27.09.2019 yildagi 816-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlash, boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasida 2019-yildan boshlab har yili oktabr oyining birinchi haftasini “Keksalar haftaligi” etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ularning o‘rnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Keksalar maslahati” guruhlari to‘g‘risida namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Keksalar maslahati” guruhlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni asosida mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahalladagi muammolarni hal etish, milliy urf-odat, an’ana va marosimlarni tashkil etish hamda o‘tkazishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda fuqarolar yig‘iniga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari guruhlarini shakllantirish, keksalarni ommaviy sport musobaqalariga keng jalb etishda faollik ko‘rsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib rahbar o‘rinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari bo‘yicha mas’ul etib belgilanadi hamda “Faxriylar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida bo‘lgan mehnat faxriylarini uzoq yillik samarali faoliyati uchun taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini doimiy o‘tkazib borish amaliyoti joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Vazirlik, O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Keksalar maslahati” guruhlarini doimiy ravishda homiylik xayriyalari va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda “Keksalar maslahati” guruhlarining takliflarini inobatga olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq keksa avlod vakillarining respublika bo‘ylab tarixiy shaharlar va ziyoratgohlarga sayohatini uyushtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorda belgilangan vazifalar amalga oshirilishini yoritib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
816-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi o‘rnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ullar

1.

“Keksalar maslahati” guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Malakali amaliyotchi-mutaxassislar va olimlardan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Ishchi guruhi tomonidan metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

15-noyabr

3. Metodik tavsiyalarni nashr ettirish va joylarga yetkazilishini ta’minlash.

20-dekabr

2.

“Keksalar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari to‘plami”ni nashrga tayyorlash va chop ettirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Toshkent davlat yuridik universiteti

2. Ishchi guruhi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash amaliyoti va xalqaro tajribani o‘rganish.

15-noyabr

3. O‘rganish natijalari asosida normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini tayyorlash va chop ettirish.

20-dekabr

4. To‘plamlarni joylarga yetkazilishini ta’minlash.

30-dekabr

3.

Mamlakatimizda keksalarning turmush darajasi hamda sifatini oshirish maqsadida amaldagi qonunchilik va xalqaro tajribalarni chuqur o‘rganib, bugungi kunda uchrayotgan muammolarni tahlil qilgan holda keksa avlod vakillari, xususan, yolg‘iz keksalar, mehnat faxriylari va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi

2. Ishchi guruhi tomonidan amaldagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish.

20-noyabr

3. O‘rganish natijalari asosida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan taklif ishlab chiqish.

20-dekabr

4. Taklifni Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etish.

2020-yil yanvar

4.

Keksa avlod vakillariga yaratilgan imtiyozlarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida batafsil o‘rganib, to‘plam holiga keltirish, mahalla raislari uchun uslubiy qo‘llanma sifatida nashrga tayyorlash va chop ettirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi

2. Ishchi guruh tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar hamda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish.

20-noyabr

3. O‘rganish natijalari asosida normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini tayyorlash va chop ettirish.

25-dekabr

4. To‘plamlarni joylarga yetkazilishini ta’minlash.

2020-yil yanvar

5.

Barcha hududlarda keksa avlod vakillarining turmush darajasi, ijtimoiy himoyasi, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi tegishli masalalarni nazarda tutgan holda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish.

1. Ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish uchun ishchi guruhlar tuzish.

2019-yil 10-oktabr

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

2. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli masalalarni o‘z ichiga olgan so‘rovlar shaklini ishlab chiqish va barcha hududlarda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish.

15-oktabr — 30-noyabr

3. So‘rovlar natijalarini manfaatdor tashkilotlar bilan muhokama qilish va natijalarga ko‘ra zarur choralarni amalga oshirish.

10-dekabr

6.

Keksa avlod vakillari bilan manzilli ishlash bo‘yicha “Keksalar ijtimoiy himoyasi” dasturini ishlab chiqish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish.

2019-yil 5-noyabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

2. Ishchi guruh tomonidan keksalarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish.

30-noyabr

3. O‘rganish natijalari asosida dastur loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

10-dekabr

4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

20-dekabr

7.

Keksalar orasida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni targ‘ib qilish, ularda salomatlik uchun mas’ullik tuyg‘usini yuksaltirish orqali inson umrini uzaytirishga ko‘maklashishga qaratilgan “Sog‘lom va muvaffaqiyatli qarilik” konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 5-noyabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

2. Ishchi guruhi tomonidan konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

30-noyabr

3. Konsepsiya loyihasini manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish.

25-dekabr

8.

Keksalar uchun nazarda tutilgan yoshga doir pensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, aniqlangan holatlar bo‘yicha manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ta’sirchan choralarni ko‘rish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

2. Ishchi guruhlari tomonidan fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish.

20-dekabr

3. Salbiy holatlar kuzatilgan mahallalarda zarur chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirilgan ishlarni har haftada sektorlarning umumiy yig‘ilishida muhokama qilish.

doimiy

4. O‘rganish natijalari asosida amaldagi tizimlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

2020-yil 20-yanvar

5. Ishlab chiqilgan tizimni amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rish.

2020-yil 1-fevraldan boshlab

9.

“Muvaffaqiyatli keksalikning 50 kafolati” nomli keksa avlod vakillari o‘qishi uchun tavsiya etiladigan 50 nomdagi kitoblar ro‘yxatini shakllantirish hamda aholi o‘rtasida keng targ‘ibotini olib borish.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

2. Ishchi guruhi tomonidan tavsiya etiladigan 50 nomdagi kitoblar ro‘yxatini shakllantirish va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish.

25-oktabrdan boshlab doimiy

10.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish darajasi va sifatini yanada oshirish, ularga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari markazlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar (xizmat ko‘rsatish) tashkil etish.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 30-oktabr

Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va reja asosida o‘tkazilishini tashkil etish.

15-noyabrdan boshlab doimiy

3. Aniqlangan muammo va takliflarni manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda muhokama qilib, natijasi bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

reja asosida

11.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj qatlam uchun tor mutaxassislar (nevrolog, otorinolaringolog, urolog, oftalmolog va boshqalar) hamda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat tarkibda “Tibbiyot avtobusi” tashkil etib, mahallalarda keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlarini tashkil etish.

1. Mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi shakllantirish.

2019-yil 10-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj keksalar?ing ro‘yxati?i hududlar kesimida shaklla?tirish.

25-oktabr

3. Tibbiy ko‘rik o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va mas’ul tashkilotlar bilan kelishish.

30-oktabr

4. Tasdiqlangan reja-jadval asosida tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish.

reja asosida

12.

Respublikadagi mavjud barcha klinikalarga har yili besh nafardan tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarni har olti oyda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha biriktirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish.

1. Tibbiy ko‘rik o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan klinikalar ro‘yxatini hududlar kesimida shakllantirish.

2019-yil 15-noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

2. Tibbiy ko‘rik va tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarning ro‘yxatini tuzish.

15-noyabr

3. Tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarni tavsiya asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etish.

30-noyabr

13.

Keksa avlod vakillari, nuroniylarning boy va ibratli hayot tajribasi, amaliy bilim va ko‘nikmalarini yoshlarga targ‘ib etish uchun umumta’lim maktablarida uchrashuvlar va tarbiyaviy soatlarni tashkil etish bo‘yicha reja ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda umumta’lim maktablarida uchrashuvlar va tarbiyaviy soatlarni tashkil etish bo‘yicha namunaviy reja loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil 10-oktabr

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi

2. Keksa avlod vakillari, nuroniylarni hududlar kesimida joylardagi umumta’lim maktablariga biriktirish.

25-oktabr

3. Rejaga asosan joylarda tadbirlarni tashkil etish.

reja asosida

14.

“Keksalar maslahati” guruhlarining eng faol a’zolarini doimiy ravishda belgilangan tartibda “Mehnat faxriysi”, “Mo‘tabar ayol” va “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonlariga tavsiya etib borish.

1. “Keksalar maslahati” guruhlari a’zolarining faoliyati yuzasidan monitoring ishlarini tashkil etish va eng faol a’zolarni saralab olish.

2019-yildan boshlab har yarim yilda

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Guruhlardan saralab olingan eng faol a’zolarga ko‘krak nishoni bilan taqdirlash yuzasidan tavsiya berib borish.

belgilangan muddatlarda

15.

Mahallalarda keksalar va faxriylar o‘rtasida tongi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish, shuningdek, “Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish marafonlarini uyushtirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 25-oktabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Ishchi guruhi tomonidan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va joylarga yetkazish.

1 — 30-noyabr

3. Joylardagi tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga muntazam ravishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.

2019-yil 1-dekabrdan boshlab doimiy

16.

Keksa avlod vakillarining milliy qiyofasi hamda ibratli faxriylar obrazini ifodalaydigan badiiy, hujjatli, qisqa metrajli filmlar, teleseriallar va spektakllarni tayyorlash va namoyish etish.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi-ijodiy guruh tuzish.

2019-yil 10-oktabr

“O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2. Ishchi-ijodiy guruh tomonidan namoyish etiladigan filmlar, teleseriallar va spektakllar rejasini ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlarning qo‘shma qarori asosida tasdiqlash.

1 — 30-noyabr

3. Reja asosida badiiy, hujjatli, qisqa metrajli filmlar, teleseriallar va spektakllarni tayyorlash va efirga uzatish.

reja asosida

17.

Keksa avlod vakillarining teatr va muzeylarga tashriflarini imtiyoz asosida tashkil etish

1. Manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda teatr va muzeylarga tashriflarni tashkil etish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil 25-oktabr

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Teatr va muzeylarga boruvchilarning ro‘yxatini hududlar kesimida shakllantirish.

5-noyabr

3. Belgilangan muddatlarda teatr va muzeylarga tashriflarni amalga oshirish.

reja asosida

18.

“Keksalar haftaligi” doirasida quyidagi tadbirlarni tashkil etish:

“Keksalik — hayotning ajib fasli” mavzusida ko‘rgazma;

“Keksalar va faxriylarga e’tibor, ularning muammolarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar;

mahallalarda “Bobom, buvim va men kitobxon” shiori ostida kitobxonlik aksiyalari;

mahallalarda “Keksa avlod oilaviy ajrimlarga qarshi”, “Biz bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q” mavzularida targ‘ibot tadbirlari;

ta’lim muassasalaridagi ma’naviyat soatlarida ibratli hayot yo‘li va mehnati bilan aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan keksalar ishtirokida “Nuroniylar yoshlar nigohida” mavzusida uchrashuvlar, ko‘rik-tanlovlar va rasmlar ko‘rgazmalarini tashkil etish;

keksa avlod vakillarining teatr va muzeylarga tashriflarini imtiyoz asosida tashkil etish.

1. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 25-sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Bayram tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha reja-dastur ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

30-sentabr

3. Bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va tadbirlarga mahallalardagi barcha keksa hamda faxriylarni qamrab olish.

1 — 7-oktabr

4. Bayram tadbirlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.

reja asosida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksalar maslahati” guruhlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur namunaviy nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) “Keksalar maslahati” guruhining (keyingi o‘rinlarda Guruh deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Guruh jismoniy shaxslarning ixtiyoriyligiga asoslanib, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengashi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Guruh O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, hududiy (viloyat, tuman (shahar)) bo‘limlar (keyingi o‘rinlarda — vazirlik, hududiy bo‘limlar) huzurida hamda fuqarolar yig‘inlarida tashkil etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Guruh qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Guruh to‘g‘risidagi nizom tegishli vazirlik, hududiy bo‘limlar boshqaruvi hamda fuqarolar yig‘inlari qarori bilan tasdiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Guruh oshkoralik, kollegiallik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik, ixtiyoriylik va jamoat fikrini hisobga olish tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Guruhning asosiy maqsad va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Guruhning asosiy maqsadi keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etish, keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda keng foydalanish, ularning islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlashdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Guruhning asosiy vazifalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” Qonunida belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni asosida mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati va ogohligini oshirish, jaholatga qarshi ta’sirchan hamda kuchli ma’rifat targ‘ibotini, umumta’lim maktablarida kiyinish madaniyati, o‘quvchilarning davomatini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahalladagi muammolarni hal etish, milliy urf-odat, an’ana va marosimlarni tashkil etish hamda o‘tkazishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda fuqarolar yig‘iniga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar xolidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari guruhlarini shakllantirish, keksalarni ommaviy sport musobaqalariga keng jalb etishda faollik ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning mahallalarda amalga oshirilishida faollik ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loqaydlik, oilaviy kelishmovchiliklar va yoshlar o‘rtasida “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi salbiy illatlar tarqalishini oldini olish, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda jamoatchilik munosabatini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalar orasida sport-sog‘lomlashtirish, muvaffaqiyatli qarish, salomatlik uchun shaxsiy mas’uliyatni yuksaltirish kabi targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy himoyaga olingan yolg‘iz keksalarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, qarovchisiz qolgan fuqarolarning ambulator-statsionar hamda uy sharoitida davolash, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning tashkil etilishini nazorat qilish;
(8-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan pensiya yoshidagi kishilarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi, bandligini ta’minlash, pensiya yoshidagi kishilar uchun mehnat yarmarkalari tashkil etilishiga ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“G‘amxo‘rlik” markazlari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan doimiy hamkorlikda ish olib borish, ehtiyojmand, boquvchisiz qolgan yolg‘iz keksalarga har jihatdan ko‘maklashish;
(8-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘y va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham, ijtimoiy tabaqalanishga yo‘l qo‘ymagan holda o‘tkazish bo‘yicha mahallada targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilm-fan, san’at, hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqa madaniyati, tadbirkorlik kabi turli sohalar bo‘yicha katta hayotiy va kasbiy tajribaga ega keksalar ishtirokida aholi orasida tadbirlar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haj va Umra ziyoratlariga tavsiya etiladigan fuqarolar bo‘yicha takliflar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolg‘iz keksalar hamda pensionerlar uchun tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlarga muntazam sayohatlar uyushtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Guruh qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa ijtimoiy-ma’naviy vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Guruhning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Guruh quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalardagi tinchlik, hamjihatlik muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli kengashlar hamda fuqarolar yig‘inlariga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni milliy mentalitetimizga mos ruhda tarbiyalash, ularda keksa avlod vakillariga nisbatan hurmat hissini shakllantirish, nojo‘ya qilmishlar va urf-odatlarimizga zid xatti-harakatlardan qaytarishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, tashabbuskor, fidoyi keksalarni “Mehnat faxriysi”, “Mo‘tabar ayol” va “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonlariga tavsiya etish bo‘yicha takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yig‘inlariga murojaat etgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berish, kelib tushgan murojaatlarni tasniflash asosida xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish ishlariga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaruratdan kelib chiqib, o‘z majlislari va tadbirlariga davlat organlarining mas’ul xodimlarini taklif etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda keksalarning muammolarini, ularning ehtiyojlarini o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiya berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘ylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli an’analarimizni hisobga olgan holda o‘tkazish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Guruhning tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Guruhlar quyidagi tarkibda shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika guruhi — vazirliklar, tashkilotlar va xo‘jalik birlashmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan, muayyan tarmoq taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shgan, katta hayotiy va amaliy tajriba hamda mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil takliflarga ega ijtimoiy faol jamoat arboblari, olimlar va ekspertlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat va tuman (shahar) guruhlari — muayyan sohada rahbarlik lavozimlarida ishlagan, katta hayotiy va amaliy tajribaga, mahallaning mavqeyini yuksaltirish bo‘yicha amaliy takliflarga ega bo‘lgan, yuqori obro‘-e’tiborga sazovor kishilar, olimlar, ijodkorlar va ekspertlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla guruhlari — mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, kishilarni ortidan ergashtira olish malakasiga ega bo‘lgan, aholi orasida obro‘-e’tiborli, boshqalarga ibrat bo‘ladigan keksa avlod vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning nafaqadagi xodimlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jamoatchilik tuzilmasi 15 — 20 nafar a’zodan iborat tarkibda shakllantirilib, tegishli kengashlar boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Guruhning faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Guruh rahbari tegishli boshqaruv raislari tavsiyasiga ko‘ra guruh a’zolari orasidan saylanib, guruh faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Guruh bir oyda bir marta (zarurat bo‘lganda navbatdan tashqari) chaqirtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Guruh tomonidan muhokama etilgan masalalar bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi hamda tegishli kengashlarga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Guruh faoliyatini tegishli kengashlar hamda fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari muvofiqlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vazirlik va hududiy bo‘limlarining tegishli bo‘limlari tuzilma faoliyatini samarali tashkil etishga uslubiy hamda amaliy jihatdan ko‘maklashadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Guruhlarning choraklik faoliyati yuzasidan hududiy bo‘limlar, yarim yillik va yillik faoliyati esa hududiy bo‘limlarning hisobotiga ko‘ra vazirlik tomonidan monitoring qilinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Guruh a’zolari pensiyaga chiqqunga qadar faoliyat ko‘rsatgan sohasi bo‘yicha tarmoqlarga biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Respublika guruhi a’zolari hududlarga muvofiqlashtiruvchi sifatida biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Guruhlar o‘z faoliyati doirasida vazirlik va hududiy bo‘limlar boshqaruvi oldida hisobdordir.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Guruhlar faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish yuzasidan tegishli hududiy bo‘limlar boshqaruvi raislarining shaxsiy mas’ulligi belgilanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2019-y., 09/19/816/3823-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)