1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli ““Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi — koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning yagona qoidalarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi — yuridik va jismoniy shaxslarga Davlat reyestri maʼlumotlaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida vakolatli organlar oʻrtasida axborot-kommunikatsiya maʼlumotlar almashinuvini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi — qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi — koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning Davlat reyestridan elektron koʻchirma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi — nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda Davlat reyestri deb ataladi) yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqlari haqidagi axborotning rasmiy manbasi boʻlib, bu axborotning ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestridan elektron shaklda berilgan, shuningdek, qogʻozda berilgan koʻchirmalar teng yuridik kuchga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan keyin tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, “E-auksion” elektron savdo platformasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma asosida amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari qoshida komissiyalar (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etish yoʻli bilan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilishning mustaqil mexanizmi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolar komissiya tomonidan murojaat kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun mobaynida koʻrib chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida qaror qabul qilgan yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etgan shaxslar komissiya aʼzolari boʻla olmaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiyaning xulosasi koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida qaror qabul qilgan yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etgan shaxslar uchun majburiy tusga ega boʻlib, ular qabul qilgan qarorni oʻzgartirish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga bino va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlanganligi haqida, axborot-kommunikatsiya tizimi orqali axborot taqdim etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat kadastrlarini yuritishni amalga oshiruvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga muhofaza qilinadigan zonalar haqidagi axborotni doimiy ravishda taqdim etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda idoralararo hamkorlik va koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi, shuningdek ular bilan bogʻliq bitimlar haqidagi axborot almashinuvining axborot-dasturiy kompleksini ishlab chiqsin va 2019-yil 1-fevraldan boshlab joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestri maʼlumotlarini Internet tarmogʻiga joylashtirish yoʻli bilan ulardan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun huquqni belgilovchi hujjatlar reyestrini har bir roʻyxatdan oʻtkazish turi va tipi kesimida ishlab chiqsin va Internet tarmogʻiga joylashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda koʻchmas mulk obyektlarini boshqa shaxsga oʻtkazish turiga bogʻliq holda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida namunaviy arizalar shakllarini ishlab chiqsin va Internet tarmogʻiga joylashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytiga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqlar statistikasining joylashtirilishi va doimiy yangilanib borilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda koʻchmas mulk obyekti boʻyicha taqiqlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi koʻrsatilgan holda Davlat reyestridan koʻchirmalar berilishini nazarda tutuvchi dasturiy mahsulot ishlab chiqsin va joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining axborot tizimlarida fuqarolarning mavjud shaxsiy maʼlumotlari haqidagi axborotni dolzarblashtirish uchun jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasidan foydalanishini va “Elektron hukumat” tizimi bilan yanada integratsiyalanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 29-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1060-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom talablari foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlgan yer qaʼriga joriy etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqi ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan amalga oshirilgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik imorat — qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish uchun bunyod etilgan va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan imorat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishini (yuklanishini), bekor boʻlishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) — koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida, shuningdek, huquq egalari haqidagi maʼlumotlardan iborat yagona axborot maʼlumotlar bazasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov xati — koʻchmas mulk obyekti garovga qoʻyilganligi toʻgʻrisida yuridik yoki jismoniy shaxsga bank tomonidan beriladigan qarz guvohnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega boʻlgan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka — mulkni garov kreditoriga egalik qilish uchun topshirmasdan, majburiyatni taʼminlash sharti bilan koʻchmas mulk obyektini (yer uchastkasini, bino va inshootni) yoki unga boʻlgan huquqni garovga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr yigʻmajildi — obyektning koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan oʻtkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va tadqiqotlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari elektron jamlanmasi;
(5-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr raqami — yer uchastkasi, bino, inshoot va koʻp yillik daraxtlarning oʻziga xos, Oʻzbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan alohida raqami hisoblanadi va ushbu raqam koʻchmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi va roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud boʻlishi davrida saqlab qolinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan hamda koʻchmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan plastik shaklda yoki qogʻoz shaklda beriladigan elektron hujjat;
(5-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp yillik ekinlar — bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa oʻrmon daraxtlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning cheklanishi (yuklanishi) — bitimlar, qonun hujjatlari yoki vakolatli organ tomonidan oʻrnatiladigan, mazkur koʻchmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yordamchi-xoʻjalik imoratlari — ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan qoʻshimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yoʻlaklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun moʻljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yertoʻlalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bogʻliq turli ishlarni bajarish uchun moʻljallangan boshqa funksional imoratlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquq egasi — koʻchmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi asosida unga boʻlgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni oʻrnatishga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga (boshqa shaxsga oʻtkazish, ipotekaga qoʻyish, uzoq muddatli ijaraga olish, merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan xatti-harakatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
servitut — begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha boʻlishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib oʻtishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining (keyingi oʻrinlarda davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning rahbari tomonidan tayinlanadigan masʼul shaxslar (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi deb ataladi) tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorda yigʻim undiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq hamda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan ushbu huquqlar va ular bilan bogʻliq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi haqidagi axborot va hujjatlarni 2019-yil 1-fevraldan boshlab, axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga mahalliy davlat hokimiyati organlari, notarial idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan tegishli harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda taqdim etiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida joylashgan koʻchmas mulkka, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan koʻchmas mulkka nisbatan notarial harakatlar asosida vujudga keladigan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi maʼlumotlar Reyestrga faqat notarius orqali taqdim etilgan talabnomaga asosan huquq egasini oʻzgartirish shaklida kiritiladi va Reyestrdan koʻchirma beriladi;
(71-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilning 1-yanvaridan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-yanvardan boshlab koʻchmas mulk obyektini “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion orqali sotish (davlat aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari koʻrsatish natijasida vujudga keladigan unga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
(71-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrdan koʻchirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari tomonidan mulkdorning xohishiga koʻra elektron va (yoki) qogʻoz shaklida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tashkilotlarning maʼlumotlari asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida ariza talab etilmaydi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 2019-yil 1-fevraldan keyin vujudga keladigan asoslar mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida koʻrsatilgan organlar tomonidan axborot-dasturiy majmua vositasida beriladigan axborot asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida koʻrsatilgan organlar axborot-dasturiy majmuaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kadastr yigʻmajildini birlamchi shakllantirishda koʻchmas mulk obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan joyga chiqib xatlovdan oʻtkaziladi. Kadastr yigʻmajildini shakllantirish natijalari boʻyicha kadastr pasporti beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadastr pasportini berish tartibi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektini kadastr pasportini tayyorlash davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Buyurtmalar Internet tarmogʻi yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) orqali qabul qilinadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq turi yoki egasi oʻzgarganda, ushbu Nizomga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng kadastr pasporti faqat koʻchmas mulk obyekti mulkdorining ixtiyori va soʻroviga koʻra rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki unda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlganda, obyektni davlat roʻyxatidan oʻtkazish kadastr pasporti rasmiylashtirilgandan soʻng amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Koʻchmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt boʻyicha ashyoviy huquqlar egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga oʻtganda, cheklanganda yoki bekor boʻlganda yoxud koʻchmas mulk obyektining huquqiy holati oʻzgargan kundan boshlab bir oy muddatda mazkur Nizomning 21, 22, 23, 30, 31, 32, 35, 38, 39, 40, 41, 42, 43-bandlarida koʻrsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona davlat xizmatlari portali orqali, garov xati rasmiylashtirilganda esa — koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizada koʻchmas mulk obyektining turi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq, unga kadastr yigʻmajildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan koʻchmas mulk obyektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Markaz ariza toʻldirilgandan keyin bir soat mobaynida uni koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradigan organga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning 71-bandida koʻrsatilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizani va ushbu koʻchmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini oʻrganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar hamda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan boshqa ashyoviy huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga oʻtkazilishining qonuniyligini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiladigan omillarni, bu koʻchmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiluvchi garovga qoʻyilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa shaxslardan aynan shu koʻchmas mulk obyekti boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza bor yoki yoʻqligini Reyestrdan aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyekti bilan bogʻliq bitim notarial tartibda tasdiqlanmasdan taqdim etilganda, mulkdor va xaridorning shaxsini aniqlashtirish uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish huquqiga ega.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni hujjatlar kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni davomida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar, taqdim etilgan hujjatlarda texnik tusdagi ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati bor boʻlsa yoki qoʻshimcha hujjatlar talab qilinsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi roʻyxatdan oʻtkazishni uch kungacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida bir kun mobaynida qaror qabul qiladi va qarorni Markazga yoki tegishli tashkilotga yuboradi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz yoki tegishli tashkilot davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organdan koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan keyin yuridik yoki jismoniy shaxsni bir soat mobaynida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni taqdim etish haqida xabardor qiladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilganda, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuzatilgan hujjatlarni koʻrib chiqishda huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganligi haqida xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, vakolatli organlar tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar, xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar xabar berilgan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmagan boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda markazni yoki tegishli tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlamchi kadastr yigʻmajildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) tashkilotlarga, Markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, u mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron koʻrinishda yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqning vujudga kelishini va boshqa shaxsga oʻtishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik shaxsning nomini, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini va koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni Reyestrga navbatdagi raqam bilan kiritish orqali amalga oshiriladi. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning cheklanishi va bekor qilinishi unga boʻlgan huquqlarni cheklash yoki bekor qilish haqidagi yozuv orqali amalga oshiriladi va buning uchun asos boʻlgan hujjatning nomi, sanasi va raqami koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan Reyestr satriga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning (u mavjud boʻlgan taqdirda) vujudga kelishi va boshqa shaxsga oʻtishi birinchi navbatda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ushbu yer uchastkasida qurilgan yoki barpo etilgan binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi va boshqa shaxsga oʻtishining keyingi roʻyxatdan oʻtkazilishi binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yer uchastkasiga huquq roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan satrga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
171. Markazlar yoki tashkilotlar yigʻim summasi koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) kelib tushganidan soʻng real vaqt rejimida bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi xabarnomada koʻrsatilgan miqdorda yigʻim summasini toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrdan koʻchirma berish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandda koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
172. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Markazlar orqali murojaat etganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;

b) koʻchmas mulk “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion orqali sotilganda va rieltorlik xizmatlari koʻrsatilganda:
(172-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tijorat banklari tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, shu jumladan qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — tijorat banklarning bank hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) notarial idora orqali murojaat etilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(172-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xabarnomada koʻrsatilgan yigʻim toʻliq toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida markazlar yoki tashkilotlar xodimi tomonidan tizimdan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tegishli huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi elektron koʻrinishdagi Reyestrdan koʻchirma yuklab olish imkoni paydo boʻladi va ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga reyestrdan koʻchirma elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yer uchastkalariga boʻlgan quyidagi huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga oʻtishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon xoʻjaligi, jamoa bogʻdorchiligi va uzumchilik xoʻjaligini yuritish uchun, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berilgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxsga qishloq va oʻrmon xoʻjaligini (qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) yuritish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun berilgan yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxsga qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun foydalanish muddatlari koʻrsatilmay berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun foydalanishning muayyan muddati belgilab berilgan yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxs, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtirilgan yoki sotib olingan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxsga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi quyidagi hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori yoki meros qilib olish huquqi toʻgʻrisidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma yoxud bu huquq auksion asosida sotib olinganligi toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxsga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori, “E-auksion” elektron savdo platformasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqida bayonnoma;
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari asosida vakolatli organlar tomonidan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
211. “E-auksion” elektron savdo platformasiga qoʻyish uchun tayyorlangan yer uchastkasi haqidagi materiallar ushbu yer uchastkasi boʻyiicha kadastr yigʻmajildi shaklida qabul qilinadi.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 — 1998-yillarda) olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos boʻladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud boʻlmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, oʻrnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar (tumanlar) hokimlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharlar yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharchalar va qishloqlar (ovullar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharchalar va qishloq aholi punktlarining sobiq kolxozlar, sovxozlar hamda boshqa qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida boʻlmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloqlar (ovullar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarida shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻzbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos boʻladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud boʻlmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, oʻrnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining kolxozlar aʼzolarining umumiy majlislari bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish haqidagi buyruqlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yoki viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarining (Qoraqalpogʻiston Respublikasida — Joʻqorgʻi Kengesning) qarorlari bilan qishloq aholi punktlari yoki ularning qismlari shaharlar va posyolkalar chegaralariga kiritilgan hollarda jismoniy shaxslarga dehqon (shaxsiy tomorqa) xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ilgari berilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mazkur Nizomning 21, 22 va 23-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar asosida davlat hokimiyati organlarining qarorlarida koʻrsatilgan oʻlchamlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq turi mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar joylardagi davlat hokimiyati organining qarorida huquq turi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda yuridik va jismoniy shaxs uchun quyidagi huquqlar tan olinadi hamda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaligi hamda jamoa bogʻdorchiligi va uzumchilik xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (agar, davlat hokimiyati organlarining qarorlarida boshqa huquq turi koʻrsatilgan boʻlsa ham);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlar qurish uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining hamda boshqa ashyoviy huquqlarning boshqa shaxsga oʻtishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda koʻrsatilgan obyektlar bilan egallangan va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yangi huquq egasining nomiga oldingi huquq egasidagidek shaklda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joy binosiga, bogʻ uychasiga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, jismoniy shaxslarga ushbu imoratlarga boʻlgan mulk huquqi bilan birga belgilangan tartibda berilgan va unda ushbu imoratlar joylashgan butun yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi turar-joy noturar joy toifasiga oʻtkazilgan taqdirda, yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noturar joy yakka tartibdagi turar-joy toifasiga oʻtgazilganda, yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar uylarni notariuslar tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari va boshqa hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxs boshqa shaxsga oʻtkaziladigan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan hollarda, yangi huquq egasi nomiga butun yer uchastkasiga yoki uning koʻchmas mulk obyekti egallagan hamda undan foydalanish uchun zarur boʻlgan qismiga boʻlgan mulk huquqi, agar boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasi bilan boshqasi nazarda tutilmagan boʻlsa, qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasida joylashgan barcha binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining oʻtishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldi-sotdi va boshqa shaxsga oʻtishning boshqa turlariga oid shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakolatlangan shaxslarning qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud qarori yoxud davlat ijrochisining qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz undiruvchi hamda qarzdor oʻrtasida bino va inshootlarni topshirish toʻgʻrisidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar undan boshqaga oʻtadigan shaxsning yer uchastkasiga oid huquq belgilovchi hujjatlari asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan tuzilgan, tuman (shahar) qurilish boʻlimi va huquq egasi bilan kelishilgan yer uchastkasini boʻlish hamda uning yangi chegaralarini belgilash haqidagi dalolatnoma asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Nizo mavjud boʻlgan taqdirda boʻlish davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilib, tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlanadi va keyinchalik yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va Reyestrdan tegishli koʻchirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yer uchastkasiga boʻlgan huquq yangi huquq egasiga imorat va inshootlarga boʻlgan huquqning oldingi egasida boʻlgan shaklda oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlingan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi va shaharsozlik faoliyati qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik huquq egalariga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Yer uchastkasining umumiy maydoni va chegaralari, unga boʻlgan ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan huquq turi oʻzgargan taqdirda, axborot-dasturiy kompleks orqali axborot beradigan organlar davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida maʼlumotlarni yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot bergan organ tomonidan yuborilgan hujjatlar tekshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda saqlanadigan mavjud reja-kartografik materiallardan foydalanib, yer uchastkasining yangi kadastr rejasi chiziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga, shuningdek, kadastr yigʻmajildiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlar natijalariga koʻra, yuridik va jismoniy shaxsga Reyestrdan koʻchirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilangan cheklovlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni cheklash meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini garovga qoʻyishda, yer uchastkasiga ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning cheklanishi Reyestrga huquqlarning cheklanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni garovga (ipotekaga) qoʻyishda cheklovlar mazkur Nizomning 6-bobida tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Yer uchastkasiga boʻlgan servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi asosida, servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs va yerlarida servitut belgilanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs oʻrtasida tuzilgan yozma kelishuv asosida yoki sud qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reyestrga servitut belgilanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish va Reyestrdan koʻchirma berish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda servitut saqlanib qolinadi va belgilash uchun asoslar bekor boʻlgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yoki yer qonunchiligining buzilishi munosabati bilan olib qoʻyilishi yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni unda joylashgan bino va inshootlar boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi axboroti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joylarining boshqa shaxsga oʻtganligi munosabati bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar ham oʻzga shaxsga oʻtishi boʻyicha hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi Reyestrga huquqning bekor qilinganligi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ilgari berilgan hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga qaytarishga majbur va ushbu hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu band mulk huquqida boʻlgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Yer yuzida, yer tepasida va yer ostida joylashgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, bu huquqlarning vujudga kelishi, oʻzga shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek bino va inshoot yoki ularning qismlari ijarasi huquqi ham bir yildan ortiq muddatga tuzilgan shartnoma asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida joylashgan inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularning tavsifi ushbu inshootlarning qurilish loyihasi maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsning alohida yer uchastkasida joylashgan, alohida kadastr raqamiga ega boʻlgan bino va inshootlarga, jumladan ular yonidagi qoʻshimcha xoʻjalik imoratlariga boʻlgan huquqi roʻyxatdan oʻtkazish obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli qoʻshimcha xoʻjalik imoratlariga boʻlgan huquqlar asosiy bino yoki inshootdan alohida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarga va yashash uchun moʻljallanmagan joylarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish har bir mulkdor boʻyicha alohida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy-qurilish shirkatlariga tegishli uy-joylarga boʻlgan huquqlar tegishli shirkat nomiga, ushbu shirkat aʼzolari roʻyxati ilova qilingan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi mumkin. Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilishi tugallanmagan turar va noturarjoy binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar:
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan huquq belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan loyiha asosida boshlanganligi sharti bilan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-auksion” elektron savdo platformasida sotib olingan, elektron auksion gʻoliblarida ularga nisbatan qabul qilingan majburiyatlar mavjud boʻlgan yer uchastkalarida, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
(35-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazishda huquq egasining buyurtmasi boʻyicha yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi hujjatlar, yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida kadastr yigʻmajildi tayyorlanadi, shuningdek, qurilishi tugallanmagan bino va inshootga boʻlgan mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar, shuningdek, qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi, qonun hujjatlarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan binolar va inshootlar yuridik shaxslarning ustav fondiga kiritilgan taqdirda, ushbu bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi yuridik shaxslar nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi order asosida mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan koʻchmas mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan koʻchmas mulk.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga oʻtishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshoot boʻyicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi;
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonaning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing shartnomasi;
(39-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino, inshoot, turar joyni hadya etish toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joyni boshqa shaxsga renta toʻlovi sharti bilan oʻtkazilishi nazarda tutiladigan notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyini mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
(39-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial tartibda tasdiqlangan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy mulki boʻlgan bino, inshootning tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektini yuridik shaxslarning ustav jamgʻarmasiga ulush sifatida berish (turar joy obyekti boʻlsa, notarial tasdiqlangan) shartnomasi;
(39-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektini muassisga uning ulushini qaytarib berish (turar joy obyekti boʻlsa, notarial tasdiqlangan) sifatida shartnomasi;
(39-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda koʻchmas mulk obyektini realizatsiya qilish boʻyicha auksion natijalari haqida bayonnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) qurilish boʻlimlarining turarjoyni noturarjoy toifasiga oʻtkazishga ruxsati;
(39-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) qurilish boʻlimining noturar joy binosini turarjoy toifasiga oʻtkazishga ruxsati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan binolar va inshootlar sotilgan taqdirda binolar va inshootlarga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi, binolar va inshootlar Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxsga sotilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi axborot soliq organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga axborot-kommunikatsiya tizimi orqali bir kunlik muddatda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Oʻzbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni boʻlish, koʻchmas mulkni umrbod taʼminlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish, imorat solish, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy-qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish, er-xotin oʻrtasida uylarni boʻlish toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan shartnomalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qoʻmitalarining imoratlarga boʻlgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) toʻgʻrisidagi qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mulk boʻlgan imoratning tegishli ulushiga boʻlgan meros qilib olish huquqi toʻgʻrisidagi va mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish bitimlari amalga oshirilganligi, shuningdek, meros qilib olish toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining boshqaga oʻtganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notariuslarning reyestrlaridan koʻchirmalar.
(40-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Binolar va inshootlarga boʻlgan xoʻjalik yuritish huquqini va operativ boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish va ularga koʻchmas mulkni xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqida berish haqidagi qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining binolar va inshootlarni muayyan davlat korxonalari hamda muassasalariga berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muassislarning binolar va inshootlarni ular tomonidan tashkil etiladigan muassasalarga berish toʻgʻrisidagi qarorlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy-madaniy meros obyektlariga boʻlgan huquqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlar xatlab qoʻyilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlarning boshqa shaxsga oʻtkazilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi xabarnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarning cheklanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga oluvchi organlarning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilgani haqidagi maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini ularda joylashgan binolar va inshootlar bilan birga jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlarni, turar joylarni oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, turar joyni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga oʻtishi nazarda tutilgan, notarial tasdiqlangan shartnomalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkdor yoki boshqa vakolatli organlarning binolar va inshootlarga boʻlgan xoʻjalik yuritish huquqini hamda operativ boshqarish huquqini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkdorning bino va inshootni buzib tashlash va balansdan chiqarish toʻgʻrisidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootning tabiiy ofatlar natijasida barham topganini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor oʻrtasida bino va inshootni berish toʻgʻrisida davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqning bekor boʻlishi binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ushbu Nizomning 38 — 41-bandlarida koʻrsatilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi yoki toʻgʻriligi haqida shubha tugʻilgan hollarda bino, inshootga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq masalasi sud tartibida hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy ulushli mulk huquqida tegishli boʻlgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar mulkdorlar nomiga huquq belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan ulushlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar, ulushli mulk huquqi ishtirokchilari oʻzaro kelishuv boʻyicha umumiy bino va inshootning (xonalardan, kvartiralardan va h.k.) alohida qismlaridan (xonalardan), oʻzlarining ulushlariga muvofiq ravishda foydalanish tartibini belgilagan boʻlsalar va bu kelishuv notarial tasdiqlangan boʻlsa, u holda bunday kelishuv ularning murojaati boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Huquq belgilovchi hujjatlar sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki oʻlgan deb topilgan mulkdorlarning oila aʼzolari yoki merosxoʻrlari tomonidan taqdim etilgan hollarda, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar ularga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq meros qilib olish tartibida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reyestrga ushbu obyektlarga boʻlgan muayyan yuridik va jismoniy shaxsning tegishli huquqlari toʻgʻrisida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Koʻp yillik ekinlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va fermer xoʻjaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsati bilan oʻz mablagʻlari hisobiga ularning mulki boʻlgan koʻp yillik daraxtlarni, oʻrmon daraxtlarini ham ekish huquqiga egadirlar va ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ijarachi agar shartnomada yerlarni bogʻdorchilik, uzumchilik, tutchilik yoki koʻp yillik daraxtlar ekish bilan bogʻliq boshqa faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, mustaqil ravishda koʻp yillik daraxtlar ekish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsati bilan koʻp yillik daraxtlar ekilgan boʻlsa, unda shartnoma muddati oʻtishi yoki uni muddatidan oldin bekor qilinganda ijarachi ushbu maqsad uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplashni talab qilish (shartnomada boshqacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa) huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsatisiz ekilgan koʻp yillik daraxtlar shartnomaning muddati oʻtganda yoki u bekor qilinganda ijaraga beruvchiga bepul oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganda.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) bogʻ va tokzorlarini fuqarolarga fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun auksion asosida sotish toʻgʻrisidagi komissiya bayonnomasi hamda tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bogʻdorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bogʻdorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashmagan fermer xoʻjaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan va koʻp yillik ekinlar ekishga ruxsat berilgan shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻp yillik daraxtlar oʻtqazish huquqini berish toʻgʻrisida tuzilgan qoʻshimcha bitim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi va sotib oluvchi oʻrtasida yozma ravishda tuzilgan koʻp yillik ekinlarning oldi-sotdi shartnomasi va tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini koʻp yillik daraxtlarni sotib oluvchiga qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat organining bogʻdorchilikka, uzumchilikka va tutchilikka ixtisoslashgan hamda koʻp yillik ekinlar ekish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni yuritish uchun yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud qarori yoki davlat ijrochisi qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan koʻp yillik ekinlarni berish dalolatnomasi koʻp yillik ekinlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaligini yuritish va jamoat bogʻdorchiligi va uzumchilik xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarida oʻstirilgan koʻp yillik ekinlarga boʻlgan mulk huquqi joylardagi davlat hokimiyati organlarining ushbu maqsadlar uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlariga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Koʻp yillik ekinlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reyestrga koʻchmas mulkning mustaqil turi sifatida ekinlarning turi va sonini koʻrsatgan holda kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan olinadigan koʻchmas mulk olish chogʻidagi ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma mustasno) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(54-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yoʻli bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosidagi davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza bermasdan hamda roʻyxatga olish uchun yigʻim toʻlamasdan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan Markazga elektron shaklda tuzilgan ipoteka shartnomasi haqida axborot taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani yuridik va jismoniy shaxslar arizalari, shuningdek notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan elektron shaklda tuzilgan qonun asosida ipoteka shartnomasi haqida axborotlar asosida roʻyxatga oladi va ipoteka taqiqi qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-yanvardan boshlab, qarz oluvchining qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlash, shuningdek, uy-joyga boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazilgan mulk huquqi haqidagi hujjatning va kredit shartnomasining nusxalarini qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida shtamp bosilgan holda bankka taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish ariza Markaz tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tomonidan Reyestrga ipoteka shartnomasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozuv amalga oshirilgan sana ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatiga olingan kun hisoblanadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Agar, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa, bu toʻgʻrida Reyestrda koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda Reyestrga “Garov xati berilgan” soʻzlari kiritiladi va davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan garov xatini dastlabki ipotekaga oluvchiga berish sanasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishning amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida ariza beruvchiga Reyestrdan koʻchirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan oʻzgartirilganda, shuningdek ipoteka predmetiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mulkning haq evaziga yoxud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga qoʻyuvchidan boshqa shaxsga oʻtkazilganida ipoteka qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Markaz ipotekani qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda quyidagilarni amalga oshiradi:
(60-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga shartnoma, ipoteka toʻgʻrisida yozuvlar ipoteka shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi va tartib raqami, koʻchmas mulk obyektiga nisbatan yangi egalik qiluvchining huquqlarini tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma va h. k.) rekvizitlarini kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrning tegishli ustunlarida dastlabki ipotekaga qoʻyuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) toʻgʻrisidagi avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda, ipoteka toʻgʻrisidagi yangi yozuv inobatga olingan holda oʻzgartiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan nobud boʻlgan yoki shikastlangan koʻchmas mulk obyektini tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida bitim tuzilganda Reyestriga ushbu bitim rekvizitlari kiritiladi va avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qaysi shaxsning huquqlari ipoteka bilan cheklangan boʻlsa, shu shaxsning mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka boʻyicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Reyestrning tegishli ustunlariga yozuvlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Agar bitta koʻchmas mulk obyekti bir nechta ipotekaga oluvchilarda qonun asosidagi ipotekada boʻlsa, u holda Reyestrga ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlash maqsadida ariza beruvchiga Reyestrdan koʻchirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Bir majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyekti (oldingi ipoteka) shu yoki boshqa qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini taʼminlash uchun oʻsha ipotekaga oluvchining oʻziga yoxud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Keyingi ipotekaga ayni ushbu koʻchmas mulk obyektining oldingi ipotekalari toʻgʻrisidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza beruvchiga keyingi ipotekani koʻrsatgan holda Reyestrdan koʻchirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Navbatdagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reyestrga mazkur koʻchmas mulk obyektining oldingi ipotekalari toʻgʻrisida yozuvlar boʻlgan tegishli ustunlariga “Navbatdagi ipoteka” soʻzlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari, qonun hujjatlarida boshqacha tartib oʻrnatilmagan boʻlsa, garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin garov xati davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi ishtirokida rasmiylashtiriladi va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov xatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil qiladi, ular raqamlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Garov xati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berilgan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va bu haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birga yangi garov xatini beradi, ushbu garov xati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov xati oʻrniga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Garov xatining mazmuni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaga yoki ipoteka bilan taʼminlangan shartnomaga majburiyatga muvofiq kelmasa, amaldagi garov xati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan bekor qilinadi va yangi garov xati tuziladi, u rasmiylashtirish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Yangi garov xati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan kiritiladigan maʼlumotlardan tashqari, yangi garov xati berilgan sanani oʻz ichiga olishi, unda davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan garov xati roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida belgi qoʻyilishi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Bekor qilingan garov xati birinchi varagʻining old tomoniga roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini bekor qilish haqida “Bekor qilindi” shtampi bosiladi, unda bekor qilingan garov xatining bekor qilish sanasiga mos keladigan sana, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ rahbarining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari va imzosi koʻrsatiladi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bekor qilingan garov xati davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ipoteka toʻgʻrisidagi roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini Reyestrdan chiqarib tashlash vaqtigacha saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Garov xati yoʻqolgan taqdirda ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan garov xatining dublikati tuziladi va davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga garov dublikatini rasmiylashtirish uchun topshiriladi, rasmiylashtirish bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Garov xatining mazmuni oʻzgargan taqdirda uning egasi yangi garov xatini roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ garov xati mazmunining oʻzgargani toʻgʻrisidagi bitim davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani haqidagi yozuvni Reyestrga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Garov xatining mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani bitimga hujjatlardagi roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampi bosish yoʻli bilan tasdiqlanadi, unda “Davlat roʻyxatidan oʻtkazildi” soʻzlaridan oldin “Garov xatining mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim” soʻzlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Garov xatining ajralmas qismi boʻlgan mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimning asl nusxasi garov xatiga ilova qilinadi va unga tikiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Garov xatining qonuniy egasi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organdan oʻzining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Garov xatining qonuniy egasi bir ish kuni mobaynida quyidagilar asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov xati boʻyicha huquqni belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazish hamda garov xatiga belgi qoʻyish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi boʻlsa, garovga oʻtkazishga doir maxsus yozuv uning nomiga yozilgan va garov xatini belgilangan tartibda sotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov xati boʻyicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov xati boʻyicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilgani toʻgʻrisidagi sud qarori asosida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Garov xatining qonuniy egasini roʻyxatdan oʻtkazish Reyestrning dastlabki ipotekaga oluvchi yoki garov xatining oldingi qonuniy egasi koʻrsatilgan ustuniga garov xatining yangi qonuniy egasi toʻgʻrisida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Reyestrdagi oldingi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Garov xatining egasiga Reyestrga tegishli roʻyxatdan oʻtkazish yozuvi kiritilganligini tasdiqlash maqsadida uning arizasi asosida belgilangan tartibda Reyestrdan koʻchirma berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda roʻyxatdan oʻtkazilgan huquq cheklovlari (shartlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirishda mazkur koʻchirmaga ipoteka koʻrsatilgandan soʻng “Garov xatining qonuniy egasi” soʻzlari va yangi ipotekaga oluvchi (garov xatining yangi qonuniy egasi) toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Garov xatining garovini Reyestrga tegishli yozuvlar kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Reyestrdan koʻchirmalarni tayyorlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Yuridik va jismoniy shaxslar Reyestrdan koʻchirmalarni elektron shaklda Davlat xizmatlarining yagona portali yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi rasmiy saytidan olishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Bitta yer uchastkasida joylashgan alohida binolar va inshootlar yoxud ularning bir qismi boshqa shaxslarga oʻtkazilganda, notarial idoralar soʻrovi boʻyicha Reyestrdan koʻchirma tayyorlashdan oldin ikki ish kuni mobaynida joyga chiqib boshqa shaxslarga oʻtkazilayotgan binolar, inshootlar yoki ularning bir qismi tarkibi aniqlanadi, shundan soʻng mazkur bobda belgilangan tartibda Reyestrdan tegishli koʻchirma tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Yuridik va jismoniy shaxslarda Reyestrda roʻyxatga olingan huquqlar mavjud boʻlmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazilgan koʻchmas mulk obyektining yoʻqligi haqida Reyestrdan koʻchirma beriladi, bu koʻchirma yuridik yoki jismoniy shaxsda koʻchmas mulk obyekti yoʻqligining tasdigʻi (maʼlumotnoma) boʻlib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Koʻchirmada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat yer kadastrida hamda binolar va inshootlar davlat kadastrida mavjud koʻchmas mulk obyektining texnik parametrlari haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq egalari haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrda mavjud roʻyxatga olingan huquqlar haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudlar, tergov organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi haqida, sanani, qaysi hujjat asosida va qaysi organ tomonidan taqiqlar yoki xatlov qoʻyilganini, shuningdek, ularni roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va raqamini koʻrsatgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka hamda binolar va inshootlar ipotekasi shartnomasini, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan ashyoviy huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan servitutning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va imoratlar yoki ularning qismlari ijarasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori boʻyicha moʻljallanayotgan bino, inshootni buzish haqidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Vakolatli davlat organlari, huquq egalari yoxud huquq egasining ishonchnomasi asosida harakat qiluvchi shaxslar murojaatlari boʻyicha koʻchmas mulk obyektiga huquqlarni belgilovchi va texnik hujjatlarning nusxalari berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Yuridik va jismoniy shaxslar koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ va Markazning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi nizolar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari huzuridagi komissiyalar tomonidan, ariza beruvchi ularning xulosalaridan norozi boʻlgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi komissiya tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“____” ____________da kelib tushgan “____” ___________gi buyurtma asosida maʼlum qilamizki, Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga quyidagilarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida yozuv kiritilgan:
Davlat xizmatlari markazi xodimi: _____________________
Agar sizda koʻchirmaning haqiqiyligini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, pastki chap burchakdagi QR-kodni skanerlang
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu koʻchirmadagi maʼlumotlardan huquq egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan usullar va shaklda foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Markazlar yoki tashkilotlarga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi
1. Koʻchmas mulk obyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganib, davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
2. Yigʻim summasi koʻrsatilgan xabarnomani markazlar va tashkilotlarga yuboradi.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Markazlar yoki tashkilolar 2. YIDXP
Axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini yigʻimni toʻlash xaqida xabardor qiladi
1 soat mobaynida
5-bosqich
Ariza beruvchi
Xabarnomada belgilangan yigʻimni toʻlaydi
1 oy mobaynida
6-bosqich
1. Markazlar yoki tashkilolar 2. YIDXP
Reyestrdan koʻchirmani yuklab oladi va ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida beradi
Real vaqt rejimida (toʻlov amalga oshirilgandan soʻng)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 1-modda) 1-bandi ikkinchi xatboshi va 1-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori)” 2014-yil 3-iyundagi 138-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 56-modda) ilovaning 22-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 71-modda) 2-bandining birinchi — yettinchi xatboshilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori)” 2014-yil 6-noyabrdagi 309-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 46-son, 551-modda) ilovaning 7-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 1-son, 9-modda) ilovaning 47-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 40-bandiga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 11-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 2-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga koʻchmas mulkka oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 21-sentabrdagi 317-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 9-son, 86-modda) ilovaning 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 20-modda) 4-ilovaning 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori)” 2017-yil 16-avgustdagi 639-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 178-modda) 1-ilova 11-bandining “b” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 189-modda) ilovaning 22-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 19-modda) ilovaning 11-bandi.