1-ILOVA
2-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
Kutilayotgan natijalar |
|
|
I. Biologik xilma-xillik mavzularini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va jamiyat faoliyatiga kiritish |
||||||
|
1.1Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimiga biologik xilma-xillik monitoringini kiritish orqali uni takomillashtirish |
||||||
|
1. |
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi monitoringini tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi biologik xilma-xillik komponentlarining yagona monitoringini olib borish tizimini yaratish. |
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi monitoringini olib borish tartibini belgilaydigan qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil avgust |
Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjalik vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzgidromet, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi davlat hisobini yuritish tizimini takomillashtirish, shuningdek, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining 16-moddasiga muvofiq oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari va ularning yashash muhiti holatini kuzatish, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish. |
|
2. |
Zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS- texnologiyalar) asosida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri va monitoringi boʻyicha maʼlumotlar axborot bazasini yaratish. |
1. Oʻzbekistonning yuqori togʻli ekotizimlarining bioxilma-xilligi ekologik axborotini boshqarish va monitoringini olib borish tizimini yaratish. 2. Elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish, toʻldirish va integratsiyalash. |
2020-yil noyabr 2020 — 2023-yillar |
Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiya�i, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
Oʻzbekistonning yuqori togʻli ekotizimlari biologik xilma-xilligining holati haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va saqlash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Geoaxborot texnologiyalar asosida maʼlumotlar bazasini joriy etish va respublikaning biologik xilma-xilligi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan mutaxassislar va qaror qabul qiluvchi shaxslarni oʻz vaqtida va koʻrgazmali tarzda taʼminlash. |
|
3. |
Yagona davlat kadastrlari tizimining talablariga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining kadastrini yuritish ishlarini takomillashtirish. |
Tegishli kadastr obyektlarining davlat hisobini yuritish ishlarini tashkil etish va oʻtkazish. Kadastr maʼlumotlarini toʻplash tizimini takomillashtirish. |
Har yili |
Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Tegishli davlat kadastrlari boʻyicha ishlarni bajarish va manfaatdor idoralarni biologik xilma-xillikning sifat va miqdor koʻrsatkichlari bilan taʼminlash. |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qoshida www. biodiversity.uz biologik xilma-xillik saytini uch tilda (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) tashkil etish. |
Domen va provayderni aniqlash. Maʼlumotlarni toʻplash va saytga joylashtirish |
2020-yil iyun |
Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Biologik xilma-xillik bilan bogʻliq barcha normativ hujjatlarni hamda quyidagi maʼlumotlarni saytda joylashtirish: MQTH, oʻsimlik va hayvonot dunyosi boʻyicha; yillik monitoring natijalari va kadastr maʼlumotlari toʻgʻrisida; oʻsimlik va hayvonot dunyosini ovlash boʻyicha kvotalarni tasdiqlash toʻgʻrisida; oʻsimlik va hayvonot dunyosini ovlash, olib kirish va olib chiqish uchun beriladigan ruxsatnomalar toʻgʻrisida; fuqarolarning murojaatlari boʻyicha, fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay boʻlgan sharoitlarni yaratadigan boshqa maʼlumotlar. |
|
5. |
Yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklar turlarining tabiiy zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish. |
Har yili mavjud oʻsimlik turlarini oʻrganib chiqish va Davlat ekologiya qoʻmitasiga hisobot taqdim etish. |
2019 — 2028yillar |
Har yili ajratiladigan budjet ma�lagʻlari, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi |
Xatlov natijalariga koʻra tabiatga zarar yetkazilmaydigan holda yovvoyi holda oʻsadigan dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklar turlari boʻyicha kvotalarni tasdiqlash va tayyorlash hajmlarini aniqlash. |
|
6. |
Yiliga 2 mln ga maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi oʻsimliklarni geobotanik oʻrganib chiqish. |
Geobotanik oʻrganib chiqish va har yili Davlat ekologiya qoʻmitasiga hisobot taqdim etish |
Har yili |
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari |
Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Oʻsimlik dunyosi davlat kadastri yuritilishini taʼminlash, yaylovlarning tanazzulga uchrashi va choʻllanishga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
|
7. |
Oʻzbekiston suv havzalarida ov qilinadigan qushlarning hisobini yuritish. |
Qushlarning qishki hisobini yuritish. Har yili Davlat ekologiya qoʻmitasiga hisobot taqdim etish. |
Doimiy asosda |
Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Biologik resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhit xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash, shuningdek, suvda suzadigan qushlarni ovlash kvotasini va ov qilish muddatlarini belgilash. |
|
8. |
Tozakoʻl va Toʻdakoʻl suv omborlarini (Navoiy viloyati) xalqaro ahamiyatga (Ramsar konvensiyasi) ega boʻlgan suvli-botqoq joylar roʻyxatiga kiritishni taʼminlash. |
Belgilangan shakl boʻyicha nomma-nom hujjatlarni tayyorlash. |
2020-yil dekabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Atrof muhit muhofazasi boʻyicha xalqaro konvensiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish maqsadida Quyimazor va Toʻdakoʻl suv omborlarini xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suvli-botqoq joylar roʻyxatiga kiritish. |
|
1.2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamiyatning biologik xilma-xillikning ahamiyati va ekotizimlar xizmatlaridan xabardorligini va bilimini oshirish |
||||||
|
9. |
Biologik xilma-xillikni saqlash chora-tadbirlarini va ekotizimlar koʻrsatadigan xizmatlarni iqtisodiyot sektorlariga integratsiyalash. |
Bioxilma-xillikni saqlash va ekotizimlar koʻrsatadigan xizmatlar boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni idoraviy dasturlar va rejalarga kiritish. |
Doimiy asosda |
Respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, “Issiqlik elektrostansiyalari” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
Bioxilma-xillikni saqlashga va ekotizimlar koʻrsatadigan xizmatlarga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish. |
|
10. |
Biologik xilma-xillikning ahamiyati toʻgʻrisida jamiyatning xabardorligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarining (OAV) rolini oshirish. |
Tegishli tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Biologik xilma-xillik mavzulari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritilishini tashkil etish. |
Doimiy asosda |
Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Biologik xilma-xillik va ekotizim koʻrsatadigan xizmatlarning ahamiyatini tashviq qilish sohasida OAV ishtirokini kengaytirish, shuningdek, ekologiya sohasida jurnalistlarning kasbiy mahoratini oshirishga koʻmaklashish. |
|
11. |
Biologik resurslarni saqlashning ahamiyatini oshirish hamda ularning ekotizimlari xizmatlaridan barqaror foyd�lanishni oshirish maqsadida aholi (tabiatdan foydalanuvchilar) uchun axborot kompaniyasini oʻtkazishni tashkil etish. |
Seminar va treninglar oʻtkazish. |
Doimiy asosda |
Respublika davlat boshqaruvi organlarining mablagʻlari, grantlar |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Xalq taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
Biologik xilma-xillikni saqlash va undan hamda ekotizimlar xizmatlaridan barqaror foydalanish jarayonlariga iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish. Biologik xilma-xillikning iqtisodiy qiymatini baholash sohasida tajriba toʻplash, shuningdek, metodikani takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish. |
|
1.3. Biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmini ishlab chiqish va rejalashtirish jarayoniga joriy qilish |
||||||
|
12. |
Biologik xilma-xillikni va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmini yaratish. |
Tajriba oʻtkaziladigan hududlar misolida biologik xilma-xillikni va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash boʻyicha metodik |
2023-yil |
Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari, BMTning Taraqqiyot dasturi/Global ekologik jamgʻarmaning “Bioxilma-xillikning global ahamiyatli turlari uchun asosiy togʻli mintaqalarda tabi�y va oʻrmon resurslarini bar�aror boshqarish” dasturlari liniyasi boʻyicha grantlar |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi |
Biologik xilma-xillikni saqlash va barqaror foydalanishga va ekotizimlar taqdim qiladigan xizmatlar jarayoniga iqtisodiy mexanizmlarni joriy qilish. Biologik xilma-xillikni va iqtisodiy baholash sohasida tajriba orttirish hamda ushbu masalada metodik tavsiyalarni takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish. |
|
13. |
Biologik resurslarni muhofaza qilish, ulardan barqaror foydalanish va ularni qayta tiklashni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish. |
Tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yillar oktyabr |
Mablagʻ talab qilinmaydi |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi. |
Tabiatni muhofaza qilishga va tabiatni tiklash samaradorligiga olib keluvchi faoliyat amalga oshirilganligi uchun soliq, kredit imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish yoʻli bilan ekotizimlarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish maqsadida tabiatdan foydalanuvchilarni ra�batlantirish. |
|
II. Biologik xilma-xillikka toʻgʻridan-toʻgʻri yuklamalarni qisqartirish, uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish |
||||||
|
14. |
Orol dengizining qurigan tubida oʻrmon-meliorativ ishlarni amalga oshirish yoʻli bilan Orolboʻyini ekologik sogʻlomlashtirish. |
Yangi oʻrmonzorlar barpo etish. |
2019 — 2028-yillar |
Budjet mablagʻlari (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlar, grantlar |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
Muhofaza oʻrmon polosalari maydonini kengaytirish, tuz-chang koʻchishini qisqartirish va biologik xilma-xillikni tiklash. |
|
15 |
Togʻli joylarda va toʻqayzorlarda choʻl hududlarning oʻrmon bilan qoplanishini, suv toʻplanadigan havzalarni koʻpaytirish. |
Oʻrmon tiklash ishlarini olib borish. |
2019 — 2028-yillar |
Budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlar, grantlar |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
Choʻl hududlarini tiklash va oʻrmonzorlashtirish. Togʻli joylarda suv toʻplanadigan havzalarni tiklash va oʻrmonzorlar barpo etish. Toʻqayzorlarni tiklash va barpo etish. Vodiy zonasida oʻrmonzorlarni tiklash va barpo etish. |
|
16. |
Biologik xilma-xillikni saqlash bilan bogʻliq masalalarni kompleks hal etish va biologik resurslarni boshqarish mexanizm�arini takomillashtirish, shu jumladan, landshaft darajasida rejalashtirish usullarini sinovdan oʻtkazish, tegishli qarorlar qabul qilish, bioxilma-xillikning asosiy zonalarini mustahkamlash, Gʻarbiy Tyonshon va Pomir-Oloy togʻ tizmalarida oʻsimlik dunyosi va hayvonlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi uchun ragʻbatlar yaratish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik va oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish. |
“Biologik xilma-xillikning global ahamiyatli turlari uchun muhim boʻlgan asosiy togʻli mintaqalarda tabiiy va oʻrmon resurslarini barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish. |
2019 —2021-yillar |
Budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va BMT TD va GEJ tomonidan ajratiladigan yillik budjet mablagʻlari doirasida |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
Muhof�za qilinadigan tabiiy hududarni rivojlantirish, mahalliy aholini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash hamda ilvirs (togʻ qoploni) yashaydigan arealda (Gʻarbiy Tyonshon va Hisor) uni saqlab qolish uchun biologik xilma-xillikni boshqarishning ilgʻor mexanizmlari va yondashuvlarini joriy etish. |
|
17 |
Tabiiy ekotizimlar — ilvirs (togʻ qoploni) yashaydigan joylarni saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilvirs (togʻ qoploni)ni saqlash dasturi va harakatlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi. |
2021-yil |
Donorlar: BMT TD/GEJning |
Davlat Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi. |
“Ilvirs (togʻ qoploni)ni saqlash dasturi va harakatlar rejasi ilvirs (togʻ qoploni) koʻpayishini va asosiy togʻ landshaftlari bioxilma-xilligini saqlab qolish imkonini beradi. |
|
18. |
Baliq ovi va suv havzalarining baliqchilik xoʻjaliklari biologik resurslari holati monitoringi tizimini tashkil etish. |
Metodik tavsiyalar-ni va ularni amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish. |
2020-yil |
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK mablagʻlari |
“Oʻzbaliqsanoat” uyushmasi, Fanlar akademiyasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Biologik xilma-xillik monitoringi maʼlumotlari asosida suv havzalari baliqchilik xoʻjaliklarining samarali boshqarilishini taʼminlash. |
|
III. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizimlar xizmatlari bilan taʼminlanadigan afzalliklar hajmini koʻpaytirish |
||||||
|
3.1. Milliy ekologik tarmoqni (turli toifa va turlardagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar) tashkil etish, ularni samarali boshqarishni taʼminlash maqsadida mamlakatning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari umumiy maydonini kengaytirish |
||||||
|
19. |
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2028-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini tashkil etish va kengaytirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi. |
2020-yil |
Mablagʻ talab etilmaydi. |
Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning reprezentativ tizimini rivojlantirish va milliy ekologik tarmoqni tashkil etish, tabiiy muvozanatni taʼminlash, landshaft, fauna, flora va ekotizim xilma-xilligini saqlab qolish. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va ularni boshqarish sohasida faoliyatning asosiy istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash. |
|
3.2. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligini yuritishda foydalaniladigan biologik xilma-xillik komponentlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanish dasturini ishlab chiqish |
||||||
|
20. |
Madaniy oʻsimliklar koʻpayishini tiklash maqsadida ularning yovvoyi ajdodlari genofondini saqlashni taʼminlash. |
Biologik xilma-xillik komponentlarini ularning tabiiy sharoitlaridan tashqarida saqlash. Qishloq xoʻjaligi ekinlari va ularning yovvoyi ajdodlari mahalliy navlari va shakllarining jonli kolleksiyalarini yaratish. Madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari har xil populatsiyalari urugʻlari bankini tashkil etish. |
2019 — 2022-yillarda va soʻngra doimiy asosda |
Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, |
Madaniy oʻsimliklarning yovvoyi gennofondini saqlab qolish. Madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari populatsiyalarini tiklash. |
|
IV. Birgalikda rejalashtirish va salohiyatni tashkil etish yoʻli bilan biologik xilma-xillikni saqlash samaradorligini oshirish va undan barqaror foydalanish |
||||||
|
21. |
Biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish boʻyicha Harakatlar rejasi bajarilishining tizimli monitoringi olib borilishini joriy qilish. |
Masʼul ijrochilardan axborot toʻplash, axborotni tahlil qilish |
har yili |
Mablagʻ talab qilinmaydi |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti |
Harakatlar rejasi bajarilishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va sifatli axborot bilan taʼminlash. Monitoring natijalarini hisobotlarga va Milliy maʼruzalarga kiritish. |
|
22. |
Manfaatdor tomonlarni strategiyaning maqsadlari va vazifalari hamda uning bajarilishi, shu jumladan, mintaqaviy va xalqaro tadbirlarda, shu jumladan, Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi Konvensiya Tomonlari Konferensiyasida ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor qilish. |
Harakatlar rejasi bajarilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash va taqdim etish. 2019 — 2028-yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish strategiyasining sharhlovchi materiallarini eʼlon qilish. |
Strategiya qabul qilingandan keyin |
Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzgidromet, Davlat geologiya qoʻmitasi Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi va boshqa daxldor vazirliklar va idoralar |
Biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish boʻyicha Harakatlar rejasi bajarilishi toʻgʻrisida manfaatdor tomonlarni oʻz vaqtida xabardor qilish. Mintaqaviy va xalqaro darajalarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan Oʻzbekistonga koʻmaklashishni faollashtirish. |
|
23. |
BMTning biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi Konvensiyasi talablariga muvofiq zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Biologik xilma-xillik boʻyicha vositachilikning milliy mexanizmini rivojlantirish va barqaror ishlashini taʼminlash. |
Biologik xilma-xillik boʻyicha vositachilik milliy mexanizmining www.cbd.uz saytini ishlab chiqish va kontentini toʻldirish. |
doimiy asosda |
Budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlar |
Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Milliy va xalqaro darajalarda manfaatdor tomonlar oʻrtasida biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlari sohasida axborot ayirboshlash maqsadida axborot texnologiyalarini joriy etish. |
3-ILOVA