Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

1. Barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi hamda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga so‘zsiz rioya qilishlari shartligi haqida qat’iy ogohlantirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni 3-ilovasida ko‘rsatilgan xalqaro reytinglar indikatorlari bo‘yicha mamlakatimizning reyting ko‘rsatkichlari yaxshilanganligi yoki pasayganligidan kelib chiqib, vazirlik va idoralarga nisbatan rag‘batlantirish yoki jazolash choralarini qo‘llash tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul organ

I. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

1.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi axborot tizimlari bilan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy yangilanib borishini ta’minlash maqsadida integratsiya qilish.

tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-fevral

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), Adliya vazirligi (Davletov), Davlat statistika qo‘mitasi (Begalov), Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev)

2.

Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimiga barcha banklar va ularning filiallarini integratsiya qilish choralarini ko‘rish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-dekabr

Markaziy bank (Nurmuratov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), Adliya vazirligi (Davletov)

3.

Tadbirkorlik subyektida muhr mavjudligi haqidagi talab bekor bo‘lganligidan kelib chiqib, idoraviy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish.

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-dekabr

Markaziy bank (Nurmuratov), “�zstandart” agentligi (Sattarov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), Energetika vazirligi (Sultanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Transport vazirligi (Maxkamov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Adliya vazirligi (Davletov)

II. Qurilish uchun ruxsatnomalar olish

4.

Quyidagi tartiblarni belgilash:

qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan xabarnoma yuborish tartibini bekor qilish, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari bundan mustasno;

obyektning zilzilaga bardoshliligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha loyiha hujjatlari yuzasidan ijobiy ekspertiza xulosasi va qurilish ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotni davlat xizmatlari markazlari tomonidan bir vaqtda tadbirkorlik subyektlari va hududiy qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyalariga obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuborish;

obyektlar bo‘yicha ijobiy ekspertiza xulosasi mavjud bo‘lmaganda qurilish-montaj ishlarini boshlashni taqiqlash, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Qurilish vazirligi (Zakirov), Adliya vazirligi (Davletov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577-son Farmoni talablari asosida qurilayotgan obyektlar ustidan mualliflik nazorati, texnik nazorat va tekshiruvni amalga oshiruvchi mutaxassislarga sertifikat berish tartibini ishlab chiqish.

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil 1-yanvar

Qurilish vazirligi (Zakirov), Adliya vazirligi (Davletov)

6.

Qurilish va loyihalashtirish sohasidagi mutaxassisliklar (arxitektor, muhandis, konstruktor, texnolog, loyihachi, nazoratchi va hokazo) bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini o‘rganib chiqish hamda uni jahon standartlari asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil 15-dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Qurilish vazirligi (Zakirov)

III. Elektr ta’minoti tizimiga ulanish

7.

Quvvati 140 kilovattgacha bo‘lgan elektr uskunalarini elektr tarmoqlariga ulash jarayonida sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlik subyektining xohishiga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda berilgan so‘rovnomasiga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibini joriy etish.

Mazkur mablag‘lar tadbirkorlik subyektlari foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qo‘shiladigan ustamalar hisobidan bir yil davomida undirib olinishini belgilash.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Energetika vazirligi (Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

8.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash bilan bog‘liq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning muddatlarini va eng baland qiymatlarini belgilashni nazarda tutuvchi yagona kalkulatsiyani tasdiqlash.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-fevral

Energetika vazirligi (Sultanov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Adliya vazirligi (Davletov)

9.

Elektr ta’minoti tizimiga ulanish jarayonida hujjatlarni ko‘rib chiqish, kelishish va qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Energetika vazirligi (Sultanov), Adliya vazirligi (Davletov)

10.

Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirishning umumiy va soddalashtirilgan (“foydalanishga tayyor holda” ishlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xususiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish orqali) imkoniyatlarini yaratgan holda elektr tarmoqlariga ulanish muddatlari va sarf-xarajatlarini optimallashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Energetika vazirligi (Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Adliya vazirligi (Davletov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)

IV. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish

11.

Internet tarmog‘ida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi mulkka oid ma’lumotlarni quyidagi ma’lumotlardan birini kiritish orqali qidirish imkoniyatini taqdim etish:

ko‘�mas mulkning kadastr raqami;

mulkdorga tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;

yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;

jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlari.

Bunda Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlarini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha to‘liq holda hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishini ta’minlash.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil 15-dekabr

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov)

12.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mulk, uning mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga real vaqt rejimida elektron tarzda yuborish tartibini joriy etish.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi

2019-yil 15-dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Bunda davlat soliq xizmati organlari ham ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarga zarur ma’lumotlarni (STIR, JSh ShIR va h.k.) real vaqt rejimida elektron tarzda yuborilishini belgilash.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil 15-dekabr

13.

Toshkent shahri bo‘yicha Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarni kartografik materiallar bilan integratsiya qilish hamda ularni interaktiv ko‘rinishda Internet tarmog‘iga joylashtirish ishlarini yakunlash.

tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-mart

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

14.

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tarkibida ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, tegishli davlat kadastrlarini yuritishga mas’ul bo‘lgan mustaqil tashkilotni tuzish masalasini ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2020-yil 1-yanvar

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev)

15.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha mustaqil komissiyalarga murojaat qilish imkoniyatini yaratish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-dekabr

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev)

16.

Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini taraflardan birining talabi bo‘yicha notarial tasdiqlashda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklarni tekshirish talabini bekor qilish.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev)

V. Kreditlarni olish

17.

Kommunal tashkilotlar, davlat soliq xizmati organlari, chakana savdo tashkilotlari bilan o‘zaro axborot almashish tizimi hamda kredit axboroti manbalarini kengaytirish orqali “Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosi” MChJ faoliyatini takomillashtirish.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Markaziy bank (Nurmuratov), Energetika vazirligi (Sultanov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev)

18.

Kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning billing tizimlariga jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari hamda ularga tegishli obyektlarning kadastr raqamlarini integratsiya qilish ishlarini yakunlash.

tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-yanvar

Davlat personallashtirish markazi (Turaxodjayev), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Energetika vazirligi (Sultanov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), Markaziy bank (Nurmuratov)

VI. Minoritar aksiyadorlarni himoya qilish

19.

Qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni kiritish:

manfaatdor shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlar bo‘yicha ularni amalga oshirishdan avval tashqi auditor xulosasini olish;

jamiyat yillik hisobotida affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborot bilan birgalikda affillangan shaxs bilan bitim tuzilayotganda yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish;

ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, jamiyatning boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish;

jamiyat affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar haqidagi ma’lumotni Korporativ axborotning yagona portalida va o‘zining rasmiy veb-saytida 72 soat mobaynida oshkor qilish.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil 15-dekabr

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), Adliya vazirligi (Davletov)

VII. Soliq solish tizimi

20.

Hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasidan ortgan qismini qaytarishning quyidagi tartibini belgilash:

qaytarish to‘g‘risidagi elektron shaklda beriladigan arizadan tashqari boshqa hujjatlarini talab etilishini taqiqlash;

soliq to‘lovchi ariza bergan kundan boshlab 60 kundan ortmagan muddatda qaytarish.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov)

VIII. Xalqaro savdo

21.

Respublikaning eksport tarkbidan kelib chiqqan holda “Biznes yuritish” hisobotning “Xalqaro savdo” indikatori bo‘yicha qo‘llaniladigan metodologiyada asosiy eksport mahsulotini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Jahon banki ekspertlari bilan muzokaralar o‘tkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-fevral

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov)

22.

Meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik subyektlaridan to‘lov undirish talabini bekor qilish.

Mazkur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq vakolatli organlarning xarajatlarini Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov), “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev)

23.

Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtirish tartibini joriy etish, bunda vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga integratsiya qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-fevral

Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov), “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi platformasida tanlab olish asosida fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etishni yakunlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-fevral

“O‘zstandart” agentligi (Sattarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov), “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Muvofiqlikni baholash lozim bo‘lgan tovarlar nomenklaturasini qayta ko‘rib chiqish va yagona ro‘yxatni tasdiqlash orqali ushbu nomenklaturani tizimlashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov)

26.

Vakolatli organlar tomonidan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorini vakolatli organning mazkur hujjatni berish uchun qilgan xarajatlari doirasida belgilash va ularni bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘lagan holda optimallashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil 1-fevral

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov), “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

27.

Vakolatli organlar tomonidan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish uchun shartnomalarni oferta shakliga o‘tkazish va xizmatlar uchun to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish imkonini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi

2020-yil 1-fevral

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov), “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov)

28.

O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarning o‘tishi uchun ruxs�tnomani rasmiylashtirish jarayonlari va to‘lovlarni amalga oshirishni elektron shaklga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil 1-aprel

Transport vazirligi (Maxkamov), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

29.

Yuk tashuvchilar tomonidan yuk hujjatlari ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan dastlabki elektron axborotni bojxona idoralariga taqdim etish tartibini joriy etish orqali bojxona rasmiylashtiruv jarayonlarini tezlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil 1-fevral

Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), Transport vazirligi (Maxkamov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Energetika vazirligi (Sultanov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Hosilov), “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ

IX. Shartnomalar ijrosini ta’minlash

30.

Nizoni sudgacha hal qilish usullaridan biri sifatida yuboriladigan talabnomani ko‘rib chiqish muddatini 15 kun qilib belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Oliy sud (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)

31.

Sud ish yurituviga axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish choralarini ko‘rish, shu jumladan yuridik shaxslar tomonidan da’vo arizasi va uning ilovalarini javobgar hamda sudga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda yuborish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-fevral

Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), Oliy sud (Kamilov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

32.

“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga sud raislari vakolatidan ishlarni taqsimlash bilan bog‘liq normalarni chiqarib, ishlarni sudyalarga faqat avtomatik ravishda taqsimlanishini belgilovchi o‘zgartirishlarni kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Oliy sud (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)

33.

Iqtisodiy protsessual kodeksda ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimni chiqarish muddatini belgilash bo‘yicha o‘zgartirish kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Oliy sud (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)

34.

Sud hujjatlarini sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantirish hamda rasmiy veb-saytda shaxssizlantirmagan holda chop etilishini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-iyul

Oliy sud (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

35.

Taraflar uchun sud ish yurituvida bo‘lgan har bir ishni masofadan turib monitoring qilish imkonini yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-iyul

Oliy sud (Kamilov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

X. To‘lovga qobiliyatsizlikni hal etish

36.

Yangi tahrirda ishlab chiqilgan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunni ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), Oliy sud (Kamilov), Advokatlar palatasi (Ernazarov)

37.

Bankrotlik jarayonida soliq hisoblashni sog‘lomlashgandan keyin to‘lash sharti bilan to‘xtatib turish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-may

Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)

XI. Tashkiliy tadbirlar

38.

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti keng qo‘llanilishini ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

Har oyda

Adliya vazirligi (Davletov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Biznes ombudsman (Kasimov), Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Mamatkulov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)

39.

Savdo-sanoat palatasining businessinfo.uz saytida “Biznes yuritish” yillik hisobotining har bir indikatori bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini shakllantirish, jumladan:

ruxsatnomalarni rasmiylashtirishdagi tartib-taomillar, ularning muddati va narxlari, mas’ul idoralar, vakolatlari, tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar;

vakolatli idoralar va hududlar bo‘yicha shaffof statistik va boshqa rasmiy ma’lumotlar;

infografikalar, prezentatsion materiallar va boshqa tahliliy ma’lumotlar yuritilishini ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-yanvardan boshlab doimiy ravishda

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

“Biznes yuritish” yillik hisobotidan kelib chiqib, advokatlar xizmatining o‘rtacha qiymatini tahlil qilish.

Tahliliy ma’lumtnoma

2020-yil 1-yanvar

Advokatlar palatasi (Ernazarov), Adliya vazirligi (Davletov)

41.

Davlat xaridlari tizimini tahlil qilish va mazkur tizimni Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisoboti talablaridan kelib chiqib takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Transport vazirligi (Maxkamov), Adliya vazirligi (Davletov)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi