3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Masʼul |
I. Xalq taʼlimi sohasida qonunchilikni takomillashtirish | ||||
1. | Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻqituvchining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: oʻqituvchining maqomi, pedagogik faoliyat tamoyillari; oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; oʻqituvchining qadr-qimmatini himoya qilish kafolatlari, shu jumladan ularning kasb faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilinishini taqiqlash, bunda aybdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish; ijtimoiy taʼminot va yakka tartibda pedagogik faoliyatni yuritish huquqini mustahkamlash; oʻzining kasbiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida oʻqituvchilarga assotsiatsiya va boshqa tashkilotlarga birlashish huquqini belgilash; | Qonun | 2019-yil 1-fevralga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), vazirlik va idoralar |
2. | Umumiy oʻrta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini amalga oshirayotgan (keyingi oʻrinlarda — nodavlat taʼlim muassasasi) yuridik shaxslarning bitiruvchilariga davlat tomonidan belgilangan namunada taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni (guvohnoma, shahodatnoma) berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil 10-oktabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Toshkenboyev), Oʻzbekiston nodavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi (F. Vaxabova) |
3. | Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shu jumladan mazkur tashkilotlar toʻgʻrisida namunaviy ustav (nizomni) tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjatlar | 2019-yil 1-yanvarga qadar | Taʼlim sifatininazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Toshkenboyev), XTV (Sh. Shermatov). |
4. | Oʻquvchilarning yillik kontingentidan oʻn foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarning iqtidorli va qobiliyatli bolalarini nodavlat taʼlim muassasalariga bepul (grant) asosida oʻqishga qabul qilish uchun tanlov oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Qoʻshmaqaror | 2019-yil 1-yanvarga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston nodavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi(F. Vaxabova) |
5. | Oʻzbekiston nodavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi huzurida nodavlat taʼlim muassasalari pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini ochish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yil 1-yanvarga qadar | Oʻzbekiston ??�odavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi(F. Vaxabova) |
6. | Farzandlari nodavlat taʼlim muassasalarida bepul (grant) asosida taʼlim olayotgani uchun jismoniy shaxslarning moddiy manfaatdorligi koʻrinishidagi daromadlari soliqqa tortilmasligi tartibini joriy etish boʻyicha takliflar kiritish. | Oʻzgartirishlarni qonunchilikka kiritish | 2019-yil 1-yanvarga qadar | Moliya vazirligi (A. Haydarov), DSQ (B. Musayev), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li) |
7. | Qayta chop etish muddatlarini uzaytirish, ikki yillik moslashuvni joriy etish hamda darsliklarni tanlov asosida tanlab olish tartibini bekor qilishni oʻz ichiga olgan holda umumiy oʻrta taʼlim (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim muassasalari) muassasalari uchun oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni chop etish tartibini takomillashtirish. | Buyruq | 2018-yil 1-dekabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov) |
8. | Umumiy taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida hukumat qarorini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2019-yil 1-yanvarga qadar | Adliya vazirligi (R. Davletov), XTV (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
9. | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining aktiv va passivlarini Xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi va Respublika kitob jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi hukumat qarorini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil 1-noyabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi(A. Haydarov) |
10. | Umumtaʼlim muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etishning yangi tartibini nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi umumiy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2018-yil 1-noyabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov) |
II. Taʼlim sifatini yaxshilash va innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etish | ||||
11. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida umumiy oʻrta taʼlimning yangi davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish,shu jumladan STEAM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematika) usulini bosqichma-bosqich joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil 1-dekabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov) |
12. | Jahonning yetakchi mamlakatlariga(SABA, Osiyo va Amerika) safarlar uyushtirgan holda taʼlim sifatini oshirish va taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganish va umumlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2021-yil 1-yanvarga qadar | XTV (Sh. Shermatov), TIV (A. Kamilov) |
13. | Oʻquvchilarning bilimlari darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda: PISA (15-16 yoshli oʻquvchilarning matematika, oʻqish va tabiatshunoslik savodxonligini baholash) oʻquvchilarning taʼlimdagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dasturda; TIMSS (4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy-ilmiy savodxonligini baholash) maktab matematik va tabiiy-ilmiy taʼlim sifati xalqaro tadqiqotida; PIRLS(boshlangʻich maktab oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish sifati darajasini baholash) oʻqish va matnni tushunish sifati xalqaro tadqiqotida Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etishini taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2019-yil 1-yanvarga qadar | Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Toshkenboyev), XTV (Sh. Shermatov) |
14. | TALIS taʼlim berish va oʻqitish tizimini xalqaro oʻrganishda (maktablarda oʻqituvchilarning mehnat sharoitlari va taʼlim muhitini baholash) Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokini taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2019-yil 1-yanvarga qadar | Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
15. | Barcha taʼlim muassasalarida mavjud yongʻin xavfsizligi qoidalari, sanitariya meʼyorlari, gigiyena normativlari va qoidalari buzilishini oldini olish va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | tasdiqlash — 2018-yil 1-noyabrga qadar amalga oshirish — 2018 — 2020-yillar | XTV (Sh. Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar |
16. | Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning boʻshayotgan yotoqxonalari negizida umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun oilaviy yotoqxonalar tashkil etish. | Hukumat komissiyasi qarori | 2018-yil 1-noyabrga qadar | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov), XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi |
17. | Quyidagilarni oʻz ichiga qamrab olgan,Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida “Xalq taʼlimi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK faoliyatini tashkil etish: nizom (ustav)lar, tuzilmalar va shtat jadvallarinitasdiqlash; tegishli asbob-uskunalar, mebel, kompyuter texnikasi va internet bilan taʼminlash, Internet tarmogʻiga ulash; malakali kadrlar bilan toʻldirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2018-yil 1-noyabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov) |
18. | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi gazeta va jurnallar tahririyatlari faoliyatini, shu jumladan adadi, obunasi va sotilishi hamda kelgusida moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi va boshqa masalalarni tanqidiy oʻrganishni tashkil qilish. Oʻrganish natijalari boʻyicha mazkur sohada ishlar ahvolini yaxshilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish. | Tahliliy maʼlumot
qarori | 2018-yil 1-noyabrga qadar 2018-yil 1-dekabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi va axborot agentligi (L. Tangriyev) |
19. | A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasida rekruting va xalq taʼlimi muassasalari rahbarlari va xodimlarini rivojlantirish markazini tashkil etish. | Buyruq | 2018-yil 1-oktabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov) |
20. | Umumtaʼlim muassasalarida bolalar oʻrtasida taʼqib etish va zoʻrlik qilishni (bullingning) oldini olish va profilaktika qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2018-yil 1-dekabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov), IIV (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov) |
21. | Taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va rahbarlari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish. | Buyruq | 2018-yil 1-noyabrga qadar | Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Toshkenboyev), XTV (Sh. Shermatov) |
III. Xalq taʼlimi tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish | ||||
22. | Interaktiv taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun quyidagilarni oʻz ichiga olgan taʼlim portalini tashkil etish: taʼlim muassasalari elektron maʼlumotlar bazasini; oʻquvchilarning davomati va oʻzlashtirishini hisobga olish elektron tizimini (elektron jurnal, kundaligi va tabel) yaratish; boshqa elektron xizmatlar koʻrsatish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2018 — 2021-yillarda | XTV (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
23. | Bank va boshqa tizimlar bilan integratsiya qilish imkoniyati boʻlgan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining identifikatsion kartalarini (ID-karta, NFS belgi va boshqalar) joriy etish. | Texnik loyiha | 2020-yil 1-yanvarga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
24. | Umumtaʼlim muassasalariga homiylik yordami koʻrsatish va koʻmaklashish boʻyicha elektron tizim yaratish. Umumtaʼlim muassasalariga homiylik yordami koʻrsatayotgan shaxslarga soliq va boshqa preferensiyal�rni taqdim etish boʻyicha takliflar kiritish. | Texnik loyiha
| 2018-yil 1-oktabrga qadar 2018-yil 1-noyabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), DSQ (B. Musayev) |
25. | Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilariga jismoniy shaxslarning personal identifikatsion raqamini berish boʻyicha (PIN JSH) chora-tadbirlar koʻrish. | Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi | 2020-yil 1-yanvarga qadar | DPM (N. Turaxodjayev), IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), XTV (Sh. Shermatov) |
26. | Xalq taʼlimi muassasalarini keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash (tomonlar kelishuviga asosan,yildan-yilga tezlikni oshirishni hisobga olgan holda, tezlikni kamida 10 Mb/sdan kam boʻlmasligini taʼminlash): 2018-yil iyun oyi oxiriga qadar — respublikava viloyat darajasida; 2019-yil oxiriga qadar — tuman darajasida; 2021-yil oxiriga qadar barcha umumtaʼlim muassasalarini qamrab olish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2018 — 2021-yillarda | Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), Moliya vazirligi |
27. | Xalq taʼlimi tizimi budjet loyihasini shakllantirish boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. Xalq taʼlimini moliyalashtirishkompleks tizimini ishlab chiqish va joriy etish, shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni rejalashtirish, budjetlashtirish, taqsimlash va nazorat qilish. Jahon banki va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan institutsional rivojlanish loyihasini moliyalashtirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligini tajriba idorasi sifatida belgilash. | Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi | 2019-yil 1-iyunga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi |
28. | 2018-yil 1-noyabrdan boshlab eksperiment tartibida Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida umumtaʼlim, shu jumladan nodavlat taʼlim muassasalarini jon boshiga vaucher moliyalashtirish tizimini (“pul oʻquvchidan keyin boradi” tamoyili) joriy etish. | Buyruq | 2018-yil 1-noyabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov) |
29. | Respublikada mazkur maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini shakllantirishning amaldagi tartibini tanqidiy tahlil qilish va xalqaro ilgʻor tajribani oʻrganish asosida 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, shu jumladan umumiy oʻrta taʼlimning jon boshiga vaucher moliyalashtirilishining yangi tartibini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi takliflarni kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2019-yil 1-avgustga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi |
30. | Moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda, 2019-2020-yillarda xalq taʼlimini boshqarishni avtomatlashtirish va umumtaʼlim muassasalari axborot tizimlarini kompyuterlashtirilishini yanada joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2019-yil 1-fevralga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
31. | Jismoniy va yuridik shaxslarga konsultatsiya berish va murojaatlarini qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “ishonch telefoni” negizida “jonli muloqot” ni yoʻlga quyish uchun Call-markaz tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil 1-dekabrga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi(A. Haydarov) |
32. | Umumtaʼlim muassasalarini koʻmir bilan oʻz vaqtida taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | har yili 1-sentabrga qadar | “Oʻzbekkoʻmir” (N. Dusmatov) |
IV. Xalq taʼlimi sohasida pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
33. | 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy pedagogik taʼlim muassasalarida “Xalq taʼlimi sohasida menejment” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori | 2019-yil 1-martga qadar | Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), XTV (Sh. Shermatov) |
34. | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi taqdimnomasiga asosan pedagogik kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan uzoq va togʻli tumanlardan abituriyentlarni oliy pedagogik taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish kvotalari sonini koʻpaytirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori | 2019-yil 1-aprelga qadar | Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi |
35. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga rus tili va adabiyoti sohasida pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida Rossiyaning oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish boʻyicha takliflar kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori | 2019-yil 1-yanvarga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), TIV (A. Kamilov) |
36. | Umumtaʼlim muassasalarida chet tillarni oʻqitishni kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish, ushbu ishlarni quyidagilar orali amalga oshirish: rus, ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillarda taʼlim beradiganmaktablar ochish; xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish, chet tillarda zamon talablariga javob beradigan oʻquv adabiyotlarni chop etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2018 — 2020-yillar davomida | XTV (Sh. Shermatov), MTV (A. Shin), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
V. Umumtaʼlim muassasalarining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash | ||||
37. | Quyidagilar orqali “Zamonaviy maktab” davlat dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash: ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil turlaridan foydalangan holdazamonaviy maktablar qurish; maktablarni yangi ergonomik mebel, zamonaviy oʻquv va laborator asbob-uskunalar, oʻquv va oʻquv-metodik materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, shu jumladan oʻquv xonalarni videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori | 2019-yil 1-yanvarga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Qurilish vazirligi |
38. | 2020 — 2022-yillarda umumtaʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli Dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilarni nazarda tutish: xalq taʼlimi tizimini rekonstruksiya qilish, kapital vajoriy taʼmirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, yoʻllarni munosib holatda saqlash; xalq taʼlimi muassasalari tizimini elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlashni tashkil etish; xalq taʼlimi tizimi muassasalarini yangi oʻquv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2019-yil 1-martga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Qurilish vazirligi |
39. | Uzoq hududlarda joylashgan umumtaʼlim muassasalari filiallarini xatlovdan oʻtkazish, natijasi boʻyicha umumtaʼlim muassasalari filiallari oʻquvchilarini asosiy binolariga olib kelish (autsorsing asosida yoki maxsus avtobus sotib olish yoʻli bilan) yoki ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yil 1-martga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi |
40. | Eksperiment tariqasida aralash moliyalashtirish mexanizmlarini qoʻllash orqali, alohida umumtaʼlim muassasalarini isitish va yoritish tizimlarini kompleks taʼmirlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2019-yil 1-yanvarga qadar | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
41. | Umumtaʼlim muassasaning mikro hududiga kiritilmagan oʻquv muassasalarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish yoki oʻqishni koʻchirishda qoʻshimcha toʻlov joriy qilish orqali umumtaʼlim muassasalarining budjetdan tashqari manbalarini moliyalashtirishni kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yil 1-martga qadar | XTV (Sh. Shermatov) |
42. | “Barkamol avlod” bolalar markazlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda: 2019 — 2025-yillarda markazlarni qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, zarur asboblar va anjomlar bilan jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatlarni tasdiqlash; tizimli asosda oʻquvchilar uchun sayyohlik turlarni tashkil etish maqsadida har bir hududda 100 — 150 oʻrinli “Bolalar sayyohlik bazalarini” tashkil qilish; “Barkamol avlod” bolalar markazlari “toʻgaraklari” metodistlari va rahbarlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishn itashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yil 1-iyulga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi |
43. | Davlat mulki hisoblangan boʻsh turgan obyektlarni xatlovdan oʻtkazish, ularda viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarini joylashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil 1-dekabrga qadar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, XTV (Sh. Shermatov), Davlat raqobat qoʻmitasi (N. Sharipov) |
44. | Kasb-hunar kollejlarining oʻquv-ishlab chiqarish komplekslarini, ularga yuridik shaxs maqomini berish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish. | Tahliliy maʼlumot | 2019-yil 1-martga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
45. | Umumtaʼlim maktablari 10-11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻqitish jarayonini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlashni yaxshilash uchunOʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda Metrologik nazorat xizmatiniOʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish. | Tahliliy maʼlumot | 2019-yil 1-martga qadar | XTV (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
46. | Maktablar va bolalar kutubxonalari (ishlab turgan axborot-resurs markazlarini) faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilash. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2018-2019 yillarda | XTV (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi |