Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

×
 ×
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

3-bob. Jamg‘armani boshqarish

4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish

5-bob. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga resurslar taqdim etish

6-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

2-ILOVA
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘laridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish hamda tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafilliklar berish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish tartibi

3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan imtiyozli kreditlar ajratish va mol-mulkni lizinga berishning umumiy tartibi

4-bob. Jamg‘arma kredit liniyasi hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish va rasmiylashtirish tartibi

5-bob. Jamg‘arma kredit liniyasi hisobidan lizing xizmatlarini ko‘rsatish shartlari

6-bob. Tadbirkorlik subyektlariga Jamg‘arma tomonidan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafillik berish shartlari

7-bob. Jamg‘armaning taqdim etilgan kafilliklar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish tartibi

8-bob. Monitoring o‘tkazish

9-bob. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga olish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish SXEMASI

2-ILOVA
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida ___________ tumani (shahri)da realizatsiya qilinadigan tadbirkorlik loyihalarining MANZILLI RO‘YXATI

3-ILOVA
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘laridan imtiyozli kreditlar ajratish SXEMASI

3-ILOVA
Ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarga professional o‘qitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini ko‘paytirish va sifatini oshirish bo‘yicha ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI

2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qarorlariga, mazkur Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2020-y., 09/20/144/0314-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2020-y., 09/20/144/0314-son)
loyihaning mazkur Nizomning 24 va 34-bandlari talablariga muvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son)
54. Muddatlar tugagach va mazkur Nizomning 52-bandida nazarda tutilgan barcha zarur tartib-taomillar bajarilgandan so‘ng kredit shartnomasida belgilangan tartibda tijorat banki oldidagi qarz summasi qaytarilmasa tijorat banki Jamg‘armaga quyidagilar qayd etilgan talablarni qo‘yadi:
tijorat banki mazkur Nizomning 51-bandida qayd etilgan tadbirkorlik subyektiga nisbatan choralar ko‘rgani va tegishli ishlarni amalga oshirganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotnoma.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ullar

Sarflanadigan mablag‘ miqdori*

Moliyalash-tirish manbalari

1.

Mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan ishchi kasblar (mutaxassisliklar)ni aniqlash.

Hududlar bo‘yicha joriy, yaqin, o‘rta va uzoq istiqboldagi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar ixtisosliklarini aniqlash. Bunda quyidagilarni hisobga olish:

1. Mavjud xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi bo‘sh (bo‘shaydigan) ish o‘rinlari;

2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida ishga tushiriladigan loyihalarda yaratiladigan ish o‘rinlari;

3. Milliy hunarmandchilik bo‘yicha “Usta-shogird” an’anasi asosida o‘qitish yo‘nalishlari va hajmi;

4. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining chet ellik ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq talab etiladigan mutaxassislik (ishchi kasb)lar;

5. Norasmiy sektor va iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi mutaxassis (kasb)larga bo‘lgan talab.

2018-yil

avgust

oyidan

boshlab doimiy

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Kasb-hunar ta’limi markazi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Ishsiz va band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari sonini va sifatini oshirish maqsadida nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish hamda ularni moliyalashtirishni kengaytirish.

1. Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalar, o‘quv dasturlari asosida o‘qitish imkoniyatiga hamda boshqa zarur shar�-sharoitlarga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari bilan o‘zaro natijaga yo‘naltirilgan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

2. Hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan mazkur ta’lim muassasalarida mavjud ta’lim yo‘nalishlari, muddatlari va ixtisosliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlarning keng ommasiga yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rish;

3. Hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida yuborilgan ishsizlarni, shu jumladan yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketgan xarajatlarni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirishni kengaytirish.

doimiy

Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi,

Moliya vazirligi

Shartnomaga muvofiq

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

3.

Hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida ishga joylashtirilgan yoxud kasbga o‘qitishga yo‘naltirilgan aholini ijtimoiy zaif qatlami, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish.

1. Aholini ijtimoiy zaif qatlamiga mansub shaxslarni kasbga o‘qitishni qo‘llab-quvvatlashni belgilab beruvchi tartib ishlab chiqish, bunda quyidagilarni inobatga olish:

a) hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida ishga joylashtirilgan aholini ijtimoiy zaif qatlami, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarni ish beruvchi tomonidan ularni malakasini oshirishga ketadigan xarajatlarni eng kam oylik ish haqining 3 barobarigacha bo‘lgan qismini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan bir martalik subsidiya sifatida moliyalashtirishni tashkil etish.

b) hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ishsizlar, ayniqsa kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida kasb-hunar ta’limi muassasalariga grant ajratish.

2018-yil

sentyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Moliya vazirligi,
Kasb-hunar

ta’limi markazi

Talabdan kelib chiqib

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

4.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi 14 ta kasb-hunar kollejlari bazasida xorijiy tajriba va mehnat bozori talablaridan kelib chiqib ishsiz va band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta t�yyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha kurslarni o‘z ichiga olgan zamonaviy markazlarni tashkil etish.

1. Ichki va tashqi mehnat bozoridagi ehtiyoj tahlili hamda hudud xususiyatini inobatga olgan holda kasb-hunar kollejlari bazasida tashkil etiladigan ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qitiladigan kasb (mutaxassislik)lar ro‘yxatini shakllantirish;

2. Belgilab olingan ixtisosliklar bo‘yicha kasb-hunar kollejlarining mavjud imkoniyatlari (ustaxona va jihozlar, yotoqxona va moddiy-texnika bazasining holati, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining mavjudligi)ni xatlovdan o‘tkazish hamda qo‘shimcha talab etiladigan jihoz va zarur vositalar, qurilish va ta’mirlash ishlari hamda boshqa kerakli shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan taklif ishlab chiqish;

3. Ushbu kasb-hunar kollejlari bazasida amaldagi ta’limga xalaqit bermagan holda ishsiz va band bo‘lmagan aholini, shu jumladan yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish.

2019-yil

fevral




2019-yil

mart







2019-yil

iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Kasb-hunar

ta’limi markazi

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi

5.

Eng yaxshi kasb-hunar ta’limi muassasasi respublika tanlovi o‘tkazish.

1. Eng yaxshi kasb-hunar ta’limi muassasasi respublika tanlovini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

2. Mazkur tanlovni tashkil etish, o‘tkazish
va g‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash;

3. G‘oliblar tomonidan joylarda master-klasslar tashkil etish.

2018-yil

oktyabr

har o‘quv

yilida


doimiy

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Kasb-hunar

ta’limi markazi

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasida belgilanadi

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari,

homiylar mablag‘lari

6.

Ishchilarni malaka darajasi, kompetetligi va ko‘nikmalarini baholashning milliy tizimini joriy etish.

1. Malaka darajasi, kompetetlik va ko‘nikmalarini baholashning milliy tizimi faoliyati tartibini belgilab beruvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini malaka darajasini baholash xizmatini ko‘rsatuvchi subyektlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul organ sifatida belgilash.

2. Tasdiqlangan malaka darajasiga ega bo‘lgan shaxslar milliy reyestri internet-saytini yaratish;

3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshida kasb-malaka darajasi va kompetentlik bo‘yicha Kengash tashkil etish;

4. Mazkur tizimni xorij tajribasi asosida takomillashtirib borish bo‘yicha amaliy ko‘rish.

2019-yil

yanvar





2019-yil

yanvar


2019-yil

yanvar


doimiy

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Kasb-hunar ta’limi markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari,
Xalqaro kredit va grantlar

7.

Ish bilan band bo‘lmagan yoshlarning kasb-hunarga xohishini va mehnat yo‘nalishlarini aniqlash uchun ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish va ijtimoiy tadqiqot uchun so‘rovnoma ishlab chiqish;

2. Ijtimoiy tadqiqot o‘tkazish reja jadvalini ishlab chiqish;

3. Ijtimoiy tadqiqot o‘tkazish va yakuniy xulosalarni ishlab chiqish;

4. Tadqiqot yakunlari bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish

2018-yil

oktyabr
2018-yil

noyabr

har yili
tadqiqot

yakunidan

so‘ng

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

vazirlik va idoralar

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Ijrochilar

mablag‘lari

8.

Yoshlar bandligini ta’minlashga, ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan tarqatma materiallar (flayer, broshyuralar) chop etish va hududlarga tarqatish

1. Yoshlar bandligini ta’minlashga, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirishga qaratilgan amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish;

2. O‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi, kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq berilgan barcha imtiyozlarni umumlashtirish;

3. Ushbu jamlanma ma’lumotlarni hududlardagi yoshlarning ke�g ommasiga va ish beruvchilarga yetkazish uchun sodda va qulay bo‘lgan infografikalar, taqdimot materiallari va qisqa videoroliklar ishlab chiqish;

4. Tayyorlangan ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa targ‘ibot tadbirlari orqali yoshlar va ish beruvchilarga yetkazish.

2018-yil

oktyabr



2018-yil

noyabr



2018-yil

dekabr



doimiy

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

Savdo-sanoat palatasi,

Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Ijrochilar

mablag‘lari

9.

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kredit asosida moliyalashtiriladigan loyiha egalari (yosh tadbirkorlar) uchun tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi Yoshlar markazlarida internetga ulangan kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan o‘quv xonalarini tashkil etish;

2. Muayyan ish o‘rniga ega bo‘lmagan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish istagida bo‘lgan ishsiz yoshlarni Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi va Savdo-sano�t palatasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kurslariga jalb qilish;

3. “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus professional o‘quv kurslarida (parrandachilik, baliqchilik, sartaroshlik, xizmat ko‘rsatish va h.k.) o‘qitish hamda mazkur kurslarni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalarining, kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilarini, amaliyotchi-mutaxassislarni, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarni va chet ellik mutaxassislarni jalb etishni yo‘lga qo‘yish;

4. O‘quv kursini tamomlagan yoshlarni Direktor.uz onlayn platformasi orqali “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savodxonligini oshirish” kurslarida o‘qitish;

5. Direktor.uz onlayn platformasi orqali “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savodxonligini oshirish” kurslarida o‘z malakasini oshirgan yoshlarni bilimini tegishli onlayn sertifikatlash imtihonidan o‘tkazish.

2018-yil

dekabr



2019-yildan
boshlab

doimiy




doimiy









doimiy




o‘quv

kurslaridan

so‘ng

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

Savdo-sanoat palatasi,

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi, Markaziy bank

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasida belgilanadi

Ijrochilar

mablag‘lari


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi