Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yurtimizni xalqaro sport maydonlarida munosib ravishda tanitish, shuningdek jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini joriy qilish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
tugatilayotgan Jamgʻarmaning jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha moliyalashtirish funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatiladi;
jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha loyihalar hamda ularning manzilli roʻyxatlari har yili Vazirlik tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelishilgan holda shakllantiriladi hamda navbatdagi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi;
tugatilayotgan Jamgʻarmaning mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilib kelingan jismoniy tarbiya va sport obyektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda yetkazib berish, respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish xarajatlari har yili sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutiladi va Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini shakllantirish va moliyalashtirish uchun har yili belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, shuningdek tuman (shahar) budjetlari mablagʻlari nazarda tutiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019-yilga moʻljallangan jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
4. Vazirlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Jamgʻarma va uning hududiy boʻlinmalarining hisobraqamidagi qoldiq mablagʻlarni qonun hujjatlarida belgilangan toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytarilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Jamgʻarma tugatilishini inobatga olib:
a) 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari mablagʻlari doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan:
jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi uchun talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
b) 2020-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda:
Vazirlikning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq markazlashgan tartibda jismoniy tarbiya va sport obyektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini xarid qilish va yetkazib berish hamda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish uchun respublika budjeti parametrlarida;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejalarini shakllantirish uchun tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari, shuningdek tuman (shahar) budjetlari parametrlarida zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(8-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Jamgʻarma va uning hududiy boʻlinmalari tugatilishi natijasida boʻshaydigan bino va inshootlar, inventar va uskunalar hamda avtotransport vositalarini Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalariga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Tasdiqlangan limitdan ortiqcha avtotransport vositalari belgilangan tartibda sotilsin va ularni sotishdan tushgan mablagʻlar Davlat budjeti daromadlariga oʻtkazilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tugatilayotgan Jamgʻarma va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini ish bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda sport inventarlari bilan jihozlash loyihalarini amalga oshirishda buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi davlat unitar korxonasi shaklidagi Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurishda ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan konstruksiya va materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi namunaviy loyihalarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-avgust,
PF-5787-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4956-son Farmoni 6-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5368-son Farmonida:
a) 1-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Jamgʻarma hisobidan” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimliklari mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni olimpiya tayyorlash markazlari, sport federatsiya (uyushma)lari va boshqa sport tashkilotlarining oʻquv-mashgʻulot jarayonlariga keng jalb qilinishini taʼminlaydi”;
v) ilovaning rus tilidagi matnida:
1, 35, 36, 37, 38, 39 va 41-pozitsiyalarning “Istochnik finansirovaniya” ustunidan “Fonda razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6 va 11-pozitsiyalarning “Istochnik finansirovaniya” ustunidan “Fonda razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta i” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-pozitsiyaning “Istochnik finansirovaniya” ustunidagi “sredstva Fonda razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta i blagotvoriteley” soʻzlari “Budjetnie i vnebudjetnie sredstva ispolniteley, sredstva blagotvoriteley” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17 va 18-pozitsiyalarning “Istochnik finansirovaniya” ustunidagi “Sredstva Fonda razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta” soʻzlari “Sredstva Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21 va 30-pozitsiyalarning “Istochnik finansirovaniya” ustunidagi “Sredstva Fonda razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta, blagotvoriteley” soʻzlari “Sredstva Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan, sredstva blagotvoriteley” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Respublikada tennis sportini yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2879-son qarori 2-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “ikki yil davomida” soʻzlari “2020-yil oxiriga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ikki yil mobaynida” soʻzlari “2020-yil oxiriga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3610-son qarorida:
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati hokimligining Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari, Toshkent viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari va homiylik mablagʻlarini moliyalashtirish manbasi etib belgilagan holda, sud tomonidan davlat daromadiga oʻtkazilgan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Sijjak” dam olish maskani negizida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida futbol boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashgʻulot bazasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Boʻstonliq tumanida oʻquv-mashgʻulot bazasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin”;
ilovaning 36-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-oktabrdagi “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida”gi PF-3154-son Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 10 va 45-bandlari.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5043-son Farmoniga ilovaning 7-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son Farmoniga ilovaning 27-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5456-son Farmoniga 1-ilovaning 28-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 12-avgustdagi “Andijon shahrida futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1388-son qarori.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-3162-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)