24.07.2019 yildagi 620-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar (professional), oliy, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish toʻgʻrisidagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3 iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish toʻgʻrisidagi arizalar 2019-yil 1-sentabrdan boshlab faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 2022-yil 1-yanvardan keyin olingan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar tan olish uchun topshirilganda, hujjatni bergan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qoʻyilgan boʻlishi talab etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan elektron shakldagi hujjatlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari uchun xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinmaydigan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va kasblar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi oʻz hududiy boʻlinmalarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishi hamda samarali faoliyat koʻrsatishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 24-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
620-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta, oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar (professional), oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat — xorijiy davlatlarning milliy qonunchiligi asosida berilgan taʼlim olganlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish — xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat egasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼlim olish va (yoki) kasbiy faoliyat yuritish uchun ruxsat berish maqsadida vakolatli davlat organlari tomonidan xorijiy davlatlarda olingan taʼlim malakasini rasman tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatli davlat organlariga xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqida murojaat etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, ular voyaga yetmagan boʻlsa ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (keyingi oʻrinlarda talabgorlar deb ataladi) murojaatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy taʼlim, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tan olinadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun quyidagi miqdorda toʻlov undiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha elektron ariza yuborishda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi haqidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha elektron ariza yuborishda — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandda belgilangan yigʻimning 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda, davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun belgilangan toʻlovning 90 foizi undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undirilgan toʻlov quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat xizmatlari markazlariga talabgorlarning oʻzlari kelib murojaat qilganda, undirilgan toʻlovning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan qismi — Bilim va malakalarni baholash agentligining rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda, undirilgan toʻlovning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan qismi — Bilim va malakalarni baholash agentligining rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar quyidagi hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta, kasbiy taʼlim va malaka oshirish taʼlimini olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) yoki qoʻshma taʼlim dasturlari asosida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan xorijiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati har yili Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy taʼlim tashkilotlari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari (bunda talabgor taʼlimning butun davrida mazkur reytingga kiruvchi oliy taʼlim tashkilotida taʼlim olgan boʻlishi lozim);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarning mablagʻlari (yoʻllanmalari) hisobidan taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 1-yanvargacha xorijiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan talabgorlarning hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) toʻlaqonli aʼzolari — vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun talabgorlar tomonidan bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda talabgor nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda esa talabgorning oʻzi mustaqil ravishda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqidagi soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda soʻrovnoma deb ataladi) toʻldiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat xizmatlari markazi xodimi yoki talabgor tomonidan soʻrovnomada talabgorning elektron manzili qayd etilishi xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha hududiy boshqarmalar yoki Agentlikning qabul qilgan qarori haqida elektron shaklda maʼlumot olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning skaner qilinib, pdf formatida saqlangan nusxasi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan hamda skaner qilinib, pdf formatida saqlangan nusxasi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar qabul qilingandan keyin talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilova asl nusxasining notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan birga talabgorga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, zarur hollarda vakolatli organ tomonidan talabgordan u oʻqish davrida xorijiy davlatda boʻlganini asoslovchi hujjatlar (migratsiya yoki bojxona yozuvlari, vaqtinchalik yashash guvohnomasi va boshqalar) soʻrab olinishi mumkin.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat xizmatlari markazida zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Notoʻgʻri yoki qalbaki maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiy ekanligiga shubha tugʻilgan taqdirda, Agentlik tomonidan Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan maʼlumotlar tekshirilishi yoki hujjatga oid maʼlumot taqdim etish haqida hujjatni bergan taʼlim tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga soʻrovnomalar yuborilishi mumkin.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qalbaki hujjat aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar hududiy boshqarmalar yoki Davlat inspeksiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Quyidagi holatlarda davlat xizmatlari koʻrsatilishi rad etilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlar tomonidan notoʻgʻri yoki qalbaki maʼlumotlar taqdim etilgani maʼlum boʻlib qolganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻimning toʻlanmaganligi (xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari koʻrsatishni mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning murojaati koʻrilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorga bogʻliq boʻlmagan holatlar (talabgorning vafot etishi, mehnatga layoqatsiz boʻlib qolishi va talabgorga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar tufayli davlat xizmatidan foydalanish zarurati mavjud emasligi) sababli davlat xizmatidan foydalanilmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim talabgorga yoki uning qonuniy vakiliga, qonuniy vakili boʻlmagan hollarda huquqiy vorisiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agentlikka maʼlumotlar:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma qabul qilingan vaqtdan boshlab oʻn daqiqa ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda darhol yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Toʻliq taqdim etilmagan, kamchiliklari mavjud boʻlgan hujjatlar hududiy boshqarmalar yoki Agentlik tomonidan koʻrib chiqilmaydi hamda hujjatlar topshirilgan paytdan boshlab bir ish kunida soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar tegishliligi boʻyicha davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kamchiliklari koʻrsatilgan holda talabgorga qaytarib yuboriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun hududiy boshqarmalarda 3 — 5 kishidan iborat boʻlgan xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni oʻrganish boʻyicha komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar komissiyalari deb ataladi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy boshqarmalar komissiyalari tarkibi va ularning ish tartibi hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Hujjatlar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan paytdan boshlab hududiy boshqarmalar tomonidan bir ish kuni mobaynida soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligi tekshiriladi. Hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda bir ish kunidan kechikmay hududiy boshqarmalar komissiyalariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Hududiy boshqarmalar komissiyalari tomonidan bir ish kunida hujjatlar oʻrganib chiqilib, xorijiy davlatdagi umumiy oʻrta taʼlim muddati 9 yildan kam boʻlmasa hamda oʻrta taʼlim muddati 11 yildan kam boʻlmasa, xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqida xulosa tayyorlanadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorga xorijiy davlatlarda berilgan umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim hujjati Oʻzbekiston Respublikasida beriladigan shahodatnoma oʻrnini bosa olmasa, xorijiy davlatdagi taʼlimning davomiyligidan qatʼi nazar, u oʻqishini davom ettiradigan maktabda umumiy tartibda yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritish tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgor oʻziga berilgan hujjatda koʻrsatilgan fanlardan boshqa barcha fanlar boʻyicha taʼtil kunlarida yakuniy davlat attestatsiyadan oʻtkaziladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijasi va pedagogik kengash qarori asosida maktab tomonidan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma) beriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar (shahodatnoma, sertifikat va guvohnoma) tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasidagi umumiy oʻrta yoki oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarga tenglashtirilgan holda tan olinadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Hududiy boshqarmalar komissiyalarining xulosalariga koʻra, bir ish kunida xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqida hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda maʼlumotnoma tayyorlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Maʼlumotnoma hududiy boshqarma masʼul xodimi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, tegishliligiga koʻra davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotnoma qabul qilingan paytdan boshlab bir soat ichida davlat xizmatlari markazi tomonidan talabgorga bu haqida xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat maʼlumotnoma bilan birgalikda taqdim etilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Hududiy boshqarmalar komissiyalari butun yil davomida faoliyat koʻrsatadi va oʻz faoliyati haqida har chorakda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga hisobot beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar (professional), oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Xorijiy davlatlarda kasbiy taʼlim, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda — xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar deb ataladi) tan olish uchun Agentlikda xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni oʻrganish boʻyicha ekspert guruhlari tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan paytdan boshlab Agentlik tomonidan bir ish kuni mobaynida soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligi tekshiriladi. Hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda, ekspertiza uchun bir ish kunidan kechiktirmasdan, maxsus axborot tizimi orqali tegishli taʼlim sohasi boʻyicha ekspert guruhi aʼzosiga yuboriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ekspert guruhlari Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tegishli taʼlim sohalari boʻyicha 7 kishidan kam boʻlmagan tarkibda tashkil etiladi. Ekspert guruhlari tarkibiga vazirliklar va idoralar tizimidagi tashkilotlar hamda muassasalarning yetakchi olimlari va mutaxassislari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert guruhlarining tarkibi va ularning ish tartibi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq belgilanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ekspert guruhlari aʼzolari oʻn ish kuni ichida talabgorlarning hujjatlarini xorijiy davlatda egallangan taʼlim standartlarining yoki taʼlim dasturlarining Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan davlat taʼlim standartlari va taʼlim dasturlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqib, taqdim etilgan hujjatni tan olishga qoʻyilgan talabga muvofiq yoki muvofiq emasligi haqida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert guruhlari aʼzolari oʻzlari bergan xulosalarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha berilgan xulosalar ekspert guruhi aʼzosi tomonidan maxsus axborot tizimi orqali QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda Agentlikka taqdim etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ekspert guruhi xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olishni rad etish haqida xulosa bergan taqdirda, Agentlikning masʼul xodimi bir ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatni tan olishni rad etish haqidagi xabarnomani Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga yuboradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Quyidagilar ekspert guruhi aʼzosining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikdan xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni ekspertiza qilish uchun qabul qilib olish;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishga qoʻyilgan talablar asosida talabgorlar tomonidan topshirilgan xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning ekspertizasi asosida tegishli xulosa tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorning xorijiy davlatda olingan bilim (tayyorgarlik) darajasini tekshirish boʻyicha sinov materiallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar ekspertizasi yakunlari boʻyicha tayyorlangan xulosani Agentlikka taqdim etish.
(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ekspertiza davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari, oʻquv dasturlari, taʼlim tashkilotlarining oʻzlari joylashgan davlatlarda tan olinganligi haqidagi hujjat yoki maʼlumot, xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar va ularga ilovalar nusxalari asosida amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ekspertiza quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitilgan taʼlim dasturlari yoki oʻquv rejalari hajmi va mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlashtirilgan mutaxassislik (ixtisoslik) fanlari hajmi (fanlarning nomi va soatlar miqdori);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliyotning mavjudligi va uning davomiyligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olingan bilimlar va malaka yakuniy tayyorgarlik nuqtai nazaridan taʼlim dasturlari, oʻquv rejalari va oʻzlashtirilgan bilimlar majmuidagi farqlarni hisobga olgan holda baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Agentlik tomonidan xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan taʼlim tashkilotining oʻsha davlatda tan olinganligi, xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat ushbu hujjatda koʻrsatilgan taʼlim tashkiloti tomonidan berilganligi tekshirilishi, zarur hollarda tegishli taʼlim tashkiloti, mahalliy va xorijiy tashkilotlardan aniqlashtiruvchi hujjatlar soʻrab olinishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Talabgorlar oʻz tayyorgarligi haqidagi boshqa hujjatlarni, jumladan, taʼlim olishning keyingi darajalari, kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish mumkinligi, amaliy tajriba haqidagi hujjatlarni ham Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari bilan birga taqdim etishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ekspert guruhlari aʼzolariga hamda ekspert guruhlari faoliyatiga jalb etiladigan mutaxassislarga Agentlik bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida har bitta xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat ekspertizasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida haq toʻlanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqida ijobiy xulosa berish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni bergan taʼlim tashkiloti va ushbu muassasa tomonidan berilgan hujjatning oʻsha davlat tomonidan tan olingan boʻlishi;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berishga asos boʻlgan taʼlim standartlarining yoki taʼlim dasturlarining Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan davlat taʼlim standartlari va taʼlim dasturlariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy taʼlim toʻgʻrisida hujjatni bergan davlatning taʼlim tizimiga qoʻyilgan umumiy talablarning mosligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarda koʻrsatib oʻtilgan tayyorgarlik sohasi Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va kurslarga muvofiq kelmasa yoki oʻqitish hamda tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasida olib borilmaydigan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va sohalarda amalga oshirilgan boʻlsa, ushbu hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun Agentlik tomonidan taʼlim sohasi eng yaqin boʻlgan ekspert guruhlari faoliyatiga qoʻshimcha mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish quyidagi hollarda rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xorijiy davlatlarda kasbiy maʼlumot toʻgʻrisida hujjat beradigan taʼlimning umumiy meʼyoriy davri (toʻliq umumiy oʻrta yoki oʻrta maʼlumot olingandan keyin) Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim standartlarida nazarda tutilgan davrdan ikki yildan kam boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berilgan davlatda mazkur hujjatning egasiga Oʻzbekiston Respublikasidagiga qaraganda taʼlim olish va (yoki) kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun kam huquqlar berilgan boʻlsa (hujjat egasi taʼlimning keyingi bosqichida oʻqishni davom ettirish, kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmasa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan taʼlim shaklida olingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oliy taʼlim bosqichlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bakalavriat boʻyicha Yevropa taʼlim tizimi asosida oʻqish davomida oʻqigan har bir oʻquv yiliga oʻrta hisobda 60 dan kam kredit toʻplagan boʻlsa, bunda oʻqishning normativ muddati kunduzgi va masofaviy (Oʻzbekiston Respublikasida masofaviy taʼlim shakli joriy etish mumkin boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari bundan mustasno) taʼlim shakli boʻyicha 3 yildan, sirtqi taʼlim shakli boʻyicha esa tafovut Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim standartlarida nazarda tutilgan davrdan bir yildan koʻp boʻlmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka amaliyoti uchun ajratilgan vaqt Taʼlim sohasiga oid yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv dasturi uchun ajratilgan umumiy oʻquv yuklamasining 10 foizidan, Sogʻliqni saqlash taʼlim sohasiga oid yoʻnalishlar boʻyicha esa 6 foizidan kam boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistratura boʻyicha oʻqish muddati bir yildan kam boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan talablarga toʻgʻri kelmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlar taʼlim tizimi asosida toʻplangan kreditlar Yevropa taʼlim tizimi boʻyicha toʻplanishi lozim boʻlgan minimal kredit miqdoriga (har bir oʻquv yili uchun oʻrta hisobda 60 kreditdan kam boʻlmagan) qiyoslangan holda aniqlanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus va kasb-hunar (professional) taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrta maxsus yoki kasb-hunar (professional) taʼlimi toʻgʻrisidagi hujjatlarga tenglashtirilgan holda tan olinadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar xorijiy davlatda tamomlangan taʼlim bosqichi boʻyicha tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar xorijiy davlatda tamomlangan kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi boʻyicha tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishda test sinovlarini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Ekspert guruhlari tomonidan ijobiy xulosa berilgan xorijiy davlatlarda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olish uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun Agentlik tomonidan test sinovlari tashkil etiladi (xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olinadigan holatlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovlarining oʻtkazilish vaqtlari haqidagi maʼlumot sinovlar boshlanishidan kamida oʻn kun oldin Agentlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert guruhi aʼzosining ijobiy xulosasiga ega boʻlgan talabgorlar Agentlikning maxsus axborot dasturi orqali test sinovida ishtirok etish muddati va hududi hamda test sinovini topshirish tilini (oʻzbek, rus, ingliz) mustaqil ravishda tanlaydi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Xorijiy davlatlarda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari boʻyicha ekspert guruhlari tomonidan ijobiy xulosa berilgan talabgorlarga test sinovlari oʻtkazilishi haqidagi xabarnoma ariza beruvchining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Bunda xabarnoma kelib tushgan paytdan boshlab koʻpi bilan uch oy davomida test sinovlarida ishtirok etmasa, talabgorning xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish boʻyicha arizasini koʻrib chiqish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holatda talabgor xorijiy davlatda taʼlim olganlik haqidagi hujjatni tan olish boʻyicha test sinovida ishtirok etish uchun soʻrovnoma toʻldirgan holda belgilangan tartibda qaytadan murojaat qilishi mumkin.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Test sinovlari talabgorlarning taʼlim olgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha mutaxassislik fanlaridan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovlari 50 ta savoldan iborat boʻlib, har bir test savoli uchun 2 daqiqadan, jami 100 daqiqa vaqt beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test savoli 2 ball bilan baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Test sinovlari natijalariga koʻra 54 va undan kam ball toʻplagan talabgorlarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
411. Quyidagi holatlar talabgorni test sinovlari jarayonidan chetlashtirilib, uning test sinovi natijasini inobatga olmaslikka hamda xorijiy davlatda taʼlim olganlik haqidagi hujjatini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizasini rad etishga va amalga oshirilgan toʻlov qaytarilmasligiga asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari oʻtkaziladigan binoga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, mobil telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa.
(411-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Test sinovlari natijalariga koʻra taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olinmagan talabgorlar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ushbu Nizomda belgilangan tartibda qaytadan murojaat qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorlar test sinovlarini qayta topshirish uchun murojaat qilganda, ularning xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari ekspert guruhi tomonidan qayta koʻrib chiqilmaydi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovlarini qayta topshirish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Talabgorlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni ekspertiza qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — ekspert guruhining xulosasini olgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida;
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — sinovlar oʻtkazilgan kuni;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari natijalaridan noroziligi boʻyicha — sinovlar natijalari eʼlon qilingan paytdan boshlab oʻn ish kuni ichida Agentlikka shikoyat qilishlari mumkin.
(43-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorlardan tushgan shikoyatlar Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasi tomonidan ikki hafta ichida koʻrib chiqiladi va talabgorlarga yozma ravishda javob yuboriladi.
(43-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni ekspertiza qilishda ishtirok etgan ekspert guruhlari aʼzolari apellyatsiya komissiyalari tarkibiga kiritilishi mumkin emas.
(43-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatni apellyatsiya komissiyalari tomonidan koʻrib chiqish jarayonida talabgor ham bevosita ishtirok etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishni rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ekspert guruhlari tomonidan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarga ijobiy xulosa berilgan hamda test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga, shuningdek, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olingan talabgorlarga Agentlik direktori tomonidan:
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatda oʻrta maxsus va kasb-hunar (professional) taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma;
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatda kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatda malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqida ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma berish boʻyicha buyruq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Agentlik direktorining xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqidagi guvohnoma berish haqidagi buyrugʻiga asosan tegishli guvohnomalar tayyorlanadi hamda Agentlik masʼul xodimi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qoʻyilgan holda tasdiqlanib, uch ish kuni ichida tegishliligiga koʻra Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorlarga yuboriladi.
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnoma qabul qilingan paytdan boshlab bir soat ichida davlat xizmatlari markazi tomonidan talabgorga bu haqida xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat guvohnoma bilan birgalikda taqdim etilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat bergan taʼlim muassasasi, mahalliy va xorijiy tashkilotlardan aniqlashtiruvchi hujjatlarni olish talab etilgan hollarda Agentlik tomonidan taʼlim tashkilotiga oid maʼlumot taqdim etish haqida tegishli davlat yoki tashkilotlarga soʻrovnoma yuboriladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlat yoki tashkilotdan xorijiy taʼlim muassasasiga oid maʼlumotlarni olish uchun talab etiladigan vaqt ushbu Nizomda belgilangan muddatlarga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta, oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi maʼlumotnoma va guvohnoma shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasidagi taʼlim tashkilotlarida taʼlimning navbatdagi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish hamda kasb-hunar (professional), oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasidagi taʼlim tashkilotlarida taʼlimning navbatdagi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish va kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beradi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Hududiy boshqarmalar va Agentlik xorijiy davlatlar tomonidan tan olingan xorijiy taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlab qoʻyish choralarini koʻradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlarning umumiy oʻrta, oʻrta, kasbiy taʼlim, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishda hududiy boshqarmalar va Agentlikka koʻmaklashadi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi maʼlumotnoma va (yoki) guvohnoma egasining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda uning arizasiga binoan maʼlumotnoma va guvohnoma qayta rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi maʼlumotnoma va (yoki) guvohnomani qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan oʻn besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qoʻyilgan guvohnomalar joriy etilgunga qadar berilgan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi maʼlumotnoma va (yoki) guvohnoma yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, hujjat egasining arizasiga koʻra dublikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qoʻyilgan holda taqdim etilgan guvohnomaning dublikati berilmaydi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi maʼlumotnoma va (yoki) guvohnomaning qayta rasmiylashtirilganligi yoki dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Talabgorlar xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish yoki uni rad etish haqidagi xulosa, shuningdek, Agentlik xodimlari va ekspert guruhlari aʼzolarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish natijalari yuzasidan shikoyat va arizalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqidagi guvohnomalar reyestri Agentlikning “Agentlik tomonidan taqdim qilinadigan sertifikatlarning maʼlumotlar bazasini yaratish tizimi”da yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda xorijiy davlatlarda taʼlim olish boʻyicha maʼlumotnoma yoki guvohnoma berilgan jismoniy shaxslar haqidagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlarini koʻrsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda markaziy maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot dasturlariga integratsiya qilinishini taʼminlaydi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Davlat xizmatlari markazlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi, hududiy boshqarmalar va Agentlik talabgorlar haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi lozim.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. 1992-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda xorijiy davlatda taʼlim olgan fuqarolar taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli vazirlik va idoralarning axborot dasturlariga kiritish uchun Agentlikka xorijiy davlatda taʼlim olganlik haqida ularga berilgan hujjat, unga ilova hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat tiliga tarjima qilingan nusxalarini ilova qilgan holda, ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik zarur hollarda, taqdim etilgan hujjat haqida aniqlashtiruvchi maʼlumotlarni olish uchun xorijiy davlatdagi vakolatli tashkilotga soʻrovnoma yuborishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik murojaatni oʻrganib chiqib, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi maʼlumotlarni tegishli vazirlik va idoralarning axborot dasturlariga kiritish choralarini koʻradi hamda bu haqida murojaat etuvchiga yozma ravishda javob yuboradi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXeMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

I. Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish

1-bosqich

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish haqida murojaat etgan shaxs,

Davlat xizmatlari markazlari

1. Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun bevosita Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi hamda hujjatlarni topshiradi.

Zaruratga koʻra

2. Talabgorlar tomonidan topshirilgan hujjatlarni qabul qilib oladi hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yuboradi.

Hujjatlar topshirilgandan soʻng darhol

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari

Hujjatlarni ularning toʻliqligini tekshirgan holda:

a) taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlsa — ularni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalarga taqdim etadi;

b) taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bermasa — ularni kamchiliklarini koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga qaytarib yuboradi;

v) qalbaki hujjat aniqlangan taqdirda — taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga joʻnatadi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar

Xorijiy davlatda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish natijasida xorijiy davlatda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish yoki tan olishni rad etish haqida xulosa tayyorlaydi hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yuboradi.

Bir ish kunida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarida tashkil etilgan komissiyalarning tegishli xulosasiga koʻra:

a) xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olishga tavsiya etilgan talabgorlarga maʼlumotnoma berish haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli namunadagi maʼlumotnomani tayyorlaydi;

b) xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat belgilangan talablarga javob bermasligi haqidagi tegishli xabarnomani tayyorlaydi;

v) tegishli maʼlumotnoma (xabarnoma)ni Davlat xizmatlari markazlariga joʻnatadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga yuboradi.

Bir ish kunida

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari masʼul xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan maʼlumotnomalarni talabgorga yuboradi.

Bir ish kunida

II. Xorijiy davlatlarda kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish

1-bosqich

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish haqida murojaat etgan shaxs,

davlat xizmatlari markazlari

1. Xorijiy davlatlarda kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun bevosita Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga murojaat qiladi hamda hujjatlarni topshiradi.

Zaruratga koʻra

2. Hujjatlarni qabul qilib oladi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuboradi.

Hujjatlar topshirilgandan soʻng darhol

2-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi

Hujjatlarni ularning toʻliqligini tekshirgan holda:

a) taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlsa — ularni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etiladigan ekspert guruhlariga taqdim etadi;

b) taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bermasa — ularni kamchiliklarini koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga qaytarib yuboradi;

v) qalbaki hujjat aniqlangan taqdirda — taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga joʻnatadi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etiladigan ekspert guruhlari

Xorijiy davlatda kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish natijasida ushbu hujjatlarni tan olish yoxud tan olishni rad etish haqida xulosa tayyorlaydi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuboradi.

Oʻn ish kunida

4-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etiladigan ekspert guruhlarining tegishli xulosasiga koʻra:

a) xorijiy davlatlarda kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olishga tavsiya etilgan talabgorlarga guvohnoma berish haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining buyrugʻini qabul qiladi hamda tegishli namunadagi guvohnomani tayyorlaydi;

b) xorijiy davlatlarda kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat belgilangan talablarga javob bermasligi haqidagi tegishli xabarnoma tayyorlaydi;

v) tegishli guvohnoma (xabarnoma)ni Davlat xizmatlari markazlariga joʻnatadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga yuboradi.

Besh ish kunida

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan guvohnoma (xabarnoma)ni talabgorga yuboradi.

Bir ish kunida

III. Xorijiy davlatlarda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish

1-bosqich

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish haqida murojaat etgan shaxs,

davlat xizmatlari markazlari

Zaruratga koʻra

1. Xorijiy davlatlarda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun bevosita Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi hamda hujjatlarni topshiradi.

2. Hujjatlarni qabul qilib olish hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuboradi.

Hujjatlar topshirilgan zahoti

2-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi

Hujjatlarni ularning toʻliqligini tekshirgan holda:

a) taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlsa — ularni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etiladigan ekspert guruhlariga taqdim etadi;

b) taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bermasa — ularni kamchiliklarini koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga qaytarib yuboradi;

v) qalbaki hujjat aniqlangan taqdirda — taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga joʻnatadi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etiladigan ekspert guruhlari

Taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha:

a) xorijiy davlatlarda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olinadigan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi va tan olish haqida xulosa tayyorlaydi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuboradi;

b) xorijiy davlatda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish natijasida talabgorni test sinovlariga tavsiya etadi;

v) xorijiy davlatda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishni rad etish haqida xulosa tayyorlaydi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuboradi.

Oʻn ish kunida

4-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etilgan ekspert guruhining xulosasi asosida:

a) xorijiy davlatlarda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olinadigan hujjatlar boʻyicha — xorijiy davlatlarda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqida buyruqni qabul qiladi hamda tegishli namunadagi guvohnomani tayyorlaydi;

Besh ish kunida

b) ekspert guruhlari tomonidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda — talabgorlarni test sinovlaridan oʻtkazadi;

Tasdiqlangan jadval asosida

v) ekspert guruhlari tomonidan salbiy xulosa berilgan taqdirda — xorijiy davlatda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlaydi hamda Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorlarga yuboradi.

Bir ish kunida

5-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi

Test sinovlari natijalariga koʻra:

a) yetarli ball toʻplay olmagan talabgorlarga — xorijiy davlatlarda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olishni rad etadi va bu haqida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorlarga xabarnoma yuboradi;

Bir ish kunida

b) test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga — xorijiy davlatlarda oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish toʻgʻrisida guvohnoma berish haqida buyruq qabul qiladi hamda guvohnomani Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga yuboradi.

Uch ish kunida

6-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan guvohnoma (xabarnoma)ni talabgorga yuboradi.

Bir ish kunida

IV. Xorijiy davlatlarda malaka oshirish taʼlimini olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish

1-bosqich

Talabgor,

Davlat xizmatlari markazlari

1. Xorijiy davlatlarda malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun bevosita Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtgan holda, Bilim va malakalarni baholash agentligiga murojaat qiladi hamda hujjatlarni topshiradi.

Zaruratga koʻra

2. Hujjatlarni qabul qilib oladi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuboradi.

Hujjatlar topshirilgandan soʻng darhol

2-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi

Hujjatlarni ularning toʻliqligini tekshirgan holda:

a) taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlsa — ularni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etilgan ekspert guruhlariga taqdim etadi;

b) taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bermasa — ularni kamchiliklarini koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga qaytarib yuboradi;

v) qalbaki hujjat aniqlangan taqdirda — taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga joʻnatadi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etiladigan ekspert guruhlari

Xorijiy davlatda malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish natijasida ushbu hujjatlarni tan olish yoxud tan olishni rad etish haqida xulosa tayyorlaydi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuboradi.

Oʻn ish kunida

4-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etilgan ekspert guruhlarining tegishli xulosasiga koʻra:

a) xorijiy davlatlarda malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olishga tavsiya etilgan talabgorlarga guvohnoma berish haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining buyrugʻini qabul qiladi hamda tegishli namunadagi guvohnomani tayyorlaydi;

b) xorijiy davlatlarda malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjat belgilangan talablarga javob bermasligi haqida tegishli xabarnoma tayyorlaydi;

v) tegishli guvohnoma (xabarnoma)ni Davlat xizmatlari markazlariga joʻnatadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga yuboradi.

Besh ish kunida

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan guvohnoma (xabarnoma)ni talabgorga yuboradi.

Uch ish kunida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

XORIJIY DAVLATDA UMUMIY OʻRTA VA OʻRTA TAʼLIM OLGANLIK
‎TOʻGʻRISIDAGI NUJJATNI TAN OLISN NAQIDAGI
‎MAʼLUMOTNOMA

‎Oʻ № 000000‎‎

Ushbu maʼlumotnoma bilan fuqaro ____________________________________________________________________ ga‎‎‎

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)‎‎‎

_________________________________________________________________________________________ tomonidan‎‎‎

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)‎‎‎

____________ yilda __________________________________________________________________________ berilgan‎‎
‎‎(hujjat berilgan yil)

‎‎(hujjat berilgan davlat nomi)

______________-seriyali _________________-raqamli maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (guvohnoma, shahodatnoma) Oʻzbekiston

‎Respublikasida tan olinadi va umumiy oʻrta maʼlumot (oʻrta maʼlumot) haqidagi guvohnomaga (shahodatnomaga) tenglashtiriladi.

Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi‎‎‎

______________‎

‎‎‎__________________________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎(muhr oʻrni)‎
Roʻyxatdan oʻtkazish raqami:

____________________________

Berilgan sanasi: ____________________________

(kun, oy, yil)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI ‎‎

XORIJIY DAVLATDA OʻRTA MAXSUS VA KASB-NUNAR TAʼLIMI OLGANLIK
‎TOʻGʻRISIDAGI NUJJATNI TAN OLISN NAQIDAGI
‎GUVONNOMA

‎OʻMK № 000000

Ushbu maʼlumotnoma bilan fuqaro ____________________________________________________________________ ga‎‎‎

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)‎‎‎

_________________________________________________________________________________________ tomonidan‎‎‎

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)‎‎‎

____________ yilda __________________________________________________________________________ berilgan‎‎
‎‎(hujjat berilgan yil)

‎‎(hujjat berilgan davlat nomi)

_____________-seriyali _____________________________-raqamli maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat Oʻzbekiston Respublikasida

‎tan olinadi va ____________________________________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha
‎(mutaxassislik nomi)
‎oʻrta maxsus (kasb-hunar) maʼlumoti darajasidagi diplomga tenglashtiriladi.
Agentlik direktori:

____________________________

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami____________________________
‎‎Berilgan sanasi:

‎‎_________________________

‎‎(kun, oy, yil)

‎‎QR — kod
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ ‎OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI ‎ ‎‎

XORIJIY DAVLATDA OLIY TAʼLIM OLGANLIK TOʻGʻRISIDAGI
‎ NUJJATNI TAN OLISN NAQIDAGI
‎GUVONNOMA

‎O № 000000

Ushbu guvohnoma bilan fuqaro _______________________________________________________________________ ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_________________________________________________________________________________________ tomonidan‎‎‎

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)‎‎‎

____________ yilda __________________________________________________________________________ berilgan‎‎
‎‎(hujjat berilgan yil)

‎‎(hujjat berilgan davlat nomi)

____________ seriyali _____________________________ raqamli maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat Oʻzbekiston Respublikasida

‎_________________________________________________ taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha tan olinadi.

(taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi nomi)

Agentlik direktori:

____________________________

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami____________________________
‎‎Berilgan sanasi:

‎‎_________________________

‎‎(kun, oy, yil)

‎‎QR — kod
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ ‎OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI ‎ ‎‎

XORIJIY DAVLATDA KADRLARNI QAYTA TAYYORLASN TAʼLIMI
‎OLGANLIK TOʻGʻRISIDAGI NUJJATNI TAN OLISN NAQIDAGI
‎GUVONNOMA

QT № 000000

Ushbu guvohnoma bilan fuqaro _______________________________________________________________________ ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_________________________________________________________________________________________ tomonidan‎‎‎

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)‎‎‎

____________ yilda __________________________________________________________________________ berilgan‎‎
‎‎(hujjat berilgan yil)

‎‎(hujjat berilgan davlat nomi)

____________ seriyali _____________________________ raqamli maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat Oʻzbekiston Respublikasida

_________________________________________________________________ qayta tayyorlash kursi boʻyicha tan olinadi.

(qayta tayyorlash kursi nomi)

Agentlik direktori:

_____________________________

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami____________________________
‎‎Berilgan sanasi:

‎‎_________________________

‎‎(kun, oy, yil)

‎‎QR — kod
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ ‎ ‎OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI  ‎‎

XORIJIY DAVLATDA MALAKA OSNIRISN TAʼLIMI OLGANLIK
‎TOʻGʻRISIDAGI NUJJATNI TAN OLISN NAQIDAGI
‎GUVONNOMA

‎MO № 000000

Ushbu guvohnoma bilan fuqaro _______________________________________________________________________ ga

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_________________________________________________________________________________________ tomonidan‎‎‎

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)‎‎‎

_________________ yilda ______________________________________________________________________ berilgan‎‎

‎‎(hujjat berilgan yil)

‎‎(hujjat berilgan davlat nomi)

____________ seriyali _____________________________ raqamli maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat Oʻzbekiston Respublikasida

‎__________________________________________________________________ malaka oshirish kursi boʻyicha tan olinadi.

(malaka oshirish kursi nomi)

Agentlik direktori:

_____________________________

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami____________________________
‎‎Berilgan sanasi:

‎‎_________________________

‎‎(kun, oy, yil)

‎‎QR — kod
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 42-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qaroriga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 7-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2017-yil 3-apreldagi 173-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 14-son, 222-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoni)” 2019-yil 29-martdagi 261-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 09/19/620/3482-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)