05.02.2019 yildagi PQ-4160-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘nggi bir necha yillar davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bazasini va tartibga solish jarayonlarini takomillashtirishga, qulay biznes muhitini va xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy nufuzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rildi. Oxirgi 5 yil davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingida O‘zbekiston jahonning 190 ta mamlakati orasida 146 o‘rindan 76 o‘ringa ko‘tarildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, amaliyotda, xususan qurilishga ruxsatnomalar olishda, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan ortiqcha byurokratik tartib-taomillar hanuzgacha saqlanib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Biznes yuritish” yillik hisobotida mamlakatning reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha choralar ko‘rish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2022-yilga kelib respublikaning 20-o‘ringa erishishini nazarda tutuvchi Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasi reytingini yaxshilashning “Biznes yuritishni yaxshilash — 2022” maqsadli ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli ko‘rsatkichlar) 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2019-yil 1-martdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida — banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida bank hisob raqamlarini masofadan turib ochishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi PF-197-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2022-y., 06/22/197/0765-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) elektr ta’minoti tizimiga ulanish sohasida — iste’molchilarni elektr ta’minotidan ruxsatsiz uzganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar qo‘llaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr hisobini yuritish uchun ariza eksterritoriallik prinsipi asosida berilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslar ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha bitim va ko‘chmas mulkka egalik huquqini olish bilan bog‘liq bo‘lgan guvohnomalarni notarial tasdiqlash uchun murojaat qilganda, notarial idoralar majburiy tartibda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani va tegishli hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali bepul asosda yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulk obyektining kadastr yig‘majildi va kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun elektron shaklda murojaat qilish va tayyorlash mexanizmini joriy etish orqali qog‘oz shaklida murojaat qilish va kadastr yig‘majildini berish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) minoritar aksiyadorlarni himoya qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlarga yirik bitim va affillangan shaxslar bilan qiymati jamiyat sof aktivlari miqdorining 10 va undan ortiq foizini tashkil qiluvchi bitim tuzish natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun kuzatuv kengashining manfaatdor a’zosini sud tartibida javobgarlikka tortish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat faoliyati yuzasidan qaysidir masalada kelishuvga erishilmaganligi sababli qaror qabul qilish uchun yetarli ovoz bo‘lmaganda, vujudga kelgan ziddiyatli vaziyat sud tartibida hal qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachilari orqali to‘lash mexanizmi joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) xalqaro savdo sohasida — tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni berish O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining ariza-deklaratsiyasi asosida, ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) kontraktlar ijrosini ta’minlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy sudda nizolarni hal qilish usuli sifatida sudgacha majlis o‘tkazish imkonini beruvchi tartib joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda, ma’muriy va iqtisodiy sudlarda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan barcha to‘lovlarni, shu jumladan davlat bojini hisobga olish va to‘lashning yagona elektron tizimi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2019-yil 1-martdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarga muhr bosilishi yoki hujjatlarning muhr bilan tasdiqlanishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish-montaj ishlarining boshlanishi haqida xabardor qilish mexanizmini joriy etish orqali ularni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy ofertani joriy etish orqali qurilish sohasini nazorat qiluvchi hududiy inspeksiyalar tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik faoliyati sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarining sifati va to‘liqligi ustidan nazorat funksiyalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzish tartiblari bekor qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Bosh prokuraturaning 2020-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida eksperiment tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etish haqidagi takliflari ma’qullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik faoliyati obyektini qurishni loyihalashtirish uchun me’moriy-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish yer uchastkasini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlanayotganda amalga oshiriladi va auksion g‘olibiga bepul asosda beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
me’moriy-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarning qiymati mahalliy budjet mablag‘laridan, keyinchalik xarajatlarni yer uchastkasini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali realizatsiya qilishdan kelib tushgan mablag‘lardan qoplash orqali to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2020-y., 06/20/6003/0708-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-mayga qadar elektron raqamli imzo bilan bir qatorda, shu jumladan mobil qurilmalarda shaxsni identifikatsiya qilishning zamonaviy shakllarini qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga — “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga — “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik ko‘mak vositalari va kreditlarini jalb qilish bo‘yicha zarur tashkiliy-amaliy choralar ko‘rilishini ta’minlash yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga — chora-tadbirlarning sifatli amalga oshirilishi va “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash hamda Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini tizimli ravishda o‘rganib borsin, bunda tasdiqlangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan hamda kechikishlarga yo‘l qo‘ygan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan aniq ta’sir choralarini qo‘llasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotidagi indikatorlar doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini hamda aholiga va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 5-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4160-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 07/19/4160/2578-son; 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son; 03.06.2020-y., 06/20/6003/0708-son; 24.08.2022-y., 06/22/197/0765-son)