatiladigan xizmatlarning amaldagi soni haqidagi maʼlumotlar va xizmatlarning amaldagi narxi asosida Buyurtmachi kundalik buyurtmaga muvofiq Autsorser bilan birgalikda har oʻn kunda, toʻlanishi lozim boʻlgan summasi koʻrsatilgan, Autsorser va Buyurtmachi tomonidan imzolanadigan bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi tuziladi va hisob-faktura rasmiylashtiradi. ‎

‎‎3.4. Buyurtmachi tomonidan amalda koʻrsatilgan xizmatlar narxi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-faktura olingan vaqtdan boshlab, 10 bank kuni davomida Shartnomada belgilangan summadan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi. ‎

‎‎3.5. Mazkur Shartnomaning ilovasida koʻrsatilgan, shartnomaning prognoz summasini hisoblash uchun xizmatlarning narxlari tomonlardan birining tashabbusi bilan qayta koʻrib chiqiladi.‎

‎‎IV. Tomonlarning majburiyatlari‎

4.1. Autsorser shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan hollarda, Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foiz miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi koʻrsatilmagan xizmatlar oylik narxining 50 foizidan oshmasligi kerak.

‎‎4.2. Penya (jarima) toʻlash Tomonlarning zimmasidagi majburiyatlarini bajarishdan yoki buzilishlarni bartaraf qilishdan ozod etmaydi.‎

4.3. Mazkur Shartnoma shartlarining bajarilmasligi yoki tegishli darajada bajarilmasligi uchun Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablarida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan javobgar boʻladilar.‎

‎‎4.4. Buyurtmachiga har chorakda bir marotaba koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati, ijaraga berilgan bino va inshootlarning holatini monitoring oʻtkazishga (autsorserning moliyaviy faoliyatiga aralashmagan holda) sharoitlar yaratish.

‎‎4.5. Tomonlarning Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.

‎‎V. Munozarali vaziyatlarni hal etish tartibi‎

‎‎5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi. ‎

‎‎5.2. Nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etib boʻlmaydigan holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan kelishmovchiliklarni suddan oldin bartaraf qilish tartib-taomili amalga oshirilgandan soʻng ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun beriladi.‎

‎‎VI. Fors-major holatlar‎

‎‎6.1. Tomonlar majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar bunday holatlar yengib boʻlmas kuch, yaʼni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar va alohida davr oqibati hisoblansa va davlatning tegishli organlari tomonidan tasdiqlansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar roʻy bergan muddatga suriladi.‎

VII. Yakunlovchi qoidalar‎

7.1. Ushbu Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Mazkur Shartnomaning barcha ilovalari uning ajralmas qismini tashkil etadi. ‎

‎‎7.2. Tomonlarning hech biri mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa Tomonning yozma shakldagi roziligisiz biror bir uchinchi tomonga berib yuborishi mumkin emas. ‎

‎‎7.3. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan. Ikkala nusxa aynan bir xil boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega. Tomonlarning har birida mazkur Shartnomaning bir nusxasi boʻladi.

‎‎VIII. Shartnomaning amal qilish muddati

‎‎8.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi va bir kalendar yili davomida yoki muddatidan oldin bekor qilinguniga qadar amal qiladi.‎

‎‎IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari

“Autsorser” ‎‎

“Buyurtmachi” ‎‎‎

----------------------------------------‎‎

----------------------------------------‎‎ ‎‎

----------------------------------------‎‎ ‎‎

----------------------------------------‎‎ ‎‎‎

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Autsorsing shartlari asosida xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnomaga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

SHARTNOMANING PROGNOZ SUMMASI


T/r

Oylar

Oydagi kunlar soni

Oʻlchov birligi

Xizmat birligi uchun narx (soʻm)

Xizmat birliklari soni

Jami summa QQS siz (soʻm)

QQS ___%

Jami summa QQS bilan

1.

Yanvar

31

2.

Fevral

28/29

3.

Mart

31

4.

Aprel

30

5.

May

31

6.

Iyun

30

7.

Iyul

31

8.

Avgust

31

9.

Sentabr

30

10.

Oktabr

31

11.

Noyabr

30

12.

Dekabr

31

Shartnomaning jami summasi

365/366

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 09/20/16/0046-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)