1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 277-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi bir hafta muddatda Boshqarma boshligʻi, boʻlimlari mudirlari va bosh mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlash uchun kiritsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 3-avgustdagi 616-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 12-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
212-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 212-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yuridik taʼminlash boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) Vazirlar Mahkamasi apparatining Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati, Vazirlar Mahkamasi apparatining normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va huquqiy jihatdan ishlab chiqish, shuningdek, ishlab chiqilayotgan loyihalar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash faoliyatini taʼminlaydigan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston RespublikasiKonstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston RespublikasiQonunigava Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Boshqarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Boshqarma Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga boʻysunadi. Boshqarma faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Boshqarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Boshqarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Boshqarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi, Yangi Oʻzbekiston Maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” va qonunchilik hujjatlari, Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturining oʻz vaqtida va samarali ijrosini taʼminlash;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifat, shaffoflik, tizimlilik, kelishilganlik hamda jamoatchilik jalb etilishini taʼminlovchi konseptual jihatdan yangi mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ilgari surish, ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, ularning ijrosini monitoring qilish tartibini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik bazasini tizimlashtirish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqilayotgan loyihalar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning iqtisodiyot, moliya va ijtimoiy sohalarga tartibga solish taʼsirini baholash tizimini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va mamlakat Hukumatining hujjatlari, bayonlari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning ijrosini tegishliligi boʻyicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda hamda barcha darajalardagi hokimliklarda nazorat qilinishini taʼminlashda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilish hamda “texnologik zanjir”ga asoslangan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrishda ishtirok etish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati, Vazirlar Mahkamasi apparati faoliyatini huquqiy taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash va ishlab chiqishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakiliga yaqindan koʻmaklashish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi faoliyatini, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalar loyihalarini xalqaro-huquqiy normalarga va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqilayotgan loyihalar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturlari bajarilishini monitoring va tahlil qilish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini har tomonlama huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish, Vazirlar Mahkamasining faoliyatini huquqiy taʼminlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini, ulardagi mavjud normalarni amalga oshirish aniq mexanizmlarining normativ-huquqiy hujjatlarda mavjudligi, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi majlislarda koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni ishlab chiqadi va kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ning loyihalari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali ijro etilishida Hukumat aʼzolari, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlari rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlarning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari faoliyatini baholash tizimini joriy etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlanishi va taqdim etilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarorlari va topshiriqlari samarali ijro etilishini tashkillashtiradi, shuningdek, ularning ijro etilishi jarayonini nazorat qiladi;
(7-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga biriktirilgan sohada ular tomonidan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim vazifa va funksiyalarini berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan, qonunchilikni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini taʼminlash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, shuningdek, ularni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
(7-band “a” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shu jumladan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida ishlab chiqish, kelishish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan kiritilgan reja-grafiklarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va kelishishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislari hamda Qonunchilik palatasi majlislarining kun tartibi toʻgʻrisida tizimli ravishda maʼlumot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasining Rayosati koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
(7-band “a” kichik bandining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlanishi, kelishilishi va Vazirlar Mahkamasiga sifatli kiritilishi jarayonini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilib boradi, tahlil natijasini kelgusida Vazirlar Mahkamasi Rahbariyatiga belgilangan tartibda axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikning tizimli hisobini yuritadi, qonunchilik boʻyicha maʼlumotnoma ishlarini tashkil etadi;
(7-band “a” kichik bandining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini qoʻllash boʻyicha sharh hamda tushuntirishlarni tayyorlaydi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlar qarorlari loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarini, uning mutaxassislarini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari, shuningdek, qonunchilik boʻyicha maʼlumotnoma materiallar bilan taʼminlashni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi;
(7-band “a” kichik bandining oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar materiallarini tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi buyruqlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, Vazirlar Mahkamasi apparatining faoliyati bilan bogʻliq huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning bevosita vazifa va funksiyalari bilan bogʻliq boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal qilish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a1) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilish hamda “texnologik zanjir”ga asoslangan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda masʼul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan hamda davlat organi va tashkilotlari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni umumlashtirilgan holda tahlil qiladi va belgilangan tartibda Hukumatga kiritilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijro holati boʻyicha kiritilgan tahliliy maʼlumotnoma asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati materiallarini Nazorat va ijro intizomi boʻlimi bilan birga tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori talablari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash hamda ijrosini tashkil etish masalasini vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga chiqqan holda oʻrganishda ishtirok etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qaroriga asosan “a1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Hukumatning qonun loyihalarini tayyorlash ishlarini tashkil qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda qonun loyihalarini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarining bajarilishi monitoringi olib borilishini, koʻrsatib oʻtilgan dasturlarning amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati muntazam xabardor qilinishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalari ular tomonidan muhokama etilishida qatnashadi;
(7-band “b” kichik bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari ishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili bilan birgalikda qonunlar loyihalari va qonunlarning koʻrib chiqilishini monitoring qilib boradi va ularning tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritadi, uning muntazam yangilab turilishini taʼminlaydi.
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi faoliyati, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi faoliyatini monitoring va tahlil qilishni tashkillashtiradi, oʻtkazilgan monitoring va tahlil natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot berib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishining tashkil qilinishi boʻyicha ijro intizomiga rioya etilishi yuzasidan oʻrganishni tashkillashtiradi, shu asosda axborot-tahlil hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmatlari faoliyatini, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganishni tashkillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish rejasi ishlab chiqilishi, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi hamda tasdiqlanishini tashkillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqni qoʻllash amaliyoti va ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini umumiy muvofiqlashtirishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi holatining tanqidiy tahlilini amalga oshiradi, natijasi boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlari tizimli tahlil qilib borilishi va ularning yanada yaxshilanishi boʻyicha tizimli choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish taʼsirini baholash uchun masʼul xodimlarining malaka va koʻnikmalarini oshirib borish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash va ularni tayyorlashning barcha bosqichlarida jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
(7-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturlari bajarilishini monitoring va tahlil qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tashkil qilingan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasining ishchi guruhi faoliyati taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida kiritilgan tadbirlar toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini monitoring qilish va haftalik, oylik va choraklik tahliliy materiallarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha tegishli yillik davlat dasturlari bajarilishining borishi toʻgʻrisida Hukumat hisobotlari tayyorlanishini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarining tayyorlanishini muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa tashkilotlardan soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli materiallarni va hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga koʻra, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar va yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar, yigʻilishlarda va xalqaro loyihalarda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yozishmalarni yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy muassasalar hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmatlariga koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmatlari xodimlarini Boshqarmada stajirovka oʻtashga jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning zarur materiallarni, maʼlumotlarni, axborotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boshqarma tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Boshqarma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizasining kompleksligi va sifati, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihalarining huquqiy ekspertizasi sifati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomining taʼminlanishi uchun javob beradi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Boshqarma tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Boshqarma tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy ekspertiza boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solish taʼsirini baholash boʻlimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlimlar tarkibiga boʻlimlar mudirlari, mutaxassislar va inspektorlar kiradi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Boshqarma ishlariga Boshqarma boshligʻi rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Boshqarma boshligʻi, uning oʻrinbosari, boʻlimlar mudirlari va Boshqarma mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma xodimlariga oldingi ish joyida unga berilgan uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq, maxsus unvonlari (martaba darajalari) saqlanib qoladi. Boshqarmada ishlangan vaqt martaba darajalari va uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qoʻshimcha haqlar uchun xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Boshqarma ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boshqarmaning ish rejalari, Boshqarma boshligʻi, uning oʻrinbosari, boʻlimlar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning ish rejalari va Boshqarma boshligʻining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boʻlimlar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hamda boshqa tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati, Boshqarma majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Boshqarma boshligʻi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boʻlimlar mudirlari, mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Hukumatga kiritiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tashkil etilishini taʼminlaydi, koʻrsatilgan loyihalarga viza qoʻyadi va ular boʻyicha ekspert xulosalarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini huquqiy taʼminlashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma yurituvi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi va tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma ijodkorligi faoliyati, shuningdek, ularning yuridik xizmatlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalar loyihalarining huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi, zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholashni va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi taʼsirini baholashni amalga oshirishni tashkillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqni qoʻllash amaliyoti va ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlashi taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi jarayonlarini tanqidiy tahlil qilishni, natijasi boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlanishini tashkillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan tartibga solish taʼsirini baholash va jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining yigʻilishlarida, Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi yigʻilishlarida qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan va ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori talab etilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantiradi, tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqishi uchun kiritadi, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish choralarini koʻradi, shuningdek, ularni ragʻbatlantirish yoki ularga tanbeh berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning ish rejasi ishlab chiqilishini va uning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma yurituvi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashning sifati boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmatlari va boshqa boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini oʻrganishni tashkil qiladi, zaruriyat boʻlganda, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boʻlimlar mudirlari va mutaxassislari oʻrtasida vazifalar taqsimotini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga tasdiqlash uchun kiritadi;
(14-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amal qiladigan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Boshqarma boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari bajaradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151. Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim mudirlari va mutaxassislarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazirning oʻrinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intellektual mulk va davlat xizmatlari sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshligʻining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Boshqarma boshligʻiga takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshligʻiga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Boʻlim mudiri oʻziga birkitilgan masalalar yuzasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlimga bevosita rahbarlik qiladi va boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda boʻlimdagi ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini va tayyorlanishini tashkil etadi, ushbu loyihalarga viza qoʻyadi va ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda va ekspertizadan oʻtkazishda bevosita qatnashadi, ular boʻyicha tegishli tahliliy va maʼlumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi, Boshqarma boshligʻiga normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga, uning oʻrinbosariga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
(16-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek, qonunchilikning tegishli sohalaridagi mavjud muammolarni, takrorlanishlarni, ziddiyatlarni va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Boshqarma boshligʻiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholashni va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi taʼsirini baholashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash va ularni tayyorlashning barcha bosqichlarida jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlari belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari va boshqa boʻlinmalarining normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashning sifati boʻyicha ishlarining holati va natijadorligini oʻrganadi, zarurat boʻlganda, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshligʻining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshligʻiga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga tanbeh berish toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga takliflar taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifasini Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari yoki Boshqarma boshligʻi tomonidan belgilanadigan boʻlim bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
(16-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Boshqarmaning bosh mutaxassisi oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshligʻi, uning oʻrinbosari, boʻlim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, ularning sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini va boshqa materiallarni oʻrganadi, ularni ekspert jihatidan ishlab chiqadi, ular boʻyicha tegishli tahliliy va maʼlumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yaratadi va yuritadi, ularni muntazam ravishda toʻldirib va yangilab boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari va boshqa boʻlinmalarining normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarining tayyorlanishi sifati boʻyicha ishlarining holati va natijadorligini oʻrganadi, zarurat boʻlganda, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholashni va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi taʼsirini baholashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash va ularni tayyorlashning barcha bosqichlarida jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga, uning oʻrinbosariga, boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
(17-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini talqin qilish va tushuntirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Boshqarma boshligʻiga, uning oʻrinbosariga, boʻlim mudiriga taqdim etadi;
(17-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan masalalar boʻyicha tegishli maʼlumotnomalar va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Boshqarma boshligʻi, uning oʻrinbosari, boʻlim mudiri bilan kelishilgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan materiallarni Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga tayyorlash, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama etish uchun yigʻilishlar oʻtkazadi;
(17-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Inspektorlar:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmada ish yuritilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmada hujjatlar oʻtishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar arxivini shakllantiradi va yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigʻmajildlarni tayyorlashni va oʻz vaqtida arxivda saqlashga topshirishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Huquqiy ekspertiza va tartibga solish taʼsirini baholashni oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 1. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasi Huquqiy ekspertiza boʻlimi tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan soʻng yakuniy ishlangan loyiha masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarining vizasi bilan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Boshqarmaga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Boshqarma boshligʻi loyihani Huquqiy ekspertiza boʻlimiga beradi yoki oʻzi mustaqil ravishda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi. Huquqiy ekspertiza boʻlimi boshligʻi loyihani boʻlim xodimlariga ularning funksional majburiyatlaridan kelib chiqqan holda beradi yoki mustaqil ravishda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Huquqiy ekspertiza loyihaning quyidagilarga muvofiqligi yuzasidan oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston RespublikasiKonstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik-texnik rasmiylashtirish talablari, loyiha qoidalarining mazmuni va bayon etilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Huquqiy ekspertiza oʻtkazish jarayonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlarda aks ettirilgan gʻoyalarning qamrab olinganlik darajasi oʻrganiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning shakli, uning maqsad va vazifalari, huquqiy tartibga solish predmetiga huquqiy baho beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning maqsadga muvofiqligi, asoslantirilganligi va amalga oshirish imkoniyati, shuningdek, loyihada nazarda tutilgan uning maqsadlariga erishish boʻyicha mexanizmlarining samaradorligi oʻrganiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik bilan kolliziyalar, loyihadagi ichki nomuvofiqliklar, shuningdek, chiqarib tashlanishi lozim boʻlgan korrupsiya kelib chiqishiga sabab boʻluvchi normalar aniqlanadi.
(23-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Boshqarma, agar boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, loyihani uch kun ichida huquqiy ekspertizada oʻtkazadi, natijasi boʻyicha unga viza qoʻyadi yoki u boʻyicha taklif va eʼtirozlar taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir yoki Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining loyihani ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlari shoshilinchligidan kelib chiqib, loyihani ishlab chiqish, kelishish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddati qisqartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Boshqarmaning taklif va eʼtirozlari ish tartibida bartaraf etilishi mumkin. Agar bartaraf etib boʻlmaydigan takliflar va eʼtirozlar boʻyicha kelishmovchiliklar mavjud boʻlsa, ular Boshqarmaning loyiha boʻyicha tegishli xulosasida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining konseptual qoidalari oʻzgartirilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda loyihani takroran huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu holatda hujjat loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga loyihani ishlab chiqish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tomonidan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi bir kun muddatda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi va tegishli xulosa taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 2. Tartibga solish taʼsirini baholashni oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash (keyingi oʻrinlarda — tartibga solish taʼsirini baholash) Tartibga solish taʼsirini baholash boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qaroriga muvofiq mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tartibga solish taʼsirini baholashni amalga oshirishda quyidagilar baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuzaga keladigan va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy huquqiy va boshqa oqibatlar, shu jumladan undagi qoidalarning tegishli tartibga solish sohasiga taʼsiri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan tartibga solishning yangi mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan tartibga solishning loyihada nazarda tutilgan mexanizmlari samaradorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarining amaldagi taʼsiri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek, atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsiri baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan soʻng hujjatda nazarda tutilgan davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarining natijadorligi va samaradorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solish taʼsirini baholash yakunlari boʻyicha zarur hollarda tegishli hujjatni qayta koʻrib chiqish, unga tuzatishlar kiritish yoki uni kuchini yoʻqotgan deb hisoblash boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish taʼsirini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Hujjatni ishlab chiquvchilar — davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiqilgan loyihani jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va tartibga solish taʼsirini baholash maqsadida uni va unga asoslantiruvchi materiallarni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) loyihalarning tartibga solish taʼsirini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(29 — 31-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalidagi (regulation.gov.uz) muhokama, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish natijalari boʻyicha ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi va unga ilova qilingan materiallarni qayta ishlaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Qayta ishlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi va unga ilova qilingan materiallar ishlab chiquvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilinganligiga, hujjat loyihasida belgilanayotgan maʼmuriy va boshqa cheklovlar, taqiqlar va majburiyatlar yoki ularning kiritilishiga imkon beruvchi qoidalarning, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti uchun xarajatlar yuzaga kelishiga imkon beruvchi qoidalarning yetarli darajada asoslantirilganligiga, shuningdek, kutilayotgan ijobiy natijaga erishish imkoniyatiga baho beradi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining eʼtiroz va takliflari mavjud boʻlgan hollarda ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini qayta ishlaydi, loyiha boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantiradi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Vazirlar Mahkamasida loyihalarning tartibga solish taʼsirini baholash Boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazilgan tartibga solish taʼsirini baholash yakunlari boʻyicha Boshqarma tomonidan xulosa tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Loyihaning tartibga solish taʼsirini baholashda loyihaning ishlab chiqishning asoslantirilganligi, loyiha bilan nazarda tutilayotgan davlat tomonidan tartibga solish tartib va mexanizmlarining maqbulligi, loyihadan kelib chiqadigan maʼmuriy va boshqa xarajatlar, loyihaning tushunarliligi, izchilligi hamda fuqarolar va ijrochilar uchun qulayligi, vakolatli davlat organining loyihaga taklif va eʼtirozlari, shuningdek, Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali kelib tushgan eʼtirozlar, shu bilan birga, qabul qilinadigan loyihani amalga oshirish mexanizmlarining samaradorligi koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarining amaldagi taʼsirini oʻrganish maqsadida normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan olti oy oʻtganidan keyin tartibga solish taʼsirini baholash oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish rejasiga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma Adliya vazirligi tomonidan tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish rejasiga muvofiq, qoida tariqasida, har chorakda kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish rejasining bajarilishi holati, tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotlarning umumlashmasi hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni (mavjud boʻlsa) nazarda tutuvchi axborot-tahliliy maʼlumotni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma Adliya vazirligi kiritgan axborot-tahliliy maʼlumotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish natijalarini amalga oshirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlaydi yoki normativ-huquqiy hujjatlarning toʻliq yoki alohida normalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflarni Qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga yoki qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalariga kiritish choralarini koʻradi. Zarur hollarda tartibga solish taʼsirini baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ham yuborilishi mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Keyinchalik tartibga solish taʼsirini baholash yakunlari boʻyicha hujjatning samaradorligi va natijadorligini baholashni, shuningdek, tegishli hujjatga tuzatishlar kiritish yoxud hujjatni yoki uning tarkibiy qismini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash boʻyicha asoslantirilgan takliflarni oʻz ichiga olgan xulosa shaklidagi tahliliy axborot maʼlumotnomasi tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash yakunlari boʻyicha xulosa keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga kiritiladi. Zarur hollarda tartibga solish taʼsirini baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ham yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Tartibga solish taʼsirini baholash boʻlimi tartibga solish taʼsirini baholash natijalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Muddatlar
I. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish
I bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi davlat organi va tashkiloti
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) hamda tartibga solish taʼsirini baholash (keyingi oʻrinlarda — TTB) boʻyicha hisobotni tayyorlash.
Zaruratga koʻra
II bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi davlat organi va tashkiloti
Loyiha va hisobotni Portal va yagona elektron tizimga joylashtirish orqali jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish hamda idoralararo kelishish.
Kamida 15 kun muddatda
III bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi davlat organi va tashkiloti
Jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va idoralararo kelishish natijalariga koʻra loyiha va hisobotni qayta ishlash, Portalga joylashtirish hamda xulosa beruvchi organlar bilan kelishishga yuborish.
5 kun
IV bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
Loyiha va TTB boʻyicha hisobotni koʻrib chiqish va tegishliligi boʻyicha xulosalarni taqdim etish.
10 kun
V bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi davlat organi va tashkiloti
Loyihani, TTB boʻyicha hisobot, zarur materiallarni ilova qilgan holda Adliya vazirligiga kiritish.
Xulosalar olingandan soʻng
VI bosqich
Adliya vazirligi
1. TTB boʻyicha hisobotni tayyorlashda qonunchilikka rioya etilganligini oʻrganish, kamchilik aniqlanganda ishlab chiquvchiga qaytarish.
2. TTB sifatini oʻrganish, natijalariga koʻra xulosa taqdim etish.
Huquqiy ekspertiza muddatida
VII bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi davlat organi va tashkiloti
Loyihani, TTB boʻyicha hisobot, zarur materiallarni Vazirlar Mahkamasi yoki qabul qiluvchi organga kiritish.
Adliya vazirligining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda
II. Normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish
I bosqich
Tartibga solish taʼsirini baholashni oʻtkazuvchi davlat organi va tashkiloti
TTBdan oʻtkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatini shakllantirish va Adliya vazirligiga taqdim etish
Har yili 1-fevralga qadar
II bosqich
Adliya vazirligi
1. Normativ-huquqiy hujjatlarni TTBdan oʻtkazish rejasi loyihasini ishlab chiqish va jamoatchilik muhokamasi uchun Portalga joylashtirish.
Har yili 10-fevralga qadar
2. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflari asosida qayta ishlangan reja loyihasini Portalga joylashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Har yili 1-martga qadar
III bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Reja loyihasini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilgan holda tasdiqlash.
Har yili 20-martga qadar
IV bosqich
Tartibga solish taʼsirini baholashni oʻtkazuvchi davlat organi va tashkiloti
1. TTB boʻyicha hisobotni tayyorlash.
2. TTB boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun Portalga joylashtirish.
Rejaga muvofiq 15 kun
3. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflari asosida qayta ishlangan hisobotni Portalga joylashtirish va xulosa beruvchi organlarga taqdim etish.
5 kun
V bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
TTB boʻyicha hisobotni TTBdan oʻtkazish va natijalariga koʻra xulosalarni taqdim etish
10 kun
VI bosqich
Tartibga solish taʼsirini baholashni oʻtkazuvchi davlat organi va tashkiloti
1. Xulosalarda bildirilgan takliflar va eʼtirozlar asosida TTB boʻyicha hisobotni qayta ishlash.
2. TTB boʻyicha hisobotni Adliya vazirligiga kiritish.
Xulosalar olingandan soʻng
VII bosqich
Adliya vazirligi
1. TTB boʻyicha hisobotni tayyorlashda qonunchilikka rioya etilganligini oʻrganish, kamchilik aniqlanganda ishlab chiquvchiga qaytarish.
2. TTB sifatini oʻrganish, natijalariga koʻra xulosa taqdim etish.
10 kun
3. Normativ-huquqiy hujjatlarning TTBdan oʻtkazilishi holatini tahlil qilish, natijalari boʻyicha axborot-tahliliy maʼlumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish
Har chorakda
(qoida tariqasida)
VIII bosqich
Vazirlar Mahkamasi
1. Axborot-tahliliy maʼlumotni koʻrib chiqish.
2. TTBdan oʻtkazish natijalarini amalga oshirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash yoki qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi yoki qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalariga kiritish choralarini koʻrish.
Axborot-tahliliy maʼlumot taqdim etilgandan soʻng
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 454-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/212/2759-son; 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/454/0694-son; 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)