15.11.2019 yildagi PF-5876-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri — jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, doʻstlik muhitini va koʻp millatli katta yagona oila tuygʻusini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarni kengaytirishga yoʻnaltirilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari turmushga faol tatbiq etilmoqda, bu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari millatidan qatʼi nazar Oʻzbekiston xalqini tashkil etishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va anʼanalariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, ularni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini eʼlon qiladi va kafolatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashkil etilgan boʻlib, u oʻz faoliyatini yuritmoqda hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini izchil amalga oshirib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari taqdim etgan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, ilm-fan va madaniyat sohalarida samarali mehnat qilib, Vatanimizning gullab-yashnashiga va uning mustaqilligini mustahkamlashga, respublikaning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va imijini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan ustuvor yoʻnalishlar surʼatini, keng koʻlamli demokratik islohotlarni, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy jihatdan erkinlashtirish va jamiyat hayotining boshqa jabhalarida erishilgan salmoqli muvaffaqiyatlar tahlili Oʻzbekiston xalqi yagona gʻoya — Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oliyjanob maqsadlar va gʻoyat muhim vazifalarga erishishdan iborat yagona maqsad atrofida birlashganligini taʼkidlash uchun barcha asoslarni beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, xalqaro va mintaqaviy munosabatlarda davom etayotgan globallashuv va transformatsiya, dunyoda iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy va boshqa ziddiyatlar kuchayib, axborot va kibermakonlarida qarama-qarshi kurash ortib borayotgan bir sharoitda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida oʻz yechimini taqozo etayotgan bir qator dolzarb masalalar saqlanib qolmoqda, quyidagilar shular jumlasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik darajasini yanada oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mojaroli vaziyatlar va ixtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish boʻyicha faoliyatni tashkil etish asosi sifatida joylarda millatlararo munosabatlar holatini monitoring qilish tizimi va mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash, Oʻzbekiston xalqining tarixi va anʼanalarini oʻrganish boʻyicha taʼlim, axborot va madaniy-maʼrifiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari mutaxassislarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qoʻshimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuygʻusini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini taʼminlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va xorijdagi oʻzbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, Oʻzbekistonning jahon maydonidagi obroʻ-eʼtibori va imijini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarni, ilgʻor xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilish Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoʻmita bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv xodimlarining Qoʻmita zimmasiga yuklangan vazifalarni professional darajada amalga oshirishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda davlat organlari xodimlarining, shuningdek, millatlararo munosabatlar sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining (ular roziligi bilan) malakasini oshirish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy madaniy markazlarni rivojlantirishga, ular bilan hamkorlikni mustahkamlashga, jamiyatda millatlararo totuvlikni taʼminlashda ularning salohiyatini toʻla-toʻkis amalga oshirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo totuvlikning holati va uni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisida tegishli axborot, axborot-tahliliy hujjatlar, hisobotlar tayyorlash va ularni keyinchalik Qoʻmitaga kiritish vazifalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuzilsin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodlari, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar qonun oldidagi tengligini taʼminlashga qaratilgan millatlararo munosabatlarni takomillashtirish va tartibga solish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar sohasida ishlar holatini joylarga chiqib tizimli oʻrganilishini tashkillashtirish, Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishda Qoʻmita, shuningdek, vazirlik va idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, qilingan ishlar toʻgʻrisida ularning rahbarlari hisobotlarini doimiy ravishda eshitish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-yanvarga qadar millatlararo munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-fevralga qadar millatlararo munosabatlar sohasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mojaroli vaziyatlar va ixtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish maqsadida mazkur soha holatini monitoring qilish tizimini tashkil etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish maqsadida doʻstlik jamiyatlari faoliyati takomillashtirilishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga hamda millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatni amalga oshirishda ularning rolini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoʻmita:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (bir nusxada) majburiy tarqatiladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining hamda boshqa vazirlik va idoralarning statistika axboroti majburiy tarqatiladigan reyestrga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rahbarlariga — Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi hamda ularning amalga oshirilishi toʻgʻrisida Qoʻmitaga har chorakda axborot taqdim etilishi yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari — doʻstlik jamiyatlari raislariga — rahbarlik qilayotgan organlar va tashkilotlarning maʼmuriy binolarida xizmat xonalari doʻstlik jamiyatlariga begʻaraz berilishi, shuningdek, belgilab qoʻyilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita raisi R.D. Qurbonovga — Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi” amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi yigʻma axborot mazkur yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda taqdim etilishi yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu Farmonning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 15-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5876-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi PF-5876-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KONSEPSIYASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining maqsadlari, prinsiplari va asosiy yoʻnalishlarini belgilab beruvchi nuqtai nazarlar yagona tizimidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Konsepsiyada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish — millatlar va elatlarning vakillari oʻrtasida konstruktiv va oʻzaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosati — jamiyatda millatlararo munosabatlarni takomillashtirish va tartibga solish sohasida davlatning tizimli faoliyatidan iborat boʻlib, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar qonun oldida tengligini taʼminlashga qaratilgan;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo bagʻrikenglik — fuqarolik jamiyatining ijtimoiy normasi boʻlib, boshqa millat va elatlar vakillarining umuminsoniy qadriyatlarga zid boʻlmagan nuqtai nazarlariga, dinlari, urf-odatlari, anʼanalari va madaniyatiga nisbatan murosai madorada namoyon boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar — mamlakat hududida istiqomat qiladigan millatlar va elatlar oʻrtasidagi, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan munosabatlardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining tarixiy tajribasi va anʼanalariga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Konsepsiya inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga, Oʻzbekistonning birligi va yaxlitligini mustahkamlashga, uning hududida yashovchi millat va elatlarning etnik-madaniy oʻziga xosligini saqlashga, jamiyatda millatlararo bagʻrikenglik, totuvlik va tinchlikni saqlab turishga yoʻnaltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy maqsadlari va prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar fuqarolarning teng huquqlari va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini taʼminlash;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining birligini, millat va elatlarning tiliga, huquqiy maydon doirasidagi urf-odatlari va anʼanalariga izzat-hurmat munosabatini mustahkamlash, ularning toʻla huquqli rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik, jipslik, insonparvarlik va bagʻrikenglik madaniyatini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning barcha millat va elatlari saʼy-harakatlarini oliyjanob gʻoya — mamlakat suverenitetini mustahkamlash va barqaror rivojlantirish, davlatning hududiy yaxlitligini mustahkamlash maqsadlariga erishish gʻoyasi atrofida birlashtirish, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini va demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jarayonlarida ularning faol ishtirokini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatchilik va shovinizm namoyon boʻlishi ehtimoliga qarshi kurashish, fuqarolarning millatiga qarab kamsitilishiga hamda Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning teng huquqliligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy adolat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun ustuvorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, anʼana va urf-odatlarini oʻzaro hurmat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shu jumladan chet ellarda yashovchi fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish va millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qoʻshimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuygʻusini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini taʼminlash, ularning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va xorijdagi oʻzbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, Oʻzbekistonning jahon maydonidagi obroʻ-eʼtibori va imijini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarini, ilgʻor xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini roʻyobga chiqarish tahlil, rejalashtirish, prognozlashtirish prinsiplari asosida amalga oshiriladi va ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish va millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar sohasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar masalalari bilan shugʻullanuvchi davlat organlari va fuqarolik jamiyatining institutlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning etnomadaniy talablarini oʻrganish, aniqlash va qanoatlantirishga, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, milliy sabablarga koʻra ehtimol tutilgan mojarolarning oldini olishga koʻmaklashuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi rolini kuchaytirish;
(8-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yorituvchi ommaviy axborot vositalarini ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli millatlar va elatlarning tillarida nashr etiladigan ommaviy axborot vositalari rivojini qoʻllab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik, millatlararo bagʻrikenglik mavzularidagi, oilaviy qadriyatlarni, millat va elatlarning Oʻzbekistonda yashab oʻtgan va istiqomat qilayotgan, jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga bebaho hissa qoʻshgan atoqli namoyandalari maʼnaviy-madaniy va ilmiy merosini targʻib qiluvchi materiallarni yoritish amaliyotini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uygʻunlashtirishga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ushbu sohadagi yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishni tashkillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat organlari mutaxassislarini, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) millatlararo munosabatlar va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qoʻshimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning milliy mansubligi va ona tilidan qatʼi nazar ularning barchasi uchun mamlakatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida teng huquqli ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni taʼminlash prinsipini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning milliy mansubligidan qatʼi nazar ularning barchasi uchun mehnat qilish, kasbni va ish joyini erkin tanlashda teng huquqlarni taʼminlash choralarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash, ijtimoiy adolat va fuqarolarning teng huquqliligi prinsiplarini amalga oshirish boʻyicha zarur shart-sharoitlarni taʼminlash uchun ularning salohiyatidan oqilona va samarali foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirish, ayniqsa, qishloq joylarda va borish qiyin boʻlgan olis tumanlarda, turli millat va elat vakillari zich yashaydigan joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilik rivojini qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning yagona iqtisodiy, axborot va madaniy-taʼlim makonini rivojlantirish maqsadida davlat kommunikatsiya va axborot tizimlarini yanada takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar uchun ona tilida taʼlim olish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuygʻusini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini taʼminlash, ularning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikamizda yashovchi millat va elatlarning tarixiy merosini, milliy madaniy qadriyatlariga izzat-hurmat muhitini saqlash, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishga qabul qilishda, kadrlar zaxirasini shakllantirishda fuqarolarning teng huquqliligi prinsipi amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda millatlararo muomala madaniyatini, bagʻrikenglikni, fuqarolarning shaʼni va milliy qadr-qimmatini hurmat qilishni shakllantirish maqsadida pedagog kadrlar taʼlimi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, oʻquv adabiyotlari va taʼlim dasturlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi, ayniqsa yoshlarni fuqarolik masʼuliyatini his etish, vatanparvarlik va ona-Vatanga mehr-muhabbat, koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining tarixiy oʻtmishi va anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar sohasidagi salbiy tendensiyalar, tahdidlar, ziddiyatlar va mojarolarning barvaqt oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish, ularning siyosiy tus olishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan davlat darajasida chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar madaniyatini oshirish, jamiyatda ekstremizm va turmushdagi millatchilikning har qanday shakl va koʻrinishiga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, boshqa etnik guruhlarning milliy qadriyatlariga bepisandlik bilan munosabatda boʻlish holatlariga barham berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni buzishga va millatlararo adovatni avj oldirishga qaratilgan tashqi buzgʻunchi axborot-mafkuraviy taʼsirga samarali qarshi kurashish sohasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan doimiy asosda oʻzaro hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo toqatsizlik yoki bolalar va yoshlar orasida dushmanlik koʻrinishlari profilaktikasi boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishga fuqarolik jamiyati institutlarini, shu jumladan bolalar va yoshlar jamoat tashkilotlarini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda yashovchi millat va elatlarning tili, madaniyati va anʼanalarini saqlab qolish hamda rivojlantirish boʻyicha faoliyat jarayonlariga yosh avlod vakillarining jalb etilishini kengaytirish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarida millatlararo nafrat yoki dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan materiallar yoritilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, millatlararo munosabatlarni yoritish masalalarida umuminsoniy va professional etika normalariga rioya etish maqsadida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va xorijdagi oʻzbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, Oʻzbekistonning jahon maydonidagi obroʻ-eʼtibori va imijini oshirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“xalq diplomatiyasi” mexanizmlaridan foydalanish orqali xorijiy mamlakatlarning fuqarolik jamiyatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va doʻstlikni mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buzgʻunchi millatchilikdan kelib chiqayotgan tahdid va xavf-xatarlarni borasida umumiy tushunchalarni ishlab chiqish, uning koʻrinishlariga qarshi kurashish yoʻllarini izlash va birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, millat va elatlarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, millatlararo totuvlik va millatlararo bagʻrikenglikni mustahkamlash maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarning mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalari bilan “xalq diplomatiyasi” asosida aloqa oʻrnatish va uni izchil rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning maqbul etnomadaniy talab-ehtiyojlari qondirilishini kafolatlaydigan demokratik davlat sifatida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi obroʻ-eʼtibori va imijini oshirish hamda mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet ellarda oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistondagi millat va elatlarning madaniy va tarixiy merosi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi uchun uning roli va ahamiyati ommalashtirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monitoring, tahlil va prognozlashtirish vositasida Oʻzbekistondagi millatlararo munosabatlar holatiga taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan xalqaro munosabatlardagi salbiy tendensiyalarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida Oʻzbekiston fuqarolari va xorijda yashovchi vatandoshlarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet ellardagi oʻzbek diasporasi bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, etnomadaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va qoʻshni mamlakatlarda istiqomat qiluvchi oilalar va qarindoshlarning erkin bordi-keldisi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida chegaraoldi hamkorligi mexanizmlarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarini, ilgʻor xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakat fuqarolarining irqiy, milliy va diniy mansubligidan qatʼi nazar ularning teng huquqliligini taʼminlash, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, millatlararo munosabatlarda toqatsizlikning har qanday shakl va koʻrinishlarining oldini olish va ularga chek qoʻyish maqsadida millatlararo munosabatlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi tizimida, davlat ahamiyatiga moyil normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda Oʻzbekistondagi millat va elatlarning manfaatlari va milliy-madaniy talab-ehtiyojlari hisobga olinishiga koʻmaklashuvchi huquqiy shartlarni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va jamiyatning yaxlitligi va birligini mustahkamlash, fuqarolarning oʻzligini anglashi, Oʻzbekistondagi millat va elatlarni etnik-madaniy rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, millatlararo muloqotni yaxshilash va mojarolarning oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish, ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etish, xalqaro shartnomalarni tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo ziddiyat va mojarolarning oldini olish va ularga barham berish sohasida turli darajalardagi davlat organlari rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari va javobgarligini aniq belgilash va chegaralash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo adovat, nafrat yoki dushmanlikni avj oldirish yoʻli bilan davlat xavfsizligini izdan chiqarishni maqsad qilib olgan buzgʻunchilik faoliyati profilaktikasi va uning oldini olish boʻyicha huquqiy va axborot tusidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekistonni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishga, uning madaniy, ilmiy, maʼnaviy merosi va zamonaviy yutuqlarini saqlash va ommalashtirishga koʻmaklashishga intilayotgan milliy madaniy markazlar oʻz faoliyatini amalga oshirishida Oʻzbekiston har tomonlama yordam koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Millatlararo munosabatlarni yanada uygʻunlashtirishni taʼminlash, mamlakatda millatlararo tinchlik va totuvlikni qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekistonda yashayotgan millat va elatlarning madaniyati, tili va anʼanalarini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, hamkorlik koʻlamlari va shakllariga qarab milliy madaniy markazlarga davlat tomonidan quyidagi qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish choralari koʻrsatilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odatlari va anʼanalarini oʻrganish, shu jumladan badiiy, teatr jamoalari va klublari uchun zarur tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlari hisobidan davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy madaniy markazlar negizida yoshlar boʻlinmalarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan milliy madaniy markazlar faollarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishning boshqa choralari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish va uning natijalari, milliy mansubligidan qatʼi nazar fuqarolarning teng huquqliligi kafolatlarini, shuningdek, millatlararo adovatni avj oldirish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga qarshi kurashish ishlarini olib borishni taʼminlash yuzasidan javobgar boʻlgan asosiy subyektlar etib quyidagi davlat organlari belgilangan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi, mazkur qoʻmita davlat boshqaruvi organi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlarni va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlaydi, uning zimmasiga:
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakat va jamiyatda millatlararo totuvlik hamda bagʻrikenglikni taʼminlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini izchil amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar monitoringining davlat tizimini yaratish, doʻstlik muhitini va yagona koʻp millatli katta oila tuygʻusini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari bilan bahamjihat harakati va hamkorligi muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar vakillarining oʻziga xos milliy anʼanalari, urf-odatlari va marosimlarini saqlab qolish va rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlarni va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uygʻunlashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishga koʻmaklashish va ularni oʻtkazishda bevosita ishtirok etish vazifalari yuklangan;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini oʻrnatish va rivojlantirishda doʻstlik jamiyatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasiga koʻmaklashuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) milliy madaniy markazlarni va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tegishli hududlarda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) millatlararo adovatni avj oldirish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi huquqni muhofaza qilish organlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar va boshqa xalqaro hujjatlarni tuzadi, Oʻzbekistonning davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan xorijiy mamlakatlarning turdosh tashkilotlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari oʻrtasidagi koʻp tomonlama aloqalar va almashinuvlar rivojlanishini ragʻbatlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Konsepsiyani samarali amalga oshirish jamiyatda doʻstlik, hamjihatlik va jipslik muhitini yangi darajaga koʻtarish imkonini beradi va quyidagilarga koʻmaklashadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elatlarning madaniy va milliy oʻziga xosliklarini saqlab qolish asosida koʻp millatli Oʻzbekiston Respublikasi xalqining birligi his-tuygʻusini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda vujudga kelishi mumkin boʻlgan millatlararo kelishmovchilik va mojarolarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish uchun millatlararo munosabatlar sohasida taʼsirchan monitoring mexanizmlarini shakllantirish, millatchilikning har qanday koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari sohasida hududiy dasturlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda yashab turgan barcha millat va elatlarning milliy-madaniy oʻziga xosligini saqlab qolish va hozirgi sharoitda erkin rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi PF-5876-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl xarita”si
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish

1.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Fuqarolarning etnomadaniy talablarini oʻrganish, aniqlash va qanoatlantirishga, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, millatchilik oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarning oldini olishga koʻmaklashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — MMXMDAQ) qoshidagi Jamoatchilik kengashining rolini oshirish.

2019-yil 1-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

SMTI (E. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Fuqarolik jamiyati instituti bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ilmiy-maʼrifiy tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish.

2019 — 2021-yillar davomida

2.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish.

1. Mamlakatning nodavlat notijorat tashkilotlarini millatlararo munosabatlar sohasida huquqni qoʻllash amaliyoti ustidan jamoat nazoratini taʼminlash jarayoniga jalb etish boʻyicha MMXMDAQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati va Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining qoʻshma harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan qoʻshma harakatlar rejasini milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari vakillari ishtirokida muhokama qilish.

3. Harakatlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2019-yil 1-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

OʻzNNTMA (N. Alimov),

“Yuksalish” umummilliy harakati

(A. Burxanov),

FJRM (R. Kamilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish.

1. Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion tadqiqotlarning mavzularini belgilash.

2. Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion tadqiqotlar tanlovini oʻtkazish.

3. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va ularga loyihani amalga oshirish uchun grant mablagʻlari ajratish.

4. Loyihani amalga oshirish doirasida tadqiqotlar oʻtkazish.

5. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama huquqiy va tashkiliy-texnik yordam koʻrsatish.

6. Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish faoliyatini takomillashtirish maqsadida tadqiqotlarning natijalaridan foydalanish.

2019 — 2021-yillar davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmanov),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

Fanlar akademiyasi (B. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatini markaziy va mahalliy teleradiokanallar, gazeta va jurnallarda yoritish.

1. Millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatiga bagʻishlangan teleradioeshittirishlar, hujjatli va badiiy filmlar, publitsistik maqolalar turkumini tayyorlash.

2. Tayyorlangan materiallarning muntazam yoritib borilishini tashkil etish.

2020-yil 1-fevralgacha





Jadval boʻyicha

MTRK (A. Xodjayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

OʻzA (A. Koʻchimov),

“Oʻzbekkino” MA (Sh. Rizayev),
Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

(S. Xakimov),

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),

EOAVMA (F. Abduxoliqov),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Millatlararo munosabatlar sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng koʻlamda tushuntirish maqsadida davlat organlari rahbarlarining, fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislari, ekspertlari hamda vakillarining ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarini, uchrashuvlar, taqdimotlar, davra suhbatlari hamda boshqa tadbirlarni tashkillashtirish.

1. Ishchi guruhni tuzish.

2. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Tadbirlarni oʻtkazish.

2019-yil 1-dekabrgacha




2019 — 2021-yillar davomida

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

MTRK (A. Xodjayev),

EOAVMA (F. Abduxoliqov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlar va umummilliy ideallarni targʻib qiluvchi va ularni jamoatchilik ongida mustahkamlovchi istiqbolli media-loyihalar, axborot mahsulotlari (telekoʻrsatuvlar, shou, filmlar, maqolalar, roliklar va hokazolar) ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash.

2. Millatlararo oʻzaro hamkorlik masalalarini ommaviy-axborot vositalarida eng yaxshi yoritish tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish.

3. Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi monitoringini olib borishda fuqarolik jamiyati institutlariga va jurnalistlar hamjamiyatiga koʻmaklashish, mazkur sohada jurnalistlar malakasini oshirish borasida ular uchun seminarlar oʻtkazish.

4. Turli millatlarning tilida nashr etiladigan ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik, millatlararo bagʻrikenglik, oilaviy qadriyatlarni, Oʻzbekistonda yashab oʻtgan va yashab kelayotgan, jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga bebaho hissa qoʻshgan millat va elatlar atoqli vakillarining maʼnaviy-madaniy va ilmiy merosini targʻib qilish mavzusidagi materiallarni chiqarish amaliyotini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

2019 — 2021-yillar davomida

MTRK (A. Xodjayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

OʻzA (A. Koʻchimov),

“Oʻzbekkino” MA (Sh. Rizayev),

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

(S. Xakimov),

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),

EOAVMA (F. Abduxalikov),

SSP (A. Ikramov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Etnomadaniy infratuzilmani, jumladan milliy madaniy markazlarning, shuningdek, faoliyati millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish doirasidagi vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan davlat muassasalarining etnomadaniy infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Joylardagi mavjud “Doʻstlik uylari” holatini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalarini umumlashtirish va “doʻstlik uylari” faoliyatini takomillashtirish takliflari bayon etilgan axborot-tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

3. Etnomadaniy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish.

4. Harakatlar rejasini amalga oshirish.

2019-yil 15-dekabrgacha


2020-yil 1-yanvargacha




2020-yil 10-yanvargacha



2019 — 2021-yillar davomida

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Adliya vazirligi (R. Davletov),

FJRM (R. Kamilov),

OʻzNNTMA (N. Alimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Oʻzbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, respublikada yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari hamda urf-odatlarini saqlab qolish va rivojlantirish

8.

Qoʻshimcha ish joylari, shu jumladan mamlakatning olis hududlarida ish oʻrinlarini yaratish uchun xalq hunarmandchiligi tarmoqlarini rivojlantirish.

1. Xalq hunarmandchiligi tarmoqlarini rivojlantirishga koʻmaklashish.

2. Xalq hunarmandlarining koʻrgazmalarini oʻtkazish va ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish.

3. Ish oʻrinlarining sayyor yarmarkalarini oʻtkazish orqali aholini bandlik bilan qamrab olish choralarini koʻrish.

4. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy yordam berish va koʻmaklashish.

2019 — 2021-yillar davomida

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

“Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev),

Mehnat vazirligi (N. Husanov),

SSP (A. Ikramov),

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish va Oʻzbekistondagi millat va elatlarning oʻziga xos xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida Oʻzbekistonning turistik mahsulotlarni ommalashtirish, shu jumladan joylarda etnoturizmni rivojlantirish.

1. Etnoturizmni rivojlantirish boʻyicha xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish.

2019-yil 15-dekabrgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

(A. Akkulov),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

TIV (A. Kamilov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston Respublikasida etnoturizmni rivojlantirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

2020-yil 15-yanvargacha

3. Chora-tadbirlar rejasi loyihasini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-fevralgacha

4. Etnoturizm sohasidagi turistik loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda huquqiy, axborot va tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

10.

Fuqarolarning ona tilida taʼlim olish imkoniyatini taʼminlash darajasini oshirish.

1. Ishchi guruhini tuzish.

2. Oʻqitish turli millatlarning tillarida olib boriladigan taʼlim muassasalarining tegishli oʻquv-qurollari va zarur adabiyotlar bilan taʼminlanganligi holatini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. Ushbu sohadagi ishlarning holatini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-dekabrgacha


2019-yil 31-dekabrgacha




2020-yil 15-yanvargacha

XTV (Sh. Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

MTV (A. Shin)

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Jamiyatda koʻp millatli katta oila tuygʻusini, respublikada istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini taʼminlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik

11.

Aholi, shu jumladan bolalar va yoshlarda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, shaʼn va qadr-qimmat, fuqarolik masʼuliyati, shuningdek, bagʻrikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati his-tuygʻusini mustahkamlash.

1. “Millatlararo totuvlik — Vatanimiz tinchligi va gullab-yashnashi garovi” mavzusida aksiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazish.

2019 — 2021-yillar davomida

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

IHMM (A. Saidov),

TIV (A. Kamilov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

MTRK (A. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Milliy madaniy markazlarning vakillari, olimlar, ekspertlar, yoshlar, Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari ishtirokida Xalqaro bagʻrikenglik kuniga (16-noyabr) bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish hamda uni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali keng yoritish.

Har yili noyabrda

3. Milliy madaniy markazlar ijodiy jamoalarining konsertlarini, xalq bayramlari va milliy bayramlarga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda milliy madaniy markazlar vakillarining chiqishlarini tashkillashtirish.

4. Turli tillardagi kitobxonlar oʻrtasida xilma-xil tanlovlarni oʻtkazish, ularning gʻoliblarini taniqli shaxslar (shoirlar, yozuvchilar, aktyorlar, jamoat arboblari va boshqalar) ishtirokida mukofotlashni tashkillashtirish.

Jadval boʻyicha

12.

Turkum davra suhbatlari va ijodiy ishlar tanlovlarini tashkil etganholda yoshlar oʻrtasida “Maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar haftaligini oʻtkazish.

1. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar haftaligini oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Materiallar tayyorlash, (maʼruzalarning matnlari, taqdimotlar, tarqatma, tushuntiruvchi va multimedia materiallari.

3. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar haftaligini oʻtkazish.

Har yili 15-oktabrgacha



Har yili 30-oktabrgacha




Har yili noyabrda

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov),

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),

XTV (Sh. Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikni qoʻporishga qaratilgan ekstremizm, ksenofobiya, milliy ustunlik gʻoyalarini targʻib qilish va tarqatishga nisbatan murosasizlik vaziyatini shakllantirish.

1. Mutaxassis va olimlardan iborat targʻibotchilar guruhlari tarkibini hamda chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2019-yil 1-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov),

FJRM (R. Kamilov),

XTV (Sh. Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

Fanlar akademiyasi (B. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tushuntiruvchi va metodik materiallarni ishlab chiqish.

3. Targʻibotchilar guruhlarini zarur metodik materiallar (maʼruzalar matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar va boshqalar) bilan taʼminlash.

2020-yil 1-yanvargacha

4. Interaktiv metodlar va multimedia vositalaridan foydalangan holda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida seminarlar tashkil etish.

2019 — 2021-yillar davomida

14.

Ksenofobiya, milliy ustunlik gʻoyalari hamda jamiyatimiz uchun yot boʻlgan boshqa gʻoyalarning tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida publitsistik, maʼrifiy va ilmiy-omambop materiallarni joylashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish va harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2. Ushbu mavzuga bagʻishlangan publitsistik, maʼrifiy va ilmiy-ommabop materiallar tayyorlash.

3. Ushbu mavzularni teleradiokanallarida, bosma nashrlarda va boshqa ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish.

2019-yil 1-dekabrgacha


2020-yil 15-yanvargacha



Jadval boʻyicha

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

MTRK (A. Xodjayev),

EOAVMA (F. Abduxoliqov),

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

(S. Xakimov),

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

IHMM (A. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Fuqarolik jamiyati institutining vakillari ishtirokida Internet tarmogʻi, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda millatchilik gʻoyalarini targʻib qilishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish.

1. Millatchilik gʻoyalarini targʻib qilishga qarshi kurashish boʻyicha publitsistik, maʼrifiy va ilmiy ommabop materiallar tayyorlash.

2020-yil 1-fevralgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

SMTI (E. Aripov),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov),

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev),

FJRM (R. Kamilov),

OʻzNNTMA (N. Alimov),

IHMM (A. Saidov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maqsadli mavzularga oid materiallarni Internet tarmogʻi veb-saytlarida joylashtirish va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish.

3. Fuqarolik jamiyati institutlarining vakillar ishtirokida Internet tarmogʻi, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda millatchilik gʻoyalari targʻib qilinishiga qarshi kurashish boʻyicha seminarlar va treninglar tashkil etish.

2019 — 2021-yillar davomida

16.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlari mutaxassislarini, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Millatlararo munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi tizimli ishlarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

2019-yil 1-dekabrgacha

2020-yil 1-yanvargacha





2019 — 2021-yillar davomida

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

DBA (X. Azizov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

Fanlar akademiyasi (B. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Jamiyatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan millatlararo ixtiloflar va mojarolarning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

1. Millatlararo ixtiloflarning oldini olish va profilaktika qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning tajribasini tahlil qilish.

2019-yil 15-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

SMTI (E. Aripov),

IIV (P. Bobojonov),

TIV (A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Millatlararo munosabatlar sohasida, mayda millatlar vakillarini kamsitish muammolari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni, shuningdek, ular yuzasidan koʻrilgan choralarni tahlil qilish.

2020-yil 1-yanvargacha

3. Ushbu sohada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatlar va nizoli vaziyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida millatlararo munosabatlarning holatini monitoring qilish tizimini tashkil etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-fevralgacha

18.

Jamiyatda millatlararo munosabatlarni saqlab turish va rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish va uning natijalarini keng koʻlamda yoritish.

1. Jamiyatda millatlararo munosabatlarni saqlab turish va rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha jamoatchilik fikrini dasturiy tadqiq etish va oʻrganish.

2. Millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining mohiyati va ahamiyatini tushuntirib beruvchi maqsadli bosma nashrlar va videomahsulotlarni eʼlon qilish hamda keng jamoatchilik orasida, shuningdek, chet ellarda tarqatish.

2020-yil 1-fevralgacha

“Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Millatlararo munosabatlarni mustahkamlash maqsadida xalqaro hamkorlikni va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va chet ellardagi oʻzbek diasporalari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekistonning jahon maydonidagi obroʻ-eʼtibori va imijini oshirish

19.

Millatlararo totuvlikni mustahkamlash sohasida MMXMDAQning xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash.

1. MMXMDAQ bilan Oʻzbekistondagi xalqaro tashkilotlarning (BMT, YEXHT, SHHT, MDHning sohaga oid tuzilmalari va boshqalar) vakolatxonalari oʻrtasida millatlararo munosabatlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash masalasini koʻrib chiqish.

2020-yil 1-yanvargacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

TIV (A. Kamilov),

SMTI (E. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va idoralararo kelishib olish.

2020-yil 1-maygacha

3. Hujjatlarning loyihalarini xorijiy tomon bilan kelishish.

2020-yil iyungacha

4. Xorijiy tomon bilan hujjatlarni imzolash.

Tomonlarning kelishuvi boʻyicha

20.

Gumanitar, madaniy, maʼrifiy va axborot sohalarida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida MMXMDAQ bilan xorijiy mamlakatlarning turdosh tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar hamda boshqahujjatlarini ishlab chiqish va imzolash.

1. Xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarini aniqlash.

2. Xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarning loyihalarni ishlab chiqish va idoralararo kelishib olish.

3. Hujjatlarning loyihalarini xorijiy tomon bilan kelishish.

4. Hujjatlarni imzolash.

2020-yil 1-iyulgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

TIV (A. Kamilov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida doʻstlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish, unda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutish:

doʻstlik jamiyatlarining raislari asosiy ish joyida lavozimlaridan ozod qilingan taqdirda raisning vazifalarini tegishli lavozimlariga yangidan tayinlangan shaxslar zimmasiga yuklash;

doʻstlik jamiyatlariga ular raislarining asosiy ish joyi joylashgan binolarda begʻaraz asosda xizmat xonalarini berish va barcha zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlash;

doʻstlik jamiyatlarini moliyalashtirishning doimiy manbaini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan taqdim etiladigan subsidiyani aniqlash.

2019-yil 1-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi

(A. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 20-dekabrgacha

22.

Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni taʼminlash” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish.

1. Xalqaro konferensiya oʻtkazishni tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish va uni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

2. Xalqaro konferensiya ishtirokchilari tarkibini belgilash.

2020-yil 1-sentabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

TIV (A. Kamilov),

SMTI (E. Aripov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Xalqaro konferensiyani oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha Hukumat farmoyishi loyihasini tayyorlash va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-noyabrgacha

4. Konferensiyani oʻtkazish.

2021-yil aprel

5. Konferensiya materiallari toʻplamini nashr etish, Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, hamkorlikni, hamjihatlik va doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashadigan konferensiyaning tavsiyanomalarini tayyorlash va qabul qilish.

2021-yil 15-maygacha

23.

Oʻzbekistondagi millatlararo totuvlik, MMXMDAQning, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlarining faoliyati toʻgʻrisida uch tilda (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) kitob-albom nashr etish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Materiallar yigʻish va tahlil qilish.

3. Uch tilda kitob tayyorlash va nashr etish.

4. Kitobni diplomatik va rasmiy yoʻllar orqali tarqatish.

2019-yil 1-dekabrgacha

2020-yil 1-yanvargacha

2020-yil aprel

2020-yil may

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

SMTI (E. Aripov),

Fanlar akademiyasi (B. Yoʻldoshev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

Badiiy akademiya (A. Nuriddinov),

TIV (A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va xorijdagi oʻzbek diasporalari bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish.

1. Xorijdagi oʻzbek diasporalarining hayoti va faoliyati bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish.

2. Milliy madaniy ehtiyojlarni qondirish sohasida oʻzbek diasporalarining huquqlari, shuningdek, xorijda yashovchi vatandosh-larimizning huquq va erkinliklari buzilishi faktlarini monitoring qilish.

3. Xorijdagi oʻzbek diasporalari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish takliflarini ishlab chiqish.

4. Oʻzbek diasporalari yoshlarini qoʻllab-quvvatlash.

5. Oʻzbek diasporalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muntazam asosda axborot, madaniy-maʼrifiy va boshqa tadbirlar oʻtkazib turilishini tashkillashtirish.

2019 — 2021-yillar davomida

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

TIV (A.Kamilov),

Mehnat vazirligi (N. Xusanov),

IIV (P. Bobojonov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Oʻzbekiston Respublikasining davlat va jamiyat rivoji ustuvorliklarini, ilgʻor xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

25.

Millatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida xorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish,keyinchalik qonun hujjatlarinitakomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Millatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasini oʻrganish boʻyicha mutaxassislar, ekspertlar va olimlardan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 1-dekabrgacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

TIV (A. Kamilov),

SMTI (E. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qonunchilikni takomillashtirishga oid tahliliy materiallar va asoslangan takliflar tayyorlash.

2020-yil 15-yanvargacha

3. Takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-fevralgacha

26.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi nizomini qayta koʻrib chiqish va yangi tahrirda tayyorlash hamda uning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini qabul qilish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

2020-yil 1-yanvargacha

MMXMDAQ (R. Kurbanov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash muammolarini muhokama qilish yuzasidan Jamoatchilik kengashi majlislarini oʻtkazish.

Har chorakda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetidan kelib chiqqan holda tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgartirilishi, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ikki va undan koʻproq bandlar birlashtirilganda birlashtirilayotgan bandlar uchun belgilangan eng kech muddat bajarish muddati sifatida oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi PF-5876-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha Komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Qosimov R.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Komissiya raisi

2.

Saidov A.X.

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

3.

Sayfullayev B.S.

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

4.

Kamilov A.X.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

5.

Davletov R.K.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

6.

Tashmuxamedova D.G.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori

7.

Toshboyev S.D.

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi

8.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

9.

Xodjimatov M.M.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

10.

Kamilov R.T.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi direktori

11.

Burxanov A.E.

“Yuksalish” umummilliy harakatining raisi

12.

Ubaydullayeva R.A.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

13.

Alimov N.X.

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi raisi v.b.

14.

Kurbanov R.D.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2019-y., 06/19/5876/4029-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)