LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qarori)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan
Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni hamda mol-mulklarni ishonchli qo‘riqlashni takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga o‘tkazilgani;
davlat obyektlari, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlashni tashkil etish, shuningdek, davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi zimmasiga yuklatilgani;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek, budjet tashkilotlari o‘z obyektlarida ruxsat berish rejimini va mol-mulklarini qo‘riqlashni ta’minlashda — shartnoma asosida faqat O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatidan foydalanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
davlat obyektlari, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashni tashkil etish;
davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari obyektlarida ichki rejim va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;
qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki rejim, ruxsat berish rejimlari va mol-mulkni qo‘riqlashni, jamoat tartibini saqlashni hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga ko‘maklashishni ta’minlash;
qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni hamda ulardan foydalanish bo‘yicha samarali nazoratni amalga oshirish;
aholining O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmatidan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirish.
a) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining huquq va burchlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlarining tariflari (narxlari):
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;
boshqa tashkilotlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan mustaqil belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi haqidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qo‘riqlanadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek, budjet tashkilotlari rahbarlari uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘linmalarining ruxsat berish va obyekt ichki rejimlarini ta’minlash hamda mulkni qo‘riqlash bo‘yicha vazifalarni samarali amalga oshirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda qo‘riqlash xizmati deb ataladi) tashkiliy tuzilishi, vazifalari, majburiyatlari va huquqlarini belgilaydi.
qo‘riqlash xizmati — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining (keyingi o‘rinlarda Milliy gvardiya deb ataladi) davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashni tashkil etuvchi tarkibiy bo‘linmalari tizimi;
idoraviy qo‘riqlash — respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarida obyektlar va mol-mulkini huquqqa zid tajovuzlardan qo‘riqlash, himoya qilish bo‘yicha maxsus vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan, yuridik shaxs bo‘lmagan tarkibiy bo‘linma;
qo‘riqlanayotgan obyekt — shartnoma asosida qo‘riqqa olinib, huquqqa zid tajovuzlardan qo‘riqlanishi va himoya qilinishi kerak bo‘lgan xonalar, binolar, imoratlar, inshootlar, ularga tutash hududlar va akvatoriyalar, jismoniy shaxslar, transport vositalari, shuningdek, yuklar, xususan tashish jarayonidagi yuklar, pul vositalari va boshqa mol-mulklar;
qo‘riqlash xizmati xodimi — Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatining shahodatlangan, huquqiy maqomi bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimiga tenglashtirilgan, maxsus unvonga, belgilangan namunadagi formali kiyim-boshga, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish vaqtida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda jismoniy kuch, o‘qotar qurol va maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan xodim;
naryad — obyekt yoki uning bir qismi qo‘riqlanishini ta’minlaydigan, moddiy-tovar boyliklarni kuzatib borayotgan, qo‘riqlanayotgan obyektlardan tushgan “tashvish” xabariga tezkor ta’sir ko‘rsatish borasidagi tadbirlarni amalga oshiradigan qo‘riqlash xizmati xodimi (xodimlari);
obyekt ichki rejimi − qo‘riqlanadigan obyektda belgilangan ichki tartib va yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda tadbirlarini amalga oshirish tartibi;
ruxsat berish rejimi − qo‘riqlanadigan obyektda shaxslar, transport vositalarining kirishi (chiqishi), qo‘riqlanadigan obyektlarga mol-mulkni olib kirish va undan olib chiqishni nazorat qilish, nazoratsiz kirib-chiqishning oldini olish va unga barham berishning belgilangan tartibi;
nazorat tekshiruvi — qo‘riqlash xizmatining davlat, xo‘jalik subyektlariga obyektlar xavfsizligi va qo‘riqlash tizimini tashkil etish yo‘nalishida amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek ehtimoli mavjud huquqbuzarliklarning oldini olish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish, ushbu sohalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va takomillashtirish borasidagi faoliyati.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi);
Toshkent shahrida joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalon;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar qo‘riqlash boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda qo‘riqlash boshqarmalari deb ataladi);
4. Qo‘riqlash xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyruqlari, farmoyishlari va direktivalari hamda ushbu Nizom asosida tashkil etadi.
5. Qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari ishchi va xizmatchilarining faoliyatini tashkil etish va mehnat munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq belgilanadi.
6. Qo‘riqlash xizmati naryadlarining ichki tartibi, saf tayyorgarligi va qorovul tartibida xizmatni o‘tashi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy ustavlariga muvofiq va Milliy gvardiyaning buyruqlariga asosan tashkil etiladi.
7. Qo‘riqlash xizmati o‘z faoliyatini jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etadi hamda o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash tamoyili asosida amalga oshiradi.
8. Qo‘riqlash xizmati saf, harbiylashtirilgan va qorovullik bo‘linmalari naryadlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek, texnik qo‘riqlash vositalari orqali ko‘rsatiladi.
shartnoma asosida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qo‘riqlashni ta’minlash;
transport orqali tranzit yuklar, moddiy boyliklar, portlovchi, radioaktiv va boshqa vositalarni qo‘riqlash (kuzatish);
qo‘riqlanayotgan obyektlarda ularning ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga ko‘maklashish;
qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni, ulardan foydalanish bo‘yicha samarali nazoratni ta’minlash;
aholining Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirish;
shartnoma asosida qo‘riqlanayotgan obyektlarda o‘rnatilgan texnik qo‘riqlash vositalariga xizmat ko‘rsatish, ularni o‘rnatish (sozlash) va ulardan foydalanish.
10. Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatishni ta’minlash uchun qo‘riqlash bo‘linmalariga shtat birliklarini kiritish me’yori shartnomalarda ko‘rsatilgan qo‘riqlash vaqti va postlar (yo‘nalish) sonini hisobga olgan holda, Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi.
11. Qo‘riqlash xizmati saf bo‘linmalarida qo‘mondonlik tarkibi va ta’minot xizmati shtat birliklari soni, qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq kiritilgan shtat birliklari umumiy sonining yigirma foizidan oshmasligi kerak.
12. Qo‘riqlash bo‘linmalari boshqaruv apparatlari shtatlari soni, qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq kiritilgan shtat birliklari umumiy sonining to‘rt foizi miqdorida belgilanadi.
13. Qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish faoliyatidan kelib tushgan mablag‘lar, maqsadli ravishda — faqat qo‘riqlash xizmatini ta’minlash va rivojlantirish, shuningdek, Milliy gvardiya bo‘linmalarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash uchun sarflanadi.
Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatishdan kelib tushadigan mablag‘lar hisobidan qo‘riqlash xizmatining tashkiliy tuzilmasiga kirmaydigan shtatlarni joriy etish taqiqlanadi.
14. Qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tariflari (narxi) Bosh boshqarma tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, boshqa tashkilotlar uchun — Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi.
15. Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalarida xizmat o‘tash tartibi va xodimlarining formali kiyim-bosh namunalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qo‘riqlash xizmati xodimlariga Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tasdiqlangan namunadagi xizmat guvohnomasi va jeton beriladi.
16. Qo‘riqlash xizmati xodimlari, ishchi va xizmatchilarining lavozimlari qonun hujjatlarida va Milliy gvardiyaning idoraviy hujjatlarida belgilangan tartibda jamlanadi.
Qo‘riqlash xizmati xodimi xizmat vazifasini bajarish jarayonida faqat bevosita yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri boshlig‘iga (komandiriga) va mas’ul navbatchiga bo‘ysunadi. Faqat ushbu shaxslar uni naryaddan ozod qilish yoki almashtirish huquqiga ega.
Qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim qo‘riqlash xizmati xodimining qonuniy faoliyatiga aralashish, qonun hujjatlariga asosan qo‘riqlash xizmati zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
18. Qo‘riqlash postida xizmat o‘tayotgan xodim (patrul) qonunga zid bo‘lgan buyruq yoki farmoyish olganda, uni bajarishni rad etish huquqiga ega va belgilangan tartibda bu haqda boshlig‘iga (komandiriga) axborot berishi shart.
19. Qo‘riqlash xizmati shaxsiy tarkibidan faqat qo‘riqlash faoliyati bilan bog‘liq vazifalarni bajarish maqsadida shartnoma asosida foydalaniladi.
20. Qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan obyektlar hamda ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, obyektlari shartnomaga asosan qo‘riqlanadi.
21. Obyektning qo‘riqlash tizimi obyektlar ma’muriyati va qo‘riqlash xizmati vakillarining hamkorligida belgilanadi. Bunda obyektning joylashuvi va faoliyatining xususiyati, muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanganlik darajasi, nazorat-o‘tkazish punktlarining turlari, soni, hududdagi kriminogen vaziyat va boshqa holatlar e’tiborga olinadi hamda naryadlar bilan qo‘riqlash usullari, postlar (yo‘nalishlar) soni, ularning joylashuvi, qo‘riqlash vaqti, shuningdek, xavfsizlikning texnik vositalarini qo‘llash orqali qo‘riqlash tizimini takomillashtirish ko‘zda tutiladi.
23. Qo‘riqlash bo‘linmalarida xizmatni o‘tash masalalarining tegishli qonun hujjatlarida tartibga solinmagan qismiga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari tatbiq etiladi.
o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini himoya qilish, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
obyekt ma’muriyati qo‘riqlash xizmati rahbarlari bilan kelishgan holda, tasdiqlagan kirib-chiqish yo‘riqnomasiga asosan obyektda ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishini ta’minlash;
qo‘riqlanayotgan mol-mulkning o‘g‘irlanishi yoki buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xo‘jasizlik va beparvolikning har qanday ko‘rinishiga o‘z vaqtida munosabat bildirish;
xizmat o‘tash joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
qo‘riqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, ularni sodir etishga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
qo‘riqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda jabrlangan, shuningdek, nochor holatdagi fuqarolarga birinchi tibbiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish;
qo‘riqlanadigan obyektlarda tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda hodisa va holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etishda ishtirok etish;
idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlari o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlash qo‘riqlovidagi obyektda ichki rejim, ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
ishonib topshirilgan tabel qurollari, maxsus va texnik vositalar, shaxsiy himoya vositalari, xizmat kiyim-boshlari, mol-mulkni ehtiyot qilish va ularning soz holda saqlanishini ta’minlash;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini ta’minlash, shuningdek, xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha tegishli dasturlarda belgilangan mashg‘ulotlarni shaxsiy tarkib bilan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;
zamonaviy xavfsizlik texnika vositalarini ishlab chiqish, qo‘riqlanayotgan obyektlarga joriy etish va o‘zlashtirish faoliyatini tashkil etish, obyektlarni ehtimoli mavjud bo‘lgan huquqbuzarliklardan ishonchli himoya qilishni ta’minlash uchun ularning monitoringini olib borish;
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, qo‘nimsizligining oldini olishni va ularning kasbiy tayyorgarligi, xizmat intizomiga rioya etishini tashkil etish, belgilangan tartibda xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborish;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarida belgilangan tartibda safarbarlik tayyorgarligini tashkil etish va ta’minlash;
qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish sohasiga ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini muntazam ravishda joriy etib borish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish.
qo‘riqlanayotgan obyektlar mansabdor shaxslari, ishchi-xizmatchilari va obyekt hududidagi boshqa shaxslardan o‘rnatilgan ruxsat berish va obyekt ichki rejimiga rioya qilishni hamda jamoat tartibini saqlashni talab qilish;
qo‘riqlanayotgan obyektlardagi mol-mulkni saqlash shart-sharoitlari, muhandislik-texnik vositalari holatini tekshirish;
qo‘riqlanayotgan obyekt ma’muriyati, mansabdor shaxsidan obyektni muhandislik-texnik mustahkamligini ta’minlash, signalizatsiya tizimlari va videokuzatuv bilan jihozlashni talab etish;
davlat organlari, boshqa tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarga bajarilishi majburiy bo‘lgan, qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish, muhandislik-texnik mustahkamlik, shuningdek, ruxsat berish va obyekt ichki rejimidagi kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish borasidagi taqdimnomalar kiritish;
qo‘riqlanayotgan obyektdan mol-mulk, moddiy boyliklar va turli yuklarni noqonuniy olib chiqishga yoki olib kirishga urinayotgan shaxslarni ushlash;
qo‘riqlanayotgan obyektlarga noqonuniy kirganlar yoki qonunbuzarlik qilganlarning shaxsini aniqlash va ma’muriy bayonnoma tuzish maqsadida ushlash va qo‘riqlash xizmat xonalariga olib kelish, ushlab turish, zarur hollarda esa ularni tegishli qaror qabul qilish uchun hududiy ichki ishlar organlariga topshirish;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq qo‘riqlash posti hududida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoxud muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar, qo‘riqlanayotgan obyekt hududiga olib kirilishi va undan olib chiqib ketilishi taqiqlangan ashyolar, buyumlar, vositalar bor deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lsa, fuqarolarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning ashyolarini, qo‘l yukini, bagajini ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda ularni olib qo‘yish, transport vositalarini ko‘zdan kechirish va tashib o‘tilayotgan yuklarning tovar-transport hujjatlariga muvofiqligini aniqlash;
o‘z vakolati doirasida qo‘riqlash xizmatiga oid masalalar bo‘yicha fuqarolar, mansabdor shaxslardan tushuntirishlar, ma’lumotlar va hujjatlar olish;
sodir etilayotgan jinoyatlarni to‘xtatish, shuningdek, ularni sodir etgan shaxslarni ta’qib etish va ushlash, bir vaqtning o‘zida bir necha obyektda “tashvish” signalizatsiyasi ishlab ketgan hollarda ichki ishlar organlari va patrul guruhlarini chaqirish;
fuqarolar va mansabdor shaxslardan xizmat vazifalari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi huquqbuzarliklar va xatti-harakatlarni to‘xtatishni talab qilish, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, huquqqa zid xatti-harakatlar, huquqbuzarliklarga barham berish yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni qo‘llash;
qo‘riqlanayotgan obyektlar nazorat-o‘tkazish joylari va hududlarida noqonuniy olib chiqilayotgan (kirilayotgan) mol-mulkni aniqlash va olib qo‘yish, shuningdek, g‘ayriqonuniy harakatlarni aniqlash uchun fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga, tekshirilayotgan mol-mulk va atrof-muhitga ziyon yetkazmaydigan zamonaviy texnik vositalardan foydalanish;
qo‘riqlanadigan obyektlarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan shaxslarni aniqlash, bunday xatti-harakatlarning oldini olishda xizmat itlaridan foydalanish;
qonun hujjatlariga muvofiq qo‘riqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga ko‘maklashish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar va belgilangan tartibga muvofiq jismoniy kuch ishlatish, xizmat itlarini qo‘llash, o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish va ulardan foydalanish;
idoraviy qo‘riqlash tashkilotlarining qurol va maxsus vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq harakatlarga yaroqliligini muntazam tekshirish;
idoraviy qo‘riqlash tashkilotlarida qurollar va maxsus vositalarni saqlash hamda ulardan foydalanish joylarini rejali ravishda o‘rganish;
davlat qo‘riqlash tashkilotlaridan vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan yozma va og‘zaki axborotlarni talab qilib olish;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qo‘mondonining qo‘shma qarorlari asosida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish;
jamoat xavfsizligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qo‘riqlashni to‘laqonli ta’minlash uchun hududlarda patrullikni tashkil etish bilan bog‘liq holda videokuzatuv va texnik vositalarning butun kompleksidan foydalanish.
26. Qo‘riqlash xizmati mansabdor shaxslarga obyektlarning muhandislik-texnik mustahkamligidagi kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shartnomaviy majburiyatlarni bajarishga, moddiy boyliklar saqlanishini ta’minlash va qo‘riqlash xizmati xodimlari, ishchi-xizmatchilarining mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taqdimnomalar kiritish huquqiga ega. Belgilangan tartibda rasmiy ogohlantirish, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga ogohlantirish xati kiritadi.
27. Qo‘riqlash xizmati xodimi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlarda ularning harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan yiliga ikki marotaba tekshiruvdan o‘tadilar.
28. Qo‘riqlash xizmati xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida o‘ziga biriktirilgan o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, o‘qotar qurolni, xizmat itlarini qo‘llash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega bo‘ladi.
29. Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan ogohlantirish bo‘lishi kerak, bunday ogohlantirishning imkoni bo‘lmagan yoxud ularning qo‘llanilishini kechiktirish fuqarolarning va qo‘riqlash xizmati xodimining hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diradigan hamda boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno.
30. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llash yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda qo‘riqlash xizmati xodimi har qanday zararning imkon qadar kam bo‘lishiga intilishi shart.
31. Qo‘riqlash xizmati xodimi, agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelishi mumkin deb hisoblasa, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash uchun tayyorlash hamda ularni jangovar holatga keltirish huquqiga ega.
32. Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma to‘rt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.
Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilgan har bir holat to‘g‘risida qo‘riqlash xizmati xodimi bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek, o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida qo‘riqlash xizmati rahbari (boshliq yoki komandir) prokurorga darhol xabar beradi.
33. Xodimning jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida o‘z vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, qo‘riqlash xizmati xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Agar qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u halok bo‘lsa, qo‘riqlash xizmati xodimi hodisa joyini o‘zgarishsiz holatda saqlashga qaratilgan choralarni ko‘rishi shart.
34. Qo‘riqlash xizmati xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda quyidagilar tushuniladi:
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli qo‘riqlash bo‘linmalari (qo‘riqlanayotgan obyekt) hududida bo‘lish;
asirlikda bo‘lish (o‘z ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda bo‘lish;
bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar;
qonuniylikni va huquq-tartibotni ta’minlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam ko‘rsatish;
sud tomonidan xodimning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlari.
35. Qo‘riqlash xizmati naryadlarining xizmati sakkiz soatlik yoki o‘n ikki soatlik smenalar asosida tashkil etiladi.
Obyektning joylashuvi, uning va xizmat o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, naryadlarning xizmati sutkalik va vaxta usulida tashkil etilishi mumkin.
Naryadlar xizmati 24 soatlik smenalar asosida tashkil etilganda, naryad a’zolarining har biriga navbatma-navbat ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun uch smenalik rejimda sakkiz soat, to‘rt smenalik rejimda olti soat vaqt ajratiladi. Ushbu vaqt ish vaqtiga kiritilmaydi.
36. Vaxtaning davomiyligi yetti sutkagacha belgilanadi va bunda xizmat qorovullik tartibida tashkil etiladi. Qorovullik tartibi tashkil etilganda, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmati to‘g‘risidagi ustavda belgilangan tartibga amal qilinadi.
Vaxta usulida xizmat tashkil etilganda, xodimlarning dam olishi, ovqatlanishi, yuvinishi va ular bilan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ularning tabel qurollarini saqlash bo‘yicha tegishli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi shart.
37. Obyektlarni qo‘riqlash uchun postlar, yo‘nalishlarni qo‘yish qoidalari va shartlari, shuningdek, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish Milliy gvardiyaning normativ-huquqiy hujjatlariga asosan belgilanadi.
38. O‘ta muhim va toifalangan obyektlarda naryadlar xizmatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
39. Prokuratura organlari, sudlar, Markaziy bank va tijorat banklari, davlat, ijtimoiy ahamiyatga ega boshqa obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha qo‘riqlash naryadlari xizmatini tashkil etish shartlari Milliy gvardiyaning tegishli organlar, tashkilotlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma qarorlariga asosan tartibga solinadi.
40. Texnik qo‘riqlash tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatning hammabopligini ta’minlash maqsadida obyektlar alohida guruhlarga (ijtimoiy ahamiyati, saqlanayotgan moddiy-tovar boyliklar miqdori, soni va boshqalarga asosan) tasniflanadi. Qo‘riqlash bo‘linmalariga amaldagi tariflarni foiz hisobida kamaytirgan holda xizmat ko‘rsatishga ruxsat etiladi. Obyektlarni guruhlarga tasniflash tartibi Bosh boshqarma tomonidan belgilanadi.
41. Qo‘riqlash xizmati xodimlari va bo‘linmalarining faoliyati quyidagi asosiy normativlar va mezonlar bilan baholanadi:
naryadlarning obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha faoliyati samaradorligi va jismoniy, yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati (o‘g‘rilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish), shartnomaviy majburiyatlarga rioya etilishi;
zamonaviy qo‘riqlash axborot-kommunikatsiya texnologik tizimi (vositalari)ni joriy etish va ko‘rsatilayotgan texnik xizmatning sifati;
ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish, qo‘riqlanayotgan obyekt va fuqarolar xonadonlari sonining oshishi;
idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarining nazorat tekshiruvini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, ularning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchilik va xatolarni aniq bartaraf etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan xavfsizlik, videokuzatuv vositalarini o‘rnatish va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida hamkorlik qilish holati;
shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi sifati va axloqiy-ruhiy holati, bo‘linmalarda intizom va qonuniylikka rioya etilishi darajasi.
42. Nazorat tekshiruvlari qo‘riqlash xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini himoya qilish va daxlsizligini ta’minlashda yagona siyosat yuritilishini ta’minlash hamda idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.
43. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar obyektlarining (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ularga bo‘ysunuvchi yuridik shaxslar va ular tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar bundan mustasno) nazorat tekshiruvi reja asosida, har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbusi bilan, shartnoma asosida, ularga tegishli obyektlarda ham nazorat tekshiruvlari o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
44. Nazorat tekshiruvida Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in xavfsizligi xizmati inspektorlari ishtirok etadi hamda ichki ishlar organlarining manfaatdor xizmatlari vakillari va boshqa mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
45. Nazorat tekshiruvi obyektni qo‘riqlash bo‘linmasi rahbarlari va obyekt ma’muriyati vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
idoraviy qo‘riqlashning tashkil etilganlik holati, qo‘riqlash shtat birliklarining jamlanganligi, qo‘riqlash xodimlarining xizmat va jangovar tayyorgarligi, ular bilan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi, postlar soni, xususiyati, ularning yopilishi; xizmat o‘tash tartibi, post hujjatlarining yuritilishi (post joylashuvi, xizmat vazifalari, ish jadvallari, yo‘riqnoma, xizmatga tarqatish kitobi va h.k.), xodimlarning huquq va burchlari, xizmat o‘talishining tekshirilishi;
obyektning qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari holati, ularning belgilangan me’yorlarga mosligi, obyektning muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlanganligi, turniketlar mavjudligi, eshiklar, derazalar, devorlar, to‘siqlar, yoritish tizimining holati va h.k.;
idoraviy qo‘riqlash xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat, tekshiruv xonalarining jihozlanishi, telefon va boshqa aloqa vositalarining mavjudligi, xodimlarning xizmat kiyim-bosh bilan ta’minlanganligi;
mavjud maxsus vositalar, qurol-aslahalarga ruxsatnomalarning mavjudligi, ularning holati, hisob-kitobi, saqlanishi ahvoli;
obyektda ichki rejim va ruxsat berish rejimi o‘rnatilganligi, uning tartibini belgilovchi hujatlarning mavjudligi, ruxsatnoma tizimining mavjudligi va unga amal qilinishi;
obyekt ishchi-xizmatchilari va obyekt atrofida yashovchi fuqarolar bilan huquqbuzarliklarning oldini olish borasida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir olib borilayotgan ishlar;
idoraviy qo‘riqlash xodimlarining yil mobaynida belgilangan dasturlarga muvofiq jangovar xizmat, ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik kurslaridan o‘tishi;
xizmat faoliyatida xizmat itlaridan foydalanish, xizmat itlarining holati va ularni obyekt qo‘rig‘iga qo‘yish tartibi.
Idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini nazorat tekshiruvi va muvofiqlashtirish jarayonida obyektning qo‘riqlovini tashkil etish, xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa masalalar ham o‘rganiladi.
47. Nazorat tekshiruvi natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, ishtirok etgan vakillar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada obyektning qo‘riqlash-xavfsizlik tizimida aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ifodalanadi, buning uchun aniq muddatlar belgilanadi.
48. Obyekt ma’muriyati qo‘riqlash xizmati bilan hamkorlikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tegishli obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimi, qo‘riqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha reja (dastur) ishlab chiqadi. Kamchiliklarni bartaraf etish va qo‘riqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda ma’lumot beradi.
Qo‘riqlash xizmati kamchiliklarni bartaraf etish, tegishli obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimi, qo‘riqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha reja (dastur) ijrosini muvofiqlashtiradi va belgilangan muddatdan so‘ng nazorat tariqasida tekshiruv tashkil etadi.
49. O‘tkazilgan nazorat tekshiruvlari natijalari Bosh boshqarma tomonidan umumlashtirilib, tekshiruv o‘tkazilgan vazirlik, idora va tashkilotlarga tegishli tavsiyalar bilan birgalikda umumlashtirilgan ma’lumotlar taqdim etiladi.
50. Nazorat tekshiruvini rejalashtirish, o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni buyrug‘i bilan belgilanadi.
51. Qo‘riqlash xizmati xodimlariga va ularning oila a’zolariga Milliy gvardiyaning tibbiy muassasalari, shuningdek, qo‘riqlanayotgan obyektlarning poliklinikalari, kasalxonalari, sanatoriylari, dam olish uylari, bolalar bog‘chalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
52. Qo‘riqlash xizmati xodimlarining pul ta’minoti Milliy gvardiya xodimlariga o‘rnatilgan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.
53. Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
54. Qo‘riqlash xizmati xodimlariga xizmatni o‘tash davri davomida quyidagilar hisobidan uy-joy berilishi mumkin:
obyektlari va mol-mulki qo‘riqlanayotgan tashkilotlar tomonidan ularning xodimlari va xizmatchilari bilan umumiy asoslarda;
Yotoqxonaga ega bo‘lgan tashkilotlar shartnoma asosida ulardan qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlariga turar joy beradilar.
55. Qo‘riqlash xizmati o‘z mablag‘lari hisobiga xizmat binolarini loyihalashtirishi va qurishi hamda xizmat binolarini qurishda ulush hisobida ishtirok etishi mumkin.
56. Qo‘riqlash xizmati maxsus yorug‘lik signallariga va tovushli signallarga, bo‘yoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalari bilan ta’minlanadi.
57. Qo‘riqlash xizmatiga moddiy-texnika vositalari, qurollar va avtotransportni saqlash uchun xizmat xonalari qo‘riqlanayotgan obyektlarning tashkilotlari, korxonalari, muassasalari tomonidan ajratiladi.
58. Mehnat sharoitlari sog‘liq uchun zararli bo‘lgan obyektlarda xizmat qiluvchi qo‘riqlash xizmati xodimlari shu obyektlarning ishchi va xizmatchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va qulayliklardan foydalanadilar.
59. Qo‘riqlash xizmati xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek, formali kiyim-boshni kiyish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan belgilanadi.
60. Qo‘riqlash xizmati xodimi g‘ayriqonuniy harakati yoki harakatsizligi, shuningdek, xizmat vazifasini to‘laqonli ravishda bajarmagani uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Qo‘riqlash xizmati xodimi xizmat intizomini va ichki tartibni buzganligi uchun Intizom nizomiga asosan intizomiy javobgarlikka tortiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) o‘z vakolati doirasida davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashga doir O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining (keyingi o‘rinlarda Milliy gvardiya deb ataladi) vazifa va funksiyalarini, shuningdek, davlat organlari, idoraviy qo‘riqlash tashkilotlari tomonidan qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan Milliy gvardiyaning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Milliy gvardiya qo‘mondonining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Bosh boshqarma bevosita Toshkent shahrida joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida bataloni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar qo‘riqlash boshqarmalari, texnik qo‘riqlash vositalari monitoring va nazorat markazlari, shahar-tumanlar qo‘riqlash batalon-otryadlari va “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari deb ataladi) faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi va nazorat qiladi.
4. Bosh boshqarma tarkibida shartnoma asosida qo‘riqlash xizmatidan tushgan mablag‘lar hisobidan boshqarma, bo‘lim, bo‘linma va guruhlar, shuningdek, qo‘riqlash faoliyati sohasida ko‘ptarmoqli rejalashtirish va tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy markazlar, kengashlar va laboratoriyalar tashkil etilishi mumkin.
5. Milliy gvardiya qo‘mondoni Bosh boshqarmaning tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
6. Bosh boshqarma va uning tizimiga kiruvchi qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibi — xizmat o‘tash tartibi va huquqiy maqomiga ko‘ra ichki ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladigan (maxsus unvon beriladigan) xodimlardan, shuningdek, mehnat munosabatlari mehnat sohasidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan ishchi va xizmatchilardan iborat bo‘ladi.
7. Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida o‘zining nomi tushirilgan muhrga, o‘zining mustaqil balansiga (smetasiga), milliy va chet el valyutasida bank hisobvaraqalari ochish, shuningdek, bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish va ulardan daromad olish huquqiga ega bo‘ladi.
8. Bosh boshqarmada ish yuritish va maxfiylik tartibi bo‘yicha tadbirlar qonun hujjatlarida hamda Milliy gvardiya qo‘mondonining buyruqlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Bosh boshqarma va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari o‘z faoliyatini shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan qo‘riqlash xizmati evaziga kelib tushadigan mablag‘lardan samarali foydalanish, o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash, xarajatlarini qoplash va mustaqil xo‘jalik yuritish tamoyili asosida amalga oshiradi.
10. Bosh boshqarma va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish, xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish (buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirish), shuningdek, uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bosh boshqarma va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining shtatlari, xarajatlar smetalari moliya organlarida qayd etilmaydi.
11. Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni boshqa vazirlik va idoralar hamda Milliy gvardiyaning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish;
davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlashni tashkil etish faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari obyektlarida ichki rejim va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;
qo‘riqlanadigan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash vazifasini amalga oshirish;
qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni ta’minlash, ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni amalga oshirish;
aholining Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirish;
a) Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish sohasida:
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlarni, axborot va boshqa materiallarni umumlashtirish, tahlil qilishni amalga oshiradi, qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining xizmat faoliyati masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratadi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish, monitoring, nazorat qilishni, boshqarishni, joriy va istiqbolli rejalashtirishni amalga oshiradi, shartnoma asosida mol-mulklar va obyektlarni qo‘riqlash doirasida ularga yuklatilgan vazifalar yechimini topishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining yagona axborot va kommunikatsiya tizimini joriy etadi va tezkor axborot almashinuvini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
vakolati doirasida qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish borasida turli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
b) davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlashni tashkil etish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulk, moddiy boyliklar, pul va boshqa boyliklarni samarali qo‘riqlash va ularni qo‘riqlash-kuzatish bo‘yicha qo‘riqlash xizmati faoliyatining shakl va usullarini shakllantiradi va amaliyotga tatbiq etadi;
obyektlar, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarining qo‘riqqa olinishini, mulkni qo‘riqlash, moddiy qimmatliklarni qo‘riqlash-kuzatish bilan bog‘liq pulli xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etadi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari shaxsiy tarkibi bilan real holatga yaqinlashtirilgan sharoitlarda harakatlanish jarayonida har tomonlama ta’minot, boshqaruv va hamkorlik masalalari yuzasidan qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik, tezkor-taktik mashqlar, mashg‘ulotlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlarini qo‘riqlashni ta’minlayotgan qo‘riqlash xizmati saf bo‘linmalari, harbiylashtirilgan qo‘riqlash va qorovullik bo‘linmalari naryadlari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini amalga oshiradi;
v) davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari obyektlarida ichki rejim va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish sohasida:
idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarni, qo‘riqlashning tashkil etilishi, xodimlarning xizmat o‘tashi, kasbiy tayyorgarligi, obyektlarning texnik mustahkamligi va jihozlanishini o‘rganishni amalga oshiradi;
davlat qo‘riqlash tashkilotlari qo‘riqlovidagi obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
idoraviy qo‘riqlash tizimini takomillashtirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
qo‘riqlash faoliyatining boshqa turlari tashkil etilganda ularga ruxsatnomalar berilishi va kelishishni tashkil etadi;
g) qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki va ruxsat berish rejimlari va mol-mulk qo‘riqlovini ta’minlash sohasida:
qo‘riqlanayotgan obyektlardagi ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari ishlarini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari bo‘linmalari bilan hamkorlikda o‘z vakolatlari doirasida qo‘riqlanayotgan obyektlar, ularning hududlarida qonunga zid tajovuzlar va huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi;
qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatiga kirish-chiqishni nazorat qilish, boshqarish, monitoring qilish borasidagi zamonaviy texnologiyalarini joriy etadi;
d) qo‘riqlanadigan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash vazifasini amalga oshirish sohasida:
qo‘riqlanayotgan obyektlar va ularga tutash hududlarda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashni tashkil etadi;
qo‘riqlanayotgan obyektlar hududlarida huquqbuzarlik holatlarining barvaqt oldini olish va aniqlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
qo‘riqlanayotgan obyektlarning xavfsizligini ta’minlash, ularda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha Milliy gvardiyaning bo‘linmalari va boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
shartnoma asosida dam olish va jamoat ovqatlanish joylari, turizm obyektlari va savdo-ko‘ngilochar muassasalarda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish borasidagi tadbirlarda ishtirok etilishini ta’minlaydi;
e) qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni ta’minlash, ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni amalga oshirish sohasida:
qo‘riqlanayotgan obyektlarda texnik qo‘riqlash vositalaridan foydalanish bo‘yicha yagona texnik siyosat yuritishni ta’minlaydi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizm ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
texnik qo‘riqlash va harakatlanish punktlariga markazlashtirilgan kuzatuv va ma’lumotlarni uzatishning avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek, ko‘rsatilayotgan qo‘riqlash xizmatlari sonini oshirish imkonini beruvchi mutlaqo yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasidagi o‘ta muhim, toifalangan obyektlarda texnik qo‘riqlash vositalarini loyihalashtirish, o‘rnatish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun ruxsatnomalar berilishini amalga oshiradi;
zamonaviy xavfsizlik texnika vositalarini ishlab chiqish, o‘zlashtirish va qo‘riqlanayotgan obyektlarga joriy etish faoliyatini muvofiqlashtiradi, obyektlarni yuz berishi mumkin bo‘lgan huquqqa zid harakatlardan ishonchli himoya qilishni ta’minlash uchun ularning monitoringini amalga oshiradi;
qo‘riqlash texnik vositalari va tizimlarining sinovi va tekshiruvini tashkil etadi, O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash asbob-uskunalaridan foydalanish borasida tavsiyalar beradi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari foydalanishiga tavsiya etilgan qo‘riqlash texnik vositalar ro‘yxatini ishlab chiqadi;
qo‘riqlash faoliyati masalalari bo‘yicha maslahat-texnik kengashlar, amaliy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazadi;
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, so‘nggi ilmiy yutuqlar asosida texnik vositalarni modernizatsiya qilish, yanada takomillashtirish va qo‘riqlash faoliyatiga joriy etish borasida tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni o‘tkazadi;
yo) aholining Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
qo‘riqlash xizmati faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali, xususan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali targ‘ib etishni tashkil etadi va ta’minlaydi;
mulkdorlar, fuqarolar e’tiboriga mol-mulkni jinoiy tajovuzlardan himoyalash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar va mulk egalariga qo‘riqlash xizmati tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yetkazib boradi;
targ‘ibot guruhlari orqali aholining keng qatlamlari o‘rtasida, korxona, tashkilotlarning mehnat jamoalarida tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib borilishini ta’minlaydi;
obyekt va mulklarni qo‘riqlashni ta’minlashda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikning shakl va uslublarini takomillashtiradi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyati natijalari haqidagi ma’lumotlarni aholi e’tiboriga o‘z vaqtida yetkazish borasida kompleks choralar ko‘radi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining buxgalteriya hisoboti, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlilini yuritadi, yig‘ma statistik va umumlashtirilgan buxgalteriya hisobotlarini tuzadi va belgilangan muddatlarda tegishli idoralarga taqdim etadi, qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining daromadlar va xarajatlar smetasini rejalashtiradi, tasdiqlaydi;
shartnomalar tuzadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xaridlarni amalga oshiradi va o‘z bo‘linmalarini tovar-moddiy boyliklar, zarur mol-mulk va vositalar bilan ta’minlaydi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalariga debitor qarzdorlikni undirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;
mehnatga haq to‘lash, mukofotlash shartlari, imtiyozlar, oylik pul maoshlari, qo‘shimcha maoshlar, tarif stavkalari, oddiy va boshliqlar tarkibiga hamda qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari ishchi-xizmatchilariga haq to‘lashning boshqa shartlari to‘g‘risida Milliy gvardiya rahbariyatiga takliflar kiritadi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarida hisob-kitob va hisobotlarning holatini, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning sarflanishi va saqlanishini, iqtisod tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi, foydalanilmayotgan tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda qayta taqsimlash choralarini ko‘radi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari ehtiyojini hisobga olgan holda shaxsiy tarkibga forma kiyim-kechagi va boshqa zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslar bo‘yicha talabnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
moddiy-texnika vositalari (qurol-yarog‘lar, transport vositalari, yoqilg‘i-moylash materiallari, maxsus vositalar, tashkiliy texnika, radiostansiyalar, aloqa vositalari va shaxsiy himoya vositalari) tegishlilik tabelini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularning hisobini amalga oshiradi va oqilona foydalanilishini nazorat qiladi;
qo‘riqlash boshqarmalari tasarrufidagi bino, inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etadi hamda nazorat qiladi;
z) qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining tashkiliy-shtat va kadrlar ishlarini amalga oshirish sohasida:
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining tuzilmalari va shtatlarini ishlab chiqadi, shtatlar sonini kiritish (qisqartirish) va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarini qayta tashkil etish to‘g‘risida buyruqlar loyihalarini tayyorlaydi, shtat intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi va aniqlaydi, belgilangan tartibda Milliy gvardiyaning ixtisoslashgan o‘quv muassasalari bazalarida xodimlarni boshlang‘ich tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi va shu maqsadda zaruratga ko‘ra xorijiy davlatlarga yuboradi;
xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, harbiylashgan qo‘riqlash va qorovullik, muhandis-texnik bo‘linmalari uchun kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida demokratik asoslarni rivojlantirish, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom, ushbu Nizom va lavozimlar nomenklaturasiga asosan o‘rnatilgan tartibda kadrlarni tanlash, tanlov asosida qabul qilish, tayinlash, joy-joyiga qo‘yish, rotatsiya qilish, egallab turgan lavozimidan ozod etish va xizmatdan bo‘shatish, attestatsiyadan o‘tkazish, ta’tillar berish va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarining ma’naviy-ruhiy holati ustidan doimiy monitoring olib boradi, ularni o‘qitish, tarbiyalash va shaxsiy tarkib o‘rtasida favqulodda hodisalarning ro‘y berishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xizmat vazifalarini bajarish vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolariga ijtimoiy hamda ma’naviy yordam ko‘rsatadi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarining huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy bilimlarini oshirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi hamda ular tomonidan Milliy gvardiyaning odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
shaxsiy tarkibning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, ma’naviy-psixologik sog‘lomlashtirish, ruhiy barqarorligini shakllantirish borasidagi ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi.
14. O‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda Bosh boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
davlat tomonidan majburiy qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxati hamda idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlashni tashkil etish huquqiga ega bo‘lgan respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Milliy gvardiya bo‘linmalari va idoraviy qo‘riqlash tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar ro‘yxatlarini ishlab chiqish;
obyektlarni signalizatsiya vositalari bilan jihozlash bo‘yicha montaj-sozlash ishlari, qo‘riqlash texnik vositalari tadqiqoti va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan shu’ba korxonalarni tashkil qilish hamda qo‘riqlash bo‘linmalariga texnik xizmatlar ko‘rsatadigan, texnik uskunalar, vositalar, tovarlar ishlab chiqarayotgan mulkdorlarga boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
belgilangan tartibda qo‘riqlash-yong‘indan ogohlantirish signalizatsiyasi apparatlari, boshqa texnik vositalar va materiallarni sotish;
qo‘riqlash faoliyati sohasida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot va boshqa materiallarni boshqa vazirlik va idoralardan belgilangan tartibda so‘rab olish;
tegishli vazirlik va idoralarning maxsus ta’lim muassasalari ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish;
komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlarini, shu jumladan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tegishli tuzilmalari vakillari ishtirokida tashkil etish;
byulleten, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlari, konferensiyalar materiallarini nashr etish orqali qo‘riqlash faoliyati masalalariga doir axborotni taqdim etish.
o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini himoya qilish choralarini qo‘rish;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyati bo‘yicha zarur ma’lumotlarni tayyorlash va Milliy gvardiya rahbariyatiga taqdim etish.
16. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
17. Bosh boshqarmani Milliy gvardiya qo‘mondoni tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari — Bosh boshqarma boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma boshlig‘i deb ataladi) boshqaradi.
Bosh boshqarma boshlig‘ining Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan Bosh boshqarma boshlig‘i tavsiyasiga binoan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Bosh boshqarma ishlarini tashkil etadi va qo‘riqlash faoliyatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi;
Bosh boshqarma vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha respublika davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlarda Milliy gvardiya nomidan vakillik qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning yuklatilgan xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha bajariladigan ishlar uchun shaxsiy javobgarligini belgilaydi;
tinchlik va favqulodda holat davri, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzasidan maxsus rejalashtirish va harbiy safarbarlik masalalarini tashkil etadi va nazoratini amalga oshiradi;
tasdiqlangan smeta doirasida pul mablag‘lari sarflanishini boshqaradi, belgilangan tartibda banklarda va ularning filiallarida joriy va boshqa hisobraqamlari ochadi;
kamomaddan, rastratadan, o‘g‘irlikdan ko‘rilgan va sud tomonidan undirib olish rad etilgan zararlarni, qaytarib olishning iloji yo‘q deb hisoblangan boshqa qarzlarni, aniq aybdorlarni aniqlash mumkin bo‘lmagan holatlarda boyliklarning me’yordan ortiqcha miqdorda tabiiy buzilishi tufayli ko‘rilgan zarar va yo‘qotishlar tufayli yetishmagan boyliklarni, shuningdek asosiy fondlar hisobida bo‘lgan ma’naviy eskirgan va kelgusida foydalanishga yaroqsiz asbob-uskunalarni qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;
ishlab chiqilayotgan qo‘riqlash signalizatsiyasi asbob-uskunalari, texnik qo‘riqlash markaz (punkt)lari qurilishining namunaviy loyihalari texnik shartlarini kelishadi, texnik topshiriqlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining faoliyatining barcha masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qo‘rib chiqadi, kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘radi, kiritilgan takliflarni amalga oshiradi, ushbu ishlar tashkil etilishini nazorat qiladi;
shaxsiy tarkibni tanlash, tanlov asosida saralash, joy-joyiga quyish, o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, Bosh boshqarmada va uning joylardagi bo‘linmalarida shtat-moliya intizomiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Bosh boshqarma va uning saf bo‘linmalari xizmatiga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish bo‘yicha komissiyani o‘rnatilgan tartibda tuzadi;
harbiylashtirilgan qo‘riqlash, qorovullik bo‘linmalari shtatlarini kiritish (qisqartirish) va qayta tashkil etish bo‘yicha buyruqlar chiqaradi, ishchi va xizmatchilar, xususan “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi va uning hududiy bo‘linmalari shtatlarini tasdiqlaydi va o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritadi;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarini belgilangan tartibda rag‘batlantiradi va intizomiy jazoga tortadi;
lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
o‘z vakolati doirasida qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarida yo‘l qo‘yilgan qonun, xizmat va mehnat intizomi buzilishi holatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazishni tayinlaydi;
safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi xodimlarining xizmatni o‘tash chegara yoshi muddatini uzaytiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq Bosh boshqarma vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Bosh boshqarma boshqarmalari, bo‘limlari (bo‘linmalari), Alohida bataloni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar qo‘riqlash boshqarmalarining nizomlari, funksional majburiyatlarini;
“Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkiliy tuzilmasi va shtatlarini.
Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, boshqarma, bo‘lim (bo‘linma) boshliqlari, bo‘lim boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar qo‘riqlash boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Alohida batalon komandirlarini, o‘z xavfsizligi xizmati va nazorat-taftish bo‘limi rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod etish;
Bosh boshqarma va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari ofitserlar tarkibiga birinchi va “podpolkovnik”, “polkovnik” maxsus unvonlari berish;
Bosh boshqarma va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarida xizmat qilayotgan “polkovnik” unvonidagi xodimlarni xizmatdan bo‘shatish;
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya etish va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash;
Bosh boshqarma va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari safdor va serjantlar tarkibiga — maxsus unvonlar, shuningdek, yangidan xizmatga qabul qilinayotgan, ofitserlik lavozimiga tayinlanayotgan xodimlarga “katta serjant” maxsus unvoni;
Bosh boshqarma va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari ofitserlar tarkibiga “mayor” unvonigacha bo‘lgan, ushbu unvon ham qo‘shilgan holda, maxsus unvonlar;
Bosh boshqarma va Alohida batalon shaxsiy tarkibiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar qo‘riqlash boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlariga, Alohida batalon komandiriga va xodimlariga “uchinchi toifali mutaxassis”, “ikkinchi toifali mutaxassis”, “birinchi toifali mutaxassis” va “usta” mutaxassislik toifalarini.
g) quyidagilarni lavozimga tayinlaydi, lavozimdan ozod etadi, ixtiyoriga oladi va xizmatdan bo‘shatadi:
Bosh boshqarma, Alohida batalonning safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibini, ishchi va xizmatchilarini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar qo‘riqlash boshqarmalari bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari, harbiy safarbarlik guruhi mutaxassislarini, batalonlar komandirlarining o‘rinbosarlarini, Alohida otryad komandirlari va ularning o‘rinbosarlarini;
20. Bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lmaganda, uning vakolatlarini Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘iga asosan Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
21. Bosh boshqarma boshlig‘i huzurida xizmat hamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish istiqbolining muhim masalalari, signalizatsiyaning arzon va ishonchli vositalarini rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqish maqsadida qo‘riqlash xizmatini takomillashtirish bo‘yicha maslahat Kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tuziladi.
22. Kengash tarkibi Bosh boshqarma va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining 7 — 9 nafar tajribali xodimlari hamda tegishli sohada ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan olimlardan iborat bo‘ladi.
23. Kengashning tarkibi, qoidaga ko‘ra, bir yilda bir marta Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimiga ko‘ra kengash raisi hisoblanadi.
xizmat hamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish istiqbolining muhim masalalari yuzasidan tavsiyalar tayyorlash;
signalizatsiyaning arzon va ishonchli vositalarini rivojlantirish va joriy etish yo‘nalishlarini belgilash;
mulkni qo‘riqlash bo‘yicha xizmat turlarini kengaytirish, shu jumladan transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi obyektlarni qo‘riqlovga olish imkoniyatini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;
qo‘riqlash xizmatining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.
26. Kengash majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga ko‘ra, unga davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
27. Kengash qarori tavsiya xususiyatga ega bo‘lib, kengashning majlisda qatnashgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
28. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish borasida ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalar qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
29. Bosh boshqarma xo‘jalik yuritishda (operativ boshqaruvda) o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi, majburiyatlarni bajarish yuzasidan sudda da’vogar va javobgar bo‘ladi.
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi 421-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qarori)” 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi 322-son qaroriga 2-ilovaning 8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 90-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi O‘RQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga ilovaning 44-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 15-yanvardagi 34-son qaroriga ilovaning 6-bandi.