Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 21.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3125
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3125]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 30-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-02/13-70-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri D. QOʻChQOROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 30-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
155-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2018-yil 30-noyabrdagi 01-02/13-70 va 155-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilingan fuqarolar (bundan buyon matnda kursant deb yuritiladi) bilan davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda davlat budjeti deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan oʻqiyotgan, uni tamomlab majburiy xizmat oʻtash uchun davlat bojxona xizmati organlariga, shuningdek Bojxona qoʻmitasi tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kursant oʻqishni tamomlagandan keyin besh kalendar yil mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek Bojxona qoʻmitasi tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilganda majburiy xizmat oʻtashga majbur.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kursant oʻqishga qabul qilinishi bilan Bojxona qoʻmitasi oʻrtasida oʻqishni tamomlagandan keyin besh kalendar yil mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek boshqa davlat idoralarida majburiy xizmat oʻtalishi haqida shartnoma tuziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Institutga oʻqishga kirishidan oldin (dastlabki tanlov davrida) nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar nomzod Institutga oʻqishga qabul qilingandan soʻng davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolashi, shartnoma shartlarini bajarishi, shuningdek, kursantlar safidan chiqarilsa yoki oʻqishni tamomlagandan soʻng besh yil ichida xizmatdan boʻshatilsa, shartnomani muddatdan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, oʻqish davrida unga sarflangan barcha budjet mablagʻlarini qoplashi boʻyicha moddiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2019-yil 19-iyuldagi 01-02/13-47, 86-sonli qarori (roʻyxat raqami 3125-1, 19.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2019-y., 10/19/3125-1/3584-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari hamda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida tuziladigan ishchi guruhlar tomonidan nomzod va uning ota-onasi (farzandlikka oluvchi, vasiysi) yozma ravishda ogohlantiriladi va ulardan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tilxat olinadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Shartnoma tuzish

5. Oʻqish tamomlagandan keyin besh kalendar yil mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek boshqa davlat idoralarida majburiy xizmatni oʻtashi haqida, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Bojxona qoʻmitasi nomidan Institut hamda kursantlar va ularning ota-onasi (farzandlikka oluvchi, vasiyi) oʻrtasida shartnoma tuziladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kursantlar kursantlar safidan chiqarilib oʻqishga qayta tiklangan taqdirda yoki xodim majburiy xizmat oʻtash davrida xizmatga qayta tiklanganda, shartnoma qayta tuzilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shartnoma ikki nusxada davlat tili yoki rus tilida tuziladi. Shartnomani tuzish tomonlarning imzolashlari orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kursant shartnoma tuzishni rad qilgan taqdirda, mazkur holat boʻyicha bojxona organi masʼul xodimi tomonidan shartnoma tuzishni rad etish sabablari, kursant oʻqishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami va sanasi koʻrsatilgan holda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma tuzishni rad etgan kursant kursantlar safidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tuzilgan shartnomaning bir nusxasi kursantga beriladi, ikkinchi nusxasi kursantning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻqish uchun sarflangan mablagʻlar bir oʻquv yili uchun, kalendar yil hisobida kursantlar safidan chiqarilgan (xizmatdan boʻshatilgan) sanada amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida undiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2019-yil 19-iyuldagi 01-02/13-47, 86-sonli qarori (roʻyxat raqami 3125-1, 19.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2019-y., 10/19/3125-1/3584-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda, qoplanishi lozim boʻlgan mablagʻlar, kursant (xodim):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtagan boʻlsa, tegishli Bojxona qoʻmitasining tarkibiy tuzilmalari;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa davlat idoralarida xizmatni oʻtagan taqdirda Bojxona qoʻmitasi tomonidan hisoblanadi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kursant (xodim) tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasa, oʻqishga sarflangan mablagʻlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrt yillik oʻqish davrining kursantlar safidan chiqarilgunga qadar boʻlgan davriga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh yillik majburiy xizmatni oʻtamagan davriga nisbatan mos ravishda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻqish uchun sarflangan mablagʻlar oʻqishdan chetlashtirish yoki xizmatdan boʻshatish haqida buyruq imzolangan sanadan boshlab 30 kalendar kun ichida qoplanishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2019-yil 19-iyuldagi 01-02/13-47, 86-sonli qarori (roʻyxat raqami 3125-1, 19.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2019-y., 10/19/3125-1/3584-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qoplanishi lozim boʻlgan mablagʻlar har qanday manfaatdor shaxs tomonidan toʻlab berilishi mumkin. Bunda mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qoplanishi lozim boʻlgan mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi xodimning soʻnggi ish joyidagi kadrlar tuzilmasiga taqdim qilinadi va shaxsiy yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Belgilangan muddatda qoplanmagan mablagʻlar sud orqali undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoplanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni toʻlagan xodim (kursant) xizmatga tiklangan (kursantlar safiga qaytarilgan) yoki qayta qabul qilingan taqdirda undan undirilgan pul mablagʻlari toʻliq qaytariladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2019-yil 19-iyuldagi 01-02/13-47, 86-sonli qarori (roʻyxat raqami 3125-1, 19.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2019-y., 10/19/3125-1/3584-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qoʻyidagi hollarda kursantga sarflangan mablagʻlar qoplanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kursant (xodim) vafot etishi, bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan davlat bojxona xizmati organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan kunidan boshlab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kursant (xodim) davlat bojxona xizmati organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat oʻzgarishlari sababli boʻshatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kursantlarning oʻqishi boshqa oliy harbiy yoki harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga koʻchirilganda.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 29-apreldagi 3/02-22-11-son va Moliya vazirligining 2022-yil 24-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3125-2, 07.05.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 10/22/3125-2/0403-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu Nizomda qayd etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga oʻqishga qabul qilinsam, davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolash, shartnoma shartlarini bajar�sh, shuningdek kursantlar safidan chiqarilsam yoki oʻqishni tamomlaganimdan soʻng besh yil ichida intizomiy jazo chorasi sifatida xizmatdan boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsam, oʻqish davrida menga sarflangan barcha mablagʻlarni qoplash boʻyicha moddiy javobgarligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga oʻqishga kirishga nomzodning ota-onasi (farzandlikka oluvchi va vasiyi), farzandimiz ___
oʻqishga qabul qilinsa, davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolash, shartnoma shartlarini bajarish, shuningdek kursantlar safidan chiqarilsa yoki oʻqishni tamomlaganidan soʻng besh yil ichida intizomiy jazo chorasi sifatida xizmatdan boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, oʻqish davrida unga sarflangan barcha mablagʻlarni qoplash boʻyicha moddiy javobgarligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.
________________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
________________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20____ yil “_____” ______________”.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida ShARTNOMA
20___ yil “___” ______________
__________-son
_______________________ shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) nomidan _____________________________________________________________________________________________
(lavozimi va F.I.O.)
bir tomondan Bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilingan _______________________________________________________________________________
��
(F.I.O. tugʻilgan yili, oy va kuni)
(bundan buyon matnda kursant deb yuritiladi) ikkinchi tomondan ____________________________________ _____________________________________________________________________________________________
(asos boʻluvchi hujjat)
asosida quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar:
1. Shartnoma predmeti
1.1. Institutda 20_____ — 20_____ oʻqish va oʻqishni tamomlagandan keyin besh kalendar yil mobaynida Davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek boshqa davlat idoralarida majburiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
2. Shartnoma taraflari
2.1. Bojxona qoʻmitasi — oʻz vakolatlari doirasida bojxona siyosati oʻtkazilishini, bojxona ishlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini, bojxona organlari tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlovchi davlat boshqaruvi organi. 2.2. Institut — xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida taʼlim oluvchilarni ixtisoslik (mutaxassislik) fanlariga kasbiy yoʻnaltirish hamda maqsadli tayyorlashni nazarda tutadigan, davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq ravishda oʻquv-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasa. 2.3. Kursant — amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida Institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan fuqaro.
3. Taraflarning huquq va majburiyatlari
3.1. Kursantning huquqlari: a) qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklardan davlat bojxona xizmati organlari xodimlari u�un belgilangan cheklovlar va taqiqlarni hisobga olgan holda foydalanish; b) boshliqlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga nisbatan adolatli munosabatda boʻlishlari hamda shaʼni va qadr-qimmatining hurmat qilinishi; v) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat hisobidan pul va moddiy taʼminlanish; g) Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim olish; d) hayoti va sogʻligini himoyalash; e) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda xizmat oʻtash haqida shartnoma tuzish va uni bekor qilish; j) xavfsizlik texnikasi va gigiyena talablariga mos keladigan xizmat sharoitlariga ega boʻlish; z) davlat tomonidan sugʻurtalanish; i) xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga kelgan tortishuvlarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish; k) qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kafolatlar va kompensatsiyalarni olish. 3.2. Kursantning majburiyatlari: a) kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyachisi — ofitser sifatida xizmat olib borish uchun zarur boʻlgan bilim hamda koʻnikmalarni sidqidildan va qunt bilan egallash; b) oʻqish davri mobaynida kursant (xodim) sifatida xizmat olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, Bojxona qoʻmitasi va Institut boshligʻining ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilangan umummajburiy, funksional va maxsus majburiyatlarni vijdonan ado etish; v) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida taqsimot boʻyicha oʻzi yuborilgan Bojxona qoʻmitasi va boshqa davlat idorasi bilan ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni oʻtash; g) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek Bojxona qoʻmitasi tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilganda majburiy uzluksiz xizmatni oʻtash; d) kursantlar safidan chiqarilganda (xizmatdan boʻshatilganda) ota-onasi (farzandlikka oluvchi, vasiy)ga xabar qilish; e) shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun oʻqitishga sarflangan xarajatlar boʻyicha Nizomda belgilangan muddatda va miqdordagi mablagʻlarni toʻlash; j) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili ichida boʻshaganda oʻqish uchun sarflangan mablagʻlarni qoplash. 3.3. Bojxona qoʻmitasining huquqlari: a) xizmat oʻtash tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda kursant (xodim)ni qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim huquq va erkinliklaridan cheklash; b) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida kursant bilan shartnoma tuzish va uni bekor qilish; v) kursant (xodim) bilan yuzaga kelgan nizolarni taraflar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish; g) kursant (xodim)ni Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyalash hamda jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat-jangovar vazifalarni bajarishga yuborish; d) oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan keyin xodimni davlat bojxona xizmati organlari va Qurolli Kuchlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda taqsimot boʻyicha respublikaning har qanday mintaqasiga xizmatni oʻtash uchun yuborish. 3.4.Bojxona qoʻmitasining majburiyatlari: a) Institutga oʻqishga qabul qilinadigan nomzodni taʼlim olishi va kelgusida xizmatni oʻtashi shartlari bilan tanishtirish; b) nomzodni xizmatni oʻtashning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka duchor boʻlishi mumkinligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan baʼzi huquq va erkinliklarining cheklanishi haqida ogohlantirish; v) mazkur shartnomani tuzgan kursant (xodim) va uning oila aʼzolari huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlash; g) kursant (xodim)ni majburiy sugʻurta qilishni taʼminlash; d) kursant (xodim)ni belgilangan pul va moddiy taʼminot bilan taʼminlash; e) kursantga taʼlim standartlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar berilishini kafolatlash; j) kursantga tegishli taʼlim olish va yashash sharoitlarini yaratish; z) kursant (xodim)ga xizmat majburiyatlarini bajarishda sogʻligiga yetkazilgan zararning qoplanishini taʼminlash; i) Institutda yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari hamda bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli topshirib oʻqishni tamomlagan kursantga ofitser unvoni berilganidan keyin, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmatni oʻtash imkoniyatini berish.
4. Taraflarning javobgarligi
4.1. Taraflar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart. 4.2. Kursant (xodim) tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq kafil (kursantning ota-onasi (farzandlikka oluvchi va vasiy))dan Nizomda belgilangan muddatda va miqdorda kursantni oʻqitishga sarflangan xarajatlar toʻla yoki qisman undiriladi. 4.3. Taraflar oʻrtasidagi nizo qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi. 4.4. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan taraflarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
5. Shartnomani bekor qilish tartibi
5.1. Kursant Institutdan shartnoma amal qilish muddati tugashidan avval kursantlar safidan chetlashtirilganida; 5.2. Kursant (xodim) vafot etishi, bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan davlat bojxona xizmati organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilishi kunidan boshlab; 5.3. Kursant (xodim) davlat bojxona xizmati organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat oʻzgarishlari sababli boʻshatilganda; 5.4. Kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda; 5.5. Mazkur shartnomaning amal qilish muddati tugaganida.
6. Yakuniy qoidalar
6.1. Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 6.2. Ushbu shartnoma 20____ yil “_____” _________________ gacha amal qiladi. 6.3. Shartnoma tomonlarning har biri uchun ikki nusxada tuzildi va ular bir xil yuridik kuchga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 __ yil “___” ________ dagi ______ son shartnomaga ILOVA
KAFILLIK ShARTNOMASI
“____” ______________ 20____ yil
_________-son
Toshkent shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti kursanti ________________________________________________________________________________ ning
(F.I.O)
ota-onasi (farzandlikka oluvchi va vasiy) (kelgusida “Kafil” deb yuritiladi) nomidan _______________ _______________________________________________________________________ bir tomondan,
(F.I.O)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) nomidan ____________________________________________________________________________________
(lavozimi va F.I.O)
ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Shartnomaning mohiyati
1.1. Ushbu shartnomaga muvofiq “Kafil”, kursant (xodim) va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi oʻrtasida 20__ yil “____” _____________ da tuzilgan _____________ -sonli shartnoma majburiyatlari kursant (xodim) tomonidan shartnomada belgilangan muddatlarda va miqdorlarda bajarilmagan yoki toʻliq bajarilmagan taqdirda, uning xarajatlarni qoplash majburiyatlarini toʻlab berishni oʻz zimmasiga oladi.
2. Taraflarning huquq va majburiyatlari
2.1. “Kafil”ning huquqlari: 2.1.1. Kursant kursantlar safidan chiqarilishi (xizmatdan boʻshatilishi) sabablari haqida maʼlumot oladi; 2.1.2. Kursantning huquqlari buzilganligi holatlari boʻyicha yuqori turuvchi idoralarga murojaat qiladi. 2.2. “Kafil”ning majburiyatlari: 2.2.1. Kursant tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda uni oʻqitishga sarflangan xarajatlar boʻyicha Nizomda belgilangan muddatda va miqdordagi mablagʻlarni toʻlab beradi. 2.3. Bojxona qoʻmitasining huquqlari: 2.3.1. Kursantga sarflangan xarajatlar boʻyicha oʻz vaqtida qoplanmagan summani “Kafil”dan talab qiladi; 2.4. Bojxona qoʻmitasining majburiyatlari: 2.4.1. Kursantga sarflangan xarajatlarni oʻz vaqtida qoplashni talab qilish; 2.4.2. Kursantga sarflangan xarajatlar oʻz vaqtida qoplanmagan taqdirda sudga murojaat qilish; 2.4.3. Zaruriyat tugʻilgan holatlarda hamda “Kafil”ning talabiga koʻra, kursant (xodim) tomonidan qoplangan miqdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishtiradi.
3. Nizolarni hal qilish tartibi
3.1. Ushbu shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik normalari asosida hal etiladi.
4. Kafillikning toʻxtatilishi
4.1. Kafillik, ushbu shartnoma boʻyicha belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilganda toʻxtatiladi.
5. Boshqa shartlar
5.1. Ushbu shartnomada koʻzda tutilmagan holatlarda Taraflar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga amal qiladilar. 5.2. Mazkur shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega va taraflarga bir nusxadan beriladi.
TOMONLARNING YuRIDIK MANZILLARI VA REKVIZITLARI:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi ________________________________ ________________________________ ________________________________ ________________________________ Imzo _____________________ m. oʻ. Bosh buxgalter _________________ Yurist ________________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/3125/2519-son, 19.08.2019-y., 10/19/3125-1/3584-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.05.2022-y., 10/22/3125-2/0403-son; 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)