Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda davlat organlari, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida mazkur qarorning mazmuni va mohiyati toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-avgust,
661-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2024-y., 09/24/814/1019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 58-bandi ikkinchi xatboshidagi “va muhri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
8. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasidagi “M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 595-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandidagi “va muhr (mavjud boʻlsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovasidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavini hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdori oʻrtasidagi namunaviy shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 30-maydagi 100-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 40-modda):
1-ilovaning 11.9.4-bandidagi “tasdiqlanadi” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin;
2-ilova VIII. boʻlimining “Mulkdor” qismidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining buyurtmasi boʻyicha kasanachi tomonidan ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun namunaviy mehnat shartnomasidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-oktabrdagi 690-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 09/24/690/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
15. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 2, 4 va 7-ilovalardagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son)
19. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarining 49-bandi birinchi xatboshidagi “agar u yuridik shaxs hisoblansa imzo shuningdek muhr” soʻzlari “imzo” soʻzi bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini ishlab chiqaruvchi tomonidan maʼlum qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-banddan “va ishlab chiqaruvchining muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovadagi “(M.Oʻ.)” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
22. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-bandning birinchi xatboshidagi “va ariza beruvchining muhri” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovadagi “(M.Oʻ.)” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
23. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “tasdiqlangan” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshidagi “holda” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning 5-bandi “z” kichik bandidagi “, xoʻjalik yurituvchi subyektning muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
26. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarining 28-bandi ikkinchi xatboshidagi “tasdiqlangan” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
28. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisida nizomga 1-ilovaning “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotining rahbari” ustunidagi “M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
31. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga 2-ilovada:
“M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin;
“M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarida:
a) 57-banddagi “shuningdek, muhr” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 86-bandning uchinchi xatboshidagi “muhr va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-sonli qaroriga asosan 33-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 18-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 394-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
35. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandi “v” kichik bandidagi “tasdiqlanadi” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda):
a) 1-ilovaning 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “va muhr bilan tasdiqlanishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 16-bandi ikkinchi xatboshidagi “va muhr bilan tasdiqlanishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovada:
7-bandning ikkinchi xatboshidagi “va muhr bilan tasdiqlanishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
53-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “muhrlangan” soʻzi “imzolangan” soʻzi bilan almashtirilsin;
53-bandning oltinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
g) 4-ilovada:
7-bandning ikkinchi xatboshidagi “va ariza beruvchining muhri bilan tasdiqlanishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
36-bandning beshinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
56-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “muhrlangan” soʻzi “imzolangan” soʻzi bilan almashtirilsin;
56-bandning beshinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band “g” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
d) 5-ilovaning 16-bandida:
toʻrtinchi xatboshidagi “muhrlangan” soʻzi “imzolangan” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 6-ilovaning 8-bandi sakkizinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
38. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son 15-modda) bilan tasdiqlangan nizomning rus tilidagi matnida:
b) 2 va 3-ilovalardagi “M.P.” (dlya turistskix organizatsiy)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3, 4 va 8-son ilovalardagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 5 va 6-ilovalardagi “M.Oʻ.” qisqarmasidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
41. Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 40-modda):
a) 1-ilovaning 40-bandidagi “(agar muhr mavjud boʻlsa)” soʻzlari “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 22-bandidagi “(agar muhr mavjud boʻlsa)” soʻzlari “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1 va 2-ilovalardagi “, muhr (mavjud boʻlsa)” va “M.Oʻ. (mavjud boʻlganda)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
43. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 243-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 53-modda) Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 33-bandidagi “va muhri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan 47-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 6-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-sonli qaroriga asosan 2022-yil 4-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 09/21/727/1123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
50. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 36-son, 952-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik shaxsning rahbari (direktor, rais) tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) yuridik shaxs vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma. Yuridik shaxsning erkinliklari ifodalagan holatlarda, ishonchnomaning oʻrniga uning rahbari tomonidan uni ushbu lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan holda (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) taqdim etiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyuldagi 430-sonli qaroriga asosan 52-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/430/0601-son)
53. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 808-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaning “Buyurtmachi” ustunidagi “muhr” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
55. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1036-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 311-modda) bilan tasdiqlangan Yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandidagi “tasdiqlanadi” soʻzidan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
57. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining shahar tashish yoʻlovchi transporti tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 22-fevraldagi 136-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshidagi “muhri va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
58. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 213-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 10-bandining “b” kichik bandidagi “va muhri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
59. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 15-son, 311-modda) bilan tasdiqlangan Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2, 3 va 4-ilovalardagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
60. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 334-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaning IX boʻlimi “Xususiy sherik” ustunidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 700-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2024-y., 09/24/700/0850-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
63. Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 39-son, 780-modda):
a) Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ilovaning 7-boʻlimi “Ijrochi” ustunidagi “, muhr” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy ommaviy shartnomaning 10-boʻlimidagi “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
64. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-oktabrdagi 821-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 41-son, 813-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarning hududiy manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandidagi “va muhri bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
65. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-ilovaning 8-bandi izohidagi “muhr bosiladi” soʻzlaridan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 2-ilovaning 6-bandi izohidagi “muhr bosiladi” soʻzlaridan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)” soʻzlari qoʻshilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 03.12.2021-y., 09/21/727/1123-son, 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son; 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son; 21.10.2024-y., 09/24/690/0834-son; 25.10.2024-y., 09/24/700/0850-son; 12.12.2024-y., 09/24/814/1019-son; 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son; 14.07.2025-y., 09/25/430/0601-son; 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son)