3-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
Hujjat turi, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija | |
|
I. Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish chora-tadbirlari | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlimi va tarbiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2018-yil |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi |
Qonun loyihasi. Loyiha Maktabgacha taʼlim vazirligining maktabgacha taʼlim sohasidagi huquq va majburiyatlarini oʻrnatish, oilaning oʻrnini, maktabgacha taʼlim muassasasi va nodavlat maktabgacha taʼlim (tijorat, notijorat) muassasasining mavqeyini belgilash, pedagogik faoliyat uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. |
|
2. |
Qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek yangi tahrirdagi quyidagi nizomlarni ishlab chiqish: davlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom; nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom; davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom. |
2018-yil 30-noyabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi “Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 528-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritish: maktabgacha taʼlim muassasalarida ota-onalar badal toʻlovlarining elektron tizimini joriy etish; ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga bepul qabul uchun nozologiyalarni qayta koʻrib chiqish; tibbiy-pedagogik komissiyadan oʻtish tartibini qayta koʻrib chiqish; bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibini qayta koʻrib chiqish; ixtisoslashtirilgan muassasalarga boʻlgan ehtiyojni va ularning samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida ularning turlari roʻyxatini qisqartirish; ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish yoshini qayta koʻrib chiqish. |
|
3. |
Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, ularni nashr qilishni takomillashtirish boʻyicha mexanizmlarni joriy etish. |
2018-yil 31-dekabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Oshkoralik, sifat, samaradorlik va tezkorlik prinsiplari, shuningdek, ekspertizadan oʻtkazish va maxsus adabiyotlarni chop etish asosida maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar mualliflari hamda nashriyotlarini tanlab olish tartibini ishlab chiqish. |
|
4. |
2030-yilgacha Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. |
2018-yil 31-dekabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha taʼlimni rivojlantirishning quyidagi asosiy tadbirlarini belgilaydi: davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari kesimida shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik asosida, shuningdek viloyatlar kesimida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllarini qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichlari; viloyatlar, tumanlar va shaharlar kesimida yangi maktabgacha taʼlim muassasalari sonini hisoblab chiqish; 6 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktabga chiqishidan oldin maktabgacha taʼlimga jalb qilish orqali bolalarni maktabdan oldin tayyorlash uchun teng imkoniyatlar yaratish. |
|
II. Maktabgacha taʼlimni qamrab olish va undan foydalanishni kengaytirish chora-tadbirlari | ||||
|
5. |
Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini ishlab chiqish. |
2019-yil 1-martgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, |
Tashkiliy chora-tadbirlar. YUNISEF va Jahon banki bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim olish imkoniyatini taʼminlash maqsadida, shu jumladan respublikaning maktabgacha taʼlim standarti shakllarini kengaytirish murakkab boʻlgan olis tumanlari va joylarida maktabgacha taʼlimning yangi muqobil shakllarini tatbiq etish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
|
6. |
2018-yil noyabrdan boshlab respublikaning ayrim hududlarida majburiy bir yillik maktabgacha taʼlimni sinov tarzida joriy etish. |
10-oktabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublikaning bir qator hududlarida majburiy bir yillik maktabgacha taʼlimni sinov tarzida joriy etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish va kiritish: maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, kollejlar, mahalla qoʻmitalari va boshqa binolarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun alohida xonalar ajratilishini taʼminlash; guruhlarga ajratilgan xonalarni mebellar, jihozlar va oʻquv materiallari bilan jihozlash uchun moliyalashtirishni tashkil etish; tayyorlov guruhlarini malakali pedagoglar bilan toʻldirish. |
|
7. |
Maktabga chiqishdan oldin bir yil davomida 5-6 yoshdagi bolalarni majburiy maktabgacha taʼlim bilan toʻliq qamrab olishni tashkil etish yoʻli bilan barcha bolalarni maktabdan oldingi tayyorgarligi uchun teng imkoniyatlar bilan taʼminlash. |
2019-yil 30-sentabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha 2021-yilgacha majburiy bir yillik bepul maktabgacha taʼlimga bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutadi. |
|
8. |
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish va samarali tashkil etish zarurligini hisobga olgan holda qurilayotgan turarjoy majmualarini zarur ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlash. |
1-noyabrgacha |
Qurilish vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Qishloq joylarda bir qancha koʻp qavatli uy-joylar yoki uylardan iborat yangi komplekslarni loyihalashtirish normativlari va tartibini ishlab chiqish, bunda maktabgacha taʼlim muassasasi albatta koʻp qavatli uylarning birinchi qavatlarida yoki alohida binoda boʻlishini nazarda tutish. Uy-joy komplekslarini qurishda majburiy tarzda tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim muassasalari quvvatini qishloq joylardagi har bir 200 ta xonadon yoki uy uchun 50 ta oʻringa moʻljallagan holda belgilash tartib-taomilini ishlab chiqish. Investor zimmasiga ijtimoiy majburiyatlarni, shu jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish va mazkur maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati uchun infratuzilma yaratish (suv taʼminoti, podyezd yoʻllari va boshqalar)ni yuklagan holda respublika hududida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish imkoniyatlarini oʻrganish. |
|
9. |
Barcha boʻsh turgan va faoliyat yuritmayotgan sobiq maktabgacha taʼlim muassasalari, shuningdek, davlat organlari va idoralari tomonidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan binolarni, ularni rekonstruksiya qilish va faoliyatini davlat-xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha taʼlim muassasalari sifatida tashkil etish maqsadida, kompleks ravishda oʻrganib chiqish. |
2018-yil 30-noyabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Har bir obyektni oʻrganish, bino ehtiyoji va holatini aniqlash hamda uni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar hajmini belgilash uchun ishchi guruhlar tashkil etish. Binolarni, ularda davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etgan holda yoki maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchilik loyihalari uchun xususiy hamkorlarni tanlov asosida saralab olish uchun koʻrsatiladigan obyektlar roʻyxatiga kiritish orqali, maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalari balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish. |
|
10. |
Muayyan bir hududdagi olis tumanlarda yashayotgan bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga transportda tashishni sinov tarzida joriy etish. |
2019-yil davomida |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
Tashkiliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Sinov natijasi yakunlari boʻyicha 2020-yil 1-yanvargacha mazkur amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida kelgusida joriy etish maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish va transport vositalarini xarid qilish, ulardan foydalanish, bolalarni tashish hamda ularning xavfsizligi taʼminlanishini tashkil etish tartibini belgilab olish. |
|
III. Maktabgacha taʼlim muassasalari holatini va moddiy-texnika bazasini yaxshilash chora-tadbirlari | ||||
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2025-yilgacha Maktabgacha taʼlim muassasalarini ichimlik suvi, isitish tizimi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash Dasturini kiritish. |
2019-yil 1-martgacha |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo”AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “NEK”AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Dastur quyidagilarni nazarda tutadi: 2025-yilgacha barcha maktabgacha taʼlim muassasalarini ichimlik suvi, isitish tizimi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bosqichma-bosqich taʼminlash; energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish; moliyalashtirish manbalari (respublika va mahalliy budjetlar, qarzlar, kreditlar, grantlar va ijrochilar mablagʻlari). |
|
12. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida “Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti” DUK va “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” faoliyatini tashkil etish: nizomlar (ustavlar) tuzilmasi, shtat jadvalini tasdiqlash; zarur uskunalar, mebel, kompyuter texnikasi va anjomlar, Internet tarmogʻiga ulanishni taʼminlash; malakali kadrlar bilan taʼminlash. |
2018-yil 31-oktabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi tuzilgan tashkilotlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishni taʼminlash. |
|
IV. Maktabgacha taʼlim sohasida boshqaruv va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, ularning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari | ||||
|
13. |
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish. |
2018-yil 31-oktabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni, uning tuzilmasi va Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash. |
|
14. |
Maktabgacha taʼlim sohasidagi moliyalashtirish tizimini takomillashtirish. |
2019-yil 1-yanvargacha 2019-yil 15-iyulgacha 2019-yil 1-avgustgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
Tashkiliy tadbirlar majmui. Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga normativ moliyalashtirishni sinov tartibida joriy etish. Jon boshiga normativ moliyalashtirishni sinov tartibida joriy etish natijalarini batafsil tahlil qilish. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur tartibning maktabgacha taʼlim tizimida yanada tatbiq etilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritish. |
|
15. |
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun ularni qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatishga ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish. |
2018-yil 31-oktabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan quyidagilar boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish: dam olish kunlari va maktabgacha taʼlim muassasasida ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish, uni oʻqitish; belgilangan dasturdan tashqari sport-sogʻlomlashtirish (karate, taekvondo, suzish, shaxmat, shashka, gimnastika, massaj maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan narxlar preyskurantini, dasturlarni, pullik xizmatlar koʻrsatish uchun ota-onalar bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishish. |
|
16. |
Tekshiruvchi va nazorat qiluvchi tashkilotlarning toʻliq roʻyxatini yaratish va maktabgacha taʼlim muassasalarini tekshirish muddatini, tartibini va sohasini aniqlash. |
30-noyabrgacha |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor idoralar va vazirliklar |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Tartib belgilash, unga koʻra: rejali tekshiruvlar 3 yilda koʻpi bilan 1-marta oʻtkaziladi; maktabgacha taʼlim muassasalarini rejadan tashqari tekshirish faqat Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida oʻtkaziladi. |
|
17. |
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida boshqaruvning zamonaviy shakllarini joriy etish orqali shaffoflikni taʼminlash. |
2018-yil 31-oktabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi |
Idora hujjati. Maktabgacha taʼlim muassasalarining vasiylik kengashlarini tugatish toʻgʻrisidagi hujjatni ishlab chiqish. Maktabgacha taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish: a) kuzatuv kengashi quyidagilardan tarkib topadi: har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari; pedagoglar; tarbiyachilar yordamchilari; maktabgacha taʼlim muassasasi maʼmuriyati; Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmasi va hokazolar; b) kuzatuv kengashi quyidagi vakolatlarga ega: hududiy maktabgacha taʼlim boʻlinmalari tomonidan koʻrsatilgan nomzodlar orasidan maktabgacha taʼlim muassasasining rahbarini tasdiqlash; maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalarini, ularga erishish rejalarini tasdiqlash; belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish. |
|
V. Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsiyalarni joriy etish chora-tadbirlari | ||||
|
20. |
Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini (EMIS) takomillashtirish, vazirlik va idoralarning boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalash. |
2018-2019-yillar davomida |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
Tashkiliy tadbirlar. Birinchi darajada Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini (EMIS) “Elektron hukumat”, Davlat xizmatlari agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, OʻzASBO, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi axborot tizimlari bilan birlashtirish, ikkinchi darajada barcha idoralar va tashkilotlar axborot tizimlari bilan birlashtirish. |
|
21. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarining Internet tarmogʻiga keng polosali ulanishini taʼminlash. |
2018 — 2020-yillar davomida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
Tashkiliy tadbirlar. Maktabgacha taʼlim muassasalarining Internet tarmogʻiga keng polosali ulanishini taʼminlash: respublika va viloyat darajasida — 2018-yilning oxirigacha; tuman darajasida — 2019-yilning 1-iyuligacha; barcha maktabgacha taʼlim muassasalarini — 2020-yil 1-iyulgacha. |
|
22. |
Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida joylashtirish. |
2018-yil 31oktabrgacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Tashkiliy-texnik tadbirlar majmui. |
|
23. |
Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida axborot xavfsizligini va shaxsiy axborot himoyasini taʼminlash. |
2018-yil 31-oktabrgacha |
“Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi” Davlat muassasasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Tashkiliy-texnik tadbirlar majmui. Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini axborot xavfsizligi talablariga mos kelishini ekspertizadan oʻtkazish. |
|
24. |
Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun ixtisoslashtirilgan mobil ilovalar ishlab chiqish va joriy etish. |
2019-yil 31-dekabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Texnik tadbirlar majmui. EMISʼdan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ota-onalar va maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari uchun mobil ilovalar yaratish. |
|
25. |
Maktabgacha taʼlim muassasalariga qabulga doir axborotni raqamlashtirish va Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga kiritish. |
2019-yil 1-yanvargacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Texnik tadbirlar majmui. Axborotni bosqichma-bosqich raqamlashtirish. |
|
26. |
Maktabgacha taʼlim muassasalariga, shu jumladan nodavlat va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga tarbiyalanuvchilarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish. |
2018-yil 1-noyabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga, ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda ortiqcha tartib-taomillarni yoʻq qilishni va byurokratik tartib-taomillarni kamaytirishni hisobga olgan holda davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
|
27. |
Maʼlumotlarni yuritish va EMISʼga kiritish uchun maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini ishonchli identifikatsiyalashni taʼminlash. |
2019-yil 1-yanvargacha |
Yagona integrator, Davlat xizmatlari agentligi, Davlat personallashtirish markazi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Tashkiliy-texnik tadbirlar majmui. Bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanishda ota-onalarning yoki ularni almashtirib turgan shaxslarning murojaati boʻyicha bolalar uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSSHIR) olish xizmatlarini joriy etish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim organlari murojaati boʻyicha maktabgacha taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan bolalar uchun JSSHIR olish xizmatlarini joriy etish. |
|
28. |
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga kiritilishini taʼminlash. |
2018-yil 30-noyabrgacha |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Maktabgacha taʼlim bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni litsenziyalash uchun talablar va shartlarga oʻzgartishlar kiritish. |
|
VI. Kadrlar salohiyatini mustahkamlash va maktabgacha taʼlim tizimini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish chora-tadbirlari | ||||
|
29. |
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining namunaviy shtatlarini qayta koʻrib chiqish. |
2018-yil 31-dekabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
Idora hujjati. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini ular shtatlarining koʻpayishini yoki kamayishini hisobga olib, metodistlar va logopedlar bilan taʼminlash maqsadida shtat jadvallarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, ayrim shtat birliklarini optimallashtirish. |
|
30. |
Maktabgacha taʼlim sifatini baholash vositalari va mexanizmlarini ishlab chiqish. |
2019-yil 1-maygacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
Tashkiliy tadbirlar. YUNISEF va Jahon banki bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim sifatini baholash doiralari, indikatorlari, mexanizmlari va vositalarini ishlab chiqish. |
|
31. |
Maktabgacha taʼlim pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. |
2019-yil 1-sentabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
Idora hujjati. Maktabgacha taʼlim pedagoglarini tayyorlash boʻyicha tadbirlar loyihasi pedagog kadrlarni bazaviy tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni oʻz ichiga oladi. |
|
32. |
Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. |
2019-yil 1-sentabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
Tashkiliy-amaliy tadbirlar. Mudir lavozimida ishlash uchun malaka oshirish sertifikati albatta boʻlishini nazarda tutuvchi maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlarini yollash tizimiga oʻtish. Maktabgacha taʼlim tizimida rahbar kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini qayta koʻrib chiqish. |
|
33. |
Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlariga qoʻyiladigan yangi malaka talablarini ishlab chiqish. |
2018-yil |
Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Idora hujjati. Maktabgacha taʼlim tizimini zarur malakalar, professional va shaxsiy fazilatlarga ega malakali mutaxassislar bilan taʼminlashga qaratilgan malaka talablari. |
|
34. |
Bolalarni chet tillariga oʻqitishni takomillashtirish. |
2019-yil 1-sentabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Tashkiliy tadbirlar. Maktabgacha taʼlim pedagoglarini tayyorlash tizimini qayta koʻrib chiqish. |
|
35. |
Maktabgacha taʼlim pedagoglarini zarur metodistik materiallar bilan taʼminlash. |
2019-yil 1-iyungacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Tashkiliy-amaliy tadbirlar. YUNISEF xalqaro bolalar jamgʻarmasi koʻmagida “Ilk Qadam” yangi taʼlim dasturini pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlovchi komplektni ishlab chiqish va chop etish. |
|
36. |
“Maktabgacha taʼlim metodikasi” jurnali negizida “Ilk Qadam” (IQ) jurnalini taʼsis etish. |
2018-yil 31-oktabrgacha |
Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Tashkiliy-amaliy tadbirlar. Maktabgacha taʼlim vazirining qaroriga binoan jurnal nomini oʻzgartirish imkoniyati, jurnalni sotishdan tushgan pul mablagʻlari, xayriya mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga jurnal tahririyati faoliyatini moliyalashtirish. |
|
VII. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni sogʻlom va mutanosib oziq-ovqat, sifatli tibbiy xizmat bilan taʼminlash chora-tadbirlari | ||||
|
37. |
Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun tez buziladigan mahsulotlar xarid qilish tartib-taomilini qayta koʻrib chiqish. |
31-dekabrgacha |
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
Tashkiliy tadbir. Maktabgacha taʼlim muassasalarining ehtiyojlari uchun tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilishini nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha tahliliy maʼlumot va takliflar tayyorlash. |
4-ILOVA
5-ILOVA