O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son va “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son qarorlari)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tadbirkorlikni rivojlantirishni tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-iyun,
478-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 2-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandida:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ko‘chmas mulkning kadastr pasporti”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agar ko‘chmas mulkning qurilishi tugallanmagan bo‘lsa — yer uchastkasiga hamda qurilishi tugallanmagan obyektga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma”;
quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash taraflarning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi hamda majburiy tusga ega emas”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son; 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son; 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)