Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 13.05.1992 yildagi 235-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“AHOLINI ISh BILAN TA’MINLASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini joriy etish tartibi to‘g‘risida” 1992-yil 13-yanvardagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi ilova qilinayotgan normativ hujjatlar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elda ishga joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, fuqarolarni o‘qitish va ularni respublikada ishga joylashtirish bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatuvchi tijorat byurolari, vakilliklar va boshqa tashkilotlar faoliyatini litsenziyalash shartlari va tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (2-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijtimoiy himoya qilinishga muhtoj bo‘lgan va ishga joylashishda alohida qiyinchiliklarga duch keladigan shaxslarni ishga qabul qilishni tashkil qilish uchun ishchi o‘rinlarining eng kam miqdorini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (3-ilova);
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishchi o‘rinlari tashkil etishda birinchi navbatda rivojlantiriladigan hududlar to‘g‘risida”gi Nizom (4-ilova);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishdan bo‘shatiladigan xodimlar va ish bilan ta’minlanmagan aholini kasbga tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (5-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat statistika qo‘mitasi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 1993-yildan boshlab har chorakda bo‘shatilishi mo‘ljallanayotgan xodimlar sonini hamda ishsizlik nafaqasi to‘lash, xodimlarni qayta tayyorlash, shuningdek, ish bilan ta’minlash xizmatlarini saqlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni aniqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat hal etishini talab etuvchi masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddat ichida 1992-yil oxirigacha bo‘shatilishi kerak bo‘lgan xodimlar sonini hamda ishsizlik nafaqasi to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni aniqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishdan bo‘shatiladigan xodimlarni o‘z vaqtida ish bilan ta’minlovchi kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rsin. Buning uchun:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini, ishdan bo‘shatiladigan xodimlarni va mehnatga yaroqli aholining ish bilan ta’minlanmagan qismini qayta o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil etishni ta’minlasin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar va konsernlar bilan birgalikda respublika xalq xo‘jaligining har bir tarmog‘ida ishdan bo‘shatiladigan xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlovchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 1992-yil 1-iyulgacha ish bilan ta’minlash respublika va mintaqa dasturlarini ishlab chiqish hamda ishchi o‘rinlari birinchi navbatda rivojlantiriladigan hududlarni aniqlash metodikasini tayyorlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini ish bilan ta’minlash mintaqa dasturlarini ishlab chiqishda joylarda amaliy yordam ko‘rsatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida 1992-yil 1-iyungacha ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi respublika muvofiqlashtirish qo‘mitasining shaxsiy tarkibi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha statistika hisobotini takomillashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va davlat boshqaruvining boshqa manfaatdor organlari bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasining chet elda o‘z kasbi bo‘yicha ishlayotgan fuqarolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ayrim moddalarini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma va tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlarning rahbarlariga o‘zlariga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan bo‘sh ishchi o‘rinlari (vakansiyalar) mavjudligi va xodimlarning ishdan bo‘shashi (prognoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning belgilangan muddatlarda bandlikka ko‘maklashish markazlariga taqdim etilishini ta’minlash yuklatilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini ta’minlasinlar, mehnat organlari tizimi va ishini ana shu Qonun talablariga, shuningdek, tasdiqlangan nizomlarga muvofiqlashtirsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirliklar, uyushmalar, konsernlar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bundan keyin oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining bitiruvchilarini o‘z vaqtida ishga joylashtirish chora-tadbirlarini muntazam amalga oshirsinlar.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yilgi bitiruvchilarni ishchi o‘rinlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi masala shu yilning may-iyun oylarida hal etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq B.S. Hamidovga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlari ilova qilinayotgan ro‘yxatga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 13-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
235-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 14-iyuldagi 353-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 13-maydagi 235-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish o‘rinlari tashkil etishda birinchi navbatda rivojlantiriladigan hududlar to‘g‘risida
NI3OM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq “Ish bilan ta’minlash” mintaqa dasturlarida har yili ish o‘rinlarini tashkil etishda birinchi navbatda rivojlantirilishi kerak bo‘lgan hududlar aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Birinchi navbatda rivojlantirilishi kerak bo‘lgan hududlarga ish o‘rinlariga bo‘lgan aholining talab va ehtiyojlaridan doimiy orqada qolishi, korxonalarning yopilishi natijasida ishdan bo‘shagan ishchi kuchlarining ko‘payib, ishlab chiqarishning pasayib ketishi va ishchilar sonining qisqarishi, tabiiy ofatlar sababli davlat va mintaqalardan ko‘plab fuqarolarning yangi ish va istiqomat joylariga ko‘chib o‘tishidan mehnat bozorida tang holat paydo bo‘lgan respublika mintaqa (viloyat, shahar, nohiya)lari kiritilishi mumkin. Bularga yangi ish o‘rinlari tashkil qilinganligi uchun davlat tomonidan rag‘batlantiriladigan mintaqalarni ham kiritish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mehnat bozoridagi ahvolning murakkabligiga qarab, birinchi o‘rinda rivojlantirilishi kerak bo‘lgan hududlar maqomi bir yilga yoki uzoqroq muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Birinchi navbatda rivojlantirilishi kerak bo‘lgan hududlar har yili joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 13-maydagi 235-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishdan bo‘shatiladigan xodimlar va ish bilan ta’minlanmagan aholini kasbga tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NI3OM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishdan bo‘shagan xodimlarning va ishchilar hamda mutaxassislardan iborat ish bilan ta’minlanmagan aholining malakasini oshirish va qayta kasbga tayyorlash “Ish bilan ta’minlanmagan aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, uning malakasini oshirish va kasbga yo‘naltirish mintaqalararo markaz”larda tashkil qilinadi*.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Bundan keyin “markazlar” deb ataladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasiga ko‘ra guruhlarni shakllantiradilar, o‘qitish va qayta o‘qitishni amalga oshiradilar.
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu markazlarda biror ixtisoslikka o‘qitish bo‘yicha tegishli o‘quv moddiy bazasi bo‘lmagan taqdirda bandlikka ko‘maklashish markazlarida ish qidirib yuruvchilar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslarni kasbga o‘rgatish (qayta o‘rgatish) yoki malakasini oshirish: ta’lim muassasalarida, korxonalarning o‘quv bo‘linmalarida, vazirlik va idoralarning mutaxassislarning malakasini oshirish tizimida tashkil qilinadi.
(uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari joylardagi markazlarning vositachiligi orqali yoki bevosita ta’lim muassasalari, korxonalarning o‘quv bo‘linmalari, shuningdek, tijorat, xo‘jalik hisobidagi va boshqa kasbga o‘rgatishni va qayta o‘rgatishni tashkil qilishga ruxsatnomasi bo‘lgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadilar va o‘quv jarayonini moliyaviy ta’minlash manbalarini aniqlaydilar (korxonalarning, mahalliy budjetlar va Davlat aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish fondining mablag‘lari).
(to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishdan bo‘shagan va ish bilan ta’minlanmagan aholini kasbga tayyorlash, uning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga bo‘lgan talab respublikaning har qaysi mintaqasida xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ham haqiqiy bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligiga, ham mehnat bozorining oldindan aytib berishiga ko‘ra aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar guruhi, ko‘p bolali ayollar, yoshlar, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun kasbga tayyorlash, malaka oshirish va qayta o‘qitishni tashkil etishda maxsus guruhlar ochish, mashg‘ulotning maqbul tartibini o‘rnatish, shuningdek, o‘qish yakunlangach, ishga joylashtirish yo‘li bilan ularning kasb darajasini oshirishga sharoitlar yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishdan bo‘shatiladigan xodimlarni va ish bilan ta’minlanmagan aholini kasbga tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘zlariga qarashli mintaqalararo markazlarni boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quv-uslubiy rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘quv yurtining turi va ixtisosiga qarab tarmoq vazirliklari hamda idoralarning uslubiy xizmatlariga yuklatiladi.
(sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishdan bo‘shatiladigan xodimlarni va ish bilan ta’minlanmagan aholini kasbga tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshiradigan o‘quv yurtlaridagi o‘qitish ishlariga bozor munosabatlari sharoitida zamonaviy ishlab chiqarish hamda iqtisodiy jarayonlar nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali muhandis-pedagoglar va ilmiy kadrlar jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarga o‘qitish davrida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining ularning huquqi doiralaridagi qarorlari bilan belgilangan tartib va miqdorlarda stipendiyalar to‘lanadi.
(o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 13-maydagi 235-son qarori
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. SSSR Ministrlar Sovetining “O‘smirlarni ishga joylashtirishni yaxshilash to‘g‘risida” 1963-yil 4-dekabrdagi 1186-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1964-yil 2-yanvardagi 6-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. SSSR Ministrlar Sovetining “Buxgalterlik uchyotini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va xalq xo‘jaligida nazoratni amalga oshirishda uning rolini kuchaytirish choralari to‘g‘risida” 1964-yil 6-noyabrdagi 923-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1965-yil 26-yanvardagi 58-son qarorining 5-bandi “j” kichik bandining ikkinchi xatboshi, KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining 1957-yil 28-maydagi 595-son qarorining 3-bandi “g” kichik bandining amalda bo‘lishini joriy qilish qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. SSSR Ministrlar Sovetining “Ulug‘ Vatan urushi nogironlariga va Ulug‘ Vatan urushida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga beriladigan imtiyozlarni kengaytirish to‘g‘risida” 1965-yil 6-martdagi 140-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1965-yil 12-apreldagi 201-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Kompartiyasi MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1966-yilda umumta’lim maktablarini bitiradigan yoshlarni o‘qitishni kengaytirish va xalq xo‘jaligidagi ishlarga joylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1966-yil 5-apreldagi 179-son qarorining 22-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Umumiy ovqatlanishni yanada rivojlantirish va yaxshilash choralari to‘g‘risida” 1967-yil 7-martdagi 198-son qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1967-yil 3O maydagi 266-son qarori 42-bandining o‘n to‘rtinchi xat boshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Ijtimoiy foydali mehnatdan bo‘yin tovlovchi va jamiyat uchun zararli, tekinxo‘rlarcha kun ko‘ruvchi shaxslarga qarshi kurashni kuchaytirish choralari to‘g‘risida” 1970-yil 23-fevraldagi qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 30-martdagi 155-son qarori (O‘zSSR QT, 1970-y., 4-son, 19-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Kompartiyasi MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublikadagi yoshlarni kasb bo‘yicha yo‘naltirish ishlarini yaxshilash choralari to‘g‘risida” 1970-yil 17-sentabrdagi 473-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Savdo va uning texnika jihatdan ta’minlanganligini yaxshilashning ba’zi choralari to‘g‘risida” 1972-yil 7-yanvardagi 30-son qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1972-yil 25-fevraldagi 100-son qarori II bo‘limining yigirma uchinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnat bilan to‘la ravishda band qilish maqsadida mehnat resurslarini hisobga olish davlat respublika (“Bandlik”) dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida” 1989-yil 20-noyabrdagi 390-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Sanoat korxonalarini va qurilish tashkilotlarini malakali ishchi kadrlar bilan ta’minlashning ahvoli va uni yaxshilash choralari to‘g‘risida” 1974-yil 5-iyundagi 256-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. SSSR Ministrlar Sovetining “O‘quvchilarga mehnat ta’limi berish va ularning kasb tanlashlari uchun maktablararo o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari tashkil etish to‘g‘risida” 1974-yil 23-avgustdagi 662-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 11-sentabrdagi 427-son qarori 3-bandining to‘rtinchi xat boshi (O‘zSSR QT, 1974-y., 9-son, 51-modda) malakali ishchilar va injener-texnik xodimlarning o‘quvchilarni amaliy o‘qitganliklari uchun mehnatga haq to‘lashga tegishli qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Umumta’lim maktablari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ularning oblast korxonalari va tashkilotlarida muqim ishlab qolishlari yuzasidan Samarqand oblast ijroiya komitetining ishi to‘g‘risida” 1974-yil 30-oktabrdagi 500-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha Andijon oblast ijroiya komitetining ishi to‘g‘risida” 1975-yil 29-maydagi 311-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Andijon, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Chirchiq shaharlarida mehnatkashlarni korxonalarda va tashkilotlarda qabul qilish tartibi to‘g‘risida” 1975-yil 28-avgustdagi 414-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1975-yil 22-sentabrdagi 981-son qarorining 3-bandi, SSSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 27-fevraldagi 145-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshining amalda bo‘lishini joriy qilish qismi,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. SSSR Ministrlar Sovetining “Nogironlarni kasbga o‘rgatishni va ishga joylashtirishni tashkil etishni yaxshilashga oid qo‘shimcha choralar to‘g‘risida” 1976-yil 10-dekabrdagi 1010-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1976-yil 27-dekabrdagi 728-son qarori 6-bandining birinchi xatboshi va 8-bandining to‘rtinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Aholini ishga joylashtirish va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 1977-yil 13-iyundagi 385-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. KPSS MK, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning “Mehnat intizomini yanada mustahkamlash va xalq xo‘jaligida kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish to‘g‘risida” 1979-yil 13-dekabrdagi 1117-son qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va Uzsovprofning 1980-yil 28-yanvardagi 76-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshi va 11-bandining uchinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 2-martdagi 182-son qaroriga ilova sifatida berilgan Vatan urushi invalidlari va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun imtiyozlar to‘g‘risidagi Nizomning 21-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘rta umumta’lim maktablari bitiruvchilarni va o‘rta ma’lumot olmagan yoshlarni O‘zbekiston SSR territoriyasida ishga joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1982-yil 19-yanvardagi 46-son qarori (O‘zSSR QT, 1982-y, 1-son, 1-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. O‘zbekiston Kompartiyasi MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 6-noyabrdagi 723-son qarorining 2, 3-bandlari (ikkinchi xatboshining oxirgi jumlasidan tashqari), 6-bandining uchinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. SSSR Ministrlar Sovetining “Omonatga qo‘yish ishini yanada rivojlantirish va omonat kassalarini kadrlar bilan mustahkamlash choralari to‘g‘risida” 1983-yil 2-iyundagi 490-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 9-iyundagi 364-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi, ishchilarga ularni ishlab chiqarishda kasbga o‘rgatishda ishlab chiqarish ta’limi berish uchun asosiy ish joyidan ozod qilinmasdan jalb qilingan malakali ishchilar va mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lashga tegishli qismi (O‘zSSR QT, 1983-y., 6-son, 20-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. SSSR Ministrlar. Soveti va VSSPSning “Mehnat intizomini mustahkamlashga oid qo‘shimcha choralar to‘g‘risida” 1983-yil 28-iyuldagi 745-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va Uzsovprofning 1983-yil 19-avgustdagi 486-son qarorining 5-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Agrosanoat kompleksi boshqaruvini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 1985-yil 14-noyabrdagi 1114-son qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 11-dekabrdagi 618-son qarori 11-bandining ikkinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Falla mahsulotlari ministrligi masalalari” to‘g‘risida 1986-yil 11-fevraldagi 207-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1986-yil 24-martdagi 143-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zSSR QT, 1986-y., 3-son, 9-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. KPSS MK, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning “Aktiv sotsial siyosatni amalga oshirish sohasidagi ishni kuchaytirish hamda SSSR mehnat va sotsial masalalar davlat komitetining rolini oshirish to‘g‘risida” 1987-yil 17-iyuldagi 825-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va Uzsovprofning 1987-yil 26-oktabrdagi 441-son qarorining 9-bandi, 20-bandining to‘rtinchi xatboshi (O‘zSSR QT, 1987-y., 11-son, 60-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. KPSS MK, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning “Aholining ish bilan samarali band bo‘lishini ta’minlash, ishga joylashtirish sistemasini takomillashtirish va mehnatkashlar uchun sotsial garantiyalarni kuchaytirish to‘g‘risida” 1987-yil 22-dekabrdagi 1457-son qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi MK, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zsovprofning 1988-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining 3, 5, 10, 16, 19, 20-bandlari, 21-bandi “a” kichik bandining ikkinchi—to‘rtinchi xatboshlari, “b”, “g” kichik bandlari (oxirgi xatboshi bundan mustasno) (O‘zSSR QT, 1988-y., 2-son, 5-modda),
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Davlat narxlar komitetining faoliyatini va tashkiliy strukturasini qayta qurish to‘g‘risida” 1987-yil 26-dekabrdagi 1472-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 22-fevraldagi 66-son qarori 13-bandining oxirgi xatboshi.