Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2014-16]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3253, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-son “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-son qarori (roʻyxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzgartirishlarning 2-bandi 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-iyul,
15/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/12-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 42-banddagi “ichki ishlar idoralari huzuridagi qoʻriqlash boʻlimlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 90-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 10/19/2014-16/3490-son)