Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.12.2023 06.10.2018 yildagi 807-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.12.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 673-sonli “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida 2018-yil 15-oktabrdan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tartibda rasmiylashtirishni joriy etish bo‘yicha eksperiment (keyingi o‘rinlarda eksperiment deb ataladi) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksperiment doirasida elektron hisobvaraq-fakturalar tovar-transport yukxatlari va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalar vazifalarini mujassamlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksperiment o‘tkazish davrida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga hisobvaraq-fakturalar, tovar-transport yukxatlari va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron shaklda taqdim etish bilan bir vaqtda qog‘oz shaklida tuzish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ekspert xulosasini olgan tashkilotlarga — elektron hujjat almashish operatorlariga qonunchilikda belgilangan tartibda elektron hisobvaraq-fakturalarni elektron aylanishi va saqlanishini ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni amalga oshirish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksperiment doirasida elektron hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritishning vaqtinchalik tartibini bir hafta muddatda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘tkazilgan eksperiment natijalari bo‘yicha elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini respublika hududida joriy etish yuzasidan takliflarni, shuningdek, Jahon banki va Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmatining texnik ko‘magi doirasida soliq ma’muriyatchiligi biznes jarayonlarini shakllantirish asosida davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining hisoblash quvvatini kengaytirish chora-tadbirlari dasturini 2019-yil 1-fevralga qadar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 6-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
807-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2018-y., 09/18/807/2016-son)