Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

×
 ×
Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatning istiqbolli yutuqlarini joriy qilishning samarali mexanizmlarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish

3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi

4-bob. Loyihalarni ko‘rib chiqish tartibi

5-bob. Baholash mezonlari va loyihalarni tanlab olish

6-bob. Loyihalarning amalga oshirilishi monitoringini o‘tkazish tartibi

7-bob. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish usullari

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Loyihani ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim qilinadigan zarur hujjatlar ro‘yxati

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini baholash va tanlab olishni o‘tkazish SXEMASI

2-ILOVA
Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari ishlab chiqilishi hamda tijoratlashtirilishida ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoalarga qo‘shimcha bir martalik mukofot to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Bir martalik mukofotni to‘lash va miqdorini belgilash tartibi

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari ishlab chiqilishi hamda tijoratlashtirilishida ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoalarga qo‘shimcha bir martalik mukofot to‘lash SXEMASI

3-ILOVA
Patentga layoqatli istiqbolli texnik yechimlar va ishlab chiqarish sirlari (nou-xaular)ni o‘z ichiga olgan tijorat siri rejimida himoya qilinadigan intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni ruyhatga olish va boshqalarga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tijorat siri rejimida himoya qilinadigan intellektual faoliyat natijalarini aniqlash, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi

3-bob. Tijorat siri rejimida saqlanadigan intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish

4-bob. Tashkilotlarning tijorat siri rejimida saqlanadigan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni ta’minlash

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

10. Jamg‘arma mablag‘laridan ushbu Nizomning 7-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalanish holatida tijorat banklari pul mablag‘larini yangi tuzilayotgan tijorat tashkilotlari ustav kapitaliga yo‘naltiradi.
15. Ishchi organ besh ish kuni davomida o‘rganib chiqishni hamda 1-ilovada ko‘rsatilgan zarur hujjatlar ro‘yxati bilan birga ariza beruvchilar tomonidan taqdim qilingan loyihalarning mavzularga muvofiqligi bo‘yicha dastlabki tahlilni amalga oshiradi, ushbu Nizomning 26-bandida belgilangan talablarga muvofiq dastlabki tanlovni o‘tkazadi va ularni tijorat banklariga ko‘rib chiqish uchun yo‘naltiradi.
35. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalariga egalik huquqi egalari ushbu Nizomning 34 bandida ko‘rsatilgan barcha usullar orqali ularni tijoratlashtirish uchun foydalanishga haqlidir.

Yuridik shaxslar uchun

Jismoniy shaxslar uchun

I. Quyidagilardan tarkib topgan loyihani ko‘rib chiqish uchun rasmiy xat/buyurtmanoma:

1.1. Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi.

1.2. Manzili (pochta manzili).

1.3. Aloqa uchun ma’lumotlar: tel., faks, e-mail, veb-sayt.

1.4. Rahbarning F.I.O. va lavozimi.

1.5. Bank rekvizitlari.

1.1. Ariza beruvchining pasporti nusxasi.

1.2. Kasbga oid ma’lumotlari (kasbi, mutaxassisligi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni (agar mavjud bo‘lsa) va boshqalar).

1.3. Aloqa uchun ma’lumotlar: tel., faks, e-mail, veb-sayt.

II. Loyihaning biznes-rejasi

2.1. Umumiy bo‘lim (rezyume).

2.2. Tashkilotning tavsifi.

2.3. Mahsulot (xizmat) tavsifi.

2.3.1. Loyiha qiymati.

2.4. Buyurtmalar portfeli va sotish bozorlarining mavjudligi.

2.4.1. Tovar (xizmat) iste’molchisi.

2.4.2. Ehtiyoj (oy, chorak va yil).

2.5. Bozor tahlili (tovar, narx shakllanishi, reklama va boshqalar).

2.6. Ishlab chiqarish rejasi (xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar, asbob-uskuna turi va ishlab chiqarilgan mamlakat).

2.7. Foyda prognozi (sotish hajmi, daromad va xarajatlar balansi, pul tushumlari prognozi).

III. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi

3.1. Tuzilmaviy reja (barcha asosiy xolatlar va bo‘limlar rezyumesi).

3.2. Loyihani amalga oshirish shartlari (loyihani ishlab chiquvchilar (mualliflar), loyiha bo‘yicha asosiy ma’lumotlar).

3.3. Bozor va ishlab chiqarish quvvati (bozordagi talab, sotish prognozi, ishlab chiqarish quvvativa boshqalar).

3.4. Ishlab chiqarishning moddiy resurslari (xomashyo va materiallar, resurslarga bo‘lgan ehtiyoj, yillik xarajatlar hisob-kitobi, shu jumladan mahalliy va import qilinadigan moddiy resurslar va boshqalar).

3.5. Joylashgan manzil va hudud (asosiy vositalarni jalb qilish yoki yer uchastkasini ijaraga olish xarajatlari hisob-kitobi va boshqalar).

3.6. Loyihalash-konstruktorlik hujjatlari (tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyasi va asbob-uskunalar, obyektlar va boshqalar).

3.7. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi.

3.8. Mehnat resurslari (mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat resurslariga yillik xarajatlar hisob-kitobi, shu jumladan qo‘shimcha xarajatlar, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi xarajatlari va boshqalar).

3.9. Loyihani amalga oshirish muddatlari (loyihani bajarish jadvali).

3.10. Loyihani amalga oshirish xarajatlari smetasi.

3.11. Moliyaviy va iqtisodiy baholash (moliyalashtirish manbalari va shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar, pul oqimlari to‘g‘risida ma’lumotlar, loyihaning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari).

IV. Xarajatlar smetasi kalkulatsiyasi (moddiy resurslar bazaviy narxlari, ishlarning sermashaqqatliligi, mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari, qo‘shimcha va boshqa xarajatlar, mahsulotga ulgurji narxlar).

V. Sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar (muvofiqlik sertifikatlari nusxalari, yong‘inga oid va boshqa sertifikatlar) — innovatsion mahsulot majburiy sertifikatlashtiriladigan holatlarda taqdim etiladi.

VI. Mahsulot, texnologiya yoki texnik yechimlar joriy qilingan, shuningdek, joriy etilishi rejalashtirilayotgan obyektlar ro‘yxati.

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari (keyingi o‘rinlarda ITFN deb ataladi) ishlab chiqilishi hamda tijoratlashtirilishida ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi (keyingi o‘rinlarda muassasa deb ataladi) mualliflar va ilmiy jamoaga qo‘shimcha bir martalik mukofot (keyingi o‘rinlarda bir martalik mukofotlar deb ataladi) to‘lash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
1. Ushbu Nizom Fuqarolik kodeksi, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”, “Tijorat siri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq patentga layoqatli texnik yechimlar va ishlab chiqarish sirlari (nou-xaular)ni o‘z ichiga olgan, tijorat siri rejimida himoya qilinadigan intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni ruyxatga olish va boshqalarga o‘tkazib berish tartibini belgilaydi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi