Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021 22.03.2019 yildagi 241-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021
Hujjat 23.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 21-noyabrdagi 940-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish” loyihasi amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 19-avgustdagi 356-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 22-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
241-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 241-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, Agentlik rahbariyatining asosiy funksional majburiyatlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agentlik tadbirkorlikni faol rivojlantirishni va qoʻllab-quvvatlash maqsadida agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi yirik loyihalarni, shu jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga va ularni amalga oshirishni tashkil etishga koʻmaklashish uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tarkibiga uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi loyihalarni amalga oshirish hududiy guruhlari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agentlik oʻz faoliyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash ustuvorligini inobatga olgan holda, agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga hamda Xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari bilan tuzilgan bitimlarga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻazna hisobraqamlariga va bank hisobraqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va Agentlik nomi yozilgan blankalarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agentlik oʻz faoliyatini bevosita hamda loyihalarni amalga oshirish hududiy guruhlari orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda XMI va XHMT deb ataladi) bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlikning rasmiy nomi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilida — “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta`minoti sohasidagi loyihalarini amalga oshirish agentligi”, qisqartirilgan nomi — Agrosanoat agentligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ingliz tilida — “Agency for Implementation of Projects in the Field of Agroindustry and Food Security”, qisqartirilgan nomi — Agroindustry Agency “UZAIFSA”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rus tilida — “Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya”, qisqartirilgan nomi –Agropromishlennoye agentstvo.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik joylashgan manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 1A-uy, A-blok (1 va 2 qavatlar yertoʻlasi bilan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, agrosanoat majmui va oziq–ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni, shu jumladan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va shakllantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, agrosanoat majmui va oziq–ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida chet el investitsiyalarini, XMI va XHMT qarzlari, grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, agrosanoat majmuini modernizatsiya qilish, tashkiliy–infrastruktura bazasini texnik va texnologik yangilashga hamda oziq–ovqat taʼminotiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar va subloyihalarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, ularni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
startap-loyihalar tashabbuskorlari bilan hamkorlik qilish, innovatsion gʻoya va texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkor va yuqori samarali loyihalarni amalga oshirish, agrosanoat majmui va oziq–ovqat taʼminoti sohasida xalqaro sifat standartlariga muvofiq laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalar, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq–ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni, shu jumladan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va shakllantirishga koʻmaklashish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, sohasidagi ustuvor investitsiya loyihalari portfelini shakllantirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI va XHMT talablari asosida agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni tartibga soladigan texnik-iqtisodiy asoslarni, loyiha hujjatlarini va boshqa hujjatlarni manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI va XHMT bilan hamkorlik doirasida agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasida investitsiya loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq–ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida chet el investitsiyalarini, XMI va XHMT qarzlari, grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun XMI va XHMT kreditlari va grantlarini jalb qilishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishda ehtiyojlarni baholash yuzasidan XMI va XHMT missiyalari faoliyatida ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmuini modernizatsiya qilish, tashkiliy–infrastruktura bazasini texnik va texnologik yangilashga hamda oziq–ovqat taʼminotiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, sohasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirilishini tahlil qilishda XMI va XHMT missiyalariga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, shuningdek, XMI va XHMTga taqdim etish uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, sohasidagi jalb qilingan loyihalarni yakunlash boʻyicha yakuniy hisobotlarni tayyorlash choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etilayotgan Davlat budjeti mablagʻlaridan, qarzlar, kreditlar va grantlardan samarali foydalanish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) loyihalar va subloyihalarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, ularni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini tizimli, shu jumladan pulli asosda monitoring qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularni amalga oshirishda toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlaydi hamda tadbirkorlik subyektlariga ushbu muammolarni hal etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatadi, shuningdek, ishtirok etadigan moliya tashkilotlariga bu boradagi monitoringni olib borish yuzasidan xizmatlar koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalar ishtirokchilari oʻrtasida zarur hujjatlar, axborot va belgilangan hisobotlar almashishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) startap-loyihalar tashabbuskorlari bilan hamkorlik qilish, innovatsion gʻoya va texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkor va yuqori samarali loyihalarni amalga oshirish, agrosanoat majmui va oziq–ovqat taʼminoti sohasida xalqaro sifat standartlariga muvofiq laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etishga koʻmaklashish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar va grantlar olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tijorat banklariga taqdim etishda tadbirkorlik subyektlarga konsalting xizmatlari va amaliy yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini marketing, qishloq xoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va qadoqlash, saqlash, sifatini baholash, ularni sotish, shu jumladan eksportga, logistika va isteʼmolchilarga yetkazib berishning zamonaviy samarali texnologiyalariga oʻqitish boʻyicha treninglar oʻtkazilishini va uslubiy materiallar tarqatilishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash uchun tadbirkorlik subyektlariga mahsulot sifatini baholashning umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar talablariga javob beradigan tizimlarini joriy etishga koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalar, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻmaklashish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar xokimliklari, Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, sohasida loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etilgan kredit va grant mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ijtimoiy reklama axboroti shartlari asosida keng tarqatishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, boshqa tashkilotlarning XMI va XHMT baholash missiyalari bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va axborotlarni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan va boshqa tashkilotlardan oʻrnatilgan tartibda soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni samarali amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun vazirlik va idoralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek, moddiy-texnik taʼminlash uchun XMI va XHMTning qarzlari, kreditlari va grant mablagʻlarini, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablagʻlarni jalb etishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasida amalga oshiriladigan loyihalarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida mahalliy va xorijiy konsalting va autsorsing kompaniyalarini, shu jumladan alohida mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mamlakatda va uning tashqarisida XMI bilan uchrashuvlar tashkil qilish, muzokaralar oʻtkazish, yozishmalar olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, sohasidagi loyihalar ishtrokchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasida hamda chet elda treninglar, seminarlar va boshqa oʻquv dasturlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, sohasidagi xalqaro koʻrgazmalarda tarmoqlar doirasida loyihalar ishtirokchilarining mahsulotlari taqdimotlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida loyihalarni amalga oshirishga jalb qilingan tashkilotlar tomonidan qarzlar, kreditlar va grant mablagʻlaridan samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq XMI va XHMTga hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning, shu jumladan korporativ plastik kartalarni toʻldirish, soliqlarni hamda ish haqini toʻlash uchun tijorat banklarida hisob-kitob va maxsus depozit hisob raqamlarini ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik va loyihalar ishtirokchilari ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda XMI va XHMT qoidalari, tartib-taomillariga muvofiq tovarlar (ish, xizmatlarni) xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shuʼba korxonalarini ochishdan, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishdan, komissiyalar shaklida tovarlar (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan, koʻrgazma uchastkalari faoliyatidan va birgalikdagi faoliyatdan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan daromad olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va Xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, sohasidagi loyihalarni, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun chet el investitsiyalarini, XMI va XHMT qarzlar, grantlar va texnik koʻmaklashish mablagʻlari jalb qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari bilan birgalikda (tijorat banklari, lizing va mikrokredit tashkilotlari) — loyiha va subloyihalarning oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, kredit liniyalarining samarali oʻzlashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlari, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining boʻlinmalari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan holda Agentlik bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, XMI va XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq hisob yuritadi va hisobot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Agentlik rahbariyatining asosiy funksional vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agentlik Bosh direktori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, XMI va XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq Agentlik faoliyatini boshqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlarida hamda XMI va XHMT bilan bitimlarda Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, xodimlarning lavozim yoʻriqnomasini tasdiqlaydi, shuningdek, Agentlikni malakali kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni tashkil etishning amaliy tizimini yaratish va monitoringini yuritish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va intizomiy jazoga tortish tartibini belgilaydi, ularning lavozim maoshlariga ustamalarni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Agentlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni hal etadi, agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasidagi loyihalarga umumiy rahbarlik qiladi, barcha loyihalar boʻyicha moliyaviy va bank hujjatlariga birinchi imzo qoʻyish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) Agentlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha respublikaning barcha tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarda Agentlik nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bosh direktor Agentlikka yuklangan vazifalar amalga oshirilishi uchun toʻliq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Bosh direktor boʻlmagan paytda uning funksiyalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Quyidagilar Bosh direktor oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Agentlik xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirish uchun XMI va XHMT bilan tuzilgan bitimlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Agentlik Bosh direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Agentlik tarkibiy boʻlinmalariga kadrlarni tanlash va tayinlash jarayonida Bosh direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini yigʻilishlarda eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga toʻliq muvofiq holda xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Loyiha rahbarlari va Agentlikning boshqa xodimlari oʻz faoliyatini Bosh direktor tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va amaliy koʻrsatkichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Agentlik faoliyati uning samaradorligi va natijadorligi boʻyicha muntazam baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi XMI va XHMT bilan kelishilgan Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va amaliy koʻrsatkichlari asosida baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga koʻra quyidagi choralar koʻriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan tegishli intizomiy javobgarlikning choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, XMI va XHMT hamda boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agentlik milliy valyutada maxsus talab qilinguniga qadar depozit hisob raqamlari ochadi, unga faoliyatning ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, Agentlik mol-mulklarini oʻrnatilgan tartibda sotishdan, tuzilgan shartnomalar doirasida jarima sanksiyalaridan, sugʻurta toʻlovlaridan tushgan tushumlar, boʻsh mablagʻlarni vaqtincha depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlar, xayriya mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablagʻlar tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur hisob raqamidagi mablagʻlar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda moddiy — texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga, vakillik xarajatlariga, XMI va XHMT vakillarini qabul qilish xarajatlariga va ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgarlik bosh direktor zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan Agentlikning jalb etilgan xodimlari, ekspertlari va maslahatchilari xizmatlariga tuzilgan kontraktlarga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy valyutada haq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 241-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oq oltin tumanidagi tarkibiy oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 416-son qarori 4-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 68-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“68.Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-sonli farmoyishida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga 1-roʻyxatning “8. Boshqa tashkilotlar” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 8.4-kichik band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8.4. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bosh direktori va uning oʻrinbosarlari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga 1-roʻyxatning “5. Markaziy muassasalar va boshqa tashkilotlar” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 5.17-kichik band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5.17. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bosh direktori va uning oʻrinbosarlari”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 21-noyabrdagi 940-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilari deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha kompleksi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2019-y., 09/19/241/2806-son)