13.08.2018 yildagi 651-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni talablarini bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqasi qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishiga koʻmaklashish boʻyicha maslahat kengashini (keyingi oʻrinlarda Maslahat kengashi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Maslahat kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalariga hujjatlar topshirishi, taʼlim olishi va taʼlim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan taʼminlanishi yuzasidan ularga tavsiyalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalariga hujjatlar topshirishi, taʼlim olishi va taʼlim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan taʼminlanishi yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi uchun tavsiya etiladigan taʼlim muassasalarining har yillik roʻyxatini shakllantirishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari bilan hamkorlikda fuqarolarga xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olish boʻyicha maʼlumotlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishiga amaliy yordam koʻrsatishda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Tashqi ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi uchun tavsiya etiladigan taʼlim muassasalari roʻyxatini har yili 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bir oy muddatda Maslahat kengashi tarkibini hamda Maslahat kengashi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirsin va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari diniy taʼlim olayotgan hamda oʻqishga kirish uchun hujjat topshirayotgan xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni oʻrnatish, shuningdek, oʻzaro tizimli maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda har yillik rejaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari diniy taʼlim olayotgan xorijiy davlatlardagi elchixonalar va konsulliklar orqali mazkur davlatlardagi taʼlim muassasalarida diniy taʼlim olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan doimiy hamkorlik olib borish va ularga har tomonlama koʻmaklashish, xorijiy mamlakatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida Oʻzbekistonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni keng targʻib qilishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita har yili Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi tavsiya etiladigan taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlanganidan keyin mazkur roʻyxat ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazilishini, shuningdek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari bilan hamkorlikda joylarda tadbirlar oʻtkazib, fuqarolarga xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olish boʻyicha maʼlumotlar berilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari, diniy taʼlim muassasalari va masjidlarga oʻzlarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi boʻyicha tavsiyalar, maʼlumotlarni joylashtirib borish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Ziyo” media markazi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur qarorning mazmun va mohiyatini ochib beruvchi telekoʻrsatuvlar hamda radioeshittirishlar tayyorlash va maqolalar chop etish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 13-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
651-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 09/18/651/1701-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)