23.10.2018 yildagi 858-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori ijrosini taʼminlash hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar boʻyicha yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yaratish, shuningdek, kasbiy yuridik taʼlim sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi tuzilmasida har bir hududda bittadan — 14 ta yuridik texnikum (keyingi oʻrinlarda yuridik texnikumlar deb ataladi) tashkil etilganligi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik texnikumlarning oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurs jihatidan koʻmaklashish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYU deb ataladi) tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa — hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar yuridik texnikumlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar boʻyicha tizimli fikrlash qobiliyati, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashning amaliy koʻnikmalariga ega boʻlgan va xorijiy tillarni biladigan kasb-hunar taʼlimi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim jarayonini oʻquv jarayoniga ilgʻor taʼlim standartlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakllar va usullar, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayoniga tegishli mutaxassislik va kasblar boʻyicha boy ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etgan holda yuridik taʼlim va huquqni qoʻllash amaliyotining oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy innovatsion oʻquv loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, oʻquvchilar amaliyotini tashkil etish uchun tegishli hududlardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa tashkilotlar, taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilar uchun moʻljallangan yangi avlod darsliklari, maxsus oʻquv-metodik adabiyotlar yaratishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini, ularning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiri va kelajagiga masʼullik hamda daxldorlik tuygʻusini shakllantirish va rivojlantirish choralarini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. TDYUga quyidagi vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yuridik texnikumlarda oʻquv-metodik jarayonni muvofiqlashtirishning samarali mexanizmini yaratish boʻyicha:
(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha zamonaviy standartlarni hisobga olgan holda oʻrta maxsus professional taʼlim mutaxassisliklari va kasblari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, chet tillari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun guruhlarda oʻquvchilar miqdorini belgilash;
(4-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik texnikumlarni oʻquv-metodik jarayonni tashkil etish sohasidagi yangiliklar haqida, shu jumladan, sayyor maslahatlarni oʻtkazish orqali doimiy xabardor qilishni yoʻlga qoʻyish;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim jarayonida oʻquvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash, huquqiy hujjatlarni tuzish amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yuridik fanlarni oʻqitishning zamonaviy shakl va usullarini, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilar bilimini noxolis baholash ehtimolini istisno qiladigan zamonaviy baholash tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim mutaxassisliklari va kasblari doirasida oʻquvchilar amaliyotini tashkil etish va oʻtash mexanizmini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik texnikumlar uchun moʻljallangan yangi avlod darsliklari, maxsus oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
(4-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik texnikumlar oʻquvchilari bilim olishi va madaniyati darajasini oshirishning doimiy monitoringi olib borilishini nazarda tutadigan tizimni joriy etish boʻyicha:
(4-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning klublar, toʻgaraklar va sport seksiyalari shaklidagi ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish va hisobga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning yuridik texnikumlar axborot-resurs markazlaridan foydalanishini ragʻbatlantirish;
(4-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik texnikumlar faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish boʻyicha hududiy adliya organlariga doimiy asosda amaliy koʻmaklashish;
(4-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik texnikumlarda oʻquv jarayonini tashkil etish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga takliflar kiritish.
(4-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. TDYUga oʻquvchilarda ishga qabul qilishda talab qilinadigan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish uchun yuridik texnikumlarda umumiy oʻquv-metodik siyosatni ishlab chiqish boʻyicha vakolatli organlar, ish beruvchilar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat maslahat kengashini tuzish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik texnikumlarga oʻquvchilarning amaliyot oʻtashini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, yuridik texnikumlarga xodimlarni ishga qabul qilish va davriy attestatsiyadan oʻtkazish adliya organlari va muassasalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yuridik texnikumlarga 2 tadan navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDYUning yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish boʻyicha faoliyatni tashkil etadigan tarkibiy boʻlinmasi xodimlarining shtatdagi cheklangan soni Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan TDYU namunaviy shtatlari bilan aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDYU mazkur tarkibiy boʻlinmasi boshligʻining lavozim maoshi oliy taʼlim muassasasi dekanining bazaviy lavozim maoshiga, uning oʻrinbosari lavozim maoshi — oliy taʼlim muassasasi dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlar yuridik texnikumlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litsey oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish boʻyicha faoliyatni tashkil etadigan TDYU tarkibiy boʻlinmasi shtat birliklarining soni koʻpaytirilishi bilan hamda mazkur tarkibiy boʻlinma boshligʻining lavozim maoshi oliy taʼlim muassasasi dekanining bazaviy lavozim maoshiga, uning oʻrinbosari lavozim maoshi — oliy taʼlim muassasasi dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirish bilan bogʻliq xarajatlar TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida yuridik texnikumlarda kam taʼminlangan oilalar aʼzolari boʻlgan oʻquvchilar, Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uyining bitiruvchilari, I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar taʼlim olishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taʼlim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida yuridik texnikumlaring boshqaruv, pedagog, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga ustama haqlari va moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari miqdorlarini yuridik texnikumlarning toʻlov-kontraktdan kelib tushgan mablagʻlari (shu jumladan, tabaqalashtirilgan kontrakt) hisobidan hamda Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari hisobidan mustaqil belgilash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik texnikumlar xodimlariga har oylik ustamalarni belgilash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻrnatiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilansinki, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasiga kirmagan kollejlarda va texnikumlarda “Yurisprudensiya”, “Huquqshunoslik”, “Ijtimoiy muhofaza qilish huquqshunosi” yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquvchilarni tayyorlash toʻxtatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha 2-3-bosqich oʻquvchilari oʻqishni yuqorida koʻrsatilgan taʼlim muassasalarida tamomlaydi va diplom oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 23-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
858-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari kiritilayotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOʻSHIMCHALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 14-son, 230-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bobning 1-paragrafiga quyidagi mazmundagi 161-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“161. Ushbu paragraf qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlarining malaka talablari Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-ilovaning 3-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlarining oʻquv dasturlari, davlat attestatsiyasi uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha nazorat-baholash koʻrsatkichlari Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-fevraldagi 40-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilariga tatbiq etilmaydi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/858/2095-son; 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)