09.09.2019 yildagi 746-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qarori ijrosini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga sifat, samaradorlik, tezkorlik va oshkoralik prinsiplari asosida oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash uchun mualliflar hamda nashriyotlarni tanlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojning tizimli monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan ehtiyoj asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun zarur boʻlgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni yaratish;
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaratilgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari asosida tayyorlanganligini ekspertizadan oʻtkazish va nashrga tayyorlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 9-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
746-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 746-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oshkoralik, sifat, samaradorlik va tezkorlik prinsiplari asosida oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash, ekspertizadan oʻtkazish va ularni nashr qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash, ekspertizadan oʻtkazish va ularni nashr qilish tartibi ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijodiy jamoalar — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni belgilangan talablar asosida chop etish uchun tayyor mahsulot (original maket) koʻrinishida taqdim etuvchilar, maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali mutaxassislar, tuzuvchilar, davlat va nodavlat hamda xorijiy tashkilotlar, nashriyot va matbaa tashkilotlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan Vazirlik huzuridagi respublika tashkilotlari, tizimdagi nashriyotlar va vazirlik muassisligida tashkil etilgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan biri;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
original maket — chop etish uchun bosmaxonaga topshirishga toʻliq tayyor boʻlgan, barcha matn va grafik axborotlar chop etishgacha boʻlgan tayyorgarlikdan oʻtkazilib, tashqi koʻrinishi va tuzilishi jihatidan yakuniy bosqichga yetkazilgan mahsulotning (nashrning) chop etilgan yoki elektron koʻrinishdagi asl nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar — muayyan yoʻnalishning mavzulari tizimli, chuqur va toʻliq yoritilgan, tegishli yoʻnalish mazmunini belgilangan hajmda mukammal oʻzlashtirishga qaratilgan, mazmunan va shaklan taʼlim turlariga moslashtirilgan, tinglovchi, talaba, pedagog va tarbiyalanuvchilarga taalluqli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanishiga, ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladigan metodik qoʻllanmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-metodik qoʻllanma (bosma va elektron) — oʻquv-metodik majmuani qisman toʻldiruvchi, muayyan yoʻnalish dasturi boʻyicha tuzilgan va mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritib beradigan, yoʻnalish asoslarining mukammal oʻzlashtirilishini taʼminlovchi, mazmunan va shaklan taʼlim turlariga moslashtirilgan, nazariy yoki amaliy mashgʻulotlarga moʻljallangan, tinglovchi, pedagog va tarbiyalanuvchilarga taalluqli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladigan metodik qoʻllanmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertlar guruhi — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangan Vazirlik huzuridagi respublika tashkilotlarining turli yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladigan original maketlarni baholovchi mutaxassislaridan iborat guruh.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlashga qoʻyiladigan talablar Vazirlik (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) tomonidan ishlab chiqiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlik har yili birinchi chorak yakunida keyingi oʻquv yillarida maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun pedagoglarga va tarbiyalanuvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladigan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) roʻyxatini shakllantiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlik shakllantirilgan roʻyxat asosida oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) yaratish boʻyicha ommaviy axborot vositalari va vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eʼlonda tayyor original maketlarga qoʻyiladigan talablar, ularni topshirish muddatlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Eʼlonda koʻrsatilgan talablar va muddatlarda oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) original maketlarini yaratish boʻyicha ijodiy jamoalar ishtirok etish taklifini vazirlikka rasmiy xat bilan taqdim etadi va belgilangan muddatlarda original maketlarini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijodiy jamoalar ishlash davomida, lekin 4 oydan oshmagan muddatga vazirlik tomonidan asosiy ish haqining 0,25% miqdorida qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mualliflik huquqini olish boʻyicha vazirlik va oʻquv-metodik, didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalar yaratuvchilari oʻrtasida nashrga ajratilgan mablagʻlarga nisbatan 1 % miqdorida mualliflik huquqi asosida shartnoma imzolanadi, oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarning original maketlarini yaratish boʻyicha tuzilgan ijodiy jamoalar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ijodiy guruh tayyorlangan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) original maket holatida ishchi organga koʻrib chiqish uchun eʼlonda koʻrsatilgan muddatlarda rasman taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ishchi organ taqdim etilgan original maketlarni qabul qiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarning original maketlarini ekspertizadan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishchi organ qabul qilib olingan original maketlarni qabul qilingan kundan boshlab 3 kun davomida ekspertlar guruhiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ekspertlar guruhi taqdim etilgan original maketlarning chop etilgan varianti hamda elektron nusxalarini qabul qilingan kundan boshlab 2 oy muddatda ekspertizadan oʻtkazadi hamda tegishli xulosalarini Ishchi organga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) yaratishda maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar, ota-onalar hamda keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olish, amaldagi oʻquv-metodik majmualarni mazmunan takomillashtirish maqsadida vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida 2 hafta davomida muhokamalar tashkil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishchi organ 10 kun davomida taqdim etilgan original maketlarni oʻrganib chiqib, muhokama qiladi va tanlab olingan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) roʻyxatini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ishchi organ roʻyxat tasdiqlangandan soʻng uch kun muddat ichida nashrga tavsiya etilayotgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarga (bosma va elektron) Vazirlik grifini berish boʻyicha qaror qabul qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashrga tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Nashrga tavsiya etilgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) nashr etish uchun Ishchi organ tomonidan 2 hafta davomida texnik topshiriqlar ishlab chiqiladi va ommaviy axborot vositalari hamda vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eng maqbul narxlar taklif etadigan nashriyotlarni tanlab olish uchun eʼlon beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Eng maqbul narxlar taklif etgan nashriyotlarni tanlab olish uchun bir oy muddatda, Ishchi organ tomonidan tanlov oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlik tomonidan tanlov natijasiga koʻra gʻolib boʻlgan nashriyotlar bilan 10 kun davomida shartnomalar imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash, ekspertizadan oʻtkazish va ularni nashr qilish tartibi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


 

1-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun pedagoglarga va tarbiyalanuvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladigan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) roʻyxatini shakllantiradi.

2. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) yaratish boʻyicha ommaviy axborot vositalari va vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

Har yili birinchi chorak yakunida


 

2-bosqich

Ijodiy jamoalar

1. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) original maketlarini yaratishda ishtirok etish taklifini Ishchi organga rasmiy xat bilan murojaat etadi.

2. Tayyorlangan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) original maket holatida ishchi organga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

Eʼlonda belgilangan muddatlarda


 

3-bosqich

Ishchi organ

Qabul qilib olingan original maketlarni ekspertlar guruhiga taqdim etadi.

Qabul qilingan kundan boshlab 3 kun muddatda


 

4-bosqich

Ekspertlar guruhi

Taqdim etilgan original maketlarini ekspertizadan oʻtkazadi hamda tegishli xulosalarini Ishchi organga taqdim etadi.

2 oy muddatda


 

5-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olish maqsadida vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

2 hafta davomida


 

6-bosqich

Ishchi organ

1. Maketlarini oʻrganib chiqib, muhokama qiladi, ularning roʻyxatini tasdiqlaydi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining grifini berish boʻyicha qaror qabul qiladi.

2. Nashrga tavsiya etilgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashr etish uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqadi.

10 kun davomida


2 hafta davomida


 

7-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

1. Maqbul narxlar taklif etadigan nashriyotlarni tanlab olish uchun ommaviy axborot vositalari hamda vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti orqali eʼlon beradi va tanlovni oʻtkazadi.

2. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya qaroriga koʻra gʻolib boʻlgan nashriyotlar bilan shartnomalar imzolaydi.

1 oy davomida


10 kun davomida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2019-y., 09/19/746/3714-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)