1-ILOVA
2-ILOVA
Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbai | Ijro uchun | |
I. Oilalarda uzluksiz maʼnaviy tarbiyani amalga oshirish | |||||
1. | Jamiyatda milliy tarbiya anʼanalari, qadriyatlarini tiklash, oila institutini mustahkamlash, rivojlantirish, zamonaviy oila maʼnaviyati mezonlarini joriy etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, moliyalashtirish, oʻtkazish hamda tadqiqot natijalarini hayotga tatbiq etish. | 1.Fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar loyihalarini ishlab chiqish. 2.Tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish va amalga oshirish. 3.Tadqiqot natijalari boʻyicha risolalar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, kitoblar chop etish, multimedia mahsulotlarini tayyorlash. | 2020 — 2030-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
2. | Oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini oʻrgatish, ajralishlarning oldini olishda “Ota-ona farzandini voyaga yetguniga qadar boqish va tarbiyalash uchun javobgar” prinsipiga asoslangan “Ota-onalik — baxt va burch” targʻibot tadbirlarini tashkil etish. | 1. Targʻibot tadbirlari rejasini ishlab chiqish. | 2020-yil | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
2. Targʻibotchilar guruhini shakllantirish. | 20 — 27-fevral | ||||
3. Targʻibot tadbirlarini manzilli tashkil etish. | 2-mart — 1-dekabr | ||||
3. | Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarimizga zid boʻlgan turli maʼnaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish. | 1. Oilaviy qadriyatlarga zid boʻlgan maʼnaviy tahdidlarni aniqlash. | 2020-yil | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Maʼnaviy tahdidlarning profilaktikasi boʻyicha reja ishlab chiqish. | 1 — 10-mart | ||||
3. Maxsus soha vakillaridan iborat ekspertlar guruhini shakllantirish. | 2 — 10-aprel | ||||
4. Profilaktik tadbirlar tashkil etish. | muntazam | ||||
4. | Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi asosida homilador ayollar, yosh onalar, qaynonalar oʻrtasida ijtimoiy-pedagogik, psixologik turkum suhbatlar, uchrashuvlar, seminarlar dasturlarini tashkil etish. | 1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ekspertlar guruhini shakllantirish. | 2020-yil 10 — 20-fevral | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
2. Ijtimoiy-pedagogik, psixologik suhbatlar dasturini ishlab chiqish. | 1— 27-mart | ||||
3. Jadval asosida suhbatlarni oʻtkazish. | muntazam | ||||
5. | Ota-onalar tarbiyasida boʻlgan 3 yoshgacha bolalar uchun moʻljallangan alla, ertaklardan toʻplam holida audio va videomateriallar yaratish. | 1. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 1 — 30-aprel | Ijrochilar mablagʻlari | “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi |
2. Bolalar uchun moʻljallangan alla, ertaklar toʻplamlarini shakllantirish. | 1-may — | ||||
3. Toʻplamning audio va video materiallarini yaratish. | 17-avgust — | ||||
4. Tayyorlangan toʻplamni elektron tarzda tarqatish. | muntazam | ||||
6. | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzurida Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi “Maʼnaviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashini tashkil etish. | 1. “Maʼnaviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashi nizomini ishlab chiqish. | 2020-yil | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tegishli vazirliklar |
2. Kengash aʼzolari tarkibi roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. | 20 — 27-aprel | ||||
3. Mamlakatda amalga oshirilayotgan uzluksiz maʼnaviy tarbiya jarayonini muntazam oʻrganish, masʼul tashkilotlar tomonidan zarur topshiriq hamda vazifalarni amalga oshirish. | muntazam | ||||
7. | Mamlakatimizda bolalar uchun ishlab chiqarilayotgan va xorijdan kirib kelayotgan kiyimlar, oʻyinchoqlar, qoʻgʻirchoqlar, kompyuter oʻyinlari, matbaa va maishiy mahsulotlarning maʼnaviy, tarbiyaviy, gʻoyaviy, tibbiy-gigiyeniktahlillarini olib borish va tegishli vazirliklar va idoralarga takliflar kiritib borish. | 1. Tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 1 — 8-may | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, tegishli vazirliklar |
2. Tahlillar natijalari boʻyichamonitoring va nazoratni tashkil etish. | 11-may — | ||||
3. Ishchi guruh tomonidan doimiy ravishda tahliliy natijalar asosida tegishli idora va tashkilotlarga takliflar kiritib borish. | muntazam | ||||
8. | Oilalarda mehr-oqibat, odamiylik, ota-onalarga hurmatva sadoqat kabi fazilatlarni mustahkamlash, farzand tarbiyasiga boʻlgan eʼtibor va masʼuliyatni kuchaytirishga qaratilgan “Oilada farzand tarbiyasiga eʼtibor”, “Mening farzandim — Vatanim faxri!” mavzularida telekoʻrsatuv va radioeshittirish turkumini yaratish. | 1. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 10 — 24-yanvar | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
2. Turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar ssenariylarini ishlab chiqish. | 1-fevral — | ||||
3. Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni doimiy ravishda efirga uzatib borish. | muntazam | ||||
9. | Farzandlarimizni xalqimizga xos yuksak maʼnaviy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular qalbida milliy axloqiy fazilatlarni qaror toptirish maqsadida “Bir bolaga yetti qoʻshni — ota-ona” anʼanasini tiklash, jamoatchilikning tarbiyaviy masʼuliyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy tarmoqlarda xeshteglar tashkil etish. | 1. Xeshteg loyihalarini ishlab chiqish. | 2020-yil 2 — 25-mart | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
2. Xeshteglarni ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda ommalashtirish. | muntazam | ||||
10. | Uzluksiz maʼnaviy tarbiya amaliyotida toʻplangan ijobiy tajribani ommalashtirish maqsadida: “Yosh ota-ona kitobi” metodik qoʻllanmasini tayyorlash; “Milliy tarbiya maktabi” rukni ostida multimediali taqdimotlar turkumini yaratish. | 1. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 6 — 15-yanvar | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
2. Ishchi guruh tomonidan “Yosh ota-ona kitobi” metodik qoʻllanmasini tayyorlash. | 2020-yil | ||||
3. “Tarbiya maktabi” rukni ostida multimediali taqdimotlar turkuminiishlab chiqish. | 5-mart — | ||||
4. Uzluksiz maʼnaviy tarbiya amaliyotida toʻplangan ijobiy tajribani ommalashtirish. | muntazam | ||||
II. Maktabgacha taʼlim tizimida uzluksiz maʼnaviy tarbiyani amalga oshirish | |||||
11. | Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi asosida 3 — 6 (7) yoshli bolalarni maʼnaviy tarbiyalash, ularda shaxsiy fazilatlar, jumladan, oʻz tuygʻularini boshqarish, milliy anʼanalarga qiziqtirish, yaqinlarga gʻamxoʻrlik qilish kabi ehtiyojlarni shakllantirishga qaratilgan “Baxtli bola maʼnaviyati” kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. “Baxtli bola maʼnaviyati” kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2020-yil | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha taʼlim vazirligi | |
2. Reja asosida “Baxtli bola maʼnaviyati” kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. | reja | ||||
12. | Ota-onalar va tarbiyachilarning bola tarbiyasi borasidagi bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni oshirishga qaratilgan ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan hududiy oʻquv-treninglar, seminarlar, forumlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. Bola tarbiyasi borasidagi bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni oshirishga qaratilgan ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari boʻyicha materiallar toʻplash. | 2020-yil | Ijrochilar mablagʻlari | Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, |
2. Hududiy oʻquv-treninglar, seminarlar, forumlardasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 8-aprel — 7-may | ||||
3. Ishlab chiqilgan dastur asosida hududiy oʻquv-treninglar, seminarlar, forumlar tashkil etish. | reja asosida | ||||
13. | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Oilaviy”, “Bolajon”, nodavlat teleradiokanallar, bolalar nashriyotlari va ommaviy axborot vositalarining faoliyatini Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi asosida takomillashtirish. | 1. “Oilaviy”, “Bolajon” va nodavlat teleradiokanallar, bolalar nashriyotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2020-yil | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi |
2. Chora-tadbirlar asosida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimi, bolalar nashriyotlari va ommaviy axborot vositalarining faoliyatini takomillashtirish. | muntazam | ||||
14. | Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun tayyorlanadigan spektakllar, kuy-qoʻshiq va raqslar, turli teatrlashtirilgan tomoshalar, sahna koʻrinishlari, milliy oʻyinlar ssenariylarini ishlab chiqish. | 1. Masʼul idoralar va tashkilotlar vakillari tomonidan ijodiy guruhni shakllantirish. | 2020-yil | — | Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, |
2. Spektakllar, kuy-qoʻshiq, raqs va turli teatrlashtirilgan tomoshalar, sahna koʻrinishlari, milliy oʻyinlar ssenariylarini ishlab chiqish. | 2-mart — 4-may | ||||
3. Tayyorlangan ssenariylar loyihalarini maktabgacha taʼlim muassasalariga tegishli tartibda yetkazish. | reja asosida | ||||
15. | Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar mamlakatimizdagi barcha maktabgacha taʼlim muassasalarini oʻzbek milliy ertaklari, afsonaviy qahramonlar, buyuk bobolarimiz, qadimiy milliy meʼmorchilik obidalari, mamlakatimiz tabiati, Vatan timsollari asosida bezash, jihozlash tartibini va koʻrgazmali namunalarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish. | 1. Masʼul idoralar va tashkilotlar vakillari tomonidan ijodiy guruhni shakllantirish. | 2020-yil 14—27-fevral | Ijrochilar mablagʻlari | Maktabgacha taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, |
2. Oʻzbek milliy ertaklari, afsonaviy qahramonlar, qadimiy milliy meʼmorchilik obidalari, mamlakatimiz tabiati, Vatan timsollari asosida bezash, jihozlash tartibini va koʻrgazmali namunalarini ishlab chiqish. | 3-mart—3-may | ||||
3. Tayyorlangan koʻrgazmali namunalarini maktabgacha taʼlim muassasalariga tegishli tartibda yetkazish. | reja asosida | ||||
16. | Tashkiliy-huquqiy shakllaridan va taʼlim tilidan qatʼi nazar mamlakatimizdagi barcha maktabgacha taʼlim muassasalarida davlat tilini oʻrgatish, bolalarda oʻzbek tiliga nisbatan muhabbat uygʻotish maqsadida turli tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishga qaratilgan metodik qoʻllanmalar, ssenariy toʻplamlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | 1. Masʼul idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish. | 2020-yil 10 — 20-fevral | Ijrochilar mablagʻlari | Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
2. Davlat tilini oʻrgatishga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlar metodik qoʻllanmalarini yaratish. | 21-fevral — 25-iyun | ||||
3. Tarbiyaviy tadbirlarning ssenariy toʻplamlarini ishlab chiqish. | 21-fevral — 25-iyun | ||||
4. Ishlab chiqilgan tarbiyaviy metodik qoʻllanmalar, ssenariy toʻplamlarini amaliyotga joriy etish. | muntazam | ||||
17. | Bolalarda ijobiy xulq motivlarini shakllantirish boʻyicha “Bola aziz, odobi undan aziz” mavzusida multimedia dasturlari, ertak, matal, afsona, doston, maqollarning audio va videomahsulotlarini tayyorlash. | 1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil | Ijrochilar mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
2. “Bola aziz, odobi undan aziz” nomlimultimedia asarlari (ertak, matal, afsona, doston, maqollar)ning audio va video mahsulotlarini yaratish. | 17-mart — 18-avgust | ||||
3. Tayyorlangan audio va video mahsulotlarini tegishli tartibda joylarga yetkazish. | reja asosida | ||||
18. | Barcha turdagi maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarida “Oʻzbekiston — mening Vatanim!” tuygʻusini shakllantirish, ularda davlat ramzlariga hurmat hissini tarbiyalashga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlarni oʻtkazish. | 1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 7 — 14-fevral | Ijrochilar mablagʻlari | Maktabgacha taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
2. “Oʻzbekiston — mening Vatanim!” nomli targʻibot tadbirlari ssenariysini ishlab chiqish. | 18-fevral — 19-may | ||||
3. Ssenariy asosida joylarda targʻibot tadbirlarini oʻtkazish rejasini tayyorlash. | 19 — 29-may | ||||
4. Reja asosida joylarda “Oʻzbekiston — mening Vatanim!” nomli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | muntazam | ||||
19. | Oʻgʻil bolalarda mardlik, shijoat, milliy gʻurur, qatʼiyat, tadbirkorlik, oriyat, qiz bolalarda ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik kabi maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakl-lantirishga qaratilgan seriallar, milliy qoʻgʻirchoq va multi-plikatsion filmlar yaratish, ularni telekanallarda praym-taym vaqtlarida namoyish etishni taʼminlash. | 1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ijodiy guruh tuzish. | 2020-yil 7 — 16-yanvar | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
2. Bolalar uchun seriallar, milliy qoʻgʻirchoq va multiplikatsion filmlar ssenariylarini yaratish. | 17-yanvar — | ||||
3. Ishlab chiqilgan seriallar, qoʻgʻirchoq va multiplikatsion filmlarni telekanallardagi praym-taym vaqtlarida namoyish etish. | muntazam | ||||
20. | Bolalarda atrof muhit ozodaligi, shaxsiy gigiyena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya mazmunidagi “Ona tabiatni asraylik!” ruknida tarbiyaviy roliklar yaratish. | 1. Roliklar ssenariylarini ishlab chiqish. | 2020-yil 10-fevral — 13-aprel | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
2. Ishlab chiqilgan tarbiyaviy roliklarni ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish. | muntazam | ||||
21. | Bolalarda orzuga intilish, ijodiy fikrlash, yaratuvchanlik, ichki qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan aqliy va harakatli oʻyinlar, konstruktorlik oʻyinlari va oʻyinchoqlarning “Bolalar dunyosi” variativ oʻyinlar majmuasini ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 6 — 19-mart | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
2. “Bolalar dunyosi” variativ oʻyinlar dasturini ishlab chiqish. | 2020-yil 1-aprel 2021-yil 13-avgust | ||||
3. Ishlab chiqilgan variativ dasturni tegishli tartibda joylarga yetkazish. | muntazam | ||||
22. | Maktabgacha taʼlim muassasalari hududida bolalarni mardlik, shijoat, qatʼiyat, zukkolik, jasorat, goʻzallik, oliyjanoblik, mehr-shafqat namunalarini oʻzida aks ettirgan milliy siymolar, milliy ertaklar | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 8 — 18-fevral | Ijrochilar mablagʻlari | Maktabgacha taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
2. Milliy siymolar, milliy ertaklar va multfilm qahramonlari obrazlari asosida haykalchalar majmuasini ishlab chiqish. | 20-fevral — 22-avgust | ||||
3. Tayyorlangan mahsulotlarni maktabgacha taʼlim muassasalari hududlarida oʻrnatilishini tashkil etish. | muntazam | ||||
III. Umumiy oʻrta taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiyani amalga oshirish | |||||
23. | “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va oʻsmirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini yaratish. Davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va rejalari asosida oʻquvchilarda yoshiga mos tayanch maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, kompetensiyalarni shakllantirish. I — XI sinflar uchun “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari”, “Dinlar tarixi” fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fanini joriy qilish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 6 — 15-yanvar | Ijrochilar mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi |
2. “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” ruknida darsliklar, adabiyotlar, media mahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini yaratish. | 2019-yil dekabr — 2020-yil dekabr | ||||
3. “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” rukni ostida tayyorlangan materiallar asosida davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va rejalariga yangiliklar kiritib borish. | muntazam | ||||
4. “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” konsepsiyasi asosida I — XI sinflar uchun “Tarbiya” fani darsligini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | reja asosida | ||||
24. | “Besh muhim tashabbus” doirasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan toʻgaraklar faoliyatini maʼnaviy tarbiyaning samarali va taʼsirchan mashgʻulot va tadbirlari bilan boyitish. | 1. “Besh muhim tashabbus” asosida toʻgaraklarning namunaviy dasturini ishlab chiqish. | 2020-yil 12-fevral — 14-aprel | — | Xalq taʼlimi vazirligi, |
2. Ishlab chiqilgan dasturni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyatiga joriy etish. | 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab muntazam | ||||
25. | Umumtaʼlim maktablarida milliy gʻoya tamoyillarini tarbiya jarayoniga chuqur singdirish, oʻquvchilarga milliy tarbiya asoslarini toʻlaqonli tushuntirish, ajdodlarimizning tarbiyaga oid taʼlimotlarini yoshlarga yetkazishga qaratilgan “Tarbiya” fanini joriy etish. | 1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1 — 11-sinflari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish boʻyicha tuzuvchilar guruhini shakllantirish. | 2020-yil | Ijrochilar mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I — XI sinflari uchun “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari”, “Dinlar tarixi” fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fanini joriy qilish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-metodik ishlar kompleksini amalga oshirish. | mart | ||||
3. Umumtaʼlim muassasalari 1 — 9-sinflari va 10-11-sinflariga moʻljallangan “Tarbiya” fani darsliklari, multimedia ilovalari va oʻquv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirish. | iyul | ||||
26. | Umumtaʼlim muassasalarining “Tarbiya” fani oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda amalga oshirish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 14 — 30-yanvar | Ijrochilar mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi, |
2. “Tarbiya” fani oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish. | 5-fevral — | ||||
3. “Tarbiya” fani oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlari va jadvalini ishlab chiqish. | 8-may — 19-may | ||||
4. “Tarbiya” fani oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini doimiy tashkillashtirish. | reja asosida | ||||
27. | Oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla mutaxassislari uchun maʼnaviy tarbiya indikatorlari va tarbiyalash metodlari bilan boyitilgan “Fazilatli avlod” va boshqa metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish. | 1. Masʼul idoralar va tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish. | 2020-yil 6 — 10-yanvar | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, |
2. “Fazilatli avlod” va boshqa metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish. | 2020-yil 6-yanvar — 6-iyul | ||||
3. Oʻqituvchilar va ota-onalarning farzand tarbiyasidagibilimlarini yanada boyitish maqsadida “Fazilatli avlod” qoʻllanmasi taqdimotini oʻtkazish. | reja asosida | ||||
28. | Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida buyuk maʼrifatparvar siymolar merosini targʻib etishga qaratilgan “Oʻn ikki oy — oʻn ikki alloma” kitobxonlik oyliklarini oʻtkazish. | 1. “Oʻn ikki oy — oʻn ikki alloma” kitobxonlik oyligi loyihasini ishlab chiqish. | 2020-yil 6-yanvar — | Ijrochilar mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli vazirliklar |
2. Kitobxonlik oyligi doirasida tavsiya etilayotgan allomalar hayoti va ijodiga bagʻishlangan aksiyalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijtimoiy tarmoqlarda xeshteglar oʻtkazish. | 2020-2021 oʻquv yildan boshlab reja asosida | ||||
3. “Oʻn ikki oy — oʻn ikki alloma” kitobxonlik oyliklarini oʻtkazish va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish. | muntazam | ||||
29. | Aholi, pedagoglar, jamoatchilik, bolalar orasida uzluksiz maʼnaviy tarbiya tizimi samaradorligini oʻrganish, baholash va takomillashtirishga qaratilgan bir yilda ikki marta ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish. | 1. Ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. | 2020-yil 12 — 17-fevral | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli vazirliklar |
2. Ijtimoiy soʻrovnomalar namunalari hamda ijtimoiy tadqiqot dasturini ishlab chiqish. | 19-fevral — 10-aprel | ||||
3. Belgilangan hududlarda ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish va natijalarni umumlashtirish. | 15-aprel — | ||||
4. Tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va shu asosda mutasaddi idoralarga takliflar kiritish. | muntazam | ||||
30. | Taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash?a qaratilgan yangi va taʼsirchan shakllarini ishlab chiqish va joriy qilish. | 1. Masʼul idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ijodiy guruhni shakllantirish. | 2020-yil 7 — 12-iyun | — | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli vazirliklar |
2. Yangi va taʼsirchan shakllarssenariylarini ishlab chiqish. | 14-iyun — | ||||
3. Barcha taʼlim muassasalarida belgilangan ssenariylarga asosan tegishli vazifalarni joriy etish. | 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab | ||||
31. | Oʻgʻil bolalarda mardlik, shijoat, milliy gʻurur, qatʼiyat, tadbirkorlik, oriyat, qiz bolalarda ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik kabi maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan treninglar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. Treninglar dasturlarini ishlab chiqish. | 2020-yil 13-aprel — | Ijrochilar mablagʻlari | “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli vazirliklar |
2. Soha vakillaridan iborat trenerlar guruhini shakllantirish. | 20-27-iyul | ||||
3. Tarqatma materiallar, metodik koʻrsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish. | 1 — 20-avgust | ||||
4. Belgilangan reja asosida trening mashgʻulotlarini oʻtkazish. | 10-sentabr — 20-dekabr | ||||
32. | Qiz bolalarda ona Vatanga muhabbat, milliy gʻoyaga sadoqat,mehnatsevarlik, jonkuyarlik, oilaparvarlik, ibo, hayo, nafosat, did-farosat, qanoat, vafodorlik, mehribonlik, rahmdillik, kamtarlik, ziyraklik, mehmondoʻstlik, bolajonlik, murosalilik, orastalik, saranjomlik, xushmuomalalik, pazandalik kabi malakalarni shakllantirishgaqaratilgan treninglar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. Treninglar dasturlarini ishlab chiqish. | 2020-yil 13-aprel — | Ijrochilar mablagʻlari | “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tegishli vazirliklar |
2. Soha vakillaridan iborat trenerlar guruhini shakllantirish. | 20 27-iyul | ||||
3. Trening uchun zarur boʻlgan tarqatma materiallar, metodik koʻrsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish. | 1 — 20-avgust | ||||
4. Belgilangan reja asosida trening mashgʻulotlarini oʻtkazib borish. | 10-sentabr — 20-dekabr | ||||
33. | Bolalar va oʻsmirlarni maʼnaviy tarbiyalashda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning milliy tarbiya borasidagi ilgʻor yutuqlarini oʻrganish, xalqaro ilmiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, tajriba almashish, xalqaro konferensiyalar oʻtkazish, ilmiy-metodik adabiyotlar, risolalar chop etish. | 1. Yetakchi xalqaro taʼlim markazlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash. 2. Milliy tarbiya borasidagi ilgʻor yutuq va xalqaro tajribani oʻrganish, xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini amalga oshirish. 3. “Milliy maʼnaviy tarbiya” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish. 4. Ilmiy-metodik adabiyotlar, risolalar chop etish. | 2020-2021-yillarda | Ijrochilar mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tegishli vazirliklar |
34. | Respublikadagi malakali dizayner va modelyerlarni keng jalb etgan holda bolalar, oʻsmirlar, yoshlar uchun milliy asosdagi zamonaviy kiyimlar targʻibotiga bagʻishlangan har faslda “Yangi mavsum liboslari” respublika koʻrik-tanlovi va koʻrgazmasini tashkiletish. | 1. Idora va tashkilot vakillaridan iborat ijodiy guruh tuzish. | 2020-yil 5 — 10-mart | Ijrochilar mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
2. “Yangi mavsum liboslari” respublika koʻrik-tanlovi nizomini ishlab chiqish. | 13-mart — | ||||
3. Taʼlim muassasalarida “Yangi mavsum liboslari” respublika koʻrgazmasini tashkiletish. | har chorakda reja asosida | ||||
4. Tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish, eng yaxshi namunalarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻib etish. | muntazam | ||||
35. | Bolalarda milliy mumtoz ijroga muhabbat uygʻotish, ularga mos yangi ashula va raqslar yaratishni ragʻbatlantirish uchun “Mumtoz sadolar”, “Kuyla yoshligim”, “Begʻubor bolalik”, “Dilxiroj”kabi respublika tanlovlarini tashkil etish. | 1. Masʼul idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ijodiy guruh tuzish. | 2020-yil 10 — 22-iyun | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, |
2. “Mumtoz sadolar”, “Kuyla yoshligim”, “Begʻubor bolalik”, “Dilxiroj” respublika tanlovini zomini ishlab chiqish. | 24-iyun — | ||||
3. Belgilangan reja asosida taʼlim muassasalarida “Mumtoz sadolar”, “Kuyla yoshligim”, “Begʻubor bolalik”, “Dilxiroj” respublika tanlovlarini tashkil etish va ommaviy axborot vositalariva ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻib etish. | 6-sentabr — 28-dekabr | ||||
36. | Hududiy Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari orqali ommaviy axborot vositalari, mamlakatimizdagi mavjud tashqi tasviriy targʻibot va reklama vositalarida milliy maʼnaviy tarbiya mavzusida namunali lavhalar, roliklar, maʼlumotlar berib borilishini muntazam yoʻlga qoʻyish. | 1. Mamlakatimizdagi mavjud tashqi tasviriy targʻibot va reklama vositalarida milliy maʼnaviy tarbiya mavzusida namunali lavhalar, roliklar, maʼlumotlar berib borish tartibini ishlab chiqish. | 2020-yil 12-mart — | Ijrochilar mablagʻlari | Hududiy maʼnaviyat va maʼrifat Kengashlari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
2. Namunali lavhalar, roliklar va maʼlumotlar baʼzasini shakllantirish. | 15-may — | ||||
3. Tayyorlangan materiallar asosida tashqi tasviriy targʻibot va reklama vositalariga maʼlumotlar joylab borish. | muntazam | ||||
37. | Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar barcha taʼlim muassasalari, jumladan, taʼlim boshqa tilda olib boriladigan maktablarda davlat tiliga hurmat, milliy maʼnaviy meros va qadriyatlargaqiziqishni ragʻbatlantirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. Davlat tiliga hurmat, milliy maʼnaviy meros va qadriyatlarga qiziqishni ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2020-yil 12-iyun — | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli vazirliklar |
2. Dastur asosida barcha taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib borish. | reja asosida muntazam | ||||
38. | Taʼlim muassasalaridagi “Kamalak” bolalar tashkiloti, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini Konsepsiya mazmunidan kelib chiqib takomillashtirish, oʻquvchilarning maʼnaviy faolligi va tashabbuskorligini rivojlantirish. | 1. “Kamalak” bolalar tashkilotini rivojlantirish yuzasidan hamkorlik chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2020-yil 15-iyun — | — | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli vazirliklar |
2. Oʻquvchilar tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan koʻrik-tanlovlar tashkil etib borilishini yoʻlga qoʻyish. | reja asosida muntazam | ||||
39. | Maktabdan tashqari taʼlim muassasalari, “Barkamol avlod” markazlari tarkibidagi toʻgaraklar faoliyati mazmunini Konsepsiya talablari asosida qayta tashkil etish. | 1. Masʼul idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish. | 2020-yil 9-aprel — | — | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli vazirliklar |
2. “Barkamol avlod” markazlari tarkibidagi toʻgaraklar mazmuniga Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi mazmuni talablari yuzasidan takliflar kiritish. | 22-iyul — 21-avgust | ||||
40. | Oʻquvchi yoshlarni milliy hunarmandchilik, zamonaviy kasb-hunar sirlarini oʻrganishga ragʻbatlantirish, “Ustoz — shogird” anʼanalarini tiklash harakatini amalga oshirish. | 1. Tegishli idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 12 — 19-may | — | Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tegishli vazirliklar, va idoralar |
2. “Ustoz-shogird” anʼanasining yangi loyihasini ishlab chiqish. | 22-may — | ||||
3. Barcha taʼlim muassasalarida “Ustoz — shogird” anʼanalarini amalga oshirish. | muntazam | ||||
41. | Mamlakatimizda tashkil etilgan “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari”, “Temurbeklar maktablari” kabi turli yoʻnalishlardagi ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqa taʼlim muassasalaridagi iqtidorli bolalar va oʻsmirlarning erishayotgan yutuq va natijalarini keng targʻib etish orqali oʻquvchilar orasida ilmga boʻlgan intilishni kuchaytirish. | 1. “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari”, “Temurbeklar maktablari” hamda boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar yoshlari erishgan yutuqlarni ommalashtirishga oid telekoʻrsatuv | 2020-yil 14-sentabr — 16-noyabr | — | Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
2. Mazkur maktablardagi yoshlar faoliyati boʻyicha “Mening erishgan yutuqlarim” mavzusida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab reja asosida muntazam | ||||
42. | Mamlakatimizdagi tashkiliy-huquqiy shakllari va taʼlim tilidan qatʼi nazar barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Oʻzbekiston — mening baxtim, mening kelajagim!” debnomlangan 6 — 11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida insholar tanlovini oʻtkazish, eng yaxshi insho namunalarini chop etish va mualliflarini ragʻbatlantirish. | 1. Tegishli idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 9 — 14-noyabr | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tegishli vazirliklar |
2. “Oʻzbekiston mening baxtim, mening kelajagim!” umummilliy insholar tanlovi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 15-noyabr — 19-dekabr | ||||
3. Reja asosida tanlovning tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlarini oʻtkazish. | 2020-2021 oʻquv yili davomida | ||||
4. Tanlovdagi eng yaxshi insho namunalarini chop etish hamda mualliflarini ragʻbatlantirish. | muntazam | ||||
5. Tanlovdagi eng yaxshi insho namunalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, davriy nashrlar va jurnallarda chop etish. | muntazam | ||||
43. | Oʻquvchilar uchun maʼnaviy ibrat timsoli boʻlib xizmat qiladigan tarixiy va zamonaviy qahramonlar obrazlari aks etgan teatr va kino asarlari, badiiy adabiyot namunalarini yaratish. | 1. Tegishli idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 12 — 20-mart | Ijrochilar mablagʻlari | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
2. Tarixiy va zamonaviy qahramonlar obrazlari aks etgan teatr va kino asarlari, badiiy adabiyot namunalarini yaratish. | 24-mart — | ||||
3. Ishlab chiqilgan teatr va kino asarlari, badiiy adabiyot namunalarini belgilangan tartibda joylarga yetkazish. | reja asosida | ||||
44. | Umumtaʼlim maktablarida milliy oʻyinlar, sport musobaqalari mazmunini milliy tarbiya ruhi bilan boyitish, uning milliy gʻurur, oriyat, halollik, mardlik, iroda kabi fazilatlar asosida oʻquvchilarni birlashtirish shakllarini ishlab chiqish, milliy va jamoaviy sport oʻyinlari spartakiadalarini tashkil etish. | 1. Masʼul idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 6 — 12-yanvar | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, tegishli vazirliklar |
2. Milliy oʻyinlar, sport musobaqalari mazmunini milliy tarbiya ruhi bilan boyitish asosida oʻquvchilarni birlashtirish sh?kllarining yangi tartibini ishlab chiqish. | 15-yanvar — 27-fevral | ||||
3. Umumtaʼlim maktablari oʻrtasida milliy va jamoaviy sport oʻyinlari spartakiadalarini oʻtkazish. | 3-mart — | ||||
45. | Ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini axloqiy fazilatlar majmui boʻlgan milliy tarbiya anʼanalari, vositalari, shakllarini oʻrganish maqsadida mamlakatimiz hududlariga etnopedagogik ekspeditsiyalarni tashkil etish. Toʻplangan tarbiyaviy meros asosida kitob va qoʻllanmalar, koʻpjildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish hamda chop etish, undan amaliy maqsadlarda foydalanish uchun multimedia mahsulotlarini tayyorlash va mobil ilovalarini yaratish boʻyicha grant loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat olimlar guruhini tuzish. | 2020-yil 19 — 24-fevral | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, tegishli vazirliklar |
2. Ishchi guruh tomonidan etnopedagogik ekspeditsiyaning faoliyat dasturini ishlab chiqish. | 26-fevral — 27-mart | ||||
3. Etnopedagogik ekspeditsiya manzillarini aniqlash. | reja asosida | ||||
4. Ekspeditsiya natijalari boʻyicha koʻp jildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish va chop etish. | reja asosida | ||||
5. Ekspeditsiyada toʻplangan manbalardan foydalanib multimedia mahsulotlari va mobil ilovalar yaratish boʻyicha grant loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | reja asosida | ||||
46. | “Milliy tarbiya va zamon” mavzusida har yili bir marta respublika ilmiy-metodik konferensiyasini oʻtkazish. | 1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 8 — 12-aprel | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
2. “Milliy tarbiya va zamon” mavzusidagi konferensiya dasturini ishlab chiqish. | 13 — 20-aprel | ||||
3. Belgilangan tartibda konferensiyani oʻtkazish va unda koʻtarilgan masalalar boʻyicha toʻplam va risolalar chop etish. | sentabr reja asosida | ||||
47. | Teleradiokanallarda tarbiya mavzularida tok-shoular, koʻrsatuv va eshittirishlar, ijtimoiy tarmoqlarda “Tarbiya maktabi”, “Soʻrang! Javob beramiz, oʻrgatamiz” ruknida pedagogik chellenjlar tashkil etish. | 1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 14-22-may | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiyatsiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
2. “Soʻrang! Javob beramiz, oʻrgatamiz” ruknidagi pedagogik chellenjlar dasturini ishlab chiqish. | 22-may — | ||||
3. Chellenjlarni doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish. | muntazam | ||||
IV. Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim tizimi, ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan va band boʻlmagan yoshlar oʻrtasida uzluksiz maʼnaviy tarbiyani amalga oshirish | |||||
48. | Yoshlarning kelajakka ishonchi, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishni shaxsning ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirishga qaratilgan treninglar dasturini ishlab chiqish hamda mahallalar va taʼlim muassasalarida joriy qilish. | 1. Soha vakillaridan iborat trenerlar guruhini shakllantirish. | 2020-yil | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, |
2. Treninglar dasturlari, tarqatma materiallar, metodik koʻrsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish. | 11-may — 11-iyun | ||||
3. Belgilangan reja asosida trening mashgʻulotlarini oʻtkazish. | reja asosida | ||||
49. | Jamiyatda vijdonan mehnat qilish, tadbirkorlik, kasbiy-maʼnaviy koʻnikmalarni oʻrganish, innovatsion tafakkur, tashabbuskorlik, fidoyilik fazilatlariga ega boʻlish, halol mehnat yoshlarning mustaqil hayotda muvaffaqiyatga erishishining muhim omili ekanligini koʻrsatuvchi tizimli targʻibot ishlarini amalga oshirish. | 1. Targʻibotchilar guruhini shakllantirish. | 2020-yil | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
2. Targʻibot ishlari rejasini ishlab chiqish. | 20 — 27-fevral | ||||
3. Targʻibot ishlarini manzilli amalga oshirish. | 2-mart — 1-dekabr | ||||
50. | Yoshlarda oilaviy burch, oilada oʻzaro ishonch, sadoqat, mehr-muhabbat va hamjihatlikni mustahkamlash malakalarini shakllantirish, maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, yosh ota-onalarda farzand tarbiyasi uchun masʼullik, oilani boshqarish, moddiy farovonlikka erishish uchun zarur bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan qoʻshma dastur va loyihalarni ishlab chiqish. | 1. Qoʻshma dastur tayyorlash boʻyicha hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida Ishchi guruh shakllantirish. | 2020-yil 13 — 31-yanvar | — | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, |
2. Qoʻshma dastur va unda belgilangan vazifalar samaradorligini taʼminlash boʻyicha maqsadli loyihalar namunalarini tayyorlash. | 3-fevral — 6-mart | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, | |||
3. Qoʻshma dastur va loyihalarni hamkor tashkilotlar bilan kelishish va tasdiqlash. | 9 — 27-mart | ||||
4. Qoʻshma dastur va loyihalarni ijroga yoʻnaltirish va nazoratini tizimli yoʻlga qoʻyish. | doimiy | ||||
51. | Maʼnaviy uygʻunlikka erishgan, farzand tarbiyasida ibrat boʻla oladigan, ota-onalar roziligiga erishayotgan va keng jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilayotgan yosh ota-onalar, namunali oilalarni keng targʻib qilishga qaratilgan tanlovlar, teleradiodasturlar tashkil qilish. | 1. Tanlovlar va teleradio dasturlarni tashkil qilish boʻyicha hamkor tashkilotlarning birgalikdagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2020-yil 9 — 27-mart | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti |
2. Tanlovlar nizomi va teleradiodasturlar ssenariylarini tayyorlash. | 1 — 30-aprel | ||||
3. Tanlovlar oʻtkazish va teleradiodasturlarni efirga uzatish. | 4-may- 30-noyabr | ||||
4. Tanlovlarni ommaviy axborot vositalari va internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish. | doimiy | ||||
5. Tanlov gʻoliblarini munosib ragʻbatlantirish. | tanlov natijalariga koʻra | ||||
52. | Yosh oilalarning hayotda munosib oʻrin egallashlari, ularning mahallada integratsiyalashuvini qoʻllab-quvvatlash, jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi boʻlishiga erishishiga koʻmaklashish maqsadida “Mahalla oqshomlari” madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil qilish. | 1. “Mahalla oqshomlari” madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturi va uni oʻtkazish boʻyicha namunaviy ssenariylarini ishlab chiqish. | 2020-yil 3-fevral — | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
2. Namunaviy ssenariylar asosida barcha mahallalarda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazib borish. | reja asosida muntazam | ||||
53. | Ijtimoiy-gumanit?r fanlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali oʻquvchi-yoshlarda maʼnaviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalar, bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy mashq, topshiriq va pedagogik vaziyatlar turkumlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | 1. Masʼul idoralar va tashkilotlar vakillari, olimlardan iborat ijodiy guruh tuzish. | 2020-yil 10 — 20-fevral | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tegishli vazirliklar |
2. Amaliy mashq, topshiriq va pedagogik vaziyatlar turkumini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | Muntazam | ||||
54. | Yoshlarda maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik, davlat ramzlariga hurmat, zamonaviy bilimlarga intilish, media madaniyatni rivojlantirish, tarbiya borasidagi ilgʻor pedagogik texnologiyalarni oʻrganish va amaliyotga joriy etish maqsadida xorijiy davlatlarga ilmiy safarlar uyushtirish. | 1. Xorijiy davlatlarga xizmat safarlarni tashkil etish boʻyicha masʼul tashkilotlar bilan kelishish. | 2020-yil 2 — 26-mart | Ijrochilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
2. Tajriba oʻrganish va ilmiy tahlillar olib boruvchi tadqiqotchilar guruhini shakllantirish. | 1 — 30-aprel | ||||
3. Xizmat safarlarni tashkil etish. | kelishuv natijalariga koʻra | ||||
4. Tahlillar yakuni boʻyicha risolalar nashr etishga taqdim etish. | |||||
55. | Jamiyatda har bir yigit-qizning kamida uchta zamonaviy kasb-hunar sirlarini egallashiga undovchi yoshlar harakatini yoʻlga qoʻyish, bunda band boʻlmagan yoshlarning kasb va hunar egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratish. | 1. Masʼul idora va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2020-yil 3 — 24-fevral | Ijrochilar mablagʻlari | Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, |
2. Hamkor tashkilotlarning qoʻshma qarorini ishlab chiqish | 4-mart — 6-aprel | ||||
3. Yoshlar harakati haqida ommaviy axborot vositalari | doimiy | ||||
56. | Yoshlar ongi va qalbida ilmiy, maʼnaviy-axloqiy, siyosiy, sogʻlom diniy eʼtiqodni uygʻun shakllantirishga qaratilgan maʼlumotlar bilan internet tarmogʻining milliy kontentini boyitib borish. | 1. Masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda milliy kontentni boyitish boʻyicha hamkorlik rejasini ishlab chiqish. | 2020-yil 13-fevral | — | Respublika Maʼnaviyat Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, |
2. Ilmiy, maʼnaviy-axloqiy, siyosiy va sogʻlom diniy mazmundagi maqolalar, ijtimoiy roliklar, ibratli hikoyalar, audio va koʻrgazmali materiallar yaratish va internet tarmogʻiga joylashtirib borish. | muntazam | ||||
57. | Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari, madaniyat markazlari, sport majmualari, ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etiladigan toʻgaraklar faoliyatini “Besh muhim tashabbus” asosida yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. “Besh muhim tashabbus” asosida toʻgaraklarning namunaviy dasturini ishlab chiqish. | 2020-yil 12-fevral — 14-aprel | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
2. Ishlab chiqilgan dasturni oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari, madaniyat markazlari, sport majmualari, ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyatiga joriy etish. | 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab muntazam | ||||
58. | “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi”ni samarali amalga oshirish maqsadida, oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari murabbiylari, professor-oʻqituvchilari, mahalla masʼullari, vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish korxonalaridagi yoshlar yetakchilari malakasini oshirishni tashkil qilish. | 1. Malaka oshirish kurslarining yillik oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. | 2020-yil 3 — 28-fevral | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, va idoralar |
2. Malaka oshirish kurslariga malakali trenerlarni jalb etish. | 3 — 28-fevral | ||||
3. Malaka oshirish kurslarini oʻtkazish. | belgilangan grafik jadval asosida | ||||
59. | Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari uchun maʼnaviy tarbiya indikatorlari va tarbiyalash usullarini ishlab chiqish, uzluksiz maʼnaviy tarbiya tizimi samaradorligini oʻrganish, baholash va takomillashtirish maqsadida har yili ikki marta sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish va natijalarni pedagogik kengashlarda muhokama qilib borish. | 1. Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhni tashkil etish. | 2020-yil 3 — 17 fevral | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respubl?ka Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbeki?ton yoshlar ittifoqi |
2. Maʼnaviy tarbiya indikatorlari asosida soʻrovnoma namunalarini ishlab chiqish. | 18-fevral — 17-aprel | ||||
3. Soʻrovlarni oʻtkazish sotsiologik soʻrov natijalarini umumlashtirish, tahlil qilish va aniqlangan holat boʻyicha maʼlumot tayyorlash. 4. Tahliliy maʼlumotlarni pedagogik kengashlar muhokamasiga kiritib borish. | alohida jadval asosida | ||||
60. | Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim tizimi, ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan va band boʻlmagan yoshlarda uzluksiz maʼnaviy tarbiya samaradorligini baholashning ilmiy-metodik texnologiyasini yaratish, har yili ikki marta oʻlchash va “Maʼnaviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashida muhokama qilib borish. | 1. Uzluksiz maʼnaviy tarbiya samaradorligini oʻlchash va baholashning ilmiy metodik texnologiyasini yaratish. | 2020-yil 15-aprel — 17-iyul | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tegishli vazirliklar |
2. Belgilangan mezonlar asosida uzluksiz maʼnaviy tarbiya samaradorligini doimiy baholash tartibini joriy etish. | 2020-2021 oʻquv yilidan muntazam | ||||
3. “Maʼnaviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashiga tahliliy maʼlumotlar kiritish. | muntazam | ||||
61. | Teleradiokanallarda tarbiya mavzularida tok-shoular, koʻrsatuv va eshittirishlar oʻtkazish, ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyaviy mavzularda virtual muloqot maydonlarini tashkil etish. | 1. Hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ijodiy guruh shakllantirish. | 2020-yil fevral | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, tegishli vazirliklar |
2. MTRK bilan hamkorlikda turkum tok-shoular, koʻrsatuv va eshittirishlarni tayyorlash boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish. | mart | ||||
3. Tok-shoular, koʻrsatuv va eshittirishlarni muntazam efirga berib borish. | reja asosida | ||||
4. Ushbu koʻrsatuvlarda koʻtarilgan dolzarb mavzularni ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar oʻtkazish. | doimiy | ||||