Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2684-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
17-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 17-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 14-banddan “va yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 26-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 28-bandning yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 24-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 25-dekabr
Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
2018-yil 26-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2019-y., 10/19/2684-1/2548-son)