Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2019 24.10.2002 yildagi PF-3154-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash davlat dasturiga muvofiq hamda oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy salomatligini shakllantirishning, sogʻlom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirishning gʻoyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro jamgʻarmasi, nohukumat jamoat tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi barcha, shu jumladan xorijiy tashkilotlar, uyushmalar, kompaniya va firmalarning, yuridik hamda jismoniy shaxslarning ishtirok etishlari uchun ochiq boʻlgan xalqaro nohukumat jamoat tashkiloti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish borasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga, bolalar sportini aniq maqsad yoʻlida va barqaror avj oldirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarda sportga mehr uygʻotish, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida sport bilan shugʻullanish, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, maʼnaviy va jismoniy kamolga intilish, ularni salbiy taʼsirdan himoya qilish hamda zararli odatlardan xalos etish, bolalarni barqaror feʼl-atvorli, Vataniga mehr-muhabbat va oʻz mamlakati uchun gʻurur-iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda qishloq joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportining moddiy bazasini shakllantirish, aholi manzilgohlarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmogʻini barpo etish, ularni zamonaviy sport uskunalari hamda anjomlari bilan jihozlash, ulardan samarali foydalanishni taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha zarur moliyaviy va moddiy mablagʻlarni jamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan uygʻun kamol topishini taʼminlashni nazarda tutgan holda tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hudud aholisining zichligini, sport mashgʻulotiga jalb etiladigan bolalar soni, jinsi va yoshini eʼtiborga oladigan bolalar sport maydonchalari va komplekslarining ilmiy asoslangan namunaviy loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarni jismoniy va maʼnaviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport koʻnikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashgʻulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tadbiq qilishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublarini joriy etish, bolalar sporti boʻyicha ustozlar va pedagog kadrlarni mamlakatning yetakchi ilmiy hamda taʼlim markazlarida va chet ellarda tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasida respublika Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari, klub va tashkilotlari bilan oʻzaro faol hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar ommaviy sportini rivojlantirish, istiqomat joylarida texnikaviy jihozlangan, zamonaviy bolalar sport komplekslarini barpo etish ahamiyatini keng targʻib qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ushbu vazifalarni roʻyobga chiqarishga jamoatchilikni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik vakillarini, korxona va tashkilotlarni, shu jumladan xalqaro tashkilotlarni faol jalb etish;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y.,1-2-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz hamda chet el investitsiyalarini, homiylik mablagʻlari va grantlarni bolalar-oʻsmirlar jismoniy tarbiya va sporti sohasiga keng koʻlamda jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 29-avgustdagi PF-3481-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y.,34-35-son, 390-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining asosiy manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat budjeti mablagʻlari;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma muassislarining pul badallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari, tashkilot va klublarining pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar hamda moliyaviy institutlarning grantlari va ular tomonidan beriladigan begʻaraz yordam;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, kichik biznes, xususiy tadbirkorlar, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari ham, norezidentlari ham boʻlmish yuridik va jismoniy shaxslarning budjetdan tashqari jamgʻarmalarga ajratmalari va homiylik mablagʻlari;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma faoliyatidan, shuningdek Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish maqsadida u taʼsis qilgan korxona va tashkilotlarning faoliyatidan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy va xalqaro sport faoliyatini amalga oshirish, banklarda milliy va xorijiy valyutalarda hisobvaragʻlar ochish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning nizomidagi maqsad va vazifalarga qatʼiyan muvofiq boʻlgan asosiy faoliyat turlari boʻyicha barcha turdagi soliqlarni, bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun toʻlanadigan yigʻimlar bundan mustasno) hamda davlat budjetiga oʻtkaziladigan boshqa majburiy toʻlov va yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning taʼsis badallari yoki homiylik yordami tarzida Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻlari soliqqa tortish bazasidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning tijorat va savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanishi istisno etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar hamda boshqa xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatiga keng miqyosda koʻmaklashib, har tomonlama yordam bersinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlashga hamda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari berishga nomzodlarni taqdim etish chogʻida Jamgʻarma Vasiylik kengashining fikri hal qiluvchi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari Jamgʻarma faoliyatini keng koʻlamda yoritib, mamlakatda bolalar-oʻsmirlar ommaviy sportini rivojlantirish ishidagi ijobiy tajribani targʻib qilsinlar, shuningdek Jamgʻarmaning faol homiylari axborot jihatdan qoʻllab-quvvatlanishini, shu jumladan reklama qilinishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 24-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3154-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 197-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son (85-86), 9-modda, 34-35-son, 390-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda)