1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
|
1. |
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Konsepsiya loyihasi |
2019-yil iyul |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
2. |
Oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish, uning manzilliligi, tizimliligi va ta’sirchanligini ta’minlash, targ‘ibot-tashviqot ishlarini shaklan va mazmunan boyitish hamda bu jarayonga innovatsion usullarni joriy etish maqsadida Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasini ishlab chiqish hamda Respublika kengashiga kiritish. |
Metodika |
2019-yil iyun |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
3. |
“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil iyun |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi |
|
II. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari | ||||
|
4. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari ishtirokida kelishilgan reja asosida “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil iyun |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari |
|
5. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng aholi vakillariga yetkazishga qaratilgan turkum targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. |
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar |
yil davomida |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” jamoat fondi |
|
6. |
Mamlakatimizdagi islohotlarning aholi kundalik turmushidagi natijalari, fuqarolarimizning faolligi va ertangi kunga ishonchi haqida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shiori ostida “Baxtga haqli el” nomli targ‘ibot materiallari, risola va bukletlar tayyorlash. |
Tarqatma materiallar, risolalar |
yil davomida |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati |
|
7. |
Jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuyg‘usi” mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash. |
So‘rovlar, tadqiqotlar va tahlillar |
yil davomida |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati |
|
8. |
O‘zining samarali mehnati, vatanparvarligi, jismoniy va intellektual salohiyati bilan turli sohalarda katta muvaffaqiyatga erishgan yurtdoshlarimizning hayoti haqida hikoya qiluvchi “Men shu yurt farzandiman” ruknida turkum ko‘rsatuvlar tashkil etish. |
Media reja |
2019-yil iyun |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) |
|
9. |
Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda rahbar xodimlarning tutgan o‘rni, ularning ma’naviy-axloqiy sifatlarining aholi kayfiyatiga ta’sirini yoritish maqsadida: “Rahbar ma’naviyati”, “Rahbarning boshqaruv madaniyati” mavzularida seminar-trening va erkin muloqotlar tashkil etish; “Rahbarning ma’naviyati va ma’rifati” mavzusida risola tayyorlash. |
Seminar-trening Risola |
yil davomida avgust |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi (N. Salayev) |
|
10. |
“Jamiyat taraqqiyotining asosi — ma’rifatdir” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. |
Ilmiy-amaliy konferensiya |
2019-yil avgust |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov) |
|
11. |
Markaziy ko‘chalar, magistral yo‘llarda kitobxonlik targ‘ibotiga oid shiorlar, hikmatli so‘zlardan iborat bannerlar, ko‘rgazmali tasviriy-targ‘ibot vositalaridan keng foydalanish ishlarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi, tarqatma materiallar, bannerlar, plakatlar |
2019-yil iyun |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Tasviriy oyina” uyushmasi (I. Latipov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
III. Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar | ||||
|
12. |
“Axborot hashari” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida: Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga ko‘maklashish; ishtirokchilarni axborot texnologiyalari yangiliklari bilan tanishtirish uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
yil davomida |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
13. |
Abu-l-Muin Nasafiy ilmiy merosiga bag‘ishlangan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan buyuk alloma” nomli xalqaro konferensiya o‘tkazish. |
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya |
2019-yil noyabr |
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z. Ro‘ziyev), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov) |
|
14. |
Abu-l-Muin Nasafiy hayoti va yozgan asarlari asosida maxsus to‘plam tayyorlash va chop etish. |
To‘plam |
2019-yil noyabr |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akromov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov) |
|
IV. Jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar — korrupsiya, mahalliychilik, loqaydlik va ota-onalarning yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizligi kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar | ||||
|
15. |
Mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirokida “Oila — muqaddas dargoh” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish. |
Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar |
yil davomida |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi |
|
16. |
Yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Avlodlar uchrashuvi” loyihasi asosida barcha ta’lim muassasalarida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan faxriy avlod vakillari bilan tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarning uchrashuvlarini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
yil davomida |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limlari |
|
17. |
Jazoni ijro etish muassasalarida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining a’zolari ishtirokida “Taqdirni qo‘l bilan yaratur inson” mavzusida “ma’naviyat soatlari”ni tashkil etish. |
“Ma’naviyat soatlari” |
yil davomida |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva) |
|
18. |
Jamiyatda uchrayotgan turli salbiy illatlar va muammolarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida “Faol fuqaro” debat klubini tashkil etish. |
Ijrochilar qo‘shma qarori |
2019-yil iyul |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
|
V. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari | ||||
|
19. |
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan oilalarga ma’naviy tarbiyani tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida “Yosh ota-ona kitobi”, bog‘cha tarbiyachilari uchun “Baxtli bola ma’naviyati”, maktab o‘qituvchilari uchun “Fazilatli bola” qo‘llanmalarini tayyorlash va tarqatish. |
Metodik qo‘llanma |
2019-yil sentabr |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi |
|
20. |
“Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish. |
Ilmiy-amaliy tadqiqot |
2019-yil dekabr |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
|
21. |
Boy ma’naviy merosimiz, me’moriy va tarixiy yodgorliklarni keng targ‘ib qilish, xorijiy mehmonlarda mamlakatimizning tarixi, milliy urf-odatlari haqida to‘g‘ri ma’lumot berish va ijobiy imijini shakllantirish maqsadida O‘zbekistonning turistik shaharlarida faoliyat olib boradigan gidlar uchun uslubiy qo‘llanma tayyorlash. |
Uslubiy qo‘llanma |
2019-yil noyabr |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Davlat turizm qo‘mitasi (A. Akkulov), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (R. Abdullayev) |
|
22. |
Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, jamiyatdagi jipslik va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda xorijiy davlatlar, xususan Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlari tajribasini o‘rganish va risola tayyorlash. |
Risola |
2019-yil sentabr |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
VI. Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish va ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar | ||||
|
23. |
“Bu yilda o‘qish zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxatini tuzish, yil davomida ushbu asarlar mahalliy teleradiokanallarda el tanigan rahbarlar va ziyolilar tomonidan o‘qib borilishini tashkil etish, turli roliklar, bosma targ‘ibot ishlarini amalga oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashabbusning keng tashviqotini olib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
yil davomida |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Yozuvchilar uyushmasi |
|
24. |
Mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda faol bo‘lgan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari o‘rtasida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” tanlovini o‘tkazish. |
Respublika tanlovi |
2019-yil avgust |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati |
|
25. |
An’anaviy tarzda bir yilda kamida ikki marta (1-iyun — xalqaro bolalar kuni, 2-sentabr — bilimlar kuni) “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida aksiyalar tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2019-yil iyun- sentabr |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi |
|
26. |
Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni ta’minlash maqsadida Markaz xodimlari va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari uchun “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida turkum hududiy va masofaviy o‘quvlar tashkil etish. |
O‘quv mashg‘ulotlari |
yil davomida |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari, “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” o‘quv markazi (N. Salayev) |
|
VII. Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar | ||||
|
27. |
Ta’lim muassasalarida talaba, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi”, “Avlodlarga munosib voris bo‘laylik”, “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz”, “Ma’rifatli yoshlar — millat faxri”mavzusida harbiy faxriylar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish. |
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar |
yil davomida |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi |
|
28. |
Vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasini amalga oshirish. Bunda: “Korrupsiya kelajakka tahdid” insholar tanlovi; “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi, “Ona Vatanimning buyuk farzandlari”, “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”, “Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim” mavzularida maqolalar tanlovi o‘tkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar, tanlovlar, ijtimoiy roliklar |
2019-yil iyul-oktabr |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Badiiy akademiya |
|
29. |
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” va “Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat” loyihasini amalga oshirish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori |
2019-yil iyun-oktabr |
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Davlat turizm qo‘mitasi |
|
30. |
“Farzandingiz mustaqil hayotga tayyormi?” ruknida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va erta nikohning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori |
2019-yil avgust |
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi |
|
VIII. Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar | ||||
|
31. |
“Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!” shiori ostida turkum chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Targ‘ibot tadbirlari |
yil davomida |
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akromov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Mahalla” jamoat fondi |
|
32. |
“Bir oilada ezgu maqsadlar sari” shiori ostida ta’lim muassasalari va mahallalarda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi ishlar targ‘ibotini tashkil etish. |
Targ‘ibot tadbirlari |
yil davomida |
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (R. Kurbanov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akromov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov) |
|
33. |
“12 oyga — 12 alloma” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida: yil davomida buyuk ajdodlarimiz hayoti, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosi haqida risolalar tayyorlash va chop etish; har oyda ta’lim muassasalarida ma’lum bir alloma hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tanlovlar o‘tkazish. |
Risolalar va tanlovlar |
yil davomida |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi |
|
34. |
O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi, me’moriy va tarixiy yodgorliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida YUNESKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi obyektlar haqidagi ma’lumotlarni 3D formatida namoyish etadigan elektron foto jamlanma (virtual sayohat) yaratish va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish. Bunda: jamlanmaga kiritiladigan me’moriy va tarixiy yodgorliklar ro‘yxatini shakllantirish; fotojamlanmani to‘plash va uning 3D formatini yaratish; Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining veb-sahifasi, ijtimoiy tarmoqlarga bepul ko‘chirib olish imkoniyati bilan joylashtirish hamda Google maps dasturiga kiritish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil iyun |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Davlat turizm qo‘mitasi (A. Akkulov) |
|
IX. Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar va boshqa sanalarda keng aholi orasida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar | ||||
|
35. |
Internet tizimida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Buyuk yurt farzandlari” telegram kanalini tashkil qilish. Bunda: O‘zbekiston hududida yetishib chiqqan buyuk allomalar, sarkardalar, davlat va jamoat arboblarining hayoti, ilmiy, ijodiy ishlari, davlat va jamiyat rivoji yo‘lida amalga oshirgan ibratli faoliyati haqida ma’lumotlar berib borish; mamlakatimizdagi mashhur olimlar, tadbirkorlar, yozuvchilar, madaniyat, san’at va sport sohasida katta yutuqlarga erishgan shaxslarning hayoti va ijodi, xususan maktab davri haqidagi ibratli voqealarni hikoya qiluvchi videoroliklar tayyorlash. |
Amaliy chora-tadbirlar, maqola, infografika, so‘rovlar |
yil davomida |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), O‘zbekiston fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), O‘zbekiston milliy kutubxonasi (U. Toshboyeva) |
|
36. |
Mustaqillik ne’mati, buyuk ajdodlarimiz orzu-niyatlari, istiqlol bergan imkoniyatlar, erishilgan yutuqlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida: “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari va barcha targ‘ibotchilarga mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanma tayyorlash; Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan videorolik tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot tadbirlarini o‘tkazish; ijtimoiy tarmoqlarda “Vatanni sevmoq iymondandur” targ‘ibot aksiyasini o‘tkazish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil avgust |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
37. |
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida mahallalar, ta’lim muassasalari va tashkilotlarda: “Konstitutsiya va qonun talablariga qat’iy rioya qilish ma’naviy saviyamiz va madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart” mavzusida davra suhbatlarini tashkil qilish; “Insonning ma’naviy va madaniy saviyasi uning qonunlarga og‘ishmay amal qilishida namoyon bo‘ladi” mavzusida respublika insholar tanlovini o‘tkazish. |
Davra suhbati
|
2019-yil sentabr — dekabr |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Xalq ta’limi vazirligi |