10.04.2017 yildagi PF-5005-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 06/21/6196/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 06/21/6196/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, vazifa va funksiyalarini maqbullashtirish bo‘yicha institutsional o‘zgartirishlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari

1.

Ichki ishlar idoralari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyati samaradorligini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha oshirish:

barcha darajalardagi bo‘linmalarning vazifalari, funksiyalari va javobgarligini aniq chegaralash, profilaktika inspektorlariga xos bo‘lmagan funksiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

ishni aholi va fuqarolik jamiyati institutlari �ilan yaqin hamkorlikda tashkil etish;

voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashning ta’sirchan tizimini yaratish;

tayanch punktlari joylashuvini hududdagi kriminogen vaziyat, aholi soni va uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 20-aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Bosh prokuratura (M.Azimov),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

2.

Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

surishtiruv va dastlabki tergovni o‘tkazishda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etgan holda jinoyatlarni o‘z vaqtida, har tomonlama tergov qilinishi va to‘liq ochilishini ta’minlash;

tergovchilarning protsessual mustaqilligini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishda aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik;

ilg‘or kriminalistik va ilmiy-texnik vositalar, ishlashning zamonaviy shakl va uslublarini keng joriy etish;

ichki ishlar organlari tuzilmasida surishtiruv, ularning ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari)ni tashkil etish;

ichki ishlar organlari ekspert kriminalistik bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 1-may

Ichki ishlar vazirligi (A.Boboxonov),
Bosh prokuratura (M.Azimov),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

3.

Ichki ishlar organlari jinoyat qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘linmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

jinoyatlarni tez va to‘liq aniqlash, ochish, qidiruv ishlarini amalga oshirishni ta’minlashning samarali tizimini yaratish;

barcha darajalardagi bo‘linmalarning vazifalari, funksiyalari va javobgarligini aniq chegaralash, tezkor xodimlarga xos bo‘lmagan funksiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 10-may

Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov),
Bosh prokuratura (M.Azimov),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

4.

Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo‘linmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

barcha darajalardagi bo‘linmalarning vazifalari, funksiyalari va javobgarligini aniq chegaralash, takrorlanuvchi va dolzarbligini yo‘qotgan vakolatlarni chiqarib tashlash;

bo‘linmalarning tezkorligi va samaradorligini ta’minlovchi moddiy-texnik jihozlanishi darajasini mustahkamlash;

zamonaviy ilmiy-texnik vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida keng joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 15-may

Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov),
Bosh prokuratura (M.Azimov),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

5.

Ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishning samarali mexanizmlarini quyidagi yo‘llar oqali yaratish:

kadrlarni joy-joyiga qo‘yishni oqilona tashkil etish, amalda bajariladigan ish hajmini hisobga olgan holda asosiy vazifa va funksiyalarni xodimlar orasida aniq taqsimlash va chegaralash;

migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish jarayonlarining ta’sirchan monitoringini amalga oshirish, noqonuniy migratsiya va u bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurashish;

fuqarol�rga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 20-may

Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov),
Bosh prokuratura (M.Azimov),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

6.

Ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda takomillashtirish:

axborot texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirish hamda samarasiz xizmatlarni tugatish maqsadida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari shtatlari sonini qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish;

yo‘l-transport infratuzilmasi holati va yo‘l-transport hodisalari, huquqbuzarliklar, yo‘llarning bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlili monitoringini kuchaytirish, infratuzilmani takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish shakl va uslublarini yanada takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va ushbu sohaga joriy etish;

ilmiy-texnika vositalari va axborot texnologiyalari qo‘llanilishini kengaytirish hisobiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari samaradorligi, sifati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 25-may

Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov),
Bosh prokuratura (I.Ergashxodjayev),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

7.

Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi tarkibida avtomatlashtirilgan boshqaruv hamda yong‘inlar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish va qayta ishlashni ta’minlovchi kuch va vositalarni muvofiqlashtirish markazlari, shuningdek axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa markazlarini tashkil etish;

yong‘in xavfsizligi inspektorlari lavozimlariga ofitserlar tarkibidan tayinlash yo‘li bilan ushbu lavozimlarni jamlash tartibini o‘zgartirish;

yong‘in xavfsizligi inspektorlari uchun xizmat majburiyatlarini samarali bajarishlarini ta’minlovchi hamda kasbiy-texnikaviy va huquqiy tayyorgarlikning yuqori darajasini nazarda tutuvchi malakaviy talablarni joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi
(A.Azizov),
Bosh prokuratura (I.Ergashxodjayev),
Moliya vazirligi (Y.Tursunov)

8.

Ichki ishlar organlari jazoni ijro etish tizimini isloh qilish, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi va uning muassasalari shtatlari sonini maqbullashtirish;

ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni qayta tarbiyalash va keyingi ijtimoiy moslashuvi jarayonini sifat jihatdan yaxshilash;

jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish;

jazoni ijro etish muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

jazoni ijro etish tizimi faoliyatiga ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 5-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Boboxonov),
Bosh prokuratura (I.Ergashxodjayev),
Moliya vazirligi (Y.Tursunov)

9.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari faoliyatini quyidagilar orqali yanada takomillashtirish:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi yangilangan nizomni tasdiqlash;

mazkur bo‘linmalar harbiy xizmatchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 5-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Boboxonov),
Bosh prokuratura (I.Ergashxodjayev),

Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

10.

Ichki ishlar organlari kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda tubdan takomillashtirish:

barcha darajalardagi ushbu bo‘linmalarning vazifalari, funksilari va javobgarligini aniq chegaralash, shu jumladan vazirlikning kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish borasidagi vakolatlarini joylarga berish;

mazkur bo‘linmalarning muvofiqlashtirish, tahliliy va uslubiy ishlarini kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 5-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),
Bosh prokuratura (U.Sunnatov),
Moliya vazirligi (Y.Tursunov)

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

11.

Ichki ishlar organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha bo‘linmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish:

vazirlik huzurida ma’muriy tartib-taomillarni qayta ko‘rib chiqish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish va ularni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya tashkil etish;

ichki ishlar organlari uchun telekommunikatsiya sohasidagi xizmat tariflari bo‘yicha imtiyozlarni belgilagan holda axborot tizimlarining yagona integratorini, ma’lumotlar bazasini va telekommunikatsiya tarmoqlari operatorini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2017-yil 1-may

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev),
Moliya vazirligi (B.Xodjayev),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(Sh.Shermatov)

12.

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti — Interpol kanallaridan xalqaro terrorizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, ularga chek qo‘yish va ularni ochish, shaxsni identifikatsiyalash masalalari bo‘yicha foydalanish samaradorligini oshirish;

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi to‘g‘risidagi nizomni yangilash va tuzilmani maqbullashtirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2017-yil 10-may

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Bosh prokuratura
(M.Azimov),
Tashqi ishlar vazirligi (D.Xakimov)

13.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda tubdan takomillashtirish:

qo‘riqlash xizmatidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida obyektlarni qo‘riqlash va boshqa xizmatlar uchun amaldagi to‘lovlar miqdorini kamaytirish;

xodimlar va bo‘linmalar ishini baholash normativlari va mezonlarini belgilash;

idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari ustidan nazorat qilish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2017-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Bosh prokuratura (U.Sunnatov),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

3. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarorlari

14.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga ichki ishlar organlarining xalqaro-huquqiy hamkorlik sohasidagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vazifalarni yuklagan holda uning faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlarini yaratish.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2017-yil 30-aprel

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov)

15.

Ichki ishlar organlarining tashkiliy-nazorat va tahliliy faoliyatini takomillashtirish.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2017-yil 1-may

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov)

16.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yuridik ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni tayyorlash:

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama va sifatli huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlash;

inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi holatini tahlil qilish hamda quyi turuvchi bo‘linmalar faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni tashkil etish;

qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini ichki ishlar organlari xodimlariga, ularning huquqiy normalarni bilmasligi va turlicha talqin qilishini istisno etish maqsadida, yetkazish bo‘yicha samarali tizimni yaratish.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2017-yil 15-may

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov)

17.

Transportdagi ichki ishlar organlari bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishning samarali mexanizmlarini yaratish.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2017-yil 20-may

Ichki ishlar vazirligi

(D.Nazarmuxamedov)

18.

Ichki ishlar organlari moddiy-texnika ta’minoti bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishning ichki ishlar organlari tizimini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga markazlashgan yondashuvni nazarda tutuvchi samarali mexanizmlarini yaratish.

Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining
qo‘shma qarori

2017-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev),

Moliya vazirligi
(Y.Tursunov)

19.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat ichki ishlar boshqarmalari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari asosida tegishli viloyat va tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) tashkiliy-shtat tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash.

Ichki ishlar vazirining buyruqlari

2017-yil 10-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Moliya vazirligi (B.Xodjayev)

20.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning bo‘linmalari yangi shtatlar-jadvallarini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

Shtatlar-jadvallari

2017-yil 30-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Moliya vazirligi (B.Xodjayev)

II. Ichki ishlar organlarining faoliyatini ochiq va oshkora, shuningdek fuqarolarning ularga ishonchi oshishini ta’minlaydigan tarzda tashkil etish

1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari

21.

2017-yil 1-oktabrdan:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan yiliga ikki marta O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish holati yuzasidan hisobotini;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan har chorakda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining hisoblarini;

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan har chorakda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining, har oyda ularning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari (bo‘linmalari) boshliqlari hisobotlarini eshitish tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2017-yil 10-avgust

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Oliy Majlis Senati
(kelishuv bo‘yicha) (S.Artikova),

Bosh prokuratura (U.Sunnatov),

Adliya vazirligi (M.Ikramov)

22.

Ichki ishlar organlari faoliyatining isloh qilinishi munosabati bilan qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risia takliflar tayyorlash.

Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 10-yanvar

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Moliya vazirligi (B.Xodjayev),
Adliya vazirligi (M.Ikramov)

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari

23.

Ichki ishlar organlari qurollanishida bo‘lgan o‘qotar qurollarning turlari va ularning o‘q-dorilari ro‘yxatini ishlab chiqish va taqdim etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 20-oktabr

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Mudofaa vazirligi (K.Berdiyev),
Moliya vazirligi (B.Xodjayev)

24.

Ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus kiyim-boshi, atributikasi va farqlovchi belgilarini xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yangilash va unifikatsiyalash, shuningdek fuqarolar ongida ichki ishlar organlari to‘g‘risida ijobiy tasavvurni shakllantirish maqsadida qayta ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2018-yil 1-iyul

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),

Bosh prokuratura (M.Azimov),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

25.

Ichki ishlar organlari tegishli bo‘linmalari ta’minotida turadigan maxsus vositalar ro‘yxatini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi

2017-yil 20-iyun

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev),
Moliya vazirligi (Y.Tursunov)

26.

Terroristik harakatlar natijasida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi

2017-yil 20-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Shadmanov),

Adliya vazirligi (M.Ikramov),

Moliya vazirligi (B.Xodjayev)

27.

Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi

2017-yil 1-avgust

Ichki ishlar vazirligi (A.Boboxonov),

Bosh prokuratura (M.Azimov),

Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

28.

Ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy foydalanish natijasida yetkazilgan zarar va xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi

2017-yil 10-sentabr

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev),
Moliya vazirligi (Y.Tursunov)

4. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarorlari va boshqa tadbirlar

29.

Ichki ishlar organlarida murojaatlar, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishni tashkil etishning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jismoniy, yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tizimida fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha tunu-kun ishlaydigan yagona qisqa raqamli “ishonch telefoni” tashkil etilishini nazarda tutuvchi sifat jihatdan yangi tartibni joriy etish.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2017-yil 10-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Bosh prokuratura (U.Sunnatov),
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov)

30.

Aholini axborot bilan samarali ta’minlash, shu jumladan:

jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish xonalarini stendlar, broshyuralar, bukletlar va ular huquqlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashishga qaratilgan boshqa vositalar bilan jihozlash;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumotlarning, ichki ishlar organlariga beriladigan turli hujjatlar blankalarining o�iqligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni, shu jumladan ularni elektron shaklda rasmiy veb-saytlarga joylashtirish yo‘li bilan ta’minlash;

murojaat etuvchilarni, jabrlanuvchi va boshqa toifadagi shaxslarni ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalar yuzasidan ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida xabardor qilib borish mexanizmini yaratish.

Kompleks chora-tadbirlar

Tasdiqlash 2017-yil
15-iyun

Amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarga muvofiq

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev),
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),
MTRK (X.Mirzaxidov)

31.

Jinoyatchilik, jamoat xavfsizligi holati, korrupsiya, terrorizm, ekstremizm, narkobiznes va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlar va umumlashtiruvchi ma’lumotlarni doimiy tele va radiodasturlar tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etish, shu jumladan rasmiy veb-saytlarda joylashtirish orqali e’lon qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

Tasdiqlash 2017-yil 15-iyun

Amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarga muvofiq

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),
MTRK (X.Mirzaxidov)

32.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 — 2019-yillarga mo‘ljallangan idoraviy huquq ijodkorligi faoliyatini “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq vazirlikning idoraviy hujjatlarini tanqidiy o‘rganib chiqish asosida takomillashtirish.

Ish reja

Tasdiqlash 2017-yil 20-iyun

Amalga oshirish ish rejaga muvofiq

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Adliya vazirligi (M.Ikramov),

Bosh prokuratura (U.Sunnatov)

33.

Jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalaridan foydalanganlik holatini tasdiqlovchi, shuningdek transport vositasidan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjatlar namunasini tasdiqlash.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2017-yil 20-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev)

III. Kadrlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qo‘yishning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish, ularning malakasi, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini oshirish orqali kadrlar salohiyatini mustahkamlash

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

34.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi faoliyati samaradorligini quyidagilarni nazarda tutgan holda oshirish:

kunduzgi ta’limga tinglovchilar qabuli kvotasini ko‘paytirish;

situatsion poligon, shuningdek, Simulatsiya va modulatsiya markazini tashkil etish;

ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari uchun sirtqi o‘quv shaklini joriy etish;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi Serjantlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha oliy kurslari negizida Ichki ishlar organlari xodimlarini kasbiy tayyorlash fakultetini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 20-may

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov),

Moliya vazirligi (Y.Tursunov)

35.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Harbiy-texnika instituti faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda takomillashtirish:

“Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyat”, “Ichki ishlar organlarining saf bo‘linmalarini boshqarish”, “Ishlab chiqarish va moliyaviy ta’minotni tashkil etish” yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi o‘quv shaklini kiritish;

Ichki ishlar organlari xodimlarini kasbiy tayyorlash fakultetini, shu jumladan unda “Jazoni ijro etish xizmati faoliyati”, “Patrul-post xizmati faoliyati”, “Qo‘riqlash xizmati faoliyati” yo‘nalishlari bo‘yicha serjant kadrlar tarkibini tayyorlashni nazarda tutgan holda tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 20-may

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov)

36.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi instituti faoliyati samaradorligini unda ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari uchun rahbar kadrlarni tayyorlash bo‘yicha oliy kurslarni tashkil etishni nazarda tutgan holda oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 20-may

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov)

37.

Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazlari faoliyatini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 20-may

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov)

38.

Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni quyidagilarni nazarda tutgan holda tasdiqlash:

ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan amaldagi mezon va talablarni subyektivizm va suiiste’molchiliklarga zamin yaratadigan omillarni bartaraf etgan holda qayta ko‘rib chiqish;

ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatiga baho berish mezonlarida huquqbuzarliklar bilan kurashishning son ko‘rsatkichlariga emas, sifat ko‘rsatkichlariga e’tiborni qaratish;

ichki ishlar organlari xodimlariga maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum etish tartibini qayta ko‘rib chiqish;

rahbar kadrlar tarkibi rotatsiyasini qoida tariqasida har uch yilda amalga oshirish, attestatsiyadan o‘tkazishning bir xil muddatlarini belgilash;

xodimlar malakasini oshirish va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash bo‘yicha faoliyatni tizimli asosda amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Mehnat vazirligi (A.Abduxakimov),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

39.

Xodimlarning yangilangan axloq qoidalarini, xodimlarni tarbiyalash va xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishlarini ta’minlash maqsadida ular bilan individual ishlashni tashkil etishi uchun bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarlik choralarini ko‘zda tutuvchi Ichki ishlar organlarining intizom ustavini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),
Mehnat vazirligi (B.Nizomov)

40.

Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar ro‘yxatini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2017-yil 10-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (E.Basitxanova)

2. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarorlari

41.

Maxsus tayyorgarlikni o‘tagan xodimlar uchun tegishli sertifikatlar namunalarini ishlab chiqish.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2017-yil 20-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov)

42.

O‘ttiz yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarni xizmatga qabul qilish ruxsat etilgan ichki ishlar organlari alohida bo‘linmalari va tashkilotlarining (lavozimlarining) ro‘yxatini tasdiqlash.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2017-yil 20-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),

Mehnat vazirligi (B.Nizomov)

43.

Profilaktika faoliyati bo‘yicha ishlashning ilg‘or tizimlari mavjud bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda ichki ishlar organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashishni tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

Tasdiqlash 2017-yil 10-iyul

Amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarga muvofiq

Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev),
Tashqi ishlar vazirligi (D.Xakimov)

44.

Xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan quyidagi sohalarda keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish:

yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;

xodimlarni, shu jumladan uyushgan jinoyatchilik, narkobiznes, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilik bilan kurashish, shuningdek ekspert-kriminalistika va tergov faoliyati, portlovchi moslamalar va portlash xavfi bo‘lgan moddalarni aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish ishlari sohalarida tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Tasdiqlash 2017-yil 10-iyul

Amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarga muvofiq

Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov),
Tashqi ishlar vazirligi (D.Xakimov)

45.

Ichki ishlar organlari bo‘linmalari faoliyatini baholashning, shu jumladan jamoatchilik fikri va ish natijalaridan fuqarolarning qoniqishi, shuningdek aholi bilan hamkorlik qilish, faoliyatning ochiqligi va undan erkin foydalanilishini inobatga olishni nazarda tutuvchi yangi mezonlarini joriy etish.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2017-yil 20-avgust

Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (M.Azimov),
Adliya vazirligi (N.Jo‘rayev)

IV. Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

46.

Ichki ishlar organlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini inventarizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarining aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rganish.

Davlat xizmatlarini modernizatsiyalash va axborotlashtirish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflarni tayyorlash.

Tadbirlar rejasi

Tasdiqlash 2017-yil 15-iyun

Amalga oshirish rejaga muvofiq

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),
Adliya vazirligi (M.Ikramov),
Axboot exnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov),
Tashqi ishlar vazirligi (J.Vaxabov)

47.

Ichki ishlar organlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona siyosatni tasdiqlash.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2017-yil 15-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov)

48.

Haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalariga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSh ShIR) kiritish imkoniyatining mavjudligi to‘g‘risida idoralararo hamkorlik va shaxsni universal identifikatsiya qilishni tashkil etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy choralar

2017-yil 15-iyun

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Davlat personallashtirish markazi (N.Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov)

49.

Ichki ishlar organlari lokal tarmoqlari va yagona himoyalangan korporativ tarmog‘ini takomillashtirish hamda ichki ishlar organlarida yagona himoyalangan elektron pochta va hujjatlar aylanishi tizimini ishlab chiqish va joriy etish (dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, tarmoq va boshqa uskunalarni sotib olish, o‘rnatish va foydalanishga topshirish).

Tadbirlar rejasi

2017-yil 1-iyul

Ichki ishlar vazirligi(A.Azizov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), “O‘zbektelekom” AK(Sh.Kadirov)

50.

Ichki ishlar vazirligi veb-saytini (mvd.uz) qonunchilik va aholiga interaktiv xizmat ko‘rsatish talablariga muvofiq ravishda sohaviy xizmatlar bo‘yicha bo‘limlar yaratgan holda modernizatsiya qilish.

Veb-saytni ishlab chiqish va ishga tushirish

2017-yil 10-iyul

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov)

51.

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mazkur sohadagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Axborot tizimini
joriy etish

2017-yil 10-iyul

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov),
“Unicon.uz” DUK (X.Xasanov)

52.

Kameralarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar yagona elektron qidiruv tizimiga ulagan holda ko‘chalar va boshqa jamoat joylarida videokuzatuv tizimini joriy etish bo‘yicha Dastur ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

Tasdiqlash 2017-yil 15-iyul

Amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarga muvofiq

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov),
“O‘zbektelekom” AK(Sh.Kadirov),

“Unicon.uz” DUK (X.Xasanov)

53.

Ichki ishlar organlarining aloqa oper�torlari bilan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan xabar va ma’lumotlarni olishdagi o‘zaro harakatlarini takomillashtirish.

Qo‘shma qaror

2017-yil 10-avgust

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), MXX, Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), Adliya vazirligi (M.Ikramov)

54.

Ichki ishlar organlari xodimlarini vakolat doirasida barcha tizimlardagi kerakli axborot bilan ta’minlash uchun ichki ishlar organlari xodimlarining yagona himoyalangan portalini;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markazlashgan axborot resursini shakllantirishning avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Yagona himoyalangan xizmat portalini ishlab chiqish

va joriy etish

2018-yil 10-oktabr

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

“Unicon.uz” DUK (X.Xasanov), vazirlik va idoralar

55.

Aloqador vazirlik va idoralar bilan idoralararo bog‘lanishni, dasturiy ta’minotni yangilashni nazarda tutuvchi “Pasport-viza” tizimini modernizatsiya qilish.

Raqamli vositalar va texnikalarni, ta’minot dasturlarini sotib olish

2018-yil
10-oktabr

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Davlat personallashtirish markazi (N.Turaxodjayev),

MXX, “Unicon.uz” DUK (X.Xasanov)

56.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot resurslaridan xodimlarning foydalanilishini ta’minlaydigan planshetlar yoki bort kompyuterlari asosida masofadan mobil kirish tizmini yaratish.

Kompleks axborot tizimlari va kirish vositalarini yaratish

2018-yil 15-noyabr

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), “Unicon.uz” DUK (X.Xasanov), “O‘zbektelekom” AK (Sh.Kadirov),

Moliya vazirligi (B.Xodjayev)

57.

Identifikatsiyalashning zamonaviy elektron usullaridan foydalangan holda shaxsni aynanlashtirish hujjatlarining yangi turlarini joriy etish orqali ma’lumotlarni kiritishning avtomatlashtirilgan tizimiga o‘tish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tadbirlar rejasi

Tasdiqlash 2017-yil 10-noyabr

Amalga oshirish rejaga muvofiq

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Axborot texnologiyalari vazirligi(Sh.Shermatov)

58.

Quyidagilarni yaratishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish uchun Ichki ishlar organlarining yagona axborot tizimini (“yagona darcha” prinsipi bo‘yicha idoralararo elektron axborot almashinuvi asosida) yaratish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xizmat agentliklarini yaratish.

Qo‘shma qaror

2017-yil 15-dekabr

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Adliya vazirligi (M.Ikramov), Axborot texnologiyalari vazirligi(Sh.Shermatov),

“Unicon.uz” DUK (X.Xasanov)

59.

Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning texnik vazifalarini ishlab chiqish, ma’lumotlarning toifalarini, axborot xavfsizligini ta’minlash va noqonuniy kirishning oldini olishni hisobga olgan holda ichki ishlar organlari foydalanuvchilarining ruxsat darajalarini belgilash.

Loyihalashtirish hujjatlari

2017-yil 15-dekabr

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), Moliya vazirligi (B.Xodjayev), MXX

60.

Shaxsni identifikatsiyalashning tezkorligini oshirish maqsadida ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalaridagi “ADTT” va “ShIQAT” avtomatlashtirilgan tizimlarini modernizatsiya qilish.

Raqamli vositalar va texnikalarni, ta’minot dasturlarini sotib olish

2017 — 2019-yillar mobaynida

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov)

61.

Ichki ishlar organlari faoliyati yo‘nalishlari, jumladan quyidagilar bo‘yicha axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini basqichma-bosqich ishlab chiqish:

huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, ochilmagan jinoyatlar holatining kompleks tahlilini va faoliyatni rejalashtirishni tashkil etish;

profilaktika va qidiruv ishlarini olib borish;

hisobotlarni shakllantirishni avtomatlashtirish;

vazirlik va idoralarning axborot resurslari bilan almashishning idoralararo tizimini yaratish;

ichki ishlar idoralarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va rotatsiya qilish.

Ishlab chiqish va foydalanishga topshirish

2017 — 2019-yillar mobaynida

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), MXX,

Moliya vazirligi (B.Xodjayev)

62.

Quyidagi sohalarda zamonaviy raqamli geoaxborot tizimini joriy etish:

jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish (102 xizmati);

yong‘inlar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish (101)

xodimlar va harakatlanuvchi obyektlar faoliyati va joylashuvini idoraviy nazorat qilish (GPS).

Server va periferiya asbob-uskunalarini hamda ta’minot dasturlarini sotib olish, montaj qilish va foydalanishga topshirish

2017-2018-yillar mobaynida

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov),

Yergeodezkadastr (A.Abdullayev)

63.

Ichki ishlar organlarini quyidagilar bilan bosqichma-bosqich jihozlash:

kompyuter va ofis texnikasi, zamonaviy aloqa vositalari (raqamli radiostansiyalar, video-audiokonferensaloqa, serverlar, aloqa kabellari va b.), dasturiy ta’minot;

axborot xavfsizligini ta’minlovchi maxsus texnika vositalari va uskunalari.

Raqamli vositalar va texnikalarni, ta’minot dasturlarini sotib olish

2017-2020-yillar mobaynida

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Axborot texnologiyalari vazirligi(Sh.Shermatov), MXX

64.

Ma’lumotlarni qayta ishlash yagona markazin� yaratish va mavjud barcha idoraviy ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini zaxira sifatida unga ulash.

Xonalarni tayyorlash, server jihozlari va ta’minot dasturlarini sotib olish, montaj qilish va foydalanishga topshirish

2017-2020-yillar mobaynida

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

Axborot texnologiyalari vazirligi(Sh.Shermatov)

65.

Markazlashgan videokuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimini va texnik qo‘riqlash punktlari xabarlarini uzatish va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qo‘riqlash bo‘linmalarining tezkor harakatlantirish tizimini yaratish.

Server va periferiya asbob-uskunalarini hamda ta’minot dasturlarini sotib olish, montaj qilish va foydalanishga topshirish

2018-2020-yillar mobaynida

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

“Unicon.uz” DUK (X.Xasanov), “O‘zbektelekom” AK (Sh.Kadir�v)

66.

Konfidensial ma’lumotning ichki ishlar organlari korporativ tarmog‘idan chiqib ketishining oldini olish va ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlari ustidan ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha monitoring tizimini joriy etish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

2018-2019-yillar mobaynida

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), “Unicon.uz” DUK(X.Xasanov),

“O‘zbektelekom”AK (Sh.Kadirov)

67.

Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridagi axborotni kriptografik himoyalash vositalarini joriy etish hamda ularni axborot xavfsizligi talablari bo‘yicha vakolatli davlat organida sertifikatlash.

Dasturiy-apparat jihozlarini sotib olish va foydalanishga topshirish

2018-2019-yillar mobaynida

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

“Unicon.uz” DUK(X.Xasanov), MXX

68.

Ichki ishlar organlari axborot tizimlarida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash hamda axborot xavfsizligini buzish bilan bog‘liq ravishda sodir etilishi mumkin bo‘lgan hodisalarga tezkor javob qaytarish vositalarini joriy etish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

Doimiy

Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov),

MXX, Axborot texnologiyalari vazirligi(Sh.Shermatov)

V. Ichki ishlar organlarining moddiy-texnika bazasi, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va uy-joy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari

69.

Ichki ishlar organlari xodimlari mehnatig haq to‘lash tizimini, ularning pul ta’minoti turlari va miqdorini (xizmat yillari va nafaqa ta’minotini hisoblash) ish natijalari va bajarilayotgan vazifaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ustama haq va to‘lovlarning differensiyalashtirilgan miqdorlarini belgilashni nazarda tutgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 10-iyun

Moliya vazirligi (Y.Tursunov),

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev)

70.

Ichki ishlar organlari xodimlariga turar joyni ijaraga olganlari uchun pul kompensatsiyasi tartibi va miqdorini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 10-iyun

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa tadbirlar

71.

Turar joyga va yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yashash uchun joy olishlari tartibini belgilash maqsadida ichki ishlar organlari xizmat turur joy fondini shakllantirish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2017-2021-yillar mobaynida

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), Moliya vazirligi (J.Kuchkarov), Davarxitektqurilish (B.Zakirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimliklari

72.

Mehnatning ko‘chib yurish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan hamda xizmat safarlariga shaxsiy transport vositasidan foydalanib xizmat vazifalarini bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlariga pul kompensatsiyasini to‘lash yoki shahar yo‘lovchi transportidan (marshrut va yo‘nalishli taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yo‘l kartochkalarini berish tartibi va miqdorini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2017-yil 10-iyun

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

73.

Ichki ishlar organlari xodimlariga uzoq muddatli ipoteka kreditlari imtiyozlaridan foydalangan holda kvartira va uy-joy qurish uchun yer uchastkasini olish huquqini berish tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2017-yil 10-iyun

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov),
Markaziy bank (S.Xodjayev)

74.

Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitar, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriya-kurort ta’minotini tashkil etish, ichki ishlar organlari xodimlarini tibbiy guvohlantirish va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasin�ng qarori loyihasi

2017-yil 30-iyun

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev),
Moliya vazirligi (B.Xodjayev)

75.

Ichki ishlar organlari xodimi yoki uning yaqin qarindoshlari mulkiga uning xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda yetkazilgan zararni qoplash tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2017-yil 30-iyun

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev),
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov)

76.

Xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari hamda xizmat vazifalarini bajarish og‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oilalariga bir martalik beriladigan nafaqalar miqdori va tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2017-yil 30-iyun

Moliya vazirligi (J.Kuchkarov),

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev)

77.

Ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini zamonaviy maxsus vositalar, jihozlar, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnika resurslaridan foydalanish hisobiga ta’minlash zaruriyatini hisobga olgan holda ichki ishlar organlarini bosqichma-bosqich moddiy-texnikaviy jihozlash Dasturini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2017-yil 10-iyul

Moliya vazirligi (Y.Tursunov),

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev)

78.

Maxsus yorug‘lik va tovush signallari namunalari hamda ulardan foydalanish tartibini, shuningdek maxsus transport vositalarining ichki ishlar organlarining aynan qaysi bo‘linmasiga tegishli ekanligini bildiruvchi bo‘yoq sxemalarini tasdiqlash.

Ichki ishlar
vazirining buyrug‘i

2017-yil 20-oktabr

Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Azizov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Maxsus komissiya raisi

2.

Azimov M.B.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Maxsus komissiya raisining o‘rinbosari

3.

Nazarmuxamedov D.A.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Maxsus komissiya raisining o‘rinbosari

4.

Madumarov T.A.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisining o‘rinbosari

5.

Mamadjanov Sh.M.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

6.

Javlonov Sh.S.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

7.

Kuranbayev K.K.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

8.

Xodjayev B.A.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

9.

Qosimov R.S.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

10.

Shermatov Sh.X.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

11.

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi

12.

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi

13.

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi

14.

Jo‘rayev N.S.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari

15.

Matlyubov B.A.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i

16.

Mavlonov B.M.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i

18.

Ismoilov A.S.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi boshlig‘i, Maxsus komissiya mas’ul kotibi.

Ichki ishlar organlari aholining tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, shuningdek boshqa hayotiy muhim vazifalarni amalga oshirishda alohida o‘rin egallaydi. Mustaqillik yillarida ichki ishlar organlarini jazolovchi, nazorat qiluvchi organdan xalq, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladigan tuzilmaga aylantirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi.

O‘tgan davr mobaynida olib borilgan tizimli chora-tadbirlar yakuni bo‘yicha jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan natijalarga erishildi. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy sohalarini huquqiy jihatdan tartibga solishga yo‘naltirilgan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.

Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, ularning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini qonun darajasida belgilash, ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida o‘tgan yilning sentyabr oyida “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Biroq, mazkur Qonun talablarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari, shuningdek fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini o‘rganish sohada hamon o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammo va masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili ichki ishlar organlari faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va tubdan takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.

Milliy va xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda texnika vositalaridan foydalanish, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs ustidan nazoratni kuchaytirish kabi an’anaviy chora-tadbirlar jinoyatchilik darajasini kamaytirishda har doim ham kutilgan natijalarni bermayapti. Bu esa, o‘z navbatida, huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi ish uslublarini qo‘llash, aholi va jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish lozimligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bunday kamchiliklarni bartaraf etish va o‘z yechimini kutayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.

Farmonda mavjud jiddiy kamchilik va muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan.

Jumladan, respublika, viloyat va tuman darajasidagi bo‘linmalar o‘rtasida asosiy vazifa va funksiyalar aniq taqsimlanmagan, ichki ishlar organlarining ish hajmi tashkiliy-shtat tuzilmasiga mos kelmaydi. Buning oqibatida yuqori bo‘g‘indagi ayrim bo‘linmalar xodimlari o‘z ish faoliyatida mavjud kuch va imkoniyatlarini to‘liq ishga solmayotgan bir paytda, quyi bo‘g‘in bo‘linmalari xodimlari zimmasidagi xizmat vazifalari ularning haqiqiy imkoniyatlaridan ancha yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xodimlarning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda mas’uliyatning susayishiga sabab bo‘lmoqda.

Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlarining aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazmayotganligi va jamoatchilik bilan hamkorlik qilmayotganligi sababli aholining muammo hamda tashvishlaridan xabardor emasligi tizimning eng asosiy vazifasi hisoblangan profilaktika ishlarida jiddiy kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda.

Tizimda ish faoliyatining samaradorligi va mahsuldorligiga erishish, avvalambor, aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik va hamjihatlikni yo‘lga qo‘yishni talab etadi.

Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermaslik, befarqlik, ishga yuzaki munosabatda bo‘lish va rasmiyatchilik, aholi bilan muloqot qilish madaniyatining pastligi, afsuski achchiq haqiqatdir. Oqibatda bunday vaziyatdan norozi bo‘lgan fuqarolar yuqori tashkilotlarga shikoyat qilmoqda.

Farmonda bu kabi muammo va kamchiliklarni hal etish uchun ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional xizmatga aylantirish zarurligi, “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” har bir xodimning asosiy xizmat burchi ekani qayd etildi.

Shuningdek, Farmonda barcha bo‘g‘indagi xodimlarning asosiy vazifalarini oqilona taqsimlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan, aholi bilan doimiy manzilli muloqot o‘rnatish, ichki ishlar organlari rahbarlarining hokimiyat vakillik organi timsolida xalq oldida hisobot berish amaliyotini joriy qilish, ichki ishlar organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash kabi asosiy yo‘nalishlar alohida belgilab berilgan.

Farmonda ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi o‘rnatilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Senati tomonidan bir yilda ikki marta O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish tartibi joriy etilmoqda. Xuddi shunday, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlari har chorakda tegishli ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har chorakda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘linmalari rahbarlarining hisobotini, har oyda esa uning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hisobotini eshitadi.

Ushbu eshituvlar davomida ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga, xususan, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchilik holatini, huquqbuzarliklar ko‘payishiga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy muhokama qilinadi. Eshituvlar yakunlari bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligiga baho beriladi, shuningdek mansabdor shaxslarga nisbatan egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi.

Ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘ini faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Farmon bilan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i lavozimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Uning zimmasiga profilaktika inspektorlari ishini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.

Shu bilan birga, Farmonda tizimda qator tashkiliy o‘zgartishlar nazarda tutilgan. Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning yangi tahdidlari paydo bo‘layotgani jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatni ichki ishlar organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida yanada kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda. Ushbu holatlar e’tiborga olingan holda, Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi negizida Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tashkil etilmoqda.

Jinoyatlarni tergov qilish ichki ishlar organlarining yana bir muhim vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan tergov organlarining mustaqilligini ta’minlash, ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Tergov bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga o‘zgartirilmoqda.

Ta’kidlash o‘rinliki, kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi qoniqarli darajada emasligi ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolar sabablaridan biridir.

Tizimga bilimli, o‘z ishiga sodiq va mas’uliyat bilan yondashadigan, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni o‘zining muqaddas burchi hamda asosiy majburiyati deb biladigan kadrlarni jalb qilishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek kadrlar bilan ishlashning yangi tizimini yaratish maqsadida Kadrlar bosh boshqarmasi va O‘z xavfsizligi boshqarmasi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti va Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi faoliyati ham qayta ko‘rib chiqildi. Ular yangi talablar asosida faoliyat yuritadigan ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Harbiy-texnika va Yong‘in xavfsizligi institutlariga aylantiriladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xalqaro aloqalari kengayib, inson huquqlarini himoya qilish sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi jadal rivojlanmoqda. Biroq bugungi kungacha vazirlikning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati bir necha bo‘linmalar tomonidan ikkinchi darajali vazifalar sifatida amalga oshirib kelingan. Shular e’tiborga olinib, Farmon bilan tegishli tarkibiy bo‘limlar negizida Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tashkil etiladi.

Shuningdek, pasport tizimi talablarini amalga oshirish, xorijga chiqish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va bo‘lish qoidalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ham muammolar mavjud. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining aholi ko‘p murojaat qiladigan tuman (shahar) bo‘limlarida ish hajmining to‘g‘ri taqsimlanmaganligi sababli noqulayliklar va sansalorliklar yuzaga kelmoqda. Ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish zarurligi e’tiborga olinib, ushbu yo‘nalishda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari yetarli darajada bajarilmayotgani ko‘p jihatdan asosiy vazifasi murojaatlar bilan ishlash hisoblangan aniq tarkibiy tuzilmaning yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Buning oqibatida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

Shu munosabat bilan Farmonda Ichki ishlar vazirligining Jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajarish bo‘yicha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish maqsadida Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

Farmon ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlarning yangi bosqichini boshlab beradi. Uning ijrosini ta’minlash qonun ustuvorligiga erishish, huquqbuzarliklar profilaktikasini o‘z vaqtida amalga oshirish, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi, pirovard natijada esa fuqarolar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida ichki ishlar organlari butun tizimi va har bir xodim faoliyati samaradorligi oshadi.