08.11.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3195
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarori, 08.11.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3195
Дата вступления в силу
08.11.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3195]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son “2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2014-yil 16-oktabrdagi 104-son “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2625, 2014-yil 12-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 46-son, 555-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais B. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 7-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-son

O‘zbekiston Respubikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019-yil 7-noyabrdagi 11-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni tashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga muvofiq qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni (bundan buyon matnda maishiy chiqindilar deb yuritiladi) tashish qoidalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek ularning hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar (oziq-ovqat va o‘simlik chiqindilari, to‘qimachilik mahsulotlari, o‘rash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qog‘oz, plastmassa, yog‘och chiqindilari, o‘zining foydalanish xususiyatlarini yo‘qotgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, supurindi, shuningdek qattiq yoqilg‘ida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bug‘qozonlaridan foydalanish natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi to‘kiladigan o‘ralar va septiklarda yig‘ilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik gabaritli maishiy chiqindilar — jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan mebellar, maishiy texnikalar (sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va shu kabilar), tashkiliy texnikalar (kompyuterlar, printerlar va shu kabilar), texnik uskunalar, avtotransport vositalarini almashtirish natijasida hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilar, shuningdek daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va o‘lchamlari bo‘yicha 0,75 m3 hajmli konteynerlarga joylashtirishning imkoni bo‘lmagan qurilish chiqindilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchi — xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga biriktirilgan hududda istiqomat qiluvchi va unga ommaviy shartnoma asosida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan jismoniy shaxs, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma tuzgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot — o‘ziga biriktirilgan hududda iste’molchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“signal” usuli — chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yo‘li bilan iste’molchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turar joy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Qoidalar radioaktiv va biologik chiqindilar, davolash-profilaktika muassasalari chiqindilari, zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash va zararli moddalarni suv obyektlariga oqizib yuborish bilan bog‘liq ishlar sohasidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga keltiriladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish rejali yoki rejadan tashqari bo‘lishi mumkin. Bunda maishiy chiqindilarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rejali olib chiqib ketish — qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha yo‘nalish jadvaliga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rejadan tashqari olib chiqib ketish — iste’molchilarning buyurtmasi asosida, kelishilgan holda, alohida to‘lov evaziga suyuq va yirik gabaritli maishiy chiqindilar, chorvachilik, qurilish chiqindilari, tuproq, shuningdek daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va smyotni olib chiqib ketish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarning uzluksiz olib chiqib ketilishini tashkil etish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan transport vositalarining (chiqindi tashish mashinalarining) harakat yo‘nalishlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan transport vositalarining ekipajiga (bundan buyon matnda ekipaj deb yuritiladi) xavfsizlik texnikasi, sanoat va yong‘in xavfsizligi, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, shuningdek ekologik nazorat bo‘yicha yo‘riqnoma va tushuntirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi xodimlarni belgilangan tartibda va normalar bo‘yicha maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa jamoaviy, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha yo‘nalish chizmasi va jadvaliga rioya qilinishi yuzasidan monitoring (shu jumladan ixtisoslashtirilgan transport vositalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimidan (GPS) foydalangan holda) olib borish hamda hisobini yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini belgilash maqsadida mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha yo‘nalish chizmasi hamda 2-ilovasiga muvofiq shaklda Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha yo‘nalish jadvali (bundan buyon matnda yo‘nalish chizmasi va jadvali deb yuritiladi) tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yo‘nalish chizmasi va jadvalida maishiy chiqindilar tashib ketiladigan obyektlarning (mahalla fuqarolar yig‘inlari va tashkilotlarning), ko‘chalarning nomi hamda yo‘nalish bo‘yicha sarflanadigan vaqt va masofalar ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot yo‘nalish chizmasi va jadvalini ishlab chiqishda quyidagi ma’lumotlarga asoslanishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan obyektlar va hududlarning batafsil tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlar bo‘yicha chiqindilarning to‘planish hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududdagi yo‘llarning texnik holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chalardagi transport va yo‘lovchilar harakatining serqatnovligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni zararsizlantirish hamda qayta ishlash obyektlari haqidagi umumiy ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir hududdagi chiqindi saqlash konteynerlarining umumiy soni va hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni yuklash va tushirish ishlariga talab etiladigan vaqt.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yo‘nalish chizmasi va jadvalini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan transport vositalarida harakatlanishda yo‘ldan unumli foydalanish koeffitsiyentining maksimal darajasiga erishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan transport vositalarining yuk ko‘tarish imkoniyatidan unumli foydalanish koeffitsiyentining maksimal darajasiga erishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni transport harakati serqatnov bo‘lgan ko‘chalardan olib chiqib ketish sutkaning tungi paytlarida amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishda turar joy va noturar joy obyektlar yo‘nalishlarini birlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash yoki zararsizlantirish obyektlariga olib boruvchi har bir yo‘nalishni imkon qadar maqbul yo‘llar bo‘yicha belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qattiq maishiy chiqindilar olib chiqib ketiladigan obyektlar, ularda to‘planadigan chiqindilarning miqdori, xizmat ko‘rsatiladigan hududlarda transport vositalarining harakatlanish shart-sharoitlari o‘zgargan hollarda ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Ixtisoslashtirilgan transport vositalarini yo‘nalishga chiqarishda qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot ixtisoslashtirilgan transport vositalarini belgilangan harakat yo‘nalishiga chiqarishdan oldin haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini, transport vositalarining texnik sozligini, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishini ta’minlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ixtisoslashtirilgan transport vositalarini yo‘nalishga chiqarishda haydovchining yonida quyidagi hujjatlar bo‘lishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi va transport vositasining navbatchi mexanik tomonidan kunlik texnik ko‘rikdan o‘tganligi qayd etilgan yo‘l varaqasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur transport vositasi turini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomasi (texnik pasporti);
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021-yil 10-maydagi 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3195-1, 10.05.2021-y.) asosan 2021-yil 1-sentabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3195-1/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha yo‘nalish chizmasi va jadvali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma — litsenziya kartochkasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ixtisoslashtirilgan transport vositalarining har bir qatnovi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (transport vositasining davlat raqami, avtoparkdan yo‘nalishga chiqish va qaytib kelish sanasi, vaqti, spidometr ko‘rsatkichlari, texnik holati, ekipaj tarkibining familiyasi, ismi, otasining ismi) ip o‘tkazib tikilgan jurnalda yoki elektron shaklda qayd etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Qattiq maishiy chiqindilarni yuklash va tashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qattiq maishiy chiqindilar ixtisoslashtirilgan transport vositalarida (chiqindi tashish mashinalari va boshqa ixtisoslashtirilgan mashinalarda) tashiladi (yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilari, shuningdek daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Chiqindi to‘plash shoxobchalaridagi, shuningdek tashkilotlardagi qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to‘plash va saqlash uchun tashkil etilgan joylardagi chiqindi konteynerlari ekipaj yuklovchilari tomonidan ixtisoslashtirilgan transport vositasining manipulyator mexanizmiga o‘rnatiladi va uning maxsus mexanizmi yordamida (mexanik tarzda) chiqindi kuzoviga bo‘shatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Manipulyator mexanizmi bilan jihozlanmagan ixtisoslashtirilgan transport vositasining chiqindi kuzoviga konteynerlarni bo‘shatish ekipaj yuklovchilari tomonidan qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Signal” usulida yo‘nalish jadvali bo‘yicha yetib kelgan ixtisoslashtirilgan transport vositasiga qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish iste’molchilar va ekipaj a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qattiq maishiy chiqindilar maxsus chiqindi qoplarida (paketlarda) yoki g‘ildirakli konteynerlarda (40 ― 120 l) saqlangan hollarda ularni ixtisoslashtirilgan transport vositasiga joylashtirish ekipaj yuklovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qattiq maishiy chiqindilarni ixtisoslashtirilgan transport vositasiga yuklash jarayoni piyodalar, avtomototransport vositalari hamda velosipedlar harakatiga to‘sqinlik qilmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Chiqindi saqlash konteynerlari qattiq maishiy chiqindilardan to‘liq, qoldiqsiz tozalanishi hamda sanitariya talablariga muvofiq dezinfeksiya qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qattiq maishiy chiqindilarni yuklash va tashish ishlari ularni tushirib qoldirish, avariya holatini paydo qilish, insonlar sog‘lig‘i va atrof-muhitga zarar yetkazish ehtimollarini istisno qiluvchi usullar bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qattiq maishiy chiqindilarni tashishga ixtisoslashtirilmagan — ag‘darma va bortli maxsus transport vositalaridan maishiy chiqindilarni tashish maqsadida foydalanilganda, chiqindilarning to‘kilishi va suyuqlikning (filtrat) oqishi hamda chiqindi changlarining atmosfera havosiga tarqalishini oldini olish choralari ko‘rilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qattiq maishiy chiqindilarni yuklash va tashishda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konteynerlarda saqlanayotgan chiqindilar yoki chiqindi uyumlaridan ikkilamchi xom ashyo ajratib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklash joyida chiqindi qoldiqlarini qoldirish yoki ularni yon atrofga sochib yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekipaj a’zosi bo‘lmagan shaxslarni jalb qilish (“signal” usulida to‘plash va olib chiqib ketish hollari bundan mustasno) yoki ularni ixtisoslashtirilgan transport vositasida tashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Suyuq maishiy chiqindilarni yuklash va tashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Suyuq maishiy chiqindilar ushbu turdagi chiqindilarni tashishga ixtisoslashtirilgan transport vositasida (assenizatsiya transport vositasida) tashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Assenizatsiya transport vositalarini suyuq maishiy chiqindilar yig‘iladigan o‘raga yaqinlashtirishdan oldin ish joyi diqqat bilan ko‘zdan kechirilishi va transport vositasi hamda ekipaj a’zosining o‘raga xavfsiz yaqinlashishini ta’minlaydigan minimal masofa aniqlab olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Suyuq maishiy chiqindilar yig‘iladigan o‘rada to‘plangan zaharli gazlardan saqlanish maqsadida tegishli himoya vositalaridan (respiratorlardan) foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Assenizatsiya transport vositasi yuk ortiladigan joyda qo‘l tormozi bilan ishonchli to‘xtatilgan bo‘lishi, qiyalikda turib ishlash zarur bo‘lgan hollarda g‘ildiraklari ostiga ponalar yoki qistirmalar qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Yuklash ishlari yakunlangach, so‘ruvchi shlang suyuq maishiy chiqindilar yig‘iladigan o‘raga oqib ketishini ta’minlagan holda, suv bilan yuvib tozalanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Assenizatsiya transport vositasining nasos va uzatma mexanizmini moylash ishlari transport vositasining dvigateli o‘chirilgan holatda amalga oshirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Assenizatsiya transport vositalarining ko‘chalarda ifloslangan va nuqsonlari bo‘lgan holda harakatlanishi, shuningdek ulardan boshqa turdagi yuklarni tashish maqsadida foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilarini yuklash va tashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilarini olib chiqib ketish uchun ag‘darma, bortli yoki multilift tizimi bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilarini yuklash ishlari ekipaj yuklovchilari tomonidan qo‘l kuchi bilan yoki tegishli maxsus yuklash mashina-mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilarini ochiq kuzovli transport vositalarida tashish, ularning ustiga maishiy chiqindilarni tushib qolishining (sochilib ketishining) oldini oluvchi brezent yoki boshqa materiallar bilan yopilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Maxsus ajratilgan maydonchalarda to‘plangan yirik gabaritli maishiy chiqindilar ularning to‘planish me’yorlariga muvofiq, biroq har oyda kamida ikki marta olib chiqib ketilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Maishiy chiqindilarni poligonga joylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Poligon hududiga kirayotgan va chiqib ketayotgan ixtisoslashtirilgan transport vositalari kirish/chiqish punktida maxsus nazorat-dezinfeksiya hududidan (hovuzdan) o‘tishi, og‘irligi tarozida (yuk bilan va yuksiz) tortilishi va bu haqda yo‘l varaqalari hamda ip o‘tkazib tikilgan jurnalda yoki elektron shaklda qayd etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ixtisoslashtirilgan transport vositalarining poligonga kirishi va uning hududida harakatlanishi yo‘nalish chizmasi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Maishiy chiqindilarni tushirish vaqtida transport vositasi qo‘l tormozida ishonchli to‘xtatilgan va uzatmalar qutisi neytral holga keltirilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Maishiy chiqindilar poligonga ochiq kuzovli transport vositasida tashilgan hollarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasi yoki tirkamaning bortlari poligonning kamida ikki nafar mas’ul xodimi yordamida ochilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bortlar ochilishidan oldin yuklangan chiqindilar xavfsiz holatda ekanligiga ishonch hosil qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Maishiy chiqindilar ustiga yopilgan brezent yoki boshqa materialni olib tashlash uchun kuzov ustiga chiqish man etiladi. Bunday ishlar bortlar ochilganidan keyin, yerdan turib bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Brezent yoki boshqa materialni bortlarni ochmasdan olib tashlash lozim bo‘lganda mazkur ish transport vositasining zinapoyasi ustida yoki boshqa xavfsiz joyda turgan holda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Maishiy chiqindilar qo‘l kuchi bilan tushiriladigan hollarda, bunday ishlar shamolga teskari yo‘nalishda, kuzovning faqat bir tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Ixtisoslashtirilgan transport vositalari maishiy chiqindilarni tushirish maydonchasida ketma-ket joylashtirilgan hollarda, ularning oralig‘i 1 metrdan kam bo‘lmasligi, yonma-yon turgan transport vositalari orasidagi masofa 4 metrdan kam bo‘lmasligi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Ekipaj yuklovchilarining poligon hududiga kirishlari taqiqlanadi. Ular transport vositasining qaytishini poligonning maishiy xonalarida kutishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ixtisoslashtirilgan transport vositasining ekipajiga qo‘yiladigan umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ekipaj — haydovchi, shuningdek yuklovchilardan (1-2 kishi) iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ekipaj quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlik texnikasi, sanoat va yong‘in xavfsizligi, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, yuklarni tashishning umumiy qoidalari, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalari, shuningdek sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda ushbu Qoidalarga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda tegishli shaxslar hamda organlarga, shu bilan birga, o‘zi faoliyat yuritayotgan tashkilotning mas’ul xodimiga bu haqda darhol xabar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ehtiyotkorlikni ta’minlagan holda talofotlarning kuchayib ketishini oldini olish choralarini ko‘rish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekipaj qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(43-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ixtisoslashtirilgan transport vositalaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Har bir ixtisoslashtirilgan transport vositasi rostlash va kichik ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan birlamchi asbob-uskunalar, moslamalar, zaxira g‘ildiragi hamda tibbiyot qutichasi, o‘t o‘chirgich, avariya to‘xtash belgisi, shuningdek shatakka olish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Ixtisoslashtirilgan transport vositalaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalaridan o‘zga maqsadlarda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasining kabinasidan tashqarida odam tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasining kuzovidan tashqarida chiqindi tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasini siltantirish yoki keskin harakatlantirish yo‘li bilan kuzovdan qattiq maishiy chiqindilarni tushirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasini kuzovi ko‘tarilgan holatda yurgizish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni kuzovdan tushirmasdan undagi ikkilamchi xom ashyoni ajratib olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Atrof-muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot maishiy chiqindilarni tashishda atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olish choralarini ko‘rishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Maishiy chiqindilarni aholi yashash punktlari yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarga ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vaziri A. RAMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 25-sentabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M. SALIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 19-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 27-sentabr

Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 27-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari B. ZAKIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 23-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi v.b. B. GULYAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 25-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni tashish qoidalariga
1-ILOVA

2-ILOVA

Namuna

_______________________________________________________ning

(tashkilot nomi)

qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha

_____-sonli YO‘NALISH JADVALI

Garajdan chiqish vaqti: __________

Garajga qaytish vaqti: __________

Naryaddagi soat __________

I. Chiqindi to‘plash shoxobchalaridan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish

T/r

MFY nomi

Ko‘chalar nomi

Aholi soni

Me’yor bo‘yicha hosil bo‘luvchi qattiq maishiy chiqindi xajmi, m3

Hafta kunlari

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Shanba

Yakshanba

1.

soat ___ dan ___ gacha

...

...

...

....

....

Dam olish kuni*

2.

...

...

...

....

...

...

....

...

...

...

...

....

...

...

....

Jami

II. Qattiq maishiy chiqindilarni “signal usuli”da olib chiqib ketish

1.

soat ___ dan ___ gacha

...

...

...

....

....

Dam olish kuni*

2.

...

...

...

....

...

...

....

..

...

...

...

....

...

...

....

Jami

III. Yuridik tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda hosil bo‘luvchi qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish

Yuridik tashkilotlar va YTTlar nomi

Ko‘chalar nomi

O‘rnatilgan konteynerlarning umumiy xajmi, m3

Hafta kunlari

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Shanba

Yakshanba

1.

soat ___ dan ___ gacha

...

...

...

....

....

Dam olish kuni*

2.

...

...

...

....

...

...

....

Jami

Rahbar

_____________________

_______________________________

(imzo)

(F.I.O)

Bosh muhandis

_____________________

_______________________________

(imzo)

(F.I.O)

Rahbar o‘rinbosari

_____________________

_______________________________

(imzo)

(F.I.O)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ixtisoslashtirilgan transport vositalaridan samarali foydalanish va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida dam olish kunlari haftaning boshqa kunlari uchun ham belgilanishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 10/19/3195/4007-son; 17.05.2021-y., 10/21/3195-1/0460-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)