O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIOLOGIK RANG-BARANGLIKNI SAQLASh BO‘YIChA MILLIY STRATEGIYASI VA HARAKATLAR REJASI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-sonli “2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglik to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dunyo miqyosidagi ekologik jamg‘armaning moliyaviy va PROONning texnik yordami bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat o‘rmon qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglikni saqlash bo‘yicha milliy strategiyasi va harakatlar rejasi ma’qullansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Milliy strategiya va harakatlar rejasini amalga oshirish va ularning o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun ilovaga* muvofiq tartibda Biologik rang-baranglik milliy komissiyasi tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishida Biologik rang-baranglik milliy komissiyasiga yordam ko‘rsatsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H.Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-aprel,
139-son