1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yig‘ishtirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5580-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni to‘plash, saqlash va olib chiqib ketishga, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga doir talablarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lovchilarni, shuningdek, majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarni hisobga olish tartibini;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimini shakllantirish va yuritish tartibini;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchilarning, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilgan to‘lovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 11-ilovaga muvofiq;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlariga ushbu qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini tatbiq qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining abonentlar, ularni xatlovdan o‘tkazish ma’lumotlari, to‘lovlar va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha boshqa aylanmalar hisobini yuritish tizimi (Clean City billing tizimi)dan foydalanish yuzasidan shartnomalari, huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarining tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga muvofiq tashkil etilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 6-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Qoidalar chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni (keyingi o‘rinlarda maishiy chiqindilar deb ataladi) to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Qoidalar radioaktiv va biologik chiqindilar, davolash-profilaktika muassasalari chiqindilari, zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash va zararli moddalarni suv obyektlariga oqizib yuborish bilan bog‘liq ishlar sohasidagi qonun hujjatlari bilan tartibga keltiriladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda Hisobga olishning yagona elektron tizimi deb ataladi) — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lovchilar, ularning qarzdorliklari, shuningdek, to‘langan va undirilgan majburiy to‘lovlar hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan ma’lumotni kiritish, saqlash va qayta ishlashning yagona elektron tizimi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi to‘kiladigan o‘ralar va septiklarda yig‘ilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatish zonasi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish uchun tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga biriktirilgan tuman (shahar) hududi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik gabaritli maishiy chiqindilar — jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan mebellar, maishiy texnikalar (sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va shu kabilar), tashkiliy texnikalar (kompyuterlar, printerlar va shu kabilar), texnik uskunalar, avtotransport vositalarini almashtirish natijasida hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilar, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va o‘lchamlari bo‘yicha 0,75 kub. metr hajmli konteynerlarga joylashtirishning imkoni bo‘lmagan qurilish chiqindilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot — o‘ziga biriktirilgan hududda iste’molchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchi — xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga biriktirilgan hududda yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan va unga ommaviy shartnoma asosida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan jismoniy shaxs, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma tuzgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish chiqindilari — turar joy uylari, ma’muriy bino, ko‘p kvartirali uy kvartiralarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va buzish ishlarini amalga oshirishda hosil bo‘ladigan chiqindilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
smyot — yo‘l qoplamalarining yemirilish va yedirilish mahsuli, chang, tuproq, to‘kilgan xazonlar, chiqindi qutilari ichidagi chiqindilar, suv oqib tushadigan quduqlardagi cho‘kindilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“signal” usuli — chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yo‘li bilan iste’molchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turar joy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar (oziq-ovqat va o‘simlik chiqindilari, to‘qimachilik mahsulotlari, o‘rash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qog‘oz, plastmassa, yog‘och chiqindilari, o‘zining foydalanish xususiyatlarini yo‘qotgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilg‘ida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bug‘qozonlaridan foydalanish natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xom ashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat — sanitariya va ekologik talablarga muvofiq qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, joylashtirish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish va tashishni o‘z ichiga oladigan ishlar majmui.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati ushbu Qoidalar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik va qonunchilikda belgilangan boshqa majburiy talablarga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan biriktirilgan tuman (shahar) hududlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hududlarini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga biriktirib berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) hududiy bo‘linmalari bilan xususiy sherik o‘rtasida tuziladigan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish haqidagi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlar davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan aniq konsepsiya hamda tender natijalariga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga biriktirib beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi shartnoma (bitim) tomonlar kelishuvi yoki sud qarori asosida bekor qilingan, uning amal qilish muddati tugagan, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning to‘lovga qobiliyatsizligi yoki faoliyati to‘xtatilgan hollarda, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga biriktirib berilgan hudud davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga biriktirilgunga qadar Agentlikning taklifiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan vaqtincha xizmat ko‘rsatish shartnomasi orqali xizmat ko‘rsatuvchi xususiy tashkilotga yoki nomuayyan muddatga xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri biriktirib berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda:
(51-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma (bitim)larga qo‘shimcha kelishuv muddati mazkur hudud ushbu Qoidalarning 5-bandi talablariga muvofiq belgilangan tartibda boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga biriktirib berilguniga qadar amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning mazkur hududlarga yaqin joylashuvi, zarur miqdordagi soz chiqindi tashish mashinalarining mavjudligi, shartnoma (bitim) shartlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilish holatiga ustuvorlik qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot o‘zgargan hududlardagi mavjud debitor va kreditor qarzdorliklarni bartaraf etish shartlari tegishli shartnoma (bitim)larga qo‘shimcha kelishuvlarda nazarda tutiladi. Bunda faoliyati tugatilgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va hudud biriktirilayotgan yangi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot kelishuvi asosida debitor va kreditor qarzdorliklar bo‘yicha Hisobga olishning yagona elektron tizimida shakllangan ma’lumotlar asosida solishtirma dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomada undiruv (hisob-kitob) miqdori, muddatlari, shuningdek, undiruv bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash shartlari belgilanadi.
(51-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma (bitim)larning amal qilish muddati tugagan yoki muddatidan oldin bekor qilingan hollarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga biriktirilgan Agentlikning maxsus bank tranzit hisobvarag‘i yangi shartnoma (bitim) yoki qo‘shimcha kelishuv belgilangan tartibda rasmiylashtirilgunga qadar muzlatib turiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish ushbu Qoidalar va shartnoma (bitim)larga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, aholiga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma (bitim), shuningdek, jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish uchun xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyati davomida alohida ko‘chmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur ko‘chmas mulk joylashgan hududga biriktirilgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan ushbu Qoidalarning 21-bobida belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha shartnoma tuzadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘chmas mulk egasi yoki mulkdori (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor)ning maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangan maxsus avtotransport vositasi mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘chmas mulk egasi yoki mulkdori qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish va ko‘mish uchun ixtisoslashtirilgan qattiq maishiy chiqindi poligoniga ega bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududga to‘liq xizmat ko‘rsatish uchun yuk tashish quvvatini ta’minlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi texnik jihatidan soz chiqindi tashish mashinalarining yetishmovchiligi bilan bog‘liq zarur holatlarda, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishda hosil bo‘lgan chiqindi va smyotni olib chiqib ketish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan alohida shartnomalar tuzishlari mumkin. Agar shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarining chiqindi va smyotni olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangan maxsus avtotransport vositasi mavjud bo‘lsa, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari chiqindilarni ixtisoslashtirilgan poligonlarga joylashtirish va ko‘mish uchun shartnoma tuzadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatayotgan xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar Agentlikning maxsus bank hisobvarag‘ida ushbu Qoidalarning 5-bobiga muvofiq keyinchalik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmatlari haqini markazlashgan tartibda to‘lash uchun jamlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagi chiqindilarni olib chiqib ketish xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan kelishilgan narxlarda alohida to‘lov evaziga amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suyuq maishiy chiqindilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik gabaritli maishiy chiqindilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik chiqindilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish chiqindilari va tuproq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va smyot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mazkur bandda ko‘rsatilgan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan o‘zining xizmat ko‘rsatish zonasidan tashqarida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-bob. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasida ommaviy oferta asosida shartnoma tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ommaviy oferta asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatiladi. Bunda shartnoma faqatgina faoliyati davomida alohida ko‘chmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mazkur ko‘chmas mulk joylashgan hududga biriktirilgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish yuzasidan ommaviy oferta Elektron soliq xizmatlari portali orqali (keyingi o‘rinlarda — portal) yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning portaldagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish yuzasidan ommaviy oferta quyidagi holatlarda yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuborilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat olib boradigan hududda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot faoliyati yo‘lga qo‘yilmaganda;
(83-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorda qatiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun mo‘ljallangan maxsus avtotransport vositasi mavjud bo‘lganda hamda u bilan chiqindi poligoni o‘rtasida qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish va utilizatsiya qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor portal orqali yuborilgan ommaviy ofertani o‘n besh kun ichida akseptlaydi yoki sababini ko‘rsatgan holda akseptlashni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasida ommaviy oferta asosidagi shartnomalarni tuzish bilan bog‘liq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(21-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Maishiy chiqindilarni to‘plash, saqlash va olib chiqib ketishga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Maishiy chiqindilarni joylashtirish va saqlash ushbu Qoidalar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik talablarga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanishni ta’minlovchi usullarda yoki ularni boshqa shaxslarga topshirish (sotish) orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tarkibida simob bo‘lgan lampalardan yoritish uchun foydalanuvchi iste’molchilar tarkibida simob bo‘lgan lampalarning ishlatib bo‘lingan resurslarini maxsus ajratilgan joyda to‘plashni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarkibida simob bo‘lgan lampalarni to‘plash, lampalarga shikast yetkazilishiga imkon bermaydigan va undagi simobli moddalarning havo muhitiga, suv ta’minoti manbalariga, tuproq va oziq-ovqat mahsulotlariga tegib ketishidan saqlovchi maxsus taralarda amalga oshiriladi, so‘ngra xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning chiqindi to‘plash shoxobchasida buning uchun maxsus o‘rnatilgan konteynerlarga joylashtiriladi. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan maishiy chiqindilarni “signal” usulida olib chiqib ketish, tarkibida simob bo‘lgan lampalarni to‘plash ularni avtotransportga alohida va xavfsiz joylashtirishni ta’minlagan holda bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chiqindi to‘plash shoxobchalarida to‘plangan, tarkibida simob bo‘lgan lampalarning ishlatib bo‘lingan resurslarini utilizatsiya qilishgacha tashish xizmat ko‘rsatuvchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu Qoidalarning 8-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan chiqindilar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga yig‘ib turilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘kilgan barglarni yoqish qat’iyan taqiqlanadi, ular maxsus ajratilgan joylardan ko‘chadagi, uylar oldidagi smyot bilan birga olib chiqib ketiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Chiqindi to‘plash shoxobchalarini tashkil etish, joylashtirish va ulardan foydalanish, ularni konteynerlar bilan jihozlash, maxsus maydonchalar (ajratilgan joylar), qattiq maishiy chiqindilarni saralab yig‘ish uchun mo‘ljallangan konteynerlar soni va turiga doir talablar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil etishga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Olib chiqib ketiladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmi qattiq maishiy chiqindilar vujudga kelishining tasdiqlangan me’yorlari (keyingi o‘rinlarda to‘planish me’yorlari deb ataladi) bo‘yicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. To‘planish me’yori o‘zgaruvchan kattalik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarga, xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlar demografik xususiyatlarining hamda obodlik darajasi o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda vaqti-vaqti bilan, kamida besh yilda bir marotaba qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq maishiy chiqindilarning to‘planish me’yori ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi turar joy uylari bo‘yicha — uyning obodlik darajasiga (issiqlik, gaz ta’minoti, issiq va sovuq suv ta’minoti, kanalizatsiya mavjudligiga) qarab bir kecha-kunduzda bir kishi hisobiga belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq maishiy chiqindilarning to‘planish me’yori O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning davriyligi aholi yashash punktlari, shaharning sanitariya holati ta’minlanishini va kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar rivojlanishining oldini olish sharoitlarini hisobga olgan holda, joylardagi iqlim sharoitlardan kelib chiqib, tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi, bunda belgilangan davriylik qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligidan o‘tib ketmasligi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar ma’muriy markazlarida, shaharlar va shaharchalar, shuningdek, Toshkent shahrida chiqindi to‘plash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotabani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning qolgan hududlarida chiqindi to‘plash shoxobchalaridan — ikki kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — bir haftada bir marotabani tashkil qiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishilgan holda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan belgilanadi, bunda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilangan davriylikdan o‘tib ketmasligi lozim.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan holatlarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqa shaxslar operativ tartibda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini ko‘rish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning dispetcherlik xizmatiga buyurtmanoma berishga, shuningdek, Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq tegishli choralar ko‘rish va ko‘rsatilgan xizmatlar natijadorligini baholash uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy organlari va Agentlikning hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishga haqli.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agentlikning hududiy bo‘linmalari xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinishi yuzasidan monitoring (shu jumladan chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)dan foydalangan holda) yuritadilar hamda hisobini olib boradilar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatayotgan xizmatlari uchun to‘lov (ushbu Qoidalarning 8-bandida nazarda tutilgan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari bundan mustasno) Agentlikning maxsus bank hisobvarag‘ida jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlari hisobiga jamlangan mablag‘lardan markazlashgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lov amalga oshirilayotgan, o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechikmay Agentlikning maxsus tranzit bank hisobvaraqlariga to‘lanadi va uning maxsus bank hisobvarag‘ida jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘lovni hisoblash tegishli davrlarda amalda bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ushbu Qoidalarning 8-bandida nazarda tutilgan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lovlar bevosita xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning bank hisob raqamiga 100 foiz oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 025 yil 16-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatilgan xizmatlar haqi ulardan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarning kelib tushishiga ko‘ra markazlashgan tartibda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga to‘lanadi. Bunda Agentlikning maxsus bank hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilgan to‘lovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan to‘lovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bank hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qolgan mablag‘lar Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda banklar va banklararo hamda boshqa to‘lov tizimlaridan, shuningdek, Hisobga olishning yagona elektron tizimidan foydalanganlik uchun hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yuborilgan SMS xabarnomalar uchun haq miqdori, Agentlik tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga ko‘rsatilgan lizing xizmati to‘lovlari, davlat-xususiy sheriklik bitimlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga topshirilgan texnikalar bo‘yicha muddati kelgan to‘lovlar va debitor qarzdorliklar, agar Agentlik va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomada (bitimda) ushbu to‘lovlarni akseptsiz tarzda ushlab qolish nazarda tutilgan bo‘lsa, fuqarolik qonunchiligida belgilangan navbat bo‘yicha Agentlikning maxsus tranzit hisobvaraqlarida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning jamlangan mablag‘laridan akseptsiz tarzda bir yo‘la ushlab qolinishi mumkin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lovchilarni, shuningdek, majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarni hisobga olish tartibi
(6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lovchilarni (keyingi o‘rinlarda abonentlar deb ataladi), shuningdek, ularning qarzdorliklarini hisobga olish Hisobga olishning yagona elektron tizimida, ushbu bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Hisobga olishning yagona elektron tizimida quyidagi ma’lumotlar onlayn tarzida shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abonentlar to‘g‘risida (familiyasi, ismi va otasining ismi) unikal shaxsiy hisobvaraqlarni bergan holda, shuningdek, ularning manzillarini va pasport ma’lumotlarini (seriyasi, nomeri, berilgan sanasi va pasportni bergan organni) ko‘rsatgan holda. Bunda, Hisobga olishning yagona elektron tizimiga faqat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat ko‘rsatish zonasida yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abonent xizmat ko‘rsatish zonasiga taalluqli bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abonent bilan birga yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxslar soni to‘g‘risida;
(25-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oy uchun va ortib boruvchi yakun bilan hisoblangan majburiy to‘lovlar summasi to‘g‘risida. Bunda, majburiy to‘lovlar summasining miqdori abonent bilan birga yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxslar sonini hisobga olgan holda, xizmat ko‘rsatish davridagi bir oyda bir kishi uchun belgilangan tarifdan kelib chiqib, Hisobga olishning yagona elektron tizimida avtomatik ravishda hisoblanadi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risida, bunda har oy uchun va ortib boruvchi yakun bilan hisoblanadigan majburiy to‘lovlar miqdori xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni hisobga olgan holda, Hisobga olishning yagona elektron tizimida avtomatik ravishda hisoblanadi;
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarning amalda to‘langanligi, qarzdorlik summasi va ortiqcha to‘langanligi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olishning yagona elektron tizimi ishlashi uchun texnik talablarga muvofiq boshqa ko‘rsatkichlar to‘g‘risida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olishning yagona elektron tizimi bir vaqtning o‘zida to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni Hisobga olishning yagona elektron tizimida aks ettirgan holda to‘lovni amalga oshirish imkonini beruvchi banklar va banklararo hamda boshqa to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
(25-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agentlik Hisobga olishning yagona elektron tizimining boshqarilishi va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash uchun javobgardir.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar Hisobga olishning yagona elektron tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi va haqqoniyligi uchun javobgardir.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov, iste’molchilarning ixtiyoriga ko‘ra, cheklanmagan holda, tijorat banklari va to‘lovlarni qabul qilish kassalari, elektron to‘lov tizimi va boshqa to‘lov turlari orqali, naqd va naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilari (keyingi o‘rinlarda — nazoratchilar) tomonidan joriy majburiy to‘lovlar va ular bo‘yicha qarzdorliklarni yig‘ish (undirish) Hisobga olishning yagona elektron tizimida aks ettirilgan, hisoblangan summalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, iste’molchilardan to‘lovlarni qabul qilish nazoratchilar tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimida aks etgan holda, qoida tariqasida elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarida aks ettiriladigan yuridik va jismoniy shaxslarning hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning qarzdorligi va to‘lovlari to‘g‘risidagi, shuningdek, shakllangan QQS to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotlar Hisobga olishning yagona elektron tizimidagi ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. To‘lovlar nazoratchilar va tijorat banklari tomonidan qabul qilingan sana to‘lov amalga oshirilgan vaqt hisoblanadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘lov elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan taqdirda, pul mablag‘lari iste’molchining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazilgan (tranzaksiya) sana to‘lov amalga oshirilgan vaqt deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘lov ish beruvchi tomonidan xodimlarining arizalari asosida ish haqidan chegirib qolish yo‘li bilan amalga oshirilganda, har bir iste’molchi uchun pul mablag‘lari o‘tkazilgandan keyin pul to‘lagan xodimlarning nomi qayd etilgan reyestr xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga taqdim etilgan sana to‘lov amalga oshirilgan vaqt deb hisoblanadi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Iste’molchilar avans tariqasida to‘langan to‘lovlar uchun, ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda, to‘lov amalga oshirilgan sanadan o‘n ikki oydan oshmaydigan davrga qayta hisob-kitob qilishdan ozod etiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan taqdirda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun yuridik shaxslardan qarzdorlik summasining 0,4 foizi va jismoniy shaxslardan 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Penyani hisoblash iste’molchining aniqlashtirilgan qarzdorlik (to‘lanmangan qarz) summasidan, shuningdek belgilangan tartibda kiritilgan oldindan to‘lov hisobga olingan holda, hisob-kitob davridan keyingi oyning 11-kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Penyani hisoblash uchun qarzdorlik hosil bo‘lgan oy aniqlanadi va qarz to‘langan har bir oy bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun penya shu oydan boshlab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlarning qayta hisob-kitobi quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisoblashda ushbu Qoidalarning 32-bandida nazarda tutilgan xatolarga yo‘l qo‘yilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchiga xizmat ko‘rsatilmagan yoki tegishli sifatda bo‘lmagan xizmatlar ko‘rsatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxslar soniga ushbu Qoidalarning 37 va 38-bandlarida belgilangan tartibda tuzatishlar kiritilganda;
(31-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud qarori bo‘yicha.
(31-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
(31-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Hisoblashda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yilganda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalda to‘langan summa va Hisobga olishning yagona elektron tizimidagi to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumot o‘rtasida tafovutlar mavjud bo‘lganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lov summasi noto‘g‘ri hisoblanganda yoki tarif noto‘g‘ri qo‘llanilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
penya noto‘g‘ri hisoblab chiqarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olishning yagona elektron tizimida yoki to‘lov hujjatlarida arifmetik xatoga yo‘l qo‘yilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olishning yagona elektron tizimi, to‘lov va buxgalteriya hujjatlaridagi boshqa xatoliklarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblashda xatoliklar aniqlanganda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish va Hisobga olishning yagona elektron tizimiga tegishli ma’lumotni kiritish uchun asos hisoblanuvchi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga hisoblashdagi xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot boshlig‘i tomonidan imzolanadi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblashdagi yo‘l qo‘yilgan xatoliklar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlari tomonidan ularning aniqlanishiga ko‘ra, da’vo muddati mobaynida hisobga olinadi.
(32-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
321. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblashning haqqoniyligi va to‘g‘riligi uchun mas’ul hisoblanadi hamda ushbu talablar buzilgan hollarda iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
322. Iste’molchi 32-bandda nazarda tutilgan xatoliklar oqibatida, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblashda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatoliklar oqibatida elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishda vaqtinchalik cheklov amaliyoti qo‘llanilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplab berish to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga yozma, elektron yoki og‘zaki shaklda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning aybi bilan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblashda kamchilik va xatoliklar fakti aniqlangan holatlarda, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot iste’molchiga yetkazilgan zararni u aniqlangan kundan boshlab besh kun ichida ixtiyoriy ravishda iste’molchiga qoplab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
323. Iste’molchi 32-bandda nazarda tutilgan xatoliklar oqibatida, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oqibatida elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti qo‘llanishi natijasida yetkazilgan zararni sud tartibida undirib olishi mumkin.
(321, 322 va 323-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha tegishli bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganda yoki xizmat ko‘rsatilmagan taqdirda iste’molchi tegishli davr uchun to‘lovlardan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmagan yoki tegishli bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganligi fakti aniqlangan holatlarda, iste’molchi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning vakili, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakili tomonidan imzolanadigan, xizmatlar ko‘rsatilmaganligi yoki tegishlicha bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatlar ko‘rsatilmaganligi yoki tegishlicha bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini qayta hisob-kitob qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek, Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq baholashda inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnoma iste’molchi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakillarining imzolari bo‘lgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning vakili kelmagan taqdirda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakilining imzosi yetarli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning vakili dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda u ushbu dalolatnomaga imzo qo‘yishdan bosh tortganlik sabablarini dalolatnoma tuzilgan kunning o‘zida yozma ravishda asoslashi shart. Aks holda iste’molchi maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlarni sud qarori qabul qilinguniga qadar to‘xtatishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iste’molchiga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha aslida ko‘rsatilmagan xizmatlar bo‘yicha majburiy to‘lovlar hisoblanganligi fakti aniqlangan holatlarda “mahalla yettiligi” tomonidan ushbu hisoblangan majburiy to‘lovlarni hisobga olmaslik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va Agentlikning tegishli hududiy bo‘linmasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mahalla yettiligi” tomonidan tuzilgan dalolatnomaga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimida aslida ko‘rsatilmagan xizmatlar bo‘yicha hisoblangan majburiy to‘lovlar miqdori qayta hisob-kitob qilinadi, bunda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududdagi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgunga qadar Agentlikning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan majburiy to‘lovlarni hisoblash to‘xtatib turiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Abonentlar bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga kiritilmagan va ular haqida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga taqdim etilmagan yangi abonentlar yoki birga yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lmagan shaxslar aniqlanganda, Hisobga olishning yagona elektron tizimida abonentlar va birga doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxslar soniga tuzatishlar kiritiladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtning o‘zida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xodimi tomonidan tuzilgan dalolatnoma, ichki ishlar organlari tomonidan yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligining tasdig‘i, chegara (migratsiya) qaydlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDY)ning tug‘ilganlikni qayd etish to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar), qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik, haqiqatda yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxslar soni ortgan yoki kamaygan (ko‘chib kirish, ko‘chib ketish, tug‘ilish va shu kabilar) vaqtdan boshlab to‘liq qayta hisoblab chiqiladi, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan holatlarda esa — o‘tgan uch oy uchun hisob-kitob qilinadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan ushbu Qoidalar talablariga zid ravishda Hisobga olishning yagona elektron tizimiga o‘zgartirish kiritilganligi yoki qayta hisob-kitob qilinganligi aniqlangan hollarda Agentlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimiga noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar shu kunning o‘zida tizimdan o‘chiriladi.
(37-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
(37-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Agentlikning hududiy bo‘linmalari abonentlar va ular tomonidan amalga oshirilgan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar hisobini yuritish, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish sohasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda abonentlarning haqqoniy hisobi yuritilishini, shuningdek, Hisobga olishning yagona elektron tizimiga ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etadi;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abonentlardan pul mablag‘lari tushumining operativ hisobini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abonentlarning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash uchun nazoratchilarni abonentlar hisobi, abonentlardan pul mablag‘lari tushumi va abonentlarning qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
(39-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimiga ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritilishini nazorat qiladi;
(39-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish (shu jumladan o‘zgartirish kiritish) bo‘yicha belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takliflar kiritadi;
(39-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
(39-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lovlar olti oydan ortiq to‘lanmagan taqdirda, talabnoma-da’vo ishlarini, shu jumladan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha abonentlardan muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi arizalarni sudlarga tayyorlashni amalga oshiradi. Bunda, muddati o‘tgan qarzdorliklarni sud orqali undirish uchun talab etiladigan hujjatlar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan taqdim etiladi hamda undiruv bilan bog‘liq xarajatlar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan qoplanadi;
(39-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchilarning maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim va Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim va Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq ko‘rsatilgan xizmatlar natijadorligini baholash ishlarini bajaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda hududlarni sanitariya jihatidan tozalash va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Iste’molchining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomaga muvofiq zarur ko‘lamda, belgilangan sifatda, uning hayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo‘lgan, mulkiga zarar yetkazmaydigan xizmatlardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligiga rioya etilishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan davr uchun oldindan haq to‘lash, keyinchalik tegishli tariflar oshganda qaytadan hisob-kitob qilmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan xizmat ko‘rsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi, shuningdek, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar tariflari to‘g‘risida ma’lumot olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan holatlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning operativ tartibda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini ko‘rishi lozim bo‘lgan dispetcherlik xizmatiga buyurtmanoma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan shartnoma majburiyatlari sifatsiz bajarilgan holatlarda hamda chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oqibatida elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti qo‘llanishi natijasida yetkazilgan zararni qoplab berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga yozma, elektron yoki og‘zaki shaklda murojaat qilish va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan xizmatlar to‘liq ko‘rsatilmaganligi yoki tegishlicha bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnomani tuzishni, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini talab qilish;
(41-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar ko‘rsatilayotganda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot aybi bilan yuzaga kelgan kamchiliklarning bepul bartaraf etilishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan to‘lovlarni hisoblashda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatoliklar natijasida yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish;
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyi yoki vaqtincha turar joyida vaqtincha bo‘lmaganligi yoki yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarilganligi, yuridik shaxs faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatganligining hujjatlar bilan tasdiqlangan davr yoki shartnomada belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatilmagan davr uchun maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash majburiyatlaridan to‘liq ozod bo‘lish;
(41-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma tuzilayotganda (yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor), maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarib yuborish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan cheklangan muddatlardan oshmaydigan xizmat ko‘rsatish muddatlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha sifatsiz xizmat ko‘rsatilganligi sababli, agar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot o‘z vaqtida shartnomani bajarishga kirishmasa yoki sifatsiz xizmat ko‘rsatsa, zararlar undirilishini talab etib sudga murojaat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Iste’molchi quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda to‘lash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘plashning “signal” usulida qattiq maishiy chiqindilarni o‘z uylarida, yoki hududlarida saqlash va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvali bo‘yicha yetib kelgan maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish;
(42-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga tashlamaslik hamda joylashtirmaslik (ko‘chalarga, suv yo‘llariga, ariq va qattiq hamda suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va ko‘mish uchun belgilanmagan boshqa joylarga, shu jumladan, avtotransport vositalaridan ularning to‘xtashi, to‘xtab turishi yoki harakatlanishi vaqtida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni ularni joylashtirish obyektlarida (yer o‘ralari, idishlar va hokazolar), tashkilot hududida, dalalarda va aholi yashash punktlarida maxsus texnik qurilmalarsiz yoqmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi joylarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va saqlash joylari tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasiga ortish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ortish joyiga bemalol o‘tishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindi to‘plash konteynerlari, chiqindi to‘plash shoxobchalari, chiqindi to‘plash kameralari va boshqa uskunalarning nosozliklari aniqlanganda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni darhol xabardor qilish;
(42-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilarini xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga joylashtirish va ularning chiqindi to‘plash shoxobchalaridagi konteynerlarga tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi, cho‘g‘, cho‘g‘lanib turgan kul yoki o‘chmagan boshqa qattiq yoqilg‘i chiqindilarini chiqindi to‘plash shoxobchalari, chiqindi to‘plash konteynerlari, shuningdek, maxsus avtotransport vositasiga joylashtirmaslik;
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar egallab turgan yer uchastkasida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash uchun g‘ildirakli va zich yopiladigan qopqoqli hamda maxsus avtotransport vositasining manipulyatori bilan ishlashi uchun moslamaga ega bo‘lgan konteynerlarni o‘rnatgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to‘plash va saqlash joylarini tashkillashtiradilar (agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan bo‘lsa).
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga muvofiq to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olishning yagona elektron tizimida iste’molchilarning ma’lumotlar bazasini muntazam ravishda yangilab borish hamda ularga qarzdorlik to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborish;
(43-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni undirish bo‘yicha sudga da’volar taqdim qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda penya undirish;
(43-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 261-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik gabaritli maishiy chiqindilar, qurilish chiqindilari, chorvachilik chiqindilari, suyuq maishiy chiqindilar va boshqa chiqindilarni alohida to‘lov evaziga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘liq utilizatsiya qilish, sotish yoki shartnoma asosida maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va sotish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshirish uchun kompleks choralarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi, cho‘g‘, cho‘g‘lanib turgan kul yoki o‘chmagan boshqa qattiq yoqilg‘i chiqindilarini maxsus avtotransport vositasiga ortmaslik.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari va ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda unga tuman (shahar) hududlari biriktirilganidan keyin, besh ish kuni mobaynida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish uchun ommaviy shartnoma havolasini qisqa xabar (SMS) orqali yuborish, tashkilotning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish;
(44-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy shartnoma nusxasini xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yuborish (shaxsan imzo qo‘ydirilgan holda yoki taqdim etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta orqali);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomalarni ommaviy oferta uchun maxsus platformaga joylashtirib borish va maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ommaviy oferta asosida shartnomalar tuzish;
(44-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga biriktirilgan hududda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan jadvalga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarning muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligiga rioya etish, shuningdek, maxsus avtotransport vositalari va texnikalari harakati hamda chiqindi poligonlarini Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)dan foydalangan holda nazorat qilish imkonini yaratish;
(44-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchilarga maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha qonun hujjatlari, ushbu Qoidalar va shartnoma talablariga muvofiq zarur sifatdagi xizmatlar ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan holatlarda iste’molchilarning xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning dispetcherlik xizmatiga tushgan buyurtmanomalarini operativ tartibda (buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay) bajarish va bu haqida iste’molchilarni qisqa xabar (SMS) va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa/kanallari orqali xabardor qilish;
(44-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha xizmatlar uchun elektron to‘lov tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchilarning ma’lumotlar bazasini muntazam ravishda yangilab borish;
(44-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarning birlamchi hisobini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning rejimi va sifati bo‘yicha iste’molchilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga biriktirilgan hududda aholining to‘liq qamrab olinishini ta’minlovchi va Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim hamda Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, zarur miqdordagi chiqindi to‘plash shoxobchalarining qurilishini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlarining holatini nazorat qilib borish hamda ularning tegishli holatda saqlanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, chiqindi to‘plash shoxobchalarini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash uchun zarur miqdordagi konteynerlar bilan jihozlanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindi to‘plash shoxobchalari va transport vositalarining zarur tarzdagi sanitariya holatini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindi to‘plash shoxobchalarini saqlash va kommunal to‘lovlarning to‘lanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirishni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindi to‘plash shoxobchalarini joriy va mukammal ta’mirlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning hayoti va salomatligi, atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning ko‘plab to‘planib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteyner va chiqindi to‘plash shoxobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yo‘li bilan va shu kabilar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zlariga tegishli bo‘lgan maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish choralarini ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish ishlarining ushbu faoliyat uchun mo‘ljallangan, maxsus ajratilgan joylarda va obyektlarda amalga oshirilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning tartibi va tariflarining o‘zgarganligi to‘g‘risida ushbu tariflar kuchga kirishidan o‘n besh kun avval xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning stendida, mahalla fuqarolari yig‘inlari binolarida, e’lonlar taxtasida e’lonlar osish yo‘li bilan, shuningdek, rasmiy veb-sayti, qisqa xabar (SMS), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa/kanallari va ommaviy axborot vositalari orqali iste’molchini xabardor qilish;
(44-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchilarga ularning so‘roviga asosan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va xizmatlar ko‘rsatish tartibining, shuningdek, tariflarining o‘zgarganligi to‘g‘risida bepul ma’lum qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi kamchiliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ommaviy shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi, to‘lovlarni hisoblashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplash;
(44-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning rasmiy veb-saytida, stendida, mahalla fuqarolari yig‘inlari binolarida, e’lonlar taxtasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa/kanallari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning amaldagi tariflari, to‘lov shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish uchun ommaviy shartnomani joylashtirish;
(44-bandning yigirma yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’lumotlar va buxgalteriya hujjatlarining besh yil mobaynida but holatda saqlanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olishning yagona elektron tizimiga ulangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan yigirma to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha faoliyatning olib borilishi yuzasidan doimiy tarzda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bo‘yicha nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Ushbu Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Jarayonlar
Tashkiliy tadbirlar
1-bosqich
Tuman (shahar) hududini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga biriktirish
Xizmat ko‘rsatuvchi xususiy tashkilotlari
Xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida — qonunchilik hujjatlariga muvofiq xususiy sherik aniqlangan taqdirda, Agentlikning hududiy bo‘linmalari va xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzadilar.
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga DXSH to‘g‘risida bitim yoki shartnoma tuzish
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatishga shartnoma tuzish
2-bosqich
Majburiy to‘lovlarni to‘lovchi (abonent)larni hisobga olish
Hisobga olishning yagona elektron tizimini shakllantirish va yuritish
Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar abonentlar hisobini yuritadilar.
3-bosqich
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
Jismoniy shaxslarga — ommaviy shartnoma asosida
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga — ommaviy oferta asosida tuziladigan shartnoma asosida
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar:
ularga hudud biriktirilganidan keyin, besh ish kuni mobaynida o‘zining rasmiy veb-saytida, stendida, mahalla fuqarolari yig‘inlari binolarida, e’lonlar taxtasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa/kanallari orqali ommaviy shartnomani e’lon qiladilar;
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga shartnoma tuzish uchun ommaviy oferta portal orqali yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning portaldagi shaxsiy kabinetiga yuboradi va shartnoma tuzadilar.
4-bosqich
Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish
Jismoniy shaxslar — yagona tranzit bank hisobvaraqlariga
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar — yagona tranzit bank hisobvaraqlariga
1. Iste’molchilar qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni har oyning 10-sanasidan kechikmay to‘lab boradilar.
2. Agentlik jamlangan mablag‘larni:
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilgan to‘lovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda;
elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan to‘lovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bank hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
Qolgan mablag‘lar Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Pul mablag‘larini Agentlikning maxsus bank hisobvarag‘ida jamlash
5-bosqich
Nazoratni amalga oshirish
Monitoring yuritish
Choralar ko‘rish
1. Ekologiya vazirligi davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, NNT va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga 11-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilgan to‘lovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Ushbu Nizom qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilgan to‘lovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq to‘lash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) har yili 1-noyabrga qadar quyidagi xizmatlar uchun tariflar ishlab chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududiy bo‘linmalarining xulosasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 tonna qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketganlik hamda uni chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari, ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda — qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari) yetkazib berganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga to‘lov tarifi, so‘mda (Ttarif);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik, qayta yuklaganlik uchun chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga to‘lov tarifi, so‘mda (Tquk);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik, rekultivatsiya qilganlik va ko‘mganlik uchun chiqindi poligonlariga to‘lov tarifi, so‘mda (Tp);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun jismoniy shaxslardan — 1 kishidan undiriladigan to‘lov tarifi, so‘mda (Tj);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 tonna qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun yuridik shaxslardan undiriladigan to‘lov tarifi, so‘mda (Tu).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har yili 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar ushbu to‘lov tariflarini ko‘rib chiqib, tasdiqlash uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Qattiq maishiy chiqindilarning hisobini yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qattiq maishiy chiqindilar sanitar tozalash korxonalari tomonidan maxsus transport vositalari orqali qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish, saralash va utilizatsiya qilish uchun qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hududlarda belgilangan tarif asosida qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga yetkazib berish, qabul qilish, saralash, utilizatsiya qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha sanitar tozalash korxonalari, qabul qilish punktlari va Agentlik o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga kirish vaqtida maxsus transport vositasining umumiy (brutto) vazni, chiqish paytida esa bo‘shatilgandan keyingi (netto) vazni qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga (keyingi o‘rinlarda — hisobga olishning yagona elektron tizimi) ulangan avtomatlashtirilgan tarozilar orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus transport vositasining umumiy (brutto) va bo‘shatilgandan keyingi (netto) vazni o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib, yetkazib berilgan qattiq maishiy chiqindilarning miqdori aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib bergan transport vositasi kuzovining texnik ko‘rsatkichlari inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berishda ularning hajmini sun’iy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda, ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida sanitar tozalash korxonasi vakili (haydovchi) hamda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti vakillari ishtirokida haqiqatda topshirilgan qattiq maishiy chiqindi miqdori bo‘yicha mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnoma yuzasidan sanitar tozalash korxonasi vakilining e’tirozlari mavjud bo‘lganda, ular dalolatnomada qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlarida hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali quyidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilar qabul qilingan sana (vaqt);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitar tozalash korxonasining nomi, STIR;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasining davlat raqami va rusumi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilingan qattiq maishiy chiqindining miqdori (brutto-netto farqi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindining haqiqiy miqdori haqidagi ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitar tozalash korxonasi tomonidan qattiq maishiy chiqindilar yollanma transport vositasida olib kelingan taqdirda, hisobga olishning yagona elektron tizimida bu haqida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Sanitar tozalash korxonalari, qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga haq to‘lash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hisobga olishning yagona elektron tizimidagi ma’lumotlar asosida yetkazib berilgan qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha elektron hisobvaraq-faktura avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari tomonidan qabul qilingan qattiq maishiy chiqindilar saralangandan so‘ng ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatilmaydigan qismi chiqindilarni yoqish zavodi, ekosanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga yoki chiqindi poligoniga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari tomonidan topshirilgan qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali ikki tomonlama hisobvaraq-faktura shakllantiriladi va bunda to‘lovchi qayta yuklash stansiyalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash va utilizatsiya qilish, ko‘mish, rekultivatsiya qilish to‘lov evaziga amalga oshiriladi. To‘lovlar Agentlik tomonidan hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etilgan hisobvaraq-faktura asosida sanitar tozalash korxonalariga hamda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga to‘lab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda to‘lovlar quyidagi formulalar asosida hisobga olishning yagona elektron tizimida avtomatik hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) N = Ttarif x Mf x k
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda N — qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketish va qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga topshirganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga to‘lov miqdori, so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ttarif — 1 tonna qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketish va qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga topshirganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga to‘lov tarifi, so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mf — qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga topshirilgan qattiq maishiy chiqindi og‘irligi, tonna;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu koeffitsiyent sanitar tozalash korxonalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratgan holda qo‘llanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Nquk = Tquk x Mf
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda Nquk — qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik uchun chiqindini qayta yuklash stansiyalariga to‘lov miqdori, so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tquk — 1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik uchun chiqindini qayta yuklash stansiyalariga to‘lov tarifi, so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mf — qabul qilingan qattiq maishiy chiqindi og‘irligi, tonna;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Np = Tp x Mf
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda Np — chiqindi poligonlariga topshirilgan qattiq maishiy chiqindilar uchun to‘lov miqdori, so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tp — 1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik, rekultivatsiya qilganlik va ko‘mganlik uchun qattiq maishiy chiqindi poligonlariga to‘lov tarifi, so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mf — qabul qilingan qattiq maishiy chiqindi og‘irligi, tonna.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Chiqindilarni yoqish zavodlariga haq to‘lash hisobi ular bilan Agentlik o‘rtasida tuzilgan chiqindilarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq to‘lash ushbu bandning 2-kichik bandida belgilangan formula asosida hisobga olishning yagona elektron tizimida avtomatik hisoblanadi (ekosanoat zonalarida faoliyat ko‘rsatuvchi chiqindilarni yoqish zavodlari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sanitar tozalash korxonasi va qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning uzluksizligi hamda ularning moliyaviy holatining barqarorligini ta’minlash maqsadida xizmat haqlari oy davomida kunlik, haftalik va o‘n kunlik to‘lab beriladi, shuningdek, har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar yakuniy hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilgan to‘lovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNA
“TASDIQLAYMAN”
Qattiq maishiy chiqindilarni
qabul qilish punkti rahbari
__________ __________________
(imzo)_____(lavozimi, F.I.O.)
_____yil “___” ________
(sana, oy)
Haqiqatda topshirilgan qattiq maishiy chiqindi miqdori bo‘yicha DALOLATNOMA
6. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish jarayonida aniqlangan boshqa holatlar: _____________________________________________________
Dalolatnoma yuzasidan taklif va e’tirozlar besh ish kuni ichida qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari tomonidan qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti vakillari:
__________________________
___________
(lavozimi, F.I.O.)
(imzo)
Sanitar tozalash korxonasi vakili:
__________________________
___________.
(lavozimi, F.I.O.)
(imzo)
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimidagi “Maroqand Obod” davlat muassasasi, “Maxsustrans” davlat muassasasi, “Toza hudud” davlat muassasalari va ularning tuman (shahar) filiallari (keyingi o‘rinlarda — sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari) xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuridik va jismoniy shaxslarga chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xo‘jalik faoliyatidan olinadigan mablag‘lar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlarining yuridik va tibbiyot xizmatlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, mazkur Nizom, boshqa qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari, shuningdek, boshqa lokal hujjatlar va ish beruvchi hamda xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarif stavkalari (lavozim maoshlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq tarif stavkalariga (lavozim maoshlariga) belgilanadigan qo‘shimcha haq va ustamalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobot davridagi ishlarning yakuniy natijalari bo‘yicha, bayram va yubileylarda, shuningdek, alohida ajralib turuvchi xodimlarga to‘lanadigan mukofotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilarining (keyingi o‘rinlarda — nazoratchilar) mehnatiga qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun jismoniy shaxslardan (aholidan) undirilgan to‘lovlarning foiz nisbatidagi to‘lovlari.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining tarif stavkalariga (lavozim maoshlariga) qo‘shimcha haq va ustamalar, mukofotlar va moddiy yordam mazkur tashkilotlarning rahbarlari tomonidan, belgilangan tartibda, moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq belgilangan tarif stavkalari (lavozim maoshlari) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mehnatga haq to‘lash tartibi
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari) ushbu Nizomga 1 — 5-ilovalarga muvofiq sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarmoq tarif setkasi (keyingi o‘rinlarda tarif setkasi deb ataladi) asosida belgilanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Shtatlar jadvalini shakllantirishda ishchi kasblari (mutaxassisliklar) bo‘yicha malaka razryadlari va tarif koeffitsiyentlari ishlarni sifatli bajarish uchun talab qilinadigan malakadan (kasb bo‘yicha o‘rtacha razryaddan) kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining tarmoq tarif koeffitsiyenti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilangan tarif koeffitsiyentlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarning texnologik turlari, ishlab chiqarishlar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha ishchilar tarif stavkalarini oshirishning tarmoq koeffitsiyentlari hisobga olingan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xodimning tarif stavkasi (lavozim maoshi) xodimning tegishli lavozimi, kasbi va malakasi uchun belgilangan tarif koeffitsiyentini qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgust PF-108-son “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soatbay tarif stavkasi miqdori xodimning tarif stavkasini (lavozim maoshini) 6 kunlik ish haftasi asosida ish vaqti normal davom etganda ish soatlarining o‘rtacha oylik soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Nazoratchilarning mehnatiga haq to‘lash qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun jismoniy shaxslarga (aholiga) hisoblangan pul mablag‘lari yig‘imining foizi nisbatida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazoratchilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining foiz nisbati, jismoniy shaxslarga (aholiga) hisoblangan to‘lovlarni yig‘ish darajasiga bog‘liq ravishda, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun iste’molchilarga (jismoniy shaxslarga) hisoblangan pul mablag‘lari yig‘imi bo‘yicha belgilangan rejaning bajarilishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 foizgacha ta’minlanganda — 15 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 foizdan ortiq ta’minlanganda — 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘lovlar yig‘imi (tushumlar) prognozi har oyda sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti tomonidan belgilanadi hamda jismoniy shaxslarga (aholiga) ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob oyida amaldagi tarif bo‘yicha hisoblangan to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘lovlar yig‘imi prognozi nazoratchining xizmat ko‘rsatish hududi, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarga tariflar o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qo‘shimcha haq va ustamalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) quyidagi qo‘shimcha haq va ustamalar to‘lanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish vaqtidan tashqari va dam olish, bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda ikki barobar miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tungi vaqtda ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda bir yarim barobar miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yo‘la bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik va xizmat ko‘rsatish hududini kengaytirganlik uchun — xodim uchun asosiy kasbi (lavozimi) bo‘yicha belgilangan mehnat normasidan ortiq amalda bajarilgan ishlar uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya jihatidan tozalash sohasidagi ish stajining uzluksizligini hisobga olgan holda, tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) foizlarda, har oyda belgilangan xizmat muddati uchun quyidagi miqdorlarda (to‘lash shartlari va tartibi mahalliy hujjatlar bilan belgilanadi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish staji
Ustamalar miqdorlari (foiz hisobida)
3 yildan 5 yilgacha
50
5 yildan 10 yilgacha
75
10 yildan ortiq
100
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Uzluksiz ish staji sanitariya jihatidan tozalash tashkilotiga ishga kirganda quyidagi holatlarda saqlab qolinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlar tugatilgani (qayta tashkil etilgani) yoki shtat qisqargani yoxud yashash joyi o‘zgargani sababli, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya jihatidan tozalash tashkilotidan ishdan bo‘shagan kundan boshlab uch oydan kechikmay ishga kirganda;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z xohishiga ko‘ra (uzrli sabab bo‘yicha), shu jumladan eri yoki xotini boshqa yashash joyiga o‘tganda (o‘tish vaqti bir oylik muddatga kiritilmaydi) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya jihatidan tozalash tashkilotidan ishdan bo‘shagan kundan boshlab bir oydan kechikmay ishga kirganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Maxsus chiqindi tashish avtomashinalari, yuk avtomobillari (samosvallar, benzovozlar va assenizatsiya mashinalari) haydovchilariga ularning tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) quyidagi miqdorlarda ustamalar to‘lanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi jadal shahar harakati sharoitlarida ishlaganlik uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 10 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz ballonli yoqilg‘i tizimlari bilan jihozlangan avtomobillarda, zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 12 foizi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘ziga xos mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun maxsus chiqindi tashish avtomashinalari haydovchilari va yukchilariga, maxsus texnika mexanizatorlari, ta’mirlash ishchilari, press-kompakterlar va yuklashning pastki hududlari operatorlari va chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari yukchilari, poligonlardagi yukchilar, chiqindi to‘plash shoxobchasi operatorlariga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 12 foizi miqdorida, assenizatsiya avtomashinalari haydovchilariga — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 30 foizi miqdorida ustama belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Barcha holatlarda belgilangan qo‘shimcha haq va ustamalar tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) nisbatan qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xodimlarni mukofotlash sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti bo‘yicha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar bajarilganda, shuningdek, faoliyat samaradorligini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga va ichki rezervlardan foydalanishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘z vaqtida bajarilganda hamda kutilayotgan samaraga erishilganda hisobot davridagi ishlarning natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘z funksional vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda tashkilot faoliyati natijalaridagi qo‘shilgan shaxsiy hissa xodimlarga mukofot hisoblash uchun asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti va uning xodimlarining har bir toifasi bo‘yicha mukofotlashning aniq ko‘rsatkichlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha rahbar tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mukofotlarning aniq miqdorlari mukofotlashga mablag‘larning mavjudligi hisobga olingan holda har bir sanitariya jihatidan tozalash tashkilotida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus komissiya tarkibiga: rahbar, bosh buxgalter, asosiy ishlab chiqarish xizmatlari rahbarlari, mehnat jamoasi va sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari kiradi. Maxsus komissiya qarori ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilganlardan tashqari sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlarining boshqa xodimlarini mukofotlash oylik hisobot ma’lumotlari asosida yuk tashish prognoz ko‘rsatkichlari bajarilganligi uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 200 foizigacha amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Maxsus chiqindi tashish avtomashinalari haydovchilari va yukchilarini mukofotlash quyidagi ko‘rsatkichlar bajarilganda har oyda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuk tashish prognoz ko‘rsatkichlari bajarilganligi uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 50 foizigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuk tashish jadvaliga rioya qilinganligi uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 30 foizigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasini zarur holatda saqlaganligi uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 20 foizigacha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuk tashish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar bajarilmaganda, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xizmatlar iste’molchilari (jismoniy va yuridik shaxslar) tomonidan tegishli xodimga nisbatan berilgan ikki va undan ortiq asoslangan shikoyat mavjud bo‘lganda mukofot to‘lanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xizmat ko‘rsatiladigan uchastkaning tozaligi ta’minlangan va moliyaviy imkoniyatlar mavjud bo‘lganda maxsus chiqindi tashish avtomashinalarining yukchilariga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda mukofot to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda to‘lovlarning aniq miqdori jamoa shartnomasida nazarda tutilgan tartibda kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi yoki xodimning arizasi bo‘yicha maxsus komissiya qarori bilan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mablag‘lar mavjud bo‘lganda xodimlarga quyidagilar to‘lanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayram kunlari va yubileylarga to‘lanadigan mukofot, shuningdek, alohida ajralib turuvchi xodimlarga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishilgan ratsionalizatorlik takliflar uchun bir yo‘la beriladigan mukofot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘lkira va ovqatlanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida har oylik kompensatsiya;
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarif stavkasining (lavozim maoshining) bir baravari miqdorigacha bir yo‘la beriladigan moddiy yordam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim holatlar bilan bog‘liq ravishda (uzoq davom etgan kasallik, oila a’zosining vafot etishi, nikohga kirish) tarif stavkasining (lavozim maoshining) bir baravari miqdorigacha bir yo‘la beriladigan moddiy yordam.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti xodimlari mehnatiga haq to‘lashning belgilangan tartibini ta’minlash uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari rahbarlari va bosh buxgalterlari xodimlar mehnatining normalanishini va hisobga olinishining tashkillashtirilishi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tarif stavkalarining (lavozim maoshlarining) to‘g‘ri belgilanishi, qo‘shimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarining 40-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“40. Shaharlar, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda ekologik talablarga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, joylashtirish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish va tashishni o‘z ichiga olgan tadbirlar majmuini nazarda tutuvchi hududlarni tozalash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-sentabrdagi 266-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslarini to‘plash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish to‘g‘risida nizomning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“17. Simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlarigacha transportda yetkazib berish simobli lampalardan foydalanuvchi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni to‘plash punktlarida yig‘ilgan simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlarigacha transportda yetkazib berish chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Viloyatlarga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — respublikaga) bo‘ysunuvchi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning cheklangan soni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv xodimlari (BX — 9 kishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandis-texnik xodimlar (MTX) — 2 kishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yordamchi xodimlar — 6 kishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmiga ko‘ra belgilanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Energiya resurslarini iste’mol qilish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 21-maydagi 379-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-bandning ikkinchi, to‘rtinchi va yettinchi xatboshilaridagi “suv chiqarish xizmatlari” so‘zlaridan keyin “qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha” so‘zlari qo‘shilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “suv chiqarish xizmatlari” so‘zlaridan keyin “qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar” so‘zlari qo‘shilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2-ilovadagi “suv chiqarish xizmatlari,” so‘zlaridan keyin “qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar” so‘zlari qo‘shilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-banddagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi o‘rinlarda Sanitar tozalash markazi deb ataladi) buyurtmachining ishchi organi hisoblanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi tanlov hujjatlarini tayyorlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar ro‘yxati (ikki va undan ortiq hudud mavjud bo‘lganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha elektron tanlovga qo‘yilayotgan har bir hududning pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tanlovlar g‘oliblarining chiqindi to‘plash shoxobchalarida va tutash hududda lozim darajadagi tozalikni ta’minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirish, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini yaratish yoki yaxshilashni (chiqindi to‘plash shoxobchalarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, konteynerlar bilan jihozlash) nazarda tutuvchi majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) biriktirilayotgan hududda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarning bazaviy qiymatini hisoblab chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslar (aholi)ga ko‘rsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi aholi soni, belgilangan tarif, majburiy to‘lovlarning o‘rtacha undirish darajasi, shuningdek, Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasiga ajratmalar va Sanitar tozalash markazini saqlash xarajatlaridan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V = N x S x K x 0,95-R
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V — jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N — biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi va qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga kiritilgan jismoniy shaxslar (aholi)ning umumiy soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslar (aholi)ga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
K — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarning o‘rtacha undirish darajasi (Toshkent shahrida — 100 % (K=1), viloyatlar markazlarida — 90 % dan ortiq bo‘lmagan (K≤0,9), boshqa hududlarda — 80 % dan ortiq bo‘lmagan (K≤0,8));
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
0,95 — baravarlik koeffitsiyenti (Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasining bank hisob raqamiga 5 % miqdoridagi ajratmalar hisobi bilan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
R — Sanitar tozalash markazini saqlash uchun ajratmalar summasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) hududlarni elektron tanlovga qo‘yish uchun buyurtmachi nomidan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtmanoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnoma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud bo‘lmasa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zakalat puli ariza beruvchi tomonidan muayyan bir (tanlangan) lot bo‘yicha buyurtmanoma berayotganda uning shaxsiy hisobvarag‘idan chiqarib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza beruvchining shaxsiy hisobvarag‘idagi mavjud pul mablag‘lari zakalat pulini to‘lashga yetarli bo‘lmasa, elektron tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma qabul qilinmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“buyurtmachi va elektron tanlov g‘olibi o‘rtasida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnomani tuzish muddati to‘g‘risida”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“37. Elektron tanlov g‘olibi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida, bayonnomani taqdim etgan holda, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnomani tuzish uchun buyurtmachiga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi elektron tanlov g‘olibi bilan tuzilgan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnomaning elektron (skaner qilingan) nusxasini u imzolanganidan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorga yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar elektron tanlov g‘olibi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida buyurtmachini maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnomani tuzishni rad etish to‘g‘risida xabardor qilsa (yozma) yoki murojaat qilmasa, u rad etgan deb hisoblanadi va buyurtmachi keyingi ish kunidan kechiktirmay bu haqda operatorga elektron tizim yordamida ma’lum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Operator, o‘z navbatida, elektron tanlov g‘olibining maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnoma tuzishni rad etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olganidan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay buyurtmachi bilan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif bilan tanlov ishtirokchilari orasida tanlov g‘olibidan keyin yuqori ball to‘plagan navbatdagi ishtirokchiga (agar ballar teng bo‘lsa — arizani oldinroq berganga) (keyingi o‘rinlarda tanlovning ikkinchi ishtirokchisi deb ataladi) elektron xat yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi besh ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali taklifni qabul qilganligini tasdiqlasa, u elektron tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi va unga ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovning ikkinchi ishtirokchisi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida bayonnomaning asl nusxasini taqdim etgan holda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnomani tuzish uchun buyurtmachiga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Buyurtmachi elektron tanlov g‘olibi bilan tuzilgan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnomaning elektron (skaner qilingan) nusxasini u imzolanganidan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorga yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi taklif yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida buyurtmachini maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnomani tuzishni rad etish to‘g‘risida xabardor qilsa (yozma) yoki murojaat qilmasa, u rad etgan deb hisoblanadi va buyurtmachi keyingi ish kunidan kechiktirmay bu haqda operatorga elektron tizim orqali ma’lum qiladi. Bunda elektron tanlov o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “buyurtmachining hududni elektron tanlov g‘olibiga biriktirish to‘g‘risidagi qarorining” so‘zlari “maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnomaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“43. Buyurtmachi elektron tanlov g‘olibi murojaat qilganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida va bayonnomaga asosan u bilan 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim yoki shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Agar elektron tanlov ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan holatlarga asosan o‘tkazilmagan deb e’tirof etilsa, buyurtmachi elektron tanlov o‘tkazmasdan, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Toza hudud” yoki Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari bilan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnoma tuzishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Elektron tanlov g‘oliblari maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga kirishadilar.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan shartnoma tuzish hamda unga hududni biriktirish to‘g‘risidagi tegishli qarorni rasmiylashtirish” so‘zlari “maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnoma tuzish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bosqich quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“
6-bosqich
Buyurtmachi
Tanlov g‘olibi bilan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim yoki shartnoma tuzish.
Elektron tanlov g‘olibi murojaat qilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida
”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bo‘limning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. QMCHlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarning bazaviy qiymati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning bazaviy qiymati bir oyga _________ so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishda bazaviy tarif ____________ so‘m (1 m3 QMCHlarni olib chiqish uchun) ***”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bo‘lim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“II. Tanlov takliflarini baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Mezonlar nomi
1.
Ishlab chiqarish bazasining (avtopark, garaj) mavjudligi
2.
Xizmat ko‘rsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati
3.
Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra ulardan necha yil foydalanilganligi
4.
Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi
5.
QMCHlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarning bazaviy qiymatidan jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha bir oylik xizmatlarning past qiymati bo‘yicha taklif
6.
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga QMCHlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga bazaviy tarifdan past tarif bo‘yicha taklif
”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“***) chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari uchun maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarga tasdiqlangan tarif miqdori.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 4-ilovaning 7-bandidagi to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnoma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud bo‘lmasa).”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 5-ilovaning VI bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“VI. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha taklif etilayotgan xizmatlar qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Tarif
Tarif miqdori
1.
QMCHlarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha jismoniy shaxslar (aholi)ga ko‘rsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati
______________ so‘m.
2.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishda 1 m3 QMCHlarni olib chiqish uchun
______________ so‘m.
”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tanlov takliflarini baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Mezonlar nomi
Ballar
Jami
100
shu jumladan:
1.
Ishlab chiqarish bazasining (avtopark, garaj) mavjudligi*
20
2.
Xizmat ko‘rsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati:
20
5000 kishiga qadar
5
5 001 kishidan 10 000 kishiga qadar
10
10 001 kishidan 20 000 kishiga qadar
15
20 000 kishidan ortiq
20
3.
Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga bog‘liq ravishda ulardan necha yil foydalanilganligi**
30
3 yilgacha (3 yil ham qo‘shilgan holda
30
3 yildan 5 yilgacha
25
5 yildan 10 yilgacha
15
10 yildan ortiq
10
4.
Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi
5
5.
QMCHlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarning bazaviy qiymatidan jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha bir oylik xizmatlarning past qiymat taklifi
15
5 % gacha (5% ham qo‘shilgan holda)
7
5% dan 10 % gacha
10
10% dan 15 % gacha
12
15% dan ortiq
15
6.
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga QMCHlarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga bazaviy tarifdan past tarif bo‘yicha taklif:
10
5 % gacha (5% ham qo‘shilgan holda)
2
5% dan 10 % gacha
4
10% dan 15 % gacha
8
15% dan ortiq
10
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud bo‘lmagan taqdirda ishlab chiqarish bazasining ijara shartnomasi nusxasi taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Ishlab chiqarilgan yiliga bog‘liq ravishda har bir chiqindi tashish mashinasi bo‘yicha aniqlangan ballar jamlanadi, so‘ngra elektron tanlov ishtirokchisi tomonidan taklif etilgan chiqindi tashish mashinalari soniga bo‘linadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga 8-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga buyurtmachi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim yoki shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini tasdiqlash to‘g‘risida BILDIRISHNOMA
Joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________________________
Elektron pochta manzili: ____________________________________________________________________________
Telefon va faks raqami (agar mavjud bo‘lsa): ___________________________________________________________,
(mamlakat va shahar kodini ko‘rsatgan holda)
ushbu bildirishnoma bilan ____________ (elektron tanlov o‘tkazish sanasi) kuni o‘tkazilishi belgilangan elektron tanlovga qo‘yilgan, _____-son lot bo‘yicha maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga buyurtmachi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim yoki shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi xatboshidan “va penya to‘lanishini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘qqizinchi xatboshidan “va suyuq” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruscha matnning ikkinchi xatboshidagi “Ispolnitelyu” so‘zi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ninchi xatboshidagi “Ijrochini” so‘zlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi o‘rinlarda Sanitar tozalash markazi deb ataladi) yoki uning tuman (shahar)ga biriktirilgan vakillari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5- va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha Iste’molchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, o‘z vaqtida va to‘liq hajmda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik gabaritli, qurilish chiqindilari, suyuq maishiy va boshqa chiqindilarni alohida to‘lov evaziga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ijrochi quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga biriktirilgan hududda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilarning muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etish: chiqindi to‘plash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iste’molchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha qonun hujjatlari va ushbu shartnoma talablariga muvofiq zarur sifatdagi xizmatlar ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Ijrochining dispetcherlik xizmatiga tushgan Iste’molchilarning buyurtmanomalarini operativ tartibda (buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay) bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha xizmatlar uchun elektron to‘lov tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iste’molchilarning ma’lumotlar bazasini yuritish va muntazam ravishda yangilab borish (ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning rejimi va sifati bo‘yicha Iste’molchilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining to‘liq qamrab olinishini ta’minlovchi va qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur miqdordagi chiqindi to‘plash shoxobchalarining qurilishini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlarning holatini nazorat qilib borish hamda ularning tegishli holatda saqlanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindi to‘plash shoxobchalarining qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash uchun zarur miqdordagi konteynerlar bilan jihozlanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindi to‘plash shoxobchalari va transport vositalarining zarur tarzdagi sanitariya holatini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirishni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindi to‘plash shoxobchalarini joriy va mukammal ta’mirlashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning hayoti va salomatligi, atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning ko‘plab to‘planib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteyner va chiqindi to‘plash shoxobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yo‘li bilan va shu kabilar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning tartibi va tariflarining o‘zgarganligi to‘g‘risida ushbu tariflar kuchga kirishidan o‘n besh kun avval Ijrochining stendida, e’lonlar taxtasida e’lonlar osish yo‘li bilan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali Iste’molchini xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iste’molchilarga ularning so‘roviga asosan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va xizmatlar ko‘rsatish tartibining, shuningdek, tariflarining o‘zgarganligi to‘g‘risida bepul ma’lum qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq va suyuq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochining stendida, e’lonlar taxtasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning amaldagi tariflari, to‘lov shartlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvalini va mazkur shartnomani joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iste’molchiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi kamchiliklarning oldini olish choralarini ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’lumotlar va buxgalteriya hujjatlari besh yil mobaynida but holatda saqlanishini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar Iste’molchilar tomonidan to‘lov amalga oshirilayotgan, o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechikmay yagona tranzit bank hisobvaraqlariga to‘lanadi va keyinchalik mahalliy davlat hokimiyati organlarining maxsus g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, suyuq maishiy chiqindilar, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha alohida xizmatlar uchun to‘lovlar bevosita Ijrochining bank hisob raqamiga 100 foiz oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov jismoniy shaxslarning ixtiyoriga ko‘ra cheklanmagan holda tijorat banklari va to‘lovlarni qabul qilish kassalari, elektron to‘lov tizimi va boshqa to‘lov shakllarida amalga oshiriladi.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9. To‘lovni hisoblash tegishli davrlarda amalda bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“11. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlarning qayta hisob-kitobi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-bandda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “shuningdek o‘z majburiyatlarini buzganligi uchun Ijrochining penya to‘lashi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi xatboshidagi “Ijrochiga” so‘zi “Sanitar tozalash markaziga yoki uning tuman (shahar)ga biriktirilgan vakillariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“15. Abonentlar bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga kiritilmagan va ular haqida Sanitar tozalash markaziga taqdim etilmagan yangi abonentlar yoki birga istiqomat qiluvchi shaxslar aniqlanganda, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimida abonentlar va birga istiqomat qiluvchi shaxslar soniga tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtning o‘zida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki Sanitar tozalash markazi xodimi tomonidan tuzilgan dalolatnoma, ichki ishlar organlari tomonidan propiska qilinganligi (shu jumladan, vaqtincha propiska qilinganligi)ning tasdig‘i, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDY)ning tug‘ilganlikni qayd etish to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar), qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik, haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni ortgan (ko‘chib kirish, tug‘ilish va shu kabilar) vaqtdan boshlab to‘liq qayta hisoblab chiqiladi, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan holatlarda esa — o‘tgan uch oy uchun hisob-kitob qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“18. Xizmat ko‘rsatilmagan yoki tegishli sifatda bo‘lmagan xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda Ijrochi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima to‘laydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalarining 6-bandi ikkinchi xatboshidagi ““signal” usulida” so‘zlari “chiqindi to‘plash shoxobchalaridan yoki “signal” usulida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 49-son, 632-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda), shuningdek, qarorga 3-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmini yanada takomillashtirish, ularda talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 26-martdagi 68-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 18-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi.