29.04.2019 yildagi 363-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va xalqaro standartlarga muvofiq xalqaro savdo xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga asosan 2019-yil 1-fevraldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 500-sonli qaroriga asosan 2020-yil 26-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/500/1204-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-iyungacha vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini jadal rivojlantirish maqsadida Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish mezonlariga mos keladigan yuridik shaxslarni tajriba sifatida tanlab olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tajriba doirasida tanlab olingan yuridik shaxslarni ularning roziligi bilan Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni va bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqi boʻyicha tushuntirishlar berilishini taʼminlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda maxsus soddalashtirishlar roʻyxatini, shuningdek, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlarini yanada takomillashtirish yoki kengaytirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari orasida keng yoritilishi taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazalarini integratsiyalashtirish va mavjud maʼlumotlardan noqonuniy foydalanish imkonini bermaydigan himoyalangan aloqa kanallarini taʼminlash orqali davlat bojxona xizmati, ichki ishlar, prokuratura va soliq organlari oʻrtasida aniqlangan va fosh qilingan jinoyatlar yoki boshqa tergov natijalari, jinoyatlarni sodir etgan shaxslar, shuningdek, soliqlar boʻyicha qarzdorlik (jarimalar, penyalar va soliq qonunchilik sohasidagi boshqa huquqbuzarliklar) boʻyicha axborot almashishning elektron shaklini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 29-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
363-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 500-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/500/1204-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/363/3040-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 25.08.2020-y., 09/20/500/1204-son)