30.01.2019 yildagi 67-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ko‘p kvartirali uylarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha hisob-kitob ishlarini yuritishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-dekabrdagi 400-son qaroriga muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida majburiy badallarning hisob-kitobini yuritish va axborot-maslahat olish imkonini beradigan billing tizimi — “Obod uy” elektron dasturi (keyingi o‘rinlarda “Obod uy” elektron dasturi deb ataladi) ishlab chiqilganligi va Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida namunaviy tarzda joriy etilib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Obod uy” elektron dasturini respublikaning barcha shahar va tumanlariga keng joriy etish maqsadida ushbu dastur va uning barcha dasturiy ta’minot bazasi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi hamda “Smart technologies group” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga bepul topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimiga “Obod uy” elektron dasturini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Obod uy” elektron dasturidan foydalanishning qulayliklari va afzalliklarini doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 30-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 67-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimiga “Obod uy” elektron dasturini joriy etish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul bajaruvchi

I. Elektron dasturni joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar

1.

“Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallariga “Obod uy” elektron dasturini joriy etish.

1. “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari�a belgilangan tartibda “Obod uy” elektron dasturining login va parollarini taqdim etish.

2019-yil 1-may

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. “Obod uy” elektron dasturining uzluksiz ravishda samarali ishlashi uchun uni texnik tomondan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev)

2.

Respublikadagi mavjud xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar bo‘yicha barcha ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni “Obod uy” elektron dasturi bilan qamrab olish.

Ko‘p kvartirali uylarni kvartiralar bo‘yicha xatlov�an o‘tkazish orqali ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni “Obod uy” elektron dasturi tizimiga kiritish.

2019-yil 1-may

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

“Obod uy” elektron dasturi ko‘chmas mulk kadastrining billing tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlash hamda to‘lovlarni Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali onlayn tarzda amalga oshirish.

Bosh kelishuv va texnik loyihaga asosan tadbirlarni amalga oshirish.

2019-yil 1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Markaziy bank (Nurmuratov), “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi (Abdullayev)

4.

“Obod uy” elektron dasturida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatish mexanizmini yaratish.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan tijorat banklaridan olingan kreditlarning sarflanishini doimiy ravishda “Obod uy” elektron dasturiga kiritib borish va shu orqali kreditlar xususiy uy-joy mulkdorlari tomonidan sarflanishini nazorat qilish.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Markaziy bank (Nurmuratov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Ko‘p kvartirali uylarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha hisob-kitob ishlarini yuritishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash.

1. Xususiy uy-joy m�lkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlar to‘g‘risidagi va boshqa e’lonlar, yig‘ilish bayonnomalari, hisobotlar va yillik xarajatlar smetalarini “Obod uy” elektron dasturi orqali aholiga yetkazish maqsadida qo‘shimcha dasturiy ta’minotni yaratish;

2019-yil 1-iyun

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev)

2. “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlar to‘g‘risidagi va boshqa e’lonlar, yig‘ilish bayonnomalari, hisobotlar va yillik xarajatlar smetalari “Obod uy” elektron dasturiga kiritib borilishini ta’minlash.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar egalari tomonidan to‘lanayotgan majburiy badallar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Obod uy” elektron dasturi orqali xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturiy ta’minotda avtomatik tarzda qabul qilish.

“Obod uy” elektron dasturini xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan yuritiladigan buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturiy ta’minotga integratsiya qilish.

2019-yil 1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev)

7.

“Obod uy” elektron dasturida ko‘p kvartirali uylarni joriy va kapital ta’mirlash hamda ularning atrof hududlarida quriladigan qo‘shimcha qurilishlar (bolalar maydonchalari, ayvonli tandirxonalar va shu kabilar) to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar olish tizimini ishlab chiqish.

“Obod uy” elektron dasturiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan ko‘p kvartirali uylarni joriy va kapital ta’mirlash hamda ularning atrofidagi hududlarda quriladigan qo‘shimcha qurilishlar (bolalar maydonchalari, ayvonli tandirxonalar va shu kabilar) to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar kiritib borilishini ta’minlash.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Obod uy” elektron dasturining mobil ilovasini yaratish.

“Obod uy” elektron dasturining mobil ilovasini yaratish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish.

2019-yil 1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev)

9.

“Obod uy” elektron dasturining axborot xavfsizligini ta’minlash hamda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish orqali ushbu dasturning ishlash samaradorligini yanada oshirish.

Axborot xavfsizligini ta’minlash hamda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish uchun tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev)

II. “Obod uy” elektron dasturidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish

10.

“Obod uy” elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish.

“Kommunal o‘quv” o‘quv-uslubiy markazi davlat unitar korxonasida “Obod uy” elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish.

Jadval asosida

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev)

11.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar xodimlari uchun “Obod uy” elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi tomonidan joylarda “Obod uy” elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etish.

Yillik rejaga muvofiq

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev)

12.

“Obod uy” elektron dasturini aholi orasida targ‘ibot qilish ishlarini olib borish.

“Obod uy” elektron dasturining qulaylik va afzalliklari hamda undan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini ta’minlash.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Ko‘chimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari faoliyatini yanada rivojlantirish

13.

“Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Respublikadagi barcha “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda xatlov natijalariga ko‘ra:

2019-yil 1-may

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari tashkil qilinmagan shahar va tumanlarda, zarur hollarda, tumanlararo “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari filiallarini tashkil qilish;

2019-yil 15-may

tashkil qilinadigan va faoliyat yuritayotgan “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalarini tegishli ravishda faoliyat ko‘rsatish uchun bino yoki xonalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;

2019-yil 20-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shahar va tuman hokimliklari

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalarini zarur kompyuter jamlanmalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash.

2019-yil 1-iyun

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev)

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2019-y., 09/19/67/2550-son)