19.07.1999 yildagi 353-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2017
 LexUZ sharhi
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda) 1-bandining ikkinchi xat boshi, shuningdek qarorga 1-ilova va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 1-bandining “v” va “g” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 65-moddasi va “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibini, ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarning bunday ishlarda ishtirok etishi shartlarini belgilab beradi.
2. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 17-moddasining birinchi qismiga muvofiq haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlariga kiradi, ular har yili mehnat organlari takliflari bo‘yicha va ular ishtirokida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini va muayyan hududda aholini ish bilan ta’minlash yuzasidan vaziyatni hisobga olgan holda haq to‘lanadigan jamoat ishlarining hajmlarini va turlarini aniqlaydilar.
Mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar uchun ular tomonidan ishsizlik bo‘yicha nafaqa olishi tugagandan keyin haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish ixtiyoriy hisoblanadi.
11. Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan ishsizlarning haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishning eng kam muddati ishsizlik bo‘yicha nafaqa olishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati davomida har oyda kamida ikki haftani tashkil etishi kerak.
4-bandning “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan ishsizlarning haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishining jami muddati ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashning qonun hujjatlarida belgilangan muddati davomida:
12. Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan ishsizlar mehnat organlari tomonidan taklif etilgan haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishni rad etgan hollarda ularga ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lanmaydi.
Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan ishsiz mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan davr davomida haq to‘lanadigan jamoat ishlarida amalda qatnashmagan taqdirda unga keyingi oylar uchun nafaqa to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi va ishsiz haq to‘lanadigan jamoat ishlarida belgilangan muddatni ishlab bergandan so‘ng qayta tiklanishi mumkin. Bunda mehnat organi tomonidan ishsizlik bo‘yicha nafaqa miqdori qayta hisoblab chiqiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-martdagi 106-sonli qaroriga muvofiq 26-band kiritilgan, 26-band 27-band deb hisoblangan — O‘R QHT, 2002-y., 5-6-son, 46-modda)
Nizomga
1-ILOVA

199_ y. “__”_____________________ -son

“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Nizom asosida ish yurituvchi___________________ tuman (shahar) mehnat organi nomidan ________________________ va ______________________ asosida ish ko‘ruvchi, keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb ataluvchi ______________________________ nomidan __________________________________ mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

1. Mehnat organi belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan, shuningdek, ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan________________________ dan ortiq bo‘lmagan kishini haq to‘lanadigan jamoat ishlari berish uchun har oyda “Ish beruvchi” ixtiyoriga yuboradi.

2. Mehnat organi fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun “Ish beruvchi” ixtiyoriga yuborishda ularni ishni tashkil etish, uning tartibi va mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish shartlari haqida xabardor qiladi.

3. “Ish beruvchi” navbatdagi oy boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin Mehnat organini kelgusi oy davomida haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajaradigan shaxslarning mehnatini tashkil etish shart-sharoitlari, ish hajmlari, tartibi va mehnatga haq to‘lash shartlari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.

4. “Ish beruvchi” mehnat organi tomonidan yuborilgan fuqaroni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga _________________________________maqbul ish bilan

(haq to‘lanadigan, qisman to‘lanadigan)

ta’minlash majburiyatini oladi.

5. Mehnat organi tomonidan haq to‘lanadigan jamoat ishiga yuborilgan fuqaro bilan “Ish beruvchi” muddatli mehnat shartnomasini tuzadi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Tomonlarning manzillari va bank rekvizitlari:
1) __________________________________________________mehnat organi
________________________________________________________________________
2) Ish beruvchi ___________________________________________________________
Tomonlarning soniga qarab shartnoma ikki nusxada tuzilgan.

_________________________

Ish beruvchi

Mehnat organi

_________________________

M. O‘.

M. O‘.

Nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ish turlari

Ish mazmuni

1.Shaharlar, tumanlar, posyolkalar, qishloq xo‘jaligi kooperativ (shirkat) xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, dam olish zonalari, korxonalarni obodonlashtirishIrrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash; hududlarni tozalash, qishki yig‘ishtirishlar: supurish yoki qor kurash, yaxmalakni yo‘q qilish, qorni va qor-muzni ko‘chirish; yozgi yig‘ishtirish: hududlarni supurish va axlatlarni to‘plash; hovli-joy hududini qo‘l bilan yig‘ishtirish: namlab supurish va zinapoya atrofini yuvish, derazalarni yuvish, dahlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish; ishlab chiqarish hududlarini; yo‘llarni, aylanma ko‘prik va ko‘priklarni tuzatish* va qurish*; hududlarni ko‘kalamzorlashtirish; o‘tkazilgan daraxtlarni parvarish qilish (sug‘orish, shakl berish, organik va ma’danli o‘g‘itlar bilan qo‘shimcha oziqlantirish); elektr ta’minoti obyektlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar (elektr tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); suv ta’minoti obyektlari (suv quvurlari tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); dam olish zonalarini obodonlashtirish (park zonalarini ko‘kalamzorlashtirish)
2.Qurilish-montaj ishlariBolalar maydonchalari va sport obyektlari, cho‘milish hovuzlari, maktablar, kasalxonalar va boshqa obyektlar* qurilishi
3.Yuk ortish-tushirish ishlariVagonlar, avtomashinalardan yuk tushirish; vagonlarga, avtomashinalarga yuk ortish, omborlarda ishlash
4.Ijtimoiy ta’minot sohasidagi ishlarMehribonlik uylaridagi keksalar va nogironlarga qarash ishlari va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ishlari
5.Sog‘liqni saqlash tizimidagi ishlarKasalxonalarda va boshqa tibbiy muassasalardagi bemorlarga qarash ishlari
6.Xalq ta’limi tizimidagi ishlarUmumta’lim muassasalari o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish ishlari (farroshlar, qorovullar, oshpazlar*, bufetchilar)
7.Maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo, umumiy ovqatlanish, madaniyat tizimlaridagi va boshqa tarmoqlardagi ishlarUshbu obyektlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar turlari
8Meva-sabzavot bazalaridagi ishlarMeva-sabzavot mahsulotlarini saralash va idishlarga joylashtirish, idishlarni tuzatish, ortish, tushirish
9.Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlarMavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yig‘ishtirish, paxta terish, o‘tash, ozuqa tayyorlash, mol boqish va boshqalar)
10.To‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzib ishlaydigan ishlarAholidan shisha idishlar qabul qilish; tashib va ko‘tarib yuriladigan savdo, sport va tomosha tadbirlariga xizmat ko‘rsatish (chiptalar, bukletlar, salqin ichimliklar, muzqaymoq va shu kabilar)ni tarqatish
11.Ikkilamchi xomashyolarni tayyorlash va topshirish bo‘yicha ishlarMakulatura, ishlatilgan shinalar, ikkilamchi polimerlar, ikkilamchi metall buyumlarini to‘plash va shu kabilar
Nizomga
3-ILOVA